Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA LINGVODIDAKTIKANING O‘RNI'

BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA LINGVODIDAKTIKANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvodidaktika / boshlang‘ich / o‘quvchi / nutq / bilim / malaka / ko‘nikma / tajriba.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sevinch Elyor Qizi Baxtiyorova

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirishda lingvodidaktikaning o‘rni masalasi tahlil qilingan va mualliflarning yondashuvlari taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA LINGVODIDAKTIKANING O‘RNI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA LINGVODIDAKTIKANING O'RNI

Sevinch Elyor qizi Baxtiyorova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyot ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi

АЖОТАТ81УА:

Maqolada boshlang'ich sinf о^^сЫкпш^ nutqini rivojlantirishda lingvodidaktikaning o'rni masalasi taЫil qilingan va mualliflarning yondashuvlari taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: lingvodidaktika, boshlang'ich, o'quvchi, nutq, bilim, та1ака, ko'nikma, tajriba.

АННОТАЦИЯ:

В статье анализируется роль лингводидактики в развитии речи учащихся младших классов и представлены подходы авторов.

Ключевые слова: лингводидактика, начинающий, студент, речь, знания, умение, умение, опыт.

ABSTRACT:

The article analyzes the role of linguistic didactics in the development of speech of elementary school students and presents the approaches of the authors.

Keywords: linguistic didactics, beginner, student, speech, knowledge, skill, skill, experience.

"0'zbekiston-2030" strategiyasida qo'yilgan sifatli ta'limni amalga oshirish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining til madaniyatini kutilgan darajada tarkib toptirish ham muhim o'rin tutadi [1]. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning ona tili va ingliz tili bo'yicha nutqini rivojlantirishda lingvodidaktikaning o'rni masalasini idrok etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Mazkur o'rinda ana shu masalaning tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

Nutqini rivojlantirishda lingvodidaktikaning ahamiyati. Lingvodidaktika -bu til ta'limini amalga oshirishda tayaniladigan o'qitish nazariyasi va amaliyotidir[2]. Shu jihatdan lingvodidaktika boshlang'ich sinf o'quvchilarining til ko'nikmasi va ularning nutqini rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Bunda lingvodidaktika so'z lug'ati boyligini to'g'ri o'zlashtirish, so'zlarning talaffuzini talab darajasida o'rganish

April 23-24, 2024

504

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

va yozma hamda og'zaki nutq malakasini egallashda ta'limiy, metodik hamda amaliy tayanchlarni beradi. Shu sababli keyingi paytlarda mamlakatimizda Lingvodidaktika o'quv fanining tarkib topa boshlaganligi va uning vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini rivojlantirish metodikalarini ishlab chiqish dolzarb bo'lib turganligini alohida ta'kidlash lozim.

Lingvopedagogikaga doir Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Rossiya Federatsiyasi ta'lim muassasalarining o'ziga xos tajribalari mavjud ekanligini eslatib o'tish kerak[3]. Bu tajribalarda eng avvalo zaruriy og'zaki nutqni shakllantirilib, keyin yozma nutqni shakllantirish jarayonida til qoidalari bilan qurollantiriladi va asosiy e'tibor til o'rganuvchilarning nutqini rivojlantirishga qaratiladi. Shu jihatdan bunday tajribalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Nutqni rivojlantirishda ona tili lingvodidaktikasining o'rni. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida nutqni rivojlantirishning eng muhim asoslaridan biri Ona tili qoidalarini chuqur o'zlashtirish hamda uning nutqi me'yorlarini o'zlashtirishdan iborat. Bu borada lingvodidaktikaning quyidagi imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) Ona tili so'z boyligining eng muhim tarkibini o'zlashtirish va bunda adabiy til me'yorlariga amal qilish ko'nikmasini egallash;

2) Ona tili darslarida lingvopedagogikaning amaliyotdan nazariyaga tamoyillariga asosan mashg'ulotlarni amalga oshirish;

3) Ona tili mashg'ulotlari vositasida eng avvalo boshlang'ich sinf o'quvchilarining og'zaki nutqini shakllantirish va keyin ularning yozma nutqini tarkib toptirish jarayonida til qoidalari va me'yorlarini o'zlashtirishga erishish;

4) Ona tili mashg'ulotlarining nisbatan ko'p vaqt birligini amaliy mashg'ulotlar va treninglar shaklida o'tkazishni birlamchi bilish.

