ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUG'AT USTIDA ISHLASH
Sattorova Xadicha Jabborovna
Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish kafedrasi dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.10802492
Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini rivojlantirishning asosiy yo'nalishi sanalgan lug'at ustida ishlash masalalariga aynan ona tili va o 'qish savodxonligi danslari misolida ko'rib chiqadi.
Kalit so'z va iboralar: lug'at, nutqni rivojlantirish, lug'at ustida ishlash metodikasi, ona tili va o'qish savodxonligi, so 'z, so'z ma'nosi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri so'z ustida ishlash, ya'ni lug'at ishidir. Ona tili va o'qish darslarida bajariladigan lug'at ishi o'quvchining so'z boyligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. lug'at ustida ishlash orqali o'quvchilarning nutqi yangi so'zlar bilan boyib boradi. Bu esa ularning o'z fikrlarini ravon tilda tushunarli qilib aytishlariga yordam beradi. Zero, "Til muncha sharaf birla nutqning olatidir va ham nutqdirki gar nopisand zohir bo 'lsa, tilning ofatidir..."[3] deganda Navoiy bobomiz insonlarning go 'zal nutqi uni sharafli qilishini aytganlar.
Maktabda lug'at ustida ishlash metodikasi to'rt asosiy yo'nalishni ko'zda tutadi:
1. O'quvchilar lug'atini boyitish, ya'ni yangi so'zlarni, shuningdek, bolalar lug'atida b o'lgan ayrim so'zlarning yangi ma'nolarini o'zlashtirish. Ona tilining lug'at boyligini bilib olish uchun o'quvchi o'z lug'atiga har kuni 8-10 ta yangi so'zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so'zni qo'shishi, ya'ni shu so'zlar ma'nosini o'zlashtirishi lozim .
2. O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish. Bu o'z ichiga quyidagilarni oladi: 1) o'quvchi puxta o'zlashtirmagan so'zlarning ma'nosini to'liq o'zlashtirish, ya'ni shu so'zlarni matnga kiritish, ma'nosi yaqin so'zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo'llari bilan ularning ma'nosiga aniqlik kiritish; 2) so'zning kinoyali ma'nosini, ko'p ma'noli so'zlarni o'zlashtirish; 3) so'zlarning sinonimlarini, sinonim so'zlarning ma'no qirralarini o'zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma'nosini o'zlashtirish.
3.Lug'atni faollashtirish, ya'ni o'quvchilar ma'nosini tushunadigan, ammo o'z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'zlarni faol lug'atiga o'tkazish. Buning uchun shu so'zlar ishtirokida so'z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o'qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilar faol lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish. Bunday so'zlarga bolalarning nutq muhiti ta'sirida o'zlashib qolgan adabiy til me'yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so'zlashuv tilida qo'llanadigan sodda so'z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so'zlar kiradi.
Adabiy til me'yori degan tushunchani o'zlashtirgach, o'quvchilar yuqorida izohlangan so'zlar o'rniga adabiy tildagi so'zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so'zlar, so'zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so'z va iboralar o'quvchilam ing faol lug'atidan chiqib keta boshlaydi.
Metodikada so'zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1. So'zni kontekst asosida tushuntirish. Bunda o'quvchilar tushunmaydigan so'z ularga tushunarli so'zlar qo'llangan gap (yoki matn) yordamida tushuntiriladi.
2. So'z ma'nosini lug'atdan va o'qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan foydalanib tushuntirish. Bunda o'quvchilarni izohdan mustaqil foydalanib, so'z ma'nosini mustaqil tushunib olishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega.
3. So'z ma'nosini shu so'zning ma'nodoshi yordamida tushuntirish. 4- sinf ona tili darsligining 118-mashq ( 2023 -yil)
Bolg'ani bit urgandim Mixning beli egildi, Sifatli deb yurgandim, Chuvalchangdek bukildi.
65-mashq 38-bet berilgan gaplarni o 'qing .Ajratilib ko'rsatilgan so'zlarni ma'nodoshiga almashtirib yozing.
Shokir akasiga maktub yozdi .Nasiba qiyin masalani o'zi yechdi.Toshkent -chiroyli
shahar.Nasiba opa barvaq uyg'ondi.Uyga berilgan vazifa oson ekan.
4- sinf O'qish savodxonligi darsligining 7-8-bet
Yagonadir Vataning sening!
Lug'at ishi
bo'y chuzmoq-o'smoq yoqa ushlamoq - hayratlanmoq mukkaram-qadirli "Ma'nodoshini top" o 'yini
sabo — shabada, mudofaa — himoya, sozanda — musiqachi, diyor — vatan, inshoot — bino, samo — osmon kabi. So'zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so'zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko'rsatish zarur.
l.Tanish bo'lmagan so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish. "Zid ma'nosini top" o 'yini .
ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo'y so'zini yolg'onchi so'ziga taqqoslab tushuntirish mumkin.
Ko'chma ma'noda ishlatilgan so'z va so'z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
2.So'zni o'ziga yaqin tushuncha — boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Bunda tushuntiriladigan so'zning izohi qisqa va aniq bo'lishi kerak. "Tushunchalar tahlili" metodi.
O'zboshimchalik — o'z xohishicha ish tutish, ishni o'zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis — biror hunar egasi; shunqor— uzoq uchadigan ko'zi o'tkir qush; mesh-mol terisidan tikilgan idish; guldon-gul solib qo'yiladigan idish va boshq.
Ba'zi so'zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn — bir vaqtning o'zida donni o'radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo'jalik mashinasi; ekskavator — bir vaqtning o'zida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aerodrom — samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo'nadigan joy va hokazo.
3.So'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan, yantoq — suvsiz joyda o'sadigan ninasimon tikanli o'simlik; akula — okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq.
4.Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlarning ma'nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o'quvchilar o'rgangan badiiy asardan axloqiy fazilatga ega bo'lgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, so'z ma'nosini tushuntirish ustida ishlash o'quvchilar lug'atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi. Bu bilan boshlang'ich sinfdanoq ta'lim sifatining samaradorligini oshirish uchun poydevor qo'yiladi. Shuningdek, davr talablariga mos ta'lim vakillarining so'z boyligini oshirish masalasi yanada e'tiborli masala ekanligini isbotlash ham mumkindir.
REFERENCES
1. Bakiyeva, H. (2019). DEVELOPING ARTICULATION OF ELEMENTARY CLASS STUDENTS USING INDEPENDENT WORK METHODOLOGY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(6).
2. Jabborovna, S. X. (2022). The Significance of Phonetics Department in Mother Language Acquisition of Primary Students. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(10), 55-58.
3. HcpoanoBa P.C. Conceptual basis for designing of the elementaru mother tongue lessons / Materials of the XV international scientific and practical conference. - Authors, 2019. - E. 40 - 43.
4. Xadicha Jabborovna Sattorova. USE OF DIDACTIC MATERIALS IN MOTHER LANGUAGE AND READING LITERACY LESSONS. Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) . ISSN (E): 2347-6915 Vol. 11, Issue 10, Oct.(2023).