Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QISH SAVODXONLIGINI ANIQLASHDA PIRLS TADQIQOTINING O’RNI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QISH SAVODXONLIGINI ANIQLASHDA PIRLS TADQIQOTINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / ta’lim sifati / PIRLS / PISA / boshlang’ich ta’lim / образование / качество образования / PIRLS / PISA / начальное образование

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maftuna Ixtiyor Qizi Abdumajitova, Ohista Fayozjon Qizi Yigitaliyeva

Ushbu tezis boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini aniqlashda PIRLS Xalqaro baholash dasturi xususida bo’lib, unda PIRLS xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, o’qish savodxonligini baholashga oid asosiy tushunchalar hamda topshiriq keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Этот тезис связан с Международной программой оценки PIRLS в области чтения в раннем детстве, в которой изложены основные концепции и задачи международной оценки грамотности PIRLS.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QISH SAVODXONLIGINI ANIQLASHDA PIRLS TADQIQOTINING O’RNI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING O'QISH SAVODXONLIGINI ANIQLASHDA PIRLS TADQIQOTINING O'RNI

Maftuna Ixtiyor qizi Abdumajitova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institute o'qituvchisi

Ohista Fayozjon qizi Yigitaliyeva

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu tezis boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini aniqlashda PIRLS Xalqaro baholash dasturi xususida bo'lib, unda PIRLS xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, o'qish savodxonligini baholashga oid asosiy tushunchalar hamda topshiriq keltirilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, ta'lim sifati, PIRLS, PISA, boshlang'ich ta'lim

AННОТАЦИЯ

Этот тезис связан с Международной программой оценки PIRLS в области чтения в раннем детстве, в которой изложены основные концепции и задачи международной оценки грамотности PIRLS.

Ключевые слова: образование, качество образования, PIRLS, PISA, начальное образование.

ABSTRACT

This thesis defination of elementary school students in reading literacy in PIRLS international assessment program, which PIRLS International Study in essense, to assess reading literacy, basic concepts and tasks.

Keywords: education, quality of education, PIRLS, PISA, primary education

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunida maktabgacha ta'lim davlatimizning uzluksiz ta'lim tizimida ilk pog'ona ekanligini ko'rsatib berilgan bo'lib, uning asosiy vazifasi yosh avlod shaxsiyati asoslarini shakllantirishdan iboratdir.

Mustaqillikka erishgan kundan boshlab o'tgan vaqt mobaynida o'zbek xalqi siyosiy - ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Tezlik bilan o'zgarayotgan dunyo qiyofasini oldindan bashorat qilish mumkin bo'lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga ishonch bilan intilayotgan, to'g'ri tanlangan taraqqiyot yo'li samarasini ko'rsatayotgan bir pallada kelajagimiz davomchilari

bo'lgan yoshlarimizning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar , xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo'lda xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har

27-mart, 2024

480

tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar ilmiy tadqiqot muassalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.

Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O'zbekiston Respublikasida qo'yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to'g'risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilishini misol sifatida keltirish mumkin.

Qariyb 60 yildan ko'proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta'limni qiyosiy o'rganish sohasida yetakchi tashkilot bo'lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta'lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning ta'sirini chuqurroq o'rganish maqsadida ta'lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta'lim jarayonlari va natijalarini ko'rib chiqib, ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi o'zaro bog'liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi. 1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta'lim sohasiga oid ko'plab mavzular bo'yicha o'ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o'tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o'qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta'limi (ICCS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo'yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo'nalishlarda o'quvchilarning bilim va ko'nikmalari, umuman olganda ta'lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda.

Yuqorida qayd etilgan tadqiqotlardan PIRLS xususida so'z yuritadigan bo'lsak, PIRLS - (inglizcha -Progress in International Reading Literacy Study - matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo'lgan davlatlarni boshlang'ich maktab o'quvchilarining matnni o'qish va qabul qilish bo'yicha tayyorgarligi hamda o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo'luvchi ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi xodimlar, olimlar, metodistlar, o'qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.

Bundan ko'rinib turibdiki, PIRLS - boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilash uchun ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma'lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi. O'quvchilarning o'qish savodxonligi -jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi nazar o'quvchilarning o'qishdan olingan ma'lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko'proq e'tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. PIRLS yosh o'quvchilarning sinfdan va sinfdan tashqari o'qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma'lumot olish va ulardan foydalanish uchun o'qishdir.

