Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL TA’LIM KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA LINGVODIDAKTIKANING IMKONIYATLARI'

BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL TA’LIM KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA LINGVODIDAKTIKANING IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich / mustaqil / ta’lim / o‘quvchi / ko‘nikma / lingvodidaktika / bilim / tajriba.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dinoraxon Turg‘Unboy Qizi Saparbayeva

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini lingvodidaktikaning imkoniyatlaridan foydalanish masalalari to‘g‘risida fikr yuritilgan va mualliflarning yondashuvlari taqdim qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL TA’LIM KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA LINGVODIDAKTIKANING IMKONIYATLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MUSTAQIL TA'LIM KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA LINGVODIDAKTIKANING

IMKONIYATLARI

Dinoraxon Turg'unboy qizi Saparbayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3 bosqich talabasi

ANNOTATSIYA:

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim ko'nikmalarini lingvodidaktikaning imkoniyatlaridan foydalanish masalalari to'g'risida fikr yuritilgan va mualliflarning yondashuvlari taqdim qilingan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich, mustaqil, ta'lim, o'quvchi, ko'nikma, lingvodidaktika, bilim, tajriba.

АННОТАЦИЯ:

В статье рассматриваются вопросы использования возможностей лингводидактики навыков самостоятельного обучения учащихся младших классов и представлены подходы авторов.

Ключевые слова: новичок, самостоятельный, образование, обучающийся, навык, лингводидактика, знания, опыт.

ABSTRACT:

The article discusses the issues of using the possibilities of linguodidactics of independent learning skills of elementary school students and presents the approaches of the authors.

Keywords: beginner, independent, education, learner, skill, linguistic didactics, knowledge, experience.

"0'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga doir Davlat dasturida boshlang'ich sinf o'quvchilarining ko'nikmalarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish va ulardan foydalanish metodikalarini ishlab chiqish vazifalari qo'yilib, amalga oshirilmoqda[1]. Mazkur o'rinda ana shu masalaning boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim ko'nikmalarini rivojlantirishda lingvodidaktikaning imkoniyatlaridan foydalanish masalasi tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

Lingvodidiaktikaning boshlang'ich sinf o'quvchilari ko'nikmalarini

April 23-24, 2024

508

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversite^

shakllantirishdagi xususiyatlari. Lingvodidaktika Ona tili va xorijiy tillar vositasida ta'lim oluvchilarning til ko'nikmalari hamda o'qish malakalarini shakllantiruvchi jarayondir[2]. Shu jihatdan lingvodidaktika boshlang'ich sinf o'quvchilari ko'nikmalarini shakllantirishda quyidagi xususiyatlari bilan muhim imkoniyatlarni berishini eslatib o'tish joiz:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarining til o'rganish va til savodxonligidan foydalanish ko'nikmasini ta'lim va tarbiya uyg'unligi vositasida shakllantirish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish va tushunish savodxonligidan foydalanish ko'nikmasini bilim va malaka uyg'unligi vositasida shakllantirish;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tili imkoniyatlaridan foydalangan holda xorijiy tillarni o'zlashtirish ko'nikmalarini shakllantirish;

4) boshlang'ich sinf o'quvchilarining til madaniyati qoidalariga rioya qilish ko'nikmalarini shakllantirish.

Lingvodidaktika mana shunday imkoniyatlari bilan ona tili va xorijiy til vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining til savodxonligi, til madaniyatiga amal qilish va tillarni o'rganishda odob qoidalariga rioya qilish ko'nikmalarini tarkib toptirishi bilan muhim ta'limiy-tarbiyaviy asos hisoblanadi. Shu sababli bunday imkoniyatlardan foydalangan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarining ko'nikmalarini kutilgan darajada tarkib toptirish bu boradagi imkoniyatlarni kengayishiga xizmat qiladi[3].

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim ko'nikmalarini tarkib toptirishda lingvodidaktika imkoniyatlaridan foydalanish. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim ko'nikmalari - bu ularning bilim asoslarini chuqur o'zlashtirish hamda o'zlashtirganlaridan amaliy faoliyatda foydalanish ko'nikmalari majmuidir[4]. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim ko'nikmalarini tarkib toptirishda lingvodidaktikaning quyidagi imkoniyatlaridan foydalanish kutilgan samarani beradi:

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tili ko'nikmasini tarkib toptirish bilan ularning mustaqil fikrlash va mustaqil harakat qilish ko'nikmalarini rivojlantirish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarining xorijiy tillarni o'rganish ko'nikmasini rivojlantirish bilan ularni mustaqil faoliyatga tayyorlik ko'nikmalarini rivojlantirish;

3) til odobi ko'nikmasi vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim asosida ularning amaliy faoliyat ko'nikmalarini rivojlantirish;

4) xorijiy tillarni o'zlashtirish ko'nikmasi vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim asosida ta'limning keyingi turlariga tayyorlik ko'nikmalarini rivojlantirish.

