Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING INGLIZ TILI BO‘YICHA LEKSIKOGRAFIYA KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI'

BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING INGLIZ TILI BO‘YICHA LEKSIKOGRAFIYA KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksikografiya / boshlang‘ich / o‘quvchi / ingliz tili / ko‘nikma / shakllantirish / tajriba / metodika.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sevara Elyor Qizi Baxtiyorova

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining Ingliz tili bo‘yicha leksikografiya ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi to‘g‘risida fikr yuritilgan va mualliflarning mazkur masala bo‘yicha yondashuvlari taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINING INGLIZ TILI BO‘YICHA LEKSIKOGRAFIYA KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING INGLIZ TILI BO'YICHA LEKSIKOGRAFIYA KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Sevara Elyor qizi Baxtiyorova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyot ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA:

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili bo'yicha leksikografiya ko'nikmalarini shakllantirish metodikasi to'g'risida fikr yuritilgan va mualliflarning mazkur masala bo'yicha yondashuvlari taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: leksikografiya, boshlang'ich, o'quvchi, ingliz tili, ko'nikma, shakllantirish, tajriba, metodika.

АННОТАЦИЯ:

В статье рассматривается методика формирования навыков лексикографии у учащихся начальных классов на английском языке и представлены подходы авторов к этому вопросу.

Ключевые слова: лексикография, начальный, ученик, английский язык, навык, формирование, опыт, методика.

ABSTRACT:

The article analyzes the role of linguistic didactics in the development of speech of elementary school students and presents the approaches of the authors.

Keywords: linguistic didactics, beginner, student, speech, knowledge, skill, skill, experience.

"0'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga doir Davlat dasturida boshlang'ich sinf o'quvchilarining til o'rganish ko'nikmasini hozirgi zamon talablari asosida tarkib toptirish va bunda tajribadan o'tgan metodikalarga tayanish vazifalari qo'yilgan[1]. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili bo'yicha leksikografiya ko'nikmasini shakllantirish metodikasidan oqilona foydalanish dolzarb bo'lib turibdi. Bu o'rinda e'tiboringizni ana shu masalaning tahliliga tortamiz.

Leksikografiya metodikasi mazmuni. Muayyan tilni o'rganish jarayonida uning so'z boyligi va so'zlarning yozilish asoslari bo'yicha ta'limni amalga oshirish leksikografiya mazmunini tashkil qiladi[2]. Shu ma'noda leksikografiya vositasida

April 23-24, 2024

500

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

o'quvchilarning so'zlami to'g'ri yozilishi va ularni aniq talaffuz qilish qoidalari bilan qurollantirish birlamchi vazifalardan hisoblanadi.

Leksikografiya vositasida muayyan tilning so'zlarini yozilishi qoidalarini o'zlashtirish shu tilni o'rganishdagi tayanchlardan biridir. Shu jihatdan miso l uchun, Ingliz tili so'zlarining yozilish qoidalarini o'rganish va uning vositasida yozma nutqni tarkib toptirish muhim ahamiyatga egadir. Bu borada Buyuk Britaniya va Amerika Qo'shma Shtatlarining amaliy tilshunoslik metodikasidan foydalangan holda individual va milliy yondashuvlarni tarkib toptirish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili bo'yicha leksikografik ko'nikmalarini tarkib toptirish. Ingliz tilida so'zlarning yozilishi, ularning talaffuzi va ma'no qatlami nisbatan murakakab hisoblanadi. Chunki bunda so'zning talaffuziga ko'ra yozilishiga amal qilinmaydi. Shu jihatdan mazkur masalada quyidagi metodikaga tayanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) Ingliz tili so'zlarining yozilishining jonli nutq leksikasi vositasida o'rganishga e'tibor berish;

2) Ingliz tili so'zlarining yozilishi qoidalari va ularning yozma ifodalanishini hamda og'zaki nutqda talaffuz etilishini uyg'un o'rgatish;

3) Ingliz tili so'zlarining leksik qatlamlaridagi ma'no ko'lamining rang -barangligini hisobga olgan holda boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqi faoliyatda ko'p qo'llaydigan so'zlar vositasiga alohida e'tibor berish;

4) leksikografiyaning yozma va og'zaki nutq talaffuzidagi farqliklarini boshlang'ich sinf o'quvchilari tushunadigan hamda idrok eta oladigan shaklda o'qitish.

