Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QUVCHILARNING LUG'AT ZAXIRASINI BOYITISHDA UCHRAYDIGAN KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI'

BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QUVCHILARNING LUG'AT ZAXIRASINI BOYITISHDA UCHRAYDIGAN KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
10
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lug'at zaxirasi / lug'at boyligi / metodika / Milliy o'quv dasturi / nutqiy kompetensiya / lingvistik kompetensiya / lug'at ustida ishlash / mashq turlari / didaktik o'yinlar / bilim / ko'nikma / malaka.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nisanbayeva Akmaral, Djilkibayeva Aseliya

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining lug'atini boyitish qay darajada muhim ekanligi va lug'atini boyitishda yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yo'llari haqida so'z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QUVCHILARNING LUG'AT ZAXIRASINI BOYITISHDA UCHRAYDIGAN KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QUVCHILARNING LUG'AT ZAXIRASINI BOYITISHDA UCHRAYDIGAN KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI

*Nisanbayeva Akmaral, 2Djilkibayeva Aseliya

1Nizomiy nomidagi TDPU professori 2Nizomiy nomidagi TDPU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10802363

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining lug'atini boyitish qay darajada muhim ekanligi va lug'atini boyitishda yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yo'llari haqida so'zyuritilgan.

Kalit so'zlar: lug'at zaxirasi, lug'at boyligi, metodika, Milliy o'quv dasturi, nutqiy kompetensiya, lingvistik kompetensiya, lug'at ustida ishlash, mashq turlari, didaktik o'yinlar, bilim, ko'nikma, malaka.

Bugungi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ona tili va o'qish savodxonligi fani yuzasidan o'z oldiga qo'ygan vazifalaridan biri - bu erkin fikrlay oladigan va fikrini nutqi orqali to'liq, aniq, ravon va ifodali bayon qila oladigan o'quvchilarni yetishtirishdir. O'quvchilar nutqi rivojlanishi va nutqi orqali fikrini to'liq shaklda, til vositalaridan foydalangan holda bayon eta olishi uchun lug'at zaxirasi ham boyib borishi lozim. Biroq, o'quvchilar o'z lug'at zaxirasini boyitishi, ularga aniqlik kiritishi va nutqida doimiy qo'llay olishi uchun o'qituvchidan lug'at ustida ishlash talab etiladi. Metodikada ,,Lug'at ustida ishlash o'quvchining lug'at boyligini oshirishdangina iborat emas, o'quvchining diqqatini so'zning mazmuniga qaratish, so'zning semantikasini, ma'nosini aniqlashtirish, so'zning boshqa so'z bilan semantik bog'lanishini, aloqasini ochish, bog'lanishli nutqda har bir so'zning ma'nosiga ko'ra boshqa so'zlar bilan bog'lanishlariga erishishdir" deyiladi.

Bundan tashqari, Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturiga ko'ra, boshlang'ich sinf o'quvchilari ona tili va o'qish savodxonligi fanidan nutqiy kompetensiya ( og'zaki nutq, yozma nutq, anglash (o'qish va tushunish, tinglab tushunish)) va lingvistik kompetensiyalarni egallashi talab etiladi.

Xususan, lingvistik kompetensiyani egallashda:

- olinma so'zlar, atamalarning talaffuzi, imlosi va ma'nolarini bilish;

- so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlarini o'zaro farqlash va nutqda to'g'ri qo'llay olish;

- lug'at va lug'at turlarini bilish, lug'atdan foydalanish qoidalariga rioya qilish kabi jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Shunga qaramasdan, amalda o'quvchilar lug'ati yetarli darajada boy emasligiga va zaxirasida bor so'zlarni ham nutqida o'rinli qo'llay olmayotganliklariga guvoh bo'lamiz. Bu esa o'z-o'zidan fikrini to'liq bayon qila olmasligiga sabab bo'ladi. O'quvchilarda kuzatilayotgan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun o'qituvchilarga sinf o'zlashtirish darajasi, ularning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, fan va mavzudan kelib chiqib lug'at ustida ishlashga doir turli xil mashq turlari va qiziqarli didaktik o'yinlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Quyida boshlang'ich sinflardagi ona tili va o'qish savodxonligi darsliklarida berilgan o'quv materiallari asosida ma'nodosh va zid ma'noli so'zlar bilan o'quvchilar lug'atini boyitishga qaratilgan mashq turlari va didaktik o'yinlarni keltirib o'tamiz.

1. "Ma'nodoshini top" o'yini.

O'quvchilar qo'llariga varoq tarqatiladi. "Ma'nodoshini top" sarlavhasi ostida ikki ustundan iborat so'zlar qatori beriladi. O'quvchilar chap ustundagi so'zlarning ma'nodoshini o'ng ustundagi so'zlardan topib, strelkalar chizib belgilashi lozim. Buni har bir o'quvchiga yoki kichik-kichik guruhlarga tarqatma shaklida berish maqsadga muvofiq. O'quvchilar topshiriqni bajarib bo'lishgach, javoblarini izohlab berishlari so'raladi. Kim ko'p so'zning ma'nosini to'g'ri topgan bo'lsa yoki qaysi guruh ko'p so'zning ma'nosini to'g'ri topgan bo'lsa, o'sha o'quvchi yoki guruh g'olib sanaladi.