27-mart, 2024

481

Quyidagi sizlarga tavsiya etadigan topshiriqda o'quvchilarga badiiy to'qimaga asoslangan ertakdan namuna sifatida taqdim etsak: 4-sinf . 1-topshiriq. O'qish texnikasini tekshirish.

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir qizcha yashar ekan. Qizcha bir kuni o'rmonga maymunjon olib kelish uchun boribdi. U yerda bir kampirni uchratib qolibdi va unga salom beribdi.

- Vaalaykum assalom, - debdi kampir qizchaga. - Menga maymunjoningdan bersang-chi!

- Marhamat, - debdi qizcha. Kampir maymunjonni yeb bo'lib:

- Sen menga maymunjon berding, men senga biron narsa sovg'a qilaman. Mana senga xurmacha, sen faqat shuni aytishing kerak: Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish. Shunda u shirin, mazali shavla pishira boshlaydi. Shundan so'ng aytasanki: Bir, ikki, uch, pishirishdan kech.Shundan so'ng xurmacha shavla pishirishdan to'xtaydi.

- Rahmat, buvi, - debdi qizcha va xurmachani olib, uyiga - onasining oldiga ketibdi. Onasi bu xurmachani ko'rib juda suyunibdi. Bir kuni qiz uydan qayoqqadir ketibdi. Onasi bo'lsa xurmachani oldiga qo'yib: Bir, ikki, uch, xurmachada shavl a pish, - debdi. Xurmacha shavla pishira boshlabdi. Ko'p shavla pishiribdi. Onasi to'yib-to'yib, yebdi. Ammo u xurmachani shavla pishirishdan to'xtatadigan sehrli so'zni unutib qo'yibdi. Xurmacha esa shavlani hadebpishiraveribdi. Uy ham shavlaga to'libdi, uyning tomi, hovli, hatto ko'chalar ham shavlaga to'lib ketibdi, u hamon to'xtamay shavla pishiraveribdi. Onasi juda ham qo'rqib ketib, qizchasi huzuriga yugurib ketibdi. Lekin yo'lda issiq shavla daryo bo'lib oqqani uchun o'tish juda qiyin ekan. Yaxshiyam qizchasi uzoqda emas ekan. Qizcha ko'chadagi voqeadan xabardor bo'lib, darrov uyga yugurubdi. Juda qiyinchilik bilan kelib, eshikni ochibdi va : Bir, ikki, uch, Pishirishdan kech, - deb qichqiribdi.

1-topshiriq. 1-vazifa. Ertak matnini sekin, yarim ovozda o'qib chiqing. O'qituvchining ishorasi bilan o'qiyotgan joyingizni belgilab qo'ying.

2-topshiriq. 1-vazifa. Matnning bu qismida sehrli xalq ertagining qanday xususiyatlarini uchratish mumkin:

a) sehrgarlik ishlari

*b) sehrli buyumning mavjudligi

v) sehrgarning harakatlari

2-vazifa. Matndan sizning oldingi javoblaringizni tasdiqlovchi gaplarni belgilab chiqing. (- Sen menga maymunjon berding, men senga biron narsa sovg'a qilaman. Mana senga xurmacha, sen faqat shuni aytishing kerak: Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish.)

3-vazifa. Boshqa ertaklarda ham qahramoni sehrli buyumga ega bo'lgan shunga o'xshash voqealar uchraydimi? Qaysi ertaklarda? Javobingizni yozing. («Ur to'qmoq!», «Uch og'ayni botirlar» ertaklari)

O'quvchilarning o'qish savodxonligini rivojlantirishda dars va darsdan tashqari o'qish soatlarida, to'garak mashg'ulotlarida, takrorlash darslarida yuqorida qayd etilgan topshiriqqa o'xshash vazifalardan taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va

27-mart, 2024

482

o'qitishni yaxshilash uchun ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma'lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.