Bunday metodika asosanish boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili leksikografiyasi qoidalarini o'zlashtirishida amaliy ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda an'anaviy grammatik qoidalarni yodlatish metodikasining amaliy samaradorligi kam bo'layotganligini hisobga olgan holda, Ingliz tili mashg'ulotlarining grammatik darslari o'quvchilarning so'z boyligi asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu jihatdan bunda leksikografiyaning ko'p so'zlar bilan ta'lim oluvchilarni qurollantirish asoslariga e'tibor berish kutilgan samarani beradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili bo'yicha so'z boyligini rivojlantirib borishning asosiy tayanchlaridan biri ularning ko'proq so'zlashga o'rgatishdir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili bo'yicha leksikografik ko'nikmalarini tarkib toptirish shakllari. Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablari til o'rganish va bilim asoslarini kutilgan darajada o'zlashtirishga

April 23-24, 2024

501

yo'naltirilgan tarzda jihozlanayotganligi muhim imkoniyatlarni beradi[3]. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili bo'yicha leksikografik ko'nikmalarini tarkib toptirishda quyidagi amaliy shakllardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) mazkur fan bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni lingvistik sinflarda o'tkazish va bu mashg'ulotlarda o'quvchilarning mustaqil shug'ullanishiga e'tibor berish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarining xususiyatlariga mos bo'lgan nasriy asarlarni taqdim etib borish va ular bo'yicha o'quvchilarning kollekviumlarini o'tkazish;

3) imkon qadar haftalik ta'lim jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'zaro ingliz tilida so'zlashuvini yo'lga qo'yish va bunda o'quvchilarning o'zlari mansub bo'lgan guruhlar vositasida oqilona foydalanish;

4) Ingliz tili bo'yicha boshlang'ich sinf o'quvchilarini bayon, ma'lumotnoma, tahlil va fikr-mulohazalarini yozishga o'rgatish hamda uni ko'nikma darajasiga olib chiqish;

5) Boshlang'ich sinf o'quvchilarini leksik, ya'ni so'zlar tahlili ustida ishlashga o'rgatish.

Bunday metodikaga asoslanish boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili bo'yicha leksikografik ko'nikmalarini talab darajasida tarkib toptirish imkonini beradi[4]. Shu jihatdan bu borada ingliz tili o'qituvchilarining faol bo'lishi va har bir o'quvchilar guruhi bilan individual ishlash metodikasiga tayanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga noan'anaviy yondashuvlar asosida leksikografik ko'nikmalarini taqdim etish ularning qiziqishini ta'minlaydi va so'z ustida ishlash ko'nikmasini rivojlantiradi.

Diqqat qilinsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tili bo'yicha leksikografik ko'nikmalarini tarkib toptirish shakllari rang-barangdir. Shu sababli bunday shakllardan foydalanishda ularning eng qulay va samarali turlariga e'tibor berish kutilgan samarani beradi.

Leksikografiya boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozma nutqini kutilgan darajada tarkib toptiruvchi muhim omildir. Shu sababli bu borada o'quvchilarning o'z fikrlarini yozma ifoday olish ko'nikmasini tarkib toptirish va yozgan matnlarini tahlil qilishga o'rgatish maqsadga muvofiq bo'ladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ko'p hollarda o'quvchilar og'zika nutq ko'nikmasiga ega hisoblanadi, lekin yozma nutq masalasida murakkablikka duch keladi. Shu sababli bu borada leksikografiya amaliyotining turli shakllaridan foydalanish boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozma nutqlarini talab darajasida shakllantirish imkonini beradi.

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quuvchilarining Ingliz tili bo'yicha leksikografik ko'nikmalarini tarkib toptirish muhim xususiyatlarga ega. Bu borada

April 23-24, 2024

502

^hirchiq^avlat^edagogjka^niVBBiiiiii^^^^^^^^imiiä

yangi avlod ilmiy-metodik ishlanmalarni yaratish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz.

REFERENCES:

1. "0'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvalash yili"da amalga oshirishga doir Davlat dasturi. // www.ziyonet.uz

2. Tojiboyev Yo. Leksikografiya asoslari. -Toshkent, 2015

3. Mardonov Sh., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi. - Toshkent, 2021

4. Jabborova O. Boshlang'ich ta'limda innovatsion texnologiyalar. - Toshkent, 2023

503

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.