Original peper
D0l:10.24412/2992-9024-2024-2-44-52
© M.A. O'ktamova1^_
1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston
Annotatsiya
KiRiSH: ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanni sevish, uni ardoqlash, unga bolgan mehr-muhabbat, sadoqat kabi tuyg'ular va bularni qanday qilib shakllantirishimiz to'g'risida fikr yuritilgan.
MATERiALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 5 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2019-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.
MAQSAD: boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni shakllantirish, o'quvchilarda vatanni ardoqlash tushunchasini singdirish.
MUHOKAMA VA NATiJALAR: yig'ilgan materiallar o'rganilish natijasida ishtirok etish belgilaridan foydalanishga ta'sirini aniqlandi. boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning afzalliklari bo'yicha tahlil qilingan ilmiy maqolalar zamonaviy kompyuter texnologiyalarining kamchiliklariga qaratilgan maqolalarga qaraganda ko'proq jalb qilish kontingentiga tayanadi. Ikkala o'rganish natejalari bo'yicha mualliflar o'quvchiga murojaat qilish va umumiy bilimlarga murojaat qilish orqali o'quvchi bilan muloqot qiladi, ammo boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog'lab yozilgan maqolalar o'quvchi e'tiborini faol ravishda yo'naltiradi va sharhlar orqali ularga bevosita murojaat qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarida badiiy asarni oqitish jarayonida bilim berish ularda ko'proq tassavvurni kengayishi va bilimni to'laqonli egallashga ko'maklashgan. Asosiy farq o'quvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaatlarda bo'lib, ular shaxsiy sharhlar va savollarda amalga oshiriladi.
XULOSA: tadqiqot natijalari muhim pedagogik ahamiyatga ega ilmiy maqolalar mualliflari tomonidan juda ko'p murojat qilingan bo'lib, Darsning g'oyaviy saviyasi o'quvchiga taqdim qilinadigan bilimlar hozirgi zamon dalillariga muvofiq va milliy xalq ma'rifatparvarligi nuqtai nazaridan bayon qilish, shu bilimlar orqali o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tushuniladi. Dastlab, tarixiy materiallar tarkibida mavjud bo'lgan hikoya, afsona, ertak va masallardan o'rinli foydalanish talab etiladi. Bunga shu yoshdagi bolaning uyda va maktabda shug'ullanadigan asosiy faoliyati bo'lgan o'qish, muomala, o'yin, mehnat yordam beradi.
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Kalit so'zlar: vatanparvarlik, tarbiyaning individual shakli, axloqiy-psixologik xarakter,pedagogik va kasbiy mahorat.
ПАТРИОТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
© М.А. Уктамова1^
1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматривается, как воспитывать учащихся начальной школы в духе патриотизма, любить свою страну, уважать ее, любить ее, а также развивать такое чувство, как преданность.
ЦЕЛЬ: воспитывать у учащихся младших классов в духе патриотизма, прививать учащимся понятие почитания Родины.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа степени освоения студентами изучаемой науки и техники и влияния легкости и трудностей овладения этой наукой после обучения создан корпус из 5 научных статей. Сборник статей опубликован в международных и международных изданиях. национальные академические журналы в период 2019-2023 гг. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования выявили влияние собранных материалов на использование символов участия. научные статьи, анализирующие преимущества патриотического воспитания учащихся младших классов, рассчитаны на более высокий контингент вовлеченности, чем статьи, посвященные недостаткам современных компьютерных технологий. В обоих результатах обучения авторы общаются с учащимся путем обращения к учащемуся и обращения к общим знаниям, но статьи, написанные в связи с воспитанием учащихся младших классов в духе патриотизма, привлекают внимание читателя, активно направляют и направляют его. обращается к ним напрямую через комментарии. Использование современных педагогических технологий, передача знаний в процессе обучения художественным произведениям учащихся младших классов помогла им расширить свое воображение и в полной мере усвоить знания. Основное отличие - в прямых обращениях к читателю, которые осуществляются в личных комментариях и вопросах.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования широко упоминаются авторами научных статей, имеющих важное педагогическое значение, понимают формирование научного мировоззрения у студентов. Прежде всего необходимо правильно использовать рассказы, легенды, сказания и притчи, содержащиеся в исторических материалах. Этому способствуют чтение, общение, игра и работа, которые являются основными занятиями ребенка этого возраста дома и в школе.
