Научная статья на тему 'BOSHLANG„ICH SINF O„QUVCHILARINI TARBIYALASHDA KIBER MUAMMOLAR'

BOSHLANG„ICH SINF O„QUVCHILARINI TARBIYALASHDA KIBER MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG„ICH SINF O„QUVCHILARINI TARBIYALASHDA KIBER MUAMMOLAR»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

BOSHLANG'ICH SINF O„QUVCHILARINI TARBIYALASHDA KIBER

MUAMMOLAR

N. R. Ashurov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti professori v.b, O'zbekiston

Bugungi kunda yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa boshlang'ich sinflarda o'quvchilarga ta'lim berish ga yangicha yondashuvlarni joriy etish, yangi metodikalarni ishlab chiqish olimlarimiz va pedagoglarimiz oldida turgan eng muhim masaladir.

30 yil oldingi o'quvchilar bilan bugungi kundagi o'quvchilarni solishtiradigan bo'lsak, ularning o'rtasida juda katta farq mavjudligi, bugungi kundagi yosh avlod kiber dunyo avlod sirasiga kirishi bilan murakkabdir. Kiber avlod deganda qanday avlod ekan degan savollar ko'z o'ngimizda gavdalanishi tabiiy albatta.

Kiber - kompyuterlar, axborot texnologiyalari va virtual voqelik madaniyati bilan bog'liq yoki unga oid xususiyatlardir. Shunday ekan, axborot texnologiyalariga boy davrda tarbiyalanayotgan yosh avlodga ta'lim berish o'qituvchi, murabbiy va ota-onalarimizning zimmasida turgan eng o g'ir yukdir.

Bugungi kunda 5 soniya oldin sodir bo'lgan voqea va hodisalarni dunyoning istalgan nuqtasidan turib kuzatishingiz mumkin. Ushbu tezkor va axborotlar almashinuvi soniyalar bilan o'lchanadigan davrda o'qituvchilarning fikrlash tezligi, dars berish metodikasi ham ushbu soniyalar tezligidek harakat qilishga undashlikni talab qilmoqda. Afsuski bunday tezlikda fikr yuritishni o'qituvchidan talab qilishdan oldin, ayrim hollarda eski metodikadan voz kecha olmayotgan o'qituvchilarimizni ham kuzatishimiz mumkin. Bunday holatdan xulosa qilib ta'limni jar yoqasida qurib borayotgan daraxt tanasiga o'xshatgingiz keladi.

Ayrim yangicha fikrlay olmaydigan va zamon bilan hamnafas b o'la olmaydigan pedagoglar bilan qanday qilib ta'lim tizimini isloh qilishimiz, yoki zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tinglovchilarga tushuntirib borishimiz? Qanday qilib pedagoglar malakasini oshirish tizimiga innovatsion yondashishimiz? Xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari to'g'risida bong urishimiz mumkin?

166

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Ташкентский институт экономики и педагогики ^oshkentjqtisGdiyot^a^edagGgikajnstitut^^^^

Science, education, innovation: modern tasks and prospects Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

Boshlang'ich ta'lim muammosining hayotiy timsollari

O'quvchi O'qituvchi

Tizim

I

Ta'lim va tarbiya ishtirokchi va ijrochilarining manfaati va ehtiyojlariga asosan quriladigan qo'rg'ondir. Rasmdagi "o'quvchi" timsoli, qo'rg'onning shakli bo'lsa, "o'qituvchi" timsoli, shaklga mazmun beruvchi muasavvurdir. Biroq, hayotda shakl va mazmunni o'zgartirishga va ularning ishiga xalaqit beruvchi bo'lgan insonlar ham mavjud va ular rasmda "www o'rgimchak to'ri" timsolida tasvirlangan.

O'qituvchilarning yangicha fikrlashiga nima to'sqinlik qilmoqda? Yangi metodikani joriy etishga yoki ta'limga innovatsion yondashmaslikka qaysi omillar ta'sirini ko'rsatmoqda? Biz faqat moddiy manfaat uchun xizmat qilib, bir kunim o'tsa bo'ldi qabilida dars berishga moslashib qolganmizmi? Biz o'qituvchilar ta'lim berishga qanday ilmiy qurollanishimiz kerak? Ota-ona bizdan qanday ta'limni kutmoqda? Davlat va jamiyat uchun yetishtiryotgan mahsulotimizning sifati qanday bo'lishi kerak? Bunday muammoli savollarni ko'plab keltirishimiz mumkin albatta.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra (Aqliy yoki jismoniy o'sishda nuqsonlari bor bolalar uchun mo'ljallangan maktab va sinflardagi o'qiydigan bolalarsiz) bugungi kunda boshlang'ich sinflarda ta'lim olayotgan bolalar soni 2 million 468 ming 300 nafarni tashkil etib ulardan 1 million 182 ming 800 nafari qiz bolalarni, 1 million 285 ming 500 nafari o'g'il bolalar ulushiga to'g'ri kelmoqda.

Ushbu ko'p sonli boshlang'ich sinflarda ta'lim olayotgan o'quvchilarni o'qitish bilan bog'liq muammolar ko'plab uchraydi. Jumladan:

- boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashdagi o'qitish metodikasiga oid darsliklarning mazmunan eskirib qolganligi, ularga pedagogik amaliyotning yuzaki o'tilishi bo'lajak pedagogning kasbiy sifatlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda;

167

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

- pedagogika mutaxassisligi eng ommaviylardan biri bo'lishiga qaramasdan, uning jozibadorligi pastligi sababli pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining o'z kasbi bo'yicha mehnat qilish motivatsiyasi past darajada qolmoqda;

- pedagog kadrlarni ishga qabul qilishda ularning malaka darajasini aniqlash uchun aniq talablarni ishlab chiqilmaganligi;

- boshlang'ich sinflar uchun yaratilayotgan darsliklarda xilma-xillikning yo'qligi ularni yaratishda ommaviy pedagoglarning takliflari inobatga olinmayotganligi ularning mazmuni, metodikasi va nashr sifatiga salbiy ta'sir etmoqda;

- yosh o'qituvchilarni, ularning xizmat mavqeyi o'sishini hisobga olgan holda, kasbiy qo'llab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash mexanizmining takomillashmaganligi;

- kiber avlodga ta'lim berishga yangi innovatsion o'qitish metodiklarining yaratilmaganligi;

- uzoq yillik tajribaga ega bo'lgan o'qituvchilar kompyuter savodxonligini va chet tilini bilmasligi bois attestatsiyadan o'ta olmayotganligi;

- o'quvchilarda ta'lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirishning metodikasi yo'qligi,

- ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan muloqotga kirishishda, ularga ta'limiy islohatlarni targ'ib qilish tizimi mavjud emasligi boshlang'ich sinflarda dars samaradorligiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Shu o'rinda quyidagi muammolarni ham ta'kidlash joizki (3-sinf o'quvchisi misolida) maktab o'quvchisiga uyga vazifa berilsa, u ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxsdan yordam so'raganda quyidagi holatga duch kelishi ko'plab kuzatilmoqda. Xususan:

- ota-ona farzandining uyga vazifasiga yordam berishning o'rniga, telefonini berib shundan foydalanish tavsiyasini beradi, ushbu o'quvchi telefondan foydalanish jarayonida turli ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil mavzulardagi video va rasmlarni o'zi anglamagan xolda ko'rishi;

- ijtimoiy tarmoqda behuda vaqt sarflashi, bajarishi kerak bo'lgan uyga vazifa ham qolib ketishi, fikr hayoli faqat ushbu telefondan ko'rgan video bilan band bo'lishi;

- o'quvchi tomonidan bajarilishi kerak bo'lgan vazifa bajarilmasligi, oqibatda o'qituvchining e'troziga sabab bo'lishi yoki past baho olishi;

- o'quvchi bor holatni ota-onaga to'g'ri yetkazmasligi, u o'zining aybini yashirgan holatda ustozini aybdor deb hisoblashi, ota-ona tomonidan o'qituvchiga nisbatan salbiy munosabatning paydo bo'lishi, ayrim holatlarda ota-ona tomonidan

168

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

o'qituvchining kaltaklanishi yoki sudgacha borib yetishi bilan yakunlanish holatlari bugungi kunda juda avjiga chiqib bormoqda.