Bu imkoniyatlar boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim asosida til

April 23-24, 2024

509

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

ichirchiaäavlaLBSdägogika-anivsrsitei^—^^^^ai^i^^iaia^gso^äk^iäi^^äsiämsss^^

odobi, til o'rganish yondashuvi, mustaqil va amaliy faoliyatlarga tayyorlik ko'nikmalarini kutilgan darajada tarkib toptirish omillarini beradi. Chunki lingvodidaktika mustaqil ta'limning til va faoliyat bilan bog'liq bo'lgan odoblari vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarini faoliyatga tayyorlashning keng imkoniyatlariga egadir. Shu sababli xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Rossiya Federatsiyasi boshlang'ich ta'lim bosqichida lingvodidaktika imkoniyatlari vositasida o'quvchilarning til madaniyati hamda mustaqil faoliyat ko'nikmalarini rivojlantirish bilan ularni faoliyatga tayyorlash mexanizmlaridan oqilona foydalanilib kelinayotganligini eslatib o'tish joiz. Bu kabi tajribalar mamlakatimiz boshlang'ich ta'limiga ham joriy etilishi o'quvchilarning mustaqil ta'lim faoliyati ko'nikmasini bugungi kun talablari asosida rivojlantirish jarayonini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim ko'nikmalarini shakllantirishda lingvodidaktika imkoniyatlaridan foydalanish shakllari. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim ko'nikmalari bevosita amaliy faoliyat bilan bog'langanligi muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Shu sababli ularning mustaqil ta'lim ko'nikmalarini shakllantirishda lingvodidaktika imkoniyatlaridan quyidagi shakllarda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) qo'shimcha ta'lim vositasida mustaqil ta'limning til imkoniyatlarini shakllantirish va boshlang'ich sinf o'quvchilarini til o'rganish hamda til odobiga rioya qilish ko'nikmalarini tarkib toptirish;

2) individual ta'lim vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim ko'nikmasida odobga rioya qilish va o'zlashtirgan bilimlaridan mustaqil foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish;

3) qisqa muddatli mashg'ulotlar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil faoliyat ko'nikmasida til madaniyati va faoliyat amaliyoti ko'nikmalarini yuzaga keltirish;

4) to'garaklar mashg'ulotlari vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilari mustaqil ta'lim faoliyatini ravon fikrlash, o'z fikrini yetkazib berish, jamoatchilik joylarida nutqiy madaniyat bilan namuna bo'lish va murakkab sharoitlarda individual amaliy faoliyatga tayangan holda o'zligini saqlab qolish ko'nikmalari bilan boyitish.

E'tibor berilsa, lingvodidaktikaning tajribadan o'tgan bu shakllari boshlang'ich sinf o'quvchilari mustaqil faoliyat ko'nikmasini turli imkoniyatlar va vositalar bilan boyitish xususiyatlariga egadir. Shu sababli mazkur shakllardan foydalangan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarida mustaqil faoliyat jarayonida til odobi hamda ahloq qoidalariga rioya qilish malakalarini kutilgan darajada tarkib toptirish mumkin. Mazkur masalada o'ziga xos lingvodidaktik metodikalarni o'zlashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

April 23-24, 2024

510

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil ta'lim faoliyat ko'nikmasini shakllantirish va rivojlantirishda lingvodidaktikaning imkoniyatlari hamda shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda ayniqsa, mustaqil faoliyat ko'nikmasining til odobi va umumiy axloq qoidalari bilan boyitilishi muhim imkoniyatlardir. Shu jihatdan mazkur masalalarning ilmiy-metodik asoslari bilan oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini qurollantirish eng muhim amaliy pedagogik vazifalar tarkibiga kiradi. Buning uchun bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining individual tashabbuskorlik imkoniyatlaridan foydalangan holda lingvopedagogik shakllardan foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES:

1. "O'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga doir Davlat dasturi. // www. ziyonet.uz

2. Коллектив авторов. Основы лингводидактика. - Санкт-Петербург, 2015

3. Qosimova K, Matchonov S., G'ulomova X., Yuldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. - Toshkent, 2009

4. Jabborova O., Saparbayeva D. Boshlang'ich ta'limda mustaqil ta'limni tashkil etish metodikasi. - Toshkent, 2023

511

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.