Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ZOONIMLAR QATNASHGAN ASARLARNI O‘RGATISHDA DIDAKTIK USULLARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ZOONIMLAR QATNASHGAN ASARLARNI O‘RGATISHDA DIDAKTIK USULLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zoonimlar / ertak / hikoya / qahramon / metod / uslub / ta’lim / didaktik o‘yin / pedagogik texnologiya / bolalar adabiyoti / darslik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduraimova Anzirat, Abduvaliyeva Nodiraxon

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi darslarida o‘tiladigan ertaklarda, hikoyalarda va boshqa matnlarda uchraydigan hayvonlarni bilan tanishtirish hamda ularni o‘quvchiga qanday usullardan foydalanib tushuntirish haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ZOONIMLAR QATNASHGAN ASARLARNI O‘RGATISHDA DIDAKTIK USULLARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ZOONIMLAR QATNASHGAN ASARLARNI O'RGATISHDA DIDAKTIK USULLARDAN FOYDALANISH 1Abduraimova Anzirat, 2Abduvaliyeva Nodiraxon

1FarDU IV bosqich talabasi, 2filalogiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11005169

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'qish savodxonligi darslarida o'tiladigan ertaklarda, hikoyalarda va boshqa matnlarda uchraydigan hayvonlarni bilan tanishtirish hamda ularni o'quvchiga qanday usullardan foydalanib tushuntirish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: zoonimlar, ertak, hikoya, qahramon, metod, uslub, ta'lim, didaktik o'yin, pedagogik texnologiya, bolalar adabiyoti, darslik.

Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotiga turli yangiliklarning kirib kelishi ta'lim sohasida ham bir qator o'zgarishlar qilinishini taqoza etmoqda. Hozirgi kunda ta'lim sohasida erishilgan yutuqlami saqlagan holda, bir xillikdan, bir qolipga tushib qolishdan saqlanmoq zarur. Ta'limning kishi xotirasini rivojlantirishga asoslangan turidan inson tafakkurini har tomonlama rivojlantirish, o'quvchilar egallagan bilimlarni amaliyotda qo'llash, ularda amaliy ko'nikma va malakalar hosil etishga qaratilgan turiga o'tishga harakat qilish shu kunning talabi. Shunga erishilsagina vatanimiz kelajagi bo'lgan yosh avlod tarbiyasi oldiga qo'yilgan vazifa oqilona hal etilishi mumkin.

Ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash va ulardan o'rinli foydalanish - ta'lim samarasini ta'minlashga yordam beradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun didaktik o'yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo'lib, o'quvchilarda mustaqil tafakkur, og'zaki va yozma nutq ko'nikmalarini shakllantiradi. O'quvchilarning o'qish darslariga qiziqishini o'stiruvchi vositalardan biri didaktik o'yin hisoblanadi. O'yinning maqsadi ta'lim olishga, fanga, kitobga qiziqish uyg'otishdir. Didaktik o'yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg'otadi va ma'lumotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu kabi o'yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirilishiga, chuqurlashtirilishiga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlanishiga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. O'z navbatida bu o'quvchilarda go'zal va boy ona tilimizdan g'ururlanish, axloqiy qadriyatlarimizni e'zozlash kabi sifatlarni shakllantiradi.

Boshlang'ich sinf darslarida o'yinlardan foydalanish muhimdir. Didaktik o'yinlar orqali bolalar tushunishi hamda bajarishi qiyin bo'lgan jarayonni oson va yengil o'zlashtiradilar. Ta'lim jarayonida o'qinlarda tez-tez foydalanilsa, o'quvchilarning topqirlik, tasvirlay olish, tushuntira bilish qobilyatlari ham rivojlanadi. O'yinlarni o'tkazishda tartibga, uni boshqarish jarayoni va undan so'ng uni tahlil qilish lozim.

Hozirgi yangi o'qish darsliklarida bolalar uchun yangicha bilim berish uslubida yondashilgan bo'lib, ilg'or mamlakatlar ta'lim tizimlaridagi zamonaviy texnologiyalar va bizning milliyligimiz uyg'unlashgan holda berilgan.

Bolalar uchun yozilgan adabiyotlar va darsliklar har qaysi zamonda bo'lmasin zoonimlarning o'rni juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida hayvonlar qatnashgan asarlarga juda ko'p murojat qilinadi. Bundan tashqari zoonimlarga nisbatan yosh bolalarda qiziqish yuqori bo'lib, ular orqali o'quvchiga bilim berish ancha samarali.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Ayni damda biz o'qish savodxonligi darsliklarida hayvonlar ishtirok etgan ba'zi manbalarni ko'rib chiqamiz. Misol uchun 1-sinf O'qish savodxonligi I qismda berilgan "Rahimdil qizcha" nomli hikoyani olaylik.

Rahmdil qizcha

Qahraton qish edi. Hamma yoq qor bilan qoplangan. Shu sabab chumchuqlar juda q'iyin ahvolda qolgandi. Bechoralar hech qayerdan yemish topolmas edi.

Chumchuqlar uy atrofida uchib, achinarli holda chug'urlashardi.

Mehribon qizchaning chumchuqlarga rahmi keldi. Qizcha ularga don sepdi. Chumchuqlar yemishga uchib kela bcshlashdi va tez orada ular Mashaga o'rganib qolishdi.

Shu tariqa, rahmdil qizcha chorasiz qolgan qushlarni bahorga qadar boqdi.