Iqtibos uchun: O'ktamova M.A. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash // Inter education & global study. 2024.№ 1. Б. 44-52. doi:10.24412/2992-9024-2024-2-44-52
Ключевые слова: патриотизм, индивидуальная форма воспитания, морально-психологический облик, педагогическое и профессиональное мастерство.
Для цитирования: Уктамова М.А. Патриотическое воспитание учащихся начальных классов // Inter education & global study. 2024. №2. С.44-52. doi :10.24412/2992-9024-2024-2-44-52
FACTORS FOR FORMING STUDENTS' FIELD-RELATED LEARNING
COMPETENCIES IN TRAINING FINE ARTS_
© Mehrigiyo A. Uktamova1®
1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article discusses how to educate elementary school students in the spirit of patriotism, to love the country, to respect it, to love it, and to develop such feelings as loyalty.
AIM: to educate elementary school students in the spirit of patriotism, to inculcate in students the concept of honoring the motherland.
MATERIALS AND METHODS: a corpus of 5 scientific articles was created in order to analyze the extent to which students can master the science and technology under study and the influence of the ease and difficulties in mastering this science after learning. Collected articles published in international and national academic journals between 20192023. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.
DISCUSSION AND RESULTS: the results of the study revealed the influence of the collected materials on the use of participation symbols. scientific articles analyzing the advantages of patriotic education of elementary school students rely on a higher engagement contingent than articles focusing on the disadvantages of modern computer technology. In both learning outcomes, the authors communicate with the student by addressing the student and by referring to general knowledge, but the articles written in connection with the education of elementary school students in the spirit of patriotism draw the attention of the reader. actively directs and addresses them directly through comments. Using modern pedagogical technologies, imparting knowledge in the process of teaching artistic works to elementary school students helped them expand their imagination and fully acquire knowledge. The main difference is in direct appeals to the reader, which are carried out in personal comments and questions.
CONCLUSION: the results of the research have been widely referred to by the authors of scientific articles of important pedagogical value. formation of a scientific worldview in students is understood. First of all, it is necessary to make appropriate use of the stories, legends, tales and parables contained in the historical materials. This is helped by reading, dealing, playing, and working, which are the main activities of a child of this age at home and at school.
Key words: patriotism, individual form of education, moral and psychological character, pedagogical and professional skills.
For citation: Mehrigiyo A. Uktamova. (2024) 'Factors for forming students' field-related learning competencies in training fine arts', Inter education & global study, (2), pp. 4452. (In Uzbek). doi: 10.24412/2992-9024-2024-2-44-52
Vatan va vatanparvarlik tarbiyasi haqida tushuncha, boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslari.Vatanparvarlik tuyg'usi kishining o'z Vatani va uning tabiatiga, xalqiga, xalqining o'tmishdagi va hozirgi qahramonligiga, tili va san'atiga bo'lgan otashin muhabbatini ifodalaydi. Qadim zamonlardan buyon xalqning o'z Vataniga muhabbati qo'shiqlarda, ertaklarda va sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarida tarannum etib kelinadi. Vatanga muhabbat tuyg'usi insonlarni har doim mehnat qahramonligiga, xalqning baxt- saodati uchun kurashga undaydi. Vatanparvarlik - tug'ma tuyg'u emas. Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarda bu tuyg'uni tarbiyalashga muhim o'rin berilgan. Vatan haqidagi boshlang'ich bilimlar bolalarda ularning hayotiy tajribalari zaminida, tevarak- atrofdagi hayot to'g'risidagi muayyan tasavvurlari asosida hosil bo'ladi. Vatan - har bir kishida o'z uyiga, tug'ilib o'sgan yurtiga, eng yaqin kishilari ota- ona, aka-uka, opa- singillariga bo'lgan munosabatida aks etadi.