Shuningdek, PIRLS, yosh o'quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta'lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya'ni badiiy tajriba orttirish, ma'lumot olish va undan foydalanish ko'nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Biz dars jarayonida quyidagi matn asosida o'quvchilarimizni PIRLS tadqiqotlari doirasida matn ustida ishlashga tayyorlashimiz mumkin. Matn 513 so'zdan iborat. 3-sinf o'quvchilarining sinfdan tashqari o'qish darslarida o'rganish uchun mo'ljallangan. Matn ustida ish olib borish uchun o'quvchilarga 45 daqiqa vaqt beriladi. O'quvchilar avval matnni o'qib chiqadilar, so'ng matn yuzasidan berilgan topshiriqlar ustida ishlaydilar.

Qaysarboyning o'zga sayyoraga borgani (Ertak) Erkin Madolimov

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, atrofni ko'm-ko'k yaylov qoplagan qir-adirlarga tutashgan obod bir qishloqda chorvachilik bilan tirikchilik o'tkazadigan er-xotin yasharkan. Ular keksaygan paytda o'g'il farzand ko'rishibdi. Yolg'iz o'g'ilni yer-u ko'kka ishonmay haddan ortiq erka qilib o'stirishibdi.

Bolaning xarxashasi ko'pligi uchun atrofdagilar uni qaysarboy deb ataydigan bo'lishibdi. Qaysarboy maktabga qatnay boshlabdi. Darsdan keyin, otasi uyda qoldirib ketgan yaylovga borolmaydigan qo'zilar va kasal qo'ylarga qarashni unga yuklagan ekan. U esa qo'ylarning suv va ozuqasini vaqtida bermas, "Hadeb suv ichaveradimi", der ekan.

Ota-onasi va o'qituvchilari salom berish fazilati haqida nasihat qilishsa, "Bir kunda bir marta salom bersa yetadi", deb o'ylarkan.

Bora-bora Qaysarboyga dars tayyorlash va boshqa ishlarni takrorlash yoqmay qolibdi. Ayniqsa, jismoniy tarbiya darsidagi mashqlarni qaytarish juda malol kelarkan. U bu darsdan ozod bo'lish uchun onasiga hamma yog'i og'riyotganligini bahona qilibdi. Shifokor unga og'riq qoldiradigan dori va vitaminlar tavsiya etibdi.

Qaysarboy shifokor yozib bergan dorilar ro'yxatini o'qituvchisiga ko'rsatib,o'zining kasal ekanligini bildiribdi. O'qituvchi unga yengillik beribdi. U endi stadion atrofidagi tomoshabinlar uchun o'rnatilgan kursilarning biriga o'tirib mashq bajarar ekan. Qaysarboyning bahonasi to'liq ish bermaganidan xafa bo'libdi. U o'qituvchisi ko'rsatganday o'tirgan holda qo'lini to'g'riga, yuqoriga, yon tarafga juda sekinlik bilan uzatibdi. "Bir, ikki, uch, uch, bir", deb sonlarning o'rnini o'zgartirib aytibdi. U esnabdi, juda zerikibdi. Shunda osmondan likopcha shaklidagi uchuvchi moslama kelib uning oldiga qo'nibdi.Uning eshigi ochilib, mitti bir odam tushib, Qaysarboy bilan tanishibdi. Nima uchunyolg'iz o'tirganligini so'rabdi.

Qaysarboy mashqlarni hadeb takrorlash yoqmayotganligini mitti odamga ham aytibdi. Mitti odam unga: "Eh, tanbal do'stim, xo'p desang seni hech narsani takrorlamaydigan odamlar yashaydigan sayyoraga olib boraman", debdi. Qaysarboy bu taklifga jon deb rozi bo'libdi. U mitti odam bilan osmon-u falakka ko'tarilibdi. Uchar likopcha son-sanoqsiz katta yulduzlar orasidagi kichkina bir sayyoraga qo'nibdi. Ular tep-tekis muz maydonidagi tosh binolar qurilgan joyga tushishibdi. Mitti odam Qaysarboyni yetaklab, tosh binolarning biriga olib kiribdi. U yerda havo

27-mart, 2024

483

siyrak bo'lganidan mitti odamlar burunlariga havo to'ldirilgan sharlarni qistirib olisharkan. Qaysarboy ham o'sha kichkina havo sharidan burniga taqib olibdi. Mitti odam Qaysarboyni bir parcha non va mitti odamlar uchun mo'ljallangan shisha idishdagi bir qultum suv bilan mehmon qilibdi.