Klavdiya Lukashevich

Hikoyada qishda och qolgan chumchuqlarni parvarish qilgan qizcha haqida bo'lib, o'quvchilarga hikoya orqali mehribonlik, oliyjanoblik, jonivorlarga g'mxo'rlik qilish kabi fazilatlar o'rgatiladi.

Ushbu hikoyani mustahkamlash va tahlil qilishda "Meni davom ettir" o'yinidan foydalanish mumkin. Bunda matnda gaplar parchasi beriladi o'quvchi uni davom ettiradi: Chumchuqlar uy atrofida.. .Mehribon qizchaning.. .Chumchuqlar yemishga... Yuqoridagi usul bo'ycha o'quvchilarga tushuntirish ancha qulay va ularning darsga qiziqishiga, asarning mazmunini tushunishga hamda yodida yaxshi saqlanib qolishiga ham ko'maklashadi.

2-sinf III qism O'qish savodxonligi kitobining 8-13-sahifalarida berilgan "Och bo'ri" ertagini olsak, bu ertakni o'quvchilarga "Ven diagrammasi" orqali o'rgatish va birgalikda tahlil qilish o'rinli. Negaki, asar qahramonlar: xo'roz, qo'zi va otning ertak voqealarida birlashtiruvchi jihatlar ko'p va ertakni tahlil qilish ham ushbu yo'l orqali ancha osonlashadi. O'quvchilar bunda ertakning mazmuniy jihatini ham, tuzilish tartibini ham yaxshi o'zlashtirishadi. Bu ertak orqali bolalarga bo'ri kabi laqma bo'lmaslik, kalta o'ylamaslik va har qanday insonga xat-savod kerakligi haqidagi xulosalar beriladi.

1. Ot va Bo'rining gaplarini aniqlab, rollarga bo'lib o'qing.

2. Ertakdagi voqealar ketma-ketligini qisqacha yoriting.

3. Xo'roz, qo'zi va otga ta'rif bering. Ularni nima birlashtiradi?

Xo'roz

Qo'zi Ot

3-sinf I qism darsligidan "Oyog'i osmonda bo'lgan sichqonlar" matn mazmunini bolalarga tushuntirish va tahlil qilish uchun eng yaxshi yo'l "Test" usulidir. Ushbu matn odatdagi oddiy matnlardan farq qilib, shu singari matnlar orqali o'quvchilarning yodda saqlab qolish, mantiqiy fikrlash qobilyatlarini aniqlash, izlanish va vaziyatdan chiqa olish malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Bu matnga o'xshash matnlar darsliklarimizga 3-sinfdan boshlab o'qitilmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

^ Levon nima uchun sichqonlardan qutulishni istadi?

A) U doim sichqonlarni yomon ko'rar edi.

B) Ular juda ham ko'p edi. ^^

D) Ular juda baland ovozda kulishar edi.

E) Ular hamma pishloqlarni yeb qo'yishgandi.

2 Levon qopqonlarni qayerga yopishtirdi?

A) savatga

B) sichqonlar ini yaqiniga

D) stullarnina ostiga

E) shiftga .

3 Birinchi tun qopqonga nechta sichqon tushdi?

A) Barcha sichqonlar qopqonga tushdi.

B) Oltita sichqon tushdi.

D) Yigirmata sichqon tushdi.

Yana bir qiziqarli "Muzeydagi ekspanat" o'yinini o'quvchilar orasida o'tkazish mumkin. Bu o'yin umumiy darslik yuzasidan o'tkaziladi. O'qituvchi biror bir hayvon, qush rasmi, biror-bir asarga ishora qiluvchi belgi yoki o'yinchog'ini ko'rsatadi va o'quvchilar bu jonivor qaysi ertak, masal, matn yoki she'rda uchragan bo'lsa o'sha asar nomini yozishadi. Masalan 2-sinf uchun olaylik "qanot" surati.

Javoblar quyidagicha bo'lishi mumkin: "Gerb" haqidagi tobishmoq(Humo qush baxtdan darak), maqolda(Kitobsiz aql - qushsiz qanot), "Och bo'ri"(xo'roz qanotli), "Boyo'g'li bilan qarg'a", "Shoh Saltan haqida ertak"(oqqush), "O'rmondagi ziyofat"(tovuq) shu tartibda davom etish mumkin.

Xulosa qilib aytkanda bugungi rivojlanib axborotlashib borayotgan asrda o'quvchilarni zamon bilan hamnafas va yetuk shaxs qilib tarbiyalashda, bolalarga sifatli ta'lim berishda, ehtiyojlardan kelib chiqib har bir o'qituvchi o'z darslarida didaktik o'yinlardan foydalanishi lozim. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining didaktik o'yinlar asosida tashkil etilgan o'qish darslari jarayonida erkin va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi natijasida, o'quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdek, asardagi

Testlarni yeching.

J I lyil I I ICJl" MIWII^V--------

E) Birorta sichqon tushmadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ijobiy va salbiy qahramonlar orqali insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o'rganish, keng fikrlash, tegishli qarorlar qabul qilish ko'nikmalari shakllanadi.

REFERENCES

1. Shodiyeva G. Boshlangich sinf O'qish darslarida didaktik O'yinlardan foydalanishning metodik imkoniyatlari. BuxDUPI 1-bosqich magistrant.

2. Aydarova U., Azizova N. "O'qish savodxonligi" 1-sinf I qism darsligi -Toshkent: 2023

3. Aydarova U. "O'qish savodxonligi" 2-sinf I, ПДП qism darsliklari -Toshkent: 2023

4. Toirova M. "O'qish savodxonligi" 2-sinf I qism darsligi -Toshkent: 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.