Bizga ma'lumki, 2-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligida ( 2-qism 37-bet) berilgan ,,Yalqov va Qunduz " matn tarkibida, sifat turkumiga oid: yalqov, yengil, bardam, tetik, sog'lom, saxovatli, musaffo so'zlari va ot turkumiga oid: tabib, toqat, mador, istak, kasal, g'ubor, dangasalik, tanballik, quyosh, hayot kabi izohtalab so'zlar qatnashgan. Ushbu so'zlarning izohi tushuntirib berilgach, bu o'yinni tashkillashtirish mumkin.

2. Tushirib qoldirilgan ma'nodosh so'zlarni o'z o'rniga qo'yib, matni ko'chirish.

Bunda o'quvchilarga matn, she'r, maqol yoki topishmoq matnining ayrim so'zlari tushirib qoldirilgan shaklda hamda foydalanish uchun tayanch so'zlar bilan birgalikda beriladi. O'quvchilar tushirib qoldirilgan so'zlarni tayanch so'zlarda berilgan ma'nodosh so'zlar qatoridan foydalanib matnni to'ldirib ko'chirishlari zarur. Mashqni bajarib bo'lishgach, nima uchun aynan shu so'zlar bilan to'ldirganliklari so'raladi. O'quvchilar izohlab berishlari lozim. O'qituvchi esa javoblarni umumlashtirib, ma'nodosh so'zlar orasidagi ma'no farqlarini tushuntirib, xulosalaydi.

Masalan, 1-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligida ( 2-qism 45-bet ) berilgan ,,Non olib keldim" she'ri o'quvchilarga tanishtirilgach, yuqoridagi mashqni bajartirish mumkin.

Ma'nodoshini top.

■□Tanballik • chang

■□Yengil • saxiy

■□Bardam • dangasalik

■ □ Saxovatli • tetik

■□Musaffo • betob

■□Istak • og'ir

■□G'ubor • sof

■□Hayot • xohish

■□ Kasal □ umr

Yolg'on emas, ... so'zim ... bir o'zim Ko'cha... yurib, ... narsani ko'rib Qaytimni yo'qotmasdan Kuchukka tosh otmasdan

Olib keldim... non Uyga kelganda mehmon.

Tayanch so'zlar: rost, qaynoq, ancha, do'kondan, ko'p, chekkasidan, chin, chetidan, magazindan, issiq.

Harflardan so'zyasa" o'yini.

Bunda sinfdagi har bir o'quvchiga 1tadan harf yozilgan A4 varoq beriladi. O'quvchilar xattaxta yoniga tizilib turishadi. O'yin sharti tushuntiriladi. Shartga ko'ra, o'qituvchi so'z aytadi, o'quvchilar shu so'zga zid ma'noli so'zni topib, shu so'zda qatnashgan harflarni olgan o'quvchilar ketma-ketlikda turib, so'zni hosil qilib berishlari lozim. Javob to'g'ri bo'lgach, shu so'zni qatnashtirib og'zaki gap tuzib berishlarini so'rash ham mumkin. O'yinning asosiy qoidasi tezkorlik talab etilishidir.

Misol uchun, 3-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligida ( 2-qism 40-41 bet) berilgan ,,Shirin so'z - Jon ozig'i" rivoyati va shu rivoyatdan so'ng keltirilgan maqollar bilan tanishtirilgach, ular tarkibidan: rost, ko'p, uzoq, xursand, yaxshi, sevdirgan, buzmoq, issiq, kulmoq kabi so'zlarni olib, o'quvchilarga zid ma'noli so'zini hosil qilishini so'rash mumkin. Bu so'zlarni hosil qilishi uchun esa har bir o'quvchiga 1 ta harf beriladi. Bular: Y, M, O, O, N, B, E, Z, D, G, R, F, A, I, S, V, U, Q, G', L, X harflari.

Namuna: O'qituvchi: kulmoq so'ziga zid ma'noli so'z.

O'quvchilar: yig'lamoq so'zini hosil qilishadi. O'yin shu tartibda davom etadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, lug'at ustida ishlashga doir mashq turlari va didaktik o'yinlar orqali o'quvchilar lug'atini boyitish va unga aniqlik kiritish, zaxirasidagi so'zlarni nutqida doimiy qo'llay olish, fikrini aniq, ravon va ifodali bayon eta olish, nutqiga ongli munosabatda bo'lish kabi ko'nikma va malakalarini, shu bilan birga, so'zimiz boshida ta'kidlab o'tgan Milliy o'quv dasturining lingvistik kompetensiyasida talab etilgan malakalarni egallashlariga ham erishiladi.

REFERENCES

1. Safo Matchonov, X.Bakiyeva, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, G. Xolboyeva. "Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi darslik". -T.: Ishonchli hamkor, 2021. 648-bet.

2. Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturi. Ona tili ( 1-11-sinf ) 2020. 25-26 bet.

3. Ona tili va o'qish savodxonligi. 2-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun / K. Mavlonova va boshq. Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. 37-bet.

4. Ona tili va o'qish savodxonligi 2-qism [Matn]: 1-sinf uchun darslik / I. Azimova va boshq. Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. 45-bet.

5. Ona tili va o'qish savodxonligi 2-qism [Matn]: 3 -sinf uchun darslik / K. Mavlonova va boshq. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. 40-41 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.