U o'z uyida takror-takror to'yib suv ichgani va ovqatlangani sababli och qolibdi, chanqabdi. Qo'y-qo'zilarni suvsiz qoldirganini eslab afsuslanibdi. Hammadan yomoni kichkina shardagi havo tugab, juda qiynalibdi. Mitti odamdan yana shar so'rabdi. Mitti odam havo shari bir kunda bir marta berilishini aytibdi. Qaysarboy havosizlikdan har tomonga yuguribdi. Nafasi battar qisilibdi. "Havohavo", deb baqirgancha uyg'onib ketibdi. U kursida mashq bajarayotib uxlab qolgan ekan. Quvonchdan sakragancha "Xayriyat, tushim ekan", debdi.

Qaysarboy xuddi o'ngida ro'y berganday, ko'rgan tushi haqida o'ylanib qolibdi. "Darhaqiqat, har kuni to'yguncha takror nafas olaman, suv ichaman va ovqatlanaman. Demak, hayotdagi boshqa ish va harakatlarni o'z vaqtida takrorlash va bajarish zarur ekan", degan xulosaga kelibdi. Qilgan bahonasidan uyalib o'qituvchisidan kechirim so'rabdi. Qaysarboy o'rtoqlari safiga qo'shilib, turli mashqlarni bajaribdi, turnikda takror-takror tortilibdi. Abjirlik bilan futbol o'ynay boshlabdi. O'rtoqlari uni G'ayratboy deb chaqiradigan bo'lishibdi.

Darslar tugab, maktabdan qaytayotganida yo'lda uchraganlarga salom berib o'tibdi. Ortidan "Rahmat, barakalla" kabi iliq so'zlarni eshitibdi. Uyda esa qo'ylarning suv va ozuqasidan tez-tez xabar olibdi. Keksa onasiga ko'maklashibdi. Keyin maktabda olgan bilimlarini mustahkamlash uchun o'tgan darslarni takrorlabdi. Ota-onasi G'ayratboyning o'zgarib qolganidan juda xursand bo'lishibdi.

MATN YUZASIDAN SAVOLLAR

1. Ertakdagi oila qayerda yashar ekan?

A.Obod qishloqda. B.Olis shaharda. C. Tog'li hududda D. Chekka qishloqda

2. Nima uchun bolaning ota-onasi uni yer-u ko'kka ishonmas ekan?

A.Erka bo'lgani uchun B. Yolg'iz bo'lgani uchun. C. Qaysar bo'lgani uchun.

D.Aqlli bo'lgani uchun.

3. Otasi Qaysarboyga qanday vazifa yuklagandi?

A. Darslarni vaqtida tayyorlash. B. Qo'zilarni ovqatlantirish. C. Qo'zilar va kasal qo'ylarga qarash. D. Qo'y-qo'zilarni sug'orish.

4. Qaysarboy jismoniy tarbiya darsidan ozod bo'lish uchun nima qildi?

A.Maktabga bormadi. B. Shifokorga uchradi C. Shifokor yozib bergan dorilar

ro'yxatini

o'qituvchisiga ko'rsatdi. D. Hamma yog'i og'riyotganligini bahona qildi.

Bundan ko'rinib turibdiki, PIRLS - boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish

ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilash uchun ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma'lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi. O'quvchilarning o'qish savodxonligi - amiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish

27-mart, 2024

484

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy pedagogika vapsixologiyaning dolzarb masalalari

National University of Uzbekistan Current Issues of Modern Pedagogy and Psychology

va amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi nazar o'quvchilarning o'qishdan olingan ma'lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko'proq e'tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.

PIRLS yosh o'quvchilarning sinfdan va sinfdan tashqari o'qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma'lumot olish va ulardan foydalanish uchun o'qishdir.

Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish, nafaqat O'zbekiston, balki, jahon hamjamiyatida o'quvchilarning o'quv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan ularning kompetensiyalarini baholash, ya'ni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo'llay olishi, ijodiy va mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish va uni baholashga o'tishda muhim vosita bo'lib hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni.

2.O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi Qonuni.

3.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus,kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187-sonli qarori

4.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to,g,risida"gi 997- sonli qarori

5. A. Ismailov, D. Norboyeva, K. Kucharova, Z. Kosimova, N. Aminova "Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash" -T.: 2019

6. Matchonov S. va boshqalar. 4-sinfda o'qish darslari. -T.: O'qituvchi, 2017.

485

27-mart, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.