Mazkur mashg'ulotlar jarayonida 4 K modeli bo'yicha boshlang'ich sinf o'quvchilarining kollabaratsiya va kommunikatsiya, ya'ni ta'lim muhiti sharoitidan oqilona foydalanish va jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalarini tarkib toptiriga tayanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchilari jamoa bo'lib ishlash jarayonida Ona tili me'yorlari asosida nutqni rivojlantirish imkoniyatlariga ega bo'ladi. Bunda ayniqsa ularning so'zlarni talaffuz qilish ko'nikmasining talab darajasida tarkib topishi kutilgan samarani beradi. Shu sababli boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ona tili bo'yicha nutqini rivojlantirishda amaliy mashg'ulotlar imkoniyatlariga tayanish kutilgan samarani beradi.

Nutqini rivojlantirishda ingliz tili lingvodidaktikasining o'rni. Boshlang'ich sinf o'quvchilari Ingliz tili o'quv fani vositasida mazkur til ko'nikmalarini o'zlashtirishi eng muhim mashg'ulotlar jarayonidan biri hisoblanadi.

April 23-24, 2024

505

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^^lSllli

Boshlang'ich ta'limda Ingliz tili o'quv fanini o'qitishda eng avvalo o'quvchilarning yozma nutqini talab darajasida tarkib toptirish va shu asosda ularning og'zaki nutq malakalarini yuzaga keltirish muhim yondashuv hisoblanadi. Shu jihatdan bu borada lingvodidaktikaning quyidagi shakllaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) Ingliz tili mashg'ulotlarini o'quv texnik jihozlari bilan ta'minlangan sinflarda amalga oshirish va bunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil harakat vositasida mazkur tilni o'zlashtirishini yo'lga qo'yish;

2) Ingliz tili talaffuzini o'rganish jarayonida yozma nutqni shakllantirishga tayanish va boshlang'ich sinf o'quvchilarini chiroyli yozma va og'zaki nutq ko'nikmasi bilan qurollantirish;

3) talaffuz ko'nikmalarini o'zlashtirishda boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh, jismoniy, ruhiy va estetik imkoniyatlarini hisobga olgan holda lingvodidaktik o'yinlar tashkil qilish;

4) lingvodidaktik o'yinlarni tashkil qilishda boshlang'ich sinf o'quvchilarining nisbatan o'zaro aloqa, bir-biridan o'rganish va talaffuz me'yorlarini birgalikda o'zlashtirish metodikasiga asoslanish.

Mazkur metodikaga asoslanish boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili nutqini rivojlantirishda muhim omillarni beradi. Bunda ayniqsa lingvodidaktik o'yinlarning ahamiyati yuksak ekanligini eslatib o'tish joiz[4]. Shu ma'noda boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili bo'yicha nutqini rivojlantirishda tajribali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining individual metodikalaridan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan tashqari, haftaning muayyan kunlarini Ingliz tilida so'zlashish kuni sifatida belgilash lingvodidaktikaning muhim shakllaridan biri bo'lib, uning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq rivojlanishi va yozma hamda og'zaki nutqning malakaga aylanish jarayoni kechadi.

E'tibor berilsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ona tili va Ingliz tili bo'yicha nutqlarini rivojlantirishning muhim lingvodidaktik imkoniyatlari mavju d. Bunday imkoniyatlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining amaliy harakatlari, lingvodidaktik o'yinlar vositasida nutqiy ko'nikmalarni o'zlashtirishi va bir-birlaridan o'zaro o'rganishi kabilar muhim ahamiyatga ega.

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini rivojlantirishda lingvodidaktikaning imkoniyatlaridan foydalanish kutilgan samarani beradi. Shu jihatdan bu borada quyidagilarni amalga oshirish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz:

a) boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ona tili bo'yicha nutqini rivojlantiruvchi lingvodidaktik o'yinlar va ulardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish;

April 23-24, 2024

506

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

b) boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili bo'yicha nutqini rivojlantiruvchi lingvodidaktik o'yinlar va ulardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish;

v) bo'lajak o'qituvchilarning haftalik amaliyot davrida lingvodidaktik ko'nikmalarini tarkib toptirish.

Bularning barchasi boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini rivojlantirishda muhim imkoniyatlarni beradi. Shu sababli bu borada ilmiy-metodik ishlanmalarni yaratish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz.

REFERENCES:

1. "0'zbekiston-2030" strategiyasi. // www.ziyonet.uz

2. Коллектив авторов. Основы лингводидактики. - Санкт-Петербург, 2009

3. Jabborova O. Boshlang'ich ta'limda innovatsion texnologiyalar. - Toshkent, 2023

4. Mardonov Sh., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi. - Toshkent, 2021

507

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.