Bolani vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning individual shakllari asosan oilada amalga oshiriladi. U yoki bu masalada hal qiluvchi rolni oila o'ynaydi. Shuning uchun o'qituvchi o'quvchilarning oilalari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yishi, ota-onalarni bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoniga jalb qilishi kerak. Shunday qilib, ta'lim muassasasida vatanparvarlik ishining muvaffaqiyati o'qituvchilarning axloqiy- psixologik xarakteriga, ularning psixologik, pedagogik va kasbiy tayyorgarligiga, o'z vazifalariga munosabatiga, shuningdek, o'quvchilarning ota-onalari bilan samarali hamkorlik qilish qobiliyatiga bog'liq.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oshirilayotgan keng islohotlar vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelajakdagi boshqaruvchilari-yangi avlod tarbiyasiga qaratilmoqda. Yurtimizda azal-azaldan umuminsoniy va o'zbekona qadriyatlarni,milliy urf-odat va an'analarni ulug'lash,ularga chuqurroq nazar tashlab kelajak avlodga yetkazish uchun e'tibor qaratib kelingan. Mustaqil Vatanimizga har tomonlama yetuk,mukammal, axloqiy pok, yuksak ma'naviy hislatlarga ega,iymon-e'tiqodi butun,o'z xalqi, o'z ona- Vataniga fidoiy, barkamol insonlarni tarbiyalash davlat siyosatida ustuvor masalalardan biri sifatida qaralmoqda.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev kelajak yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib: "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,yuksak intelektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib,dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi,baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz deb takidlaydilar. Tarbiya fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o'quvchilarda "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan. O'quvchilarning qiziqishlari, qobiliyati mos ravishda o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra, ko'lamiga ko'ra, kelib chiqish manbaiga ko'ra turkumlanishi asosida Interfaol metodlar: "Case study" (yoki "O'quv keyslari"), "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Munosabat"; Strategiyalar: "Galereya", "Rotatsiya", "Yumaloqlangan qor"; Grafik organayzerlar: "Konseptual jadval", "Insert", "Nima uchun jadvali" kabilardan samarali foydalanish mumkin. Albatta bunda, shakl va mohiyatiga ko'ra turkumlangan metodlarni tanlashda o'qitish maqsadi bilan o'qituvchilarning kuchli bilimi va salohiyati, dunyoqarashi keng, insonparvarlik, vatanparvar, tashabbuskor, ijodkor, madaniyatli va savodli nutq, kasbiy mahorati, o'z kasbini sevish - o'ziga ishonch yotadi. Ta'lim maqsadlari o'quvchini faqat tayyor bilimlarni o'zlashtirib olishga emas, aksincha, bola bilimni qidirib topishiga erishish, o'z xulosasini chiqara olishga o'rgatish, tanqidiy munosabat bildira olishiga erishish bugungi kunda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning bosh maqsadiga aylanmoqda. Maktabda o'qitiladigan har bir fan, asosan tarbiya fanining har bir mavzu o'quvchi ma'naviy qiyofasining boyishiga hissa qo'shib boradi.
Ayniqsa, xalq og'zaki ijodi namunalari bolalarga kuchli ma'naviy ta'sir ko'rsatish imkoniga ega.Tez aytish, maqollar, ertaklar tajribada sinalgan, minglab yillar davomida jamiyat a'zolarini eng yaxshi fazilatlar sohibiga aylantirgan tarbiya vositalari hisoblanadi.Tez aytish, maqollar, xalq ertaklari mazmun jihatidan boy, shakl jihatidan xilma-xildir.Ularning paydo bo'lishi ham uzoq o'tmishdan boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Xalqning umumiy dahosi mahsuli bo'lgan folklor materiallari aynan bir xalq, bir millat tomonidan yaratilsa ham, umuminsoniy qiymati kuchli hisoblanadi. Shuning uchun ham tez aytishda, maqollarda, ertaklarda turli xalqlarda yaratilgan, mazmun jihatidan bir xil, yoki bir-biriga yaqin bo'lgan materiallar uchrab turadi. Bu hol xalq og'zaki ijodini umumbashariy ta'siriga ega ekanligidan dalolat beradi.
Tez aytishlar, maqollar, ertaklar mazmuniga qarab, yoshlarni tarbiyalashni turli yo'nalishlarini, aqliy, axloqiy, jismoniy, ruhiy, estetik, mehnatsevarlik va boshqa xususiyatlarni tarkib toptirishga qaratilgan bo'ladi. Inson kamolotining biror sohasi yo'qki, unga tez aytish, maqollar, ertaklar ta'sir etmagan bo'lsin. Tarbiya fanidagi ayrim materiallar yoshlarni tarbiyalashni qonun-qoidalari, printsiplari, metodlarini aks ettirish bilan ajralib turadi.Shunday imkoniyatlarga ega bo'lgan xalq og'zaki ijodi boshlang'ich sinflarda tarbiya fanining asosiy mazmuni tarkibiga kiritilgan holda o'rganib kelinmoqda. Folklorshunos olimlarning tadqiqotlarida xalq og'zaki ijodi janr xususiyatlari, badiiy qiymati, paydo bo'lishi va taraqqiyoti haqidagi qarashlari katta ilmiy ahamiyatga ega ekanligini tan olish zarur. Ma'lumki, inson barkamolligi uning ma'naviy qadriyatlar haqidagi xalq og'zaki ijodi yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirishda, kundalik faoliyatlarida doim amalga oshirib borishlari uchun eng qulay vositadir.
Zero, xalq og'zaki ijodi bolalar hayotida alohida o'rin tutadi. Ular o'quvchilarga samarali tarbiyaviy ta'sir qilib, ma'naviy va axloqiy shakllanishlarida katta yordam ko'rsatadi. Xalq og'zaki ijodi milliy o zlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan g oyalarni ruhiyatga singdirish katta ahamiyat kasb etadi. Tarbiya va talimning milliy xususiyatlari ham xalq og'zaki ijodida o'z o'rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bog'liq ekanligi qanchalik haqiqat bo'lsa, o quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash zarurati bugungi kunning dolzarb
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
muammolaridan biridir. Milliy axloqiy tarbiya xalqning o'z-o'zini saqlash va istiqbolini ta'minlash omili bo lib hisoblanadi. Boshlang'ich ta'limda darsning noan'anaviy tarzda tashkil qilinishi o'qituvchi va o'quvchining samimiy munosabati, kichik guruh a'zolarining faolligi, jamoa bo'lib ishlashga o'rgatish, bolada guruh ishtirokchisi sifatida tashabbuskorlik, aniq maqsadga intilish, ijodkorlik, o'z fikrini bayon qilish madaniyati, bunyodkorlik sifatlarini shakllantiradi. Bu jarayon, albatta, o'qituvchidan darsni rejalashtirish va loyihalashtirish mahoratini, barcha o'quvchilarning bir xil ishlashlariga erishish, kreativlik, kommunikativlik, tashkilotchilik, perseptivlik qobiliyatlarini rivojlantirishni talab etadi. Boshlang'ich sinf tarbiya darsalarida xalq og'zaki ijodidan bolalarga topishmoq aytish, uning javobini topish va xulosalar chiqarish, o'quvchilarni faqatgina o'sha aytilayotgan topishmoqning javobini topish uchun harakat qilishidagina emas, balki bolalar o'rtasida bir-biriga mehr, do'stlik, o'rtoqlik, hamjihat bo'lib harakat qilish kerakligi haqida fikrlar bildirilgan.
Tarbiya darslarida xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda boshlang'ich sinf pedagog-tarbiyachilari tomonidan bolalarni tarbiyasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati va yo'nalishiga ko'ra rejalashtirish va tashkil qilish funksiyalari quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi: - maqsadi, vazifasi va shakliga ko'ra xalq og'zaki ijodi turlaridan foydalanish uchun mashg'ulot va uchrashuv, suhbat jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish; -modellashtirish, ya'ni tashkil qilinadigan pedagogik jarayonlarda xalq og'zaki ijodidan foydalanishda o'quvchilar uchun zaruriy shartsharoitlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda faolligini ta'minlash bo'yicha vazifalarni oldindan belgilash; - yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud vaziyatlarga ko'ra tarbiya darslarini tashkil etilishini nazorat qilish, ibrat, namuna ko'rsatish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash asosida rag'batlantirish.
Boshlang'ich sinf tarbiya darslarida xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish jarayonining ishlab chiqilgan pedagogik-tashkiliy tuzilmasi (modeli)ni amaliyotda to'liq joriy etish orqali boshlang'ich sinflarda tashkil qilingan tarbiyaviy tadbir, mashg'ulotlar, oilaviy marosimlar natijasida pedagogik samaradorlikka erishiladi. Ushbu