Keyingi safar ushbu o'quvchi tomonidan uyga vazifa bajarilmgan taqdirda o'qituvchi unga nisbatan hech qanday e'tirozsiz hammadan yuqori baho qo'yishi, o'qituvchining ishchanlik qobiliyatining pasayishiga va boshqa kasb tanlashga yoki boshqa ishga o'tib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bunday holatlar esa jamiyatda o'qituvchi kasbining obro'sizlanishiga, ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri foydalana olmaslik esa jamiyatdagi muvozanatni buzishga xizmat qilmoqda.

Muammolarni hal qilish uchun tavsiyalar.

- boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlaydigan pedagogika oliy ta'lim muassasalaridagi o'qitish metodikasiga oid darsliklarni mazmunan yangilash pedagogik amaliyotni "4+2" dasturi asosida to'g'ri yo'lga qo'yish;

- pedagogika mutaxassisligining jozibadorligini oshirish choralarini ko'rish, pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining o'z kasbi bo'yicha mehnat qilish motivatsiyasini oshirish;

- pedagog kadrlarni ishga qabul qilishda ularning malaka darajasini aniqlash uchun aniq talablarni ishlab chiqish;

- boshlang'ich sinflar uchun yaratilayotgan darsliklarda xilma-xillikning ta'minlash, darslik yaratishda faqat eksperlarni emas pedagoglarning takliflarini ham inobatga olish, darsliklarni yaratishda oshkoralikni ta'minlash;

- yosh o'qituvchilarni, ularning xizmat mavqeyi o'sishini hisobga olgan holda, kasbiy qo'llab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash mexanizmini takomillashtirish;

- kiber avlodga ta'lim berishga yangi innovatsion o'qitish metodiklarining yaratish va joriy etish;

- o'quvchilarda ta'lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish metodikasi ni amaliyotga joriy etish;

- ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan individual ishlash, ularga ta'limiy islohatlarni targ'ib qilish tizimini ishlab chiqish lozim.

Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishda pedagogning ijodkorlik qobiliyatiga ega bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, nafaqat pedagogik, balki boshqa har qanday texnologiya ijodiy fikrlash mahsuli. Shu sababli zamonaviy sharoitda pedagog o'z ustida doimiy izlanishi, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishi, ta'lim yoki tarbiya jarayoniga oid ijodiy mahsulotlarni yarata olish malakalarini shakllantira bilishi zarur.

Har bir o'qituvchi o'z ustida muntazam ravshda ishlamasa, yangiliklarni doimiy ravshda ta'limga joriy etib bormasa, ta'lim texnologiyalarini ijrochisiga emas yaratuvchisiga aylanmasa, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish

169

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^

ko'nikmalarini o'zida shakllantirmasdan turib ko'zlangan maqsadlarga erishishimiz yanada murakkablashib boraveradi.

1. O'qituvchi fanning qaysidir mavzusida salohiyati yoki tajribasi yetishmasa ushbu mavzu bo'yicha kurslarda o'qishni yoki o'z ustida ishlashni yo'lga qo'yishni boshlasak ko'zlangan maqsadga erishishimiz mumkin.

2. O'qituvchining salohiyatini va qobiliyatlarini aniqlab unga tashxis qo'yadigan ilmiy tadqiqot instituti yoki metodik qo'llavchi markaz tashkil qilish, va ushbu tashkilotlar tavsiyasiga ko'ra o'qituvchini ishga qabul qilish va ra g'batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.

3. O'qituvchilar dars o'tish metodikasini zamon talablari asosida doimiy yangilab borishi va kiber avlodni samarali tarbiyalashda qo'llay olish mexanizimlarini yaratishga erishish kerak.

4. maktab o'qituvchilarini tanqidiy fikrlashga va muammoli vaziyatlarni yechishga o'rgatish lozim.

References / Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

3. http://old.lex.uz/ O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi.

4. http://stat.uz O'zbekiston Respublikasi Davlat stat istika qo'mitasining veb sayti.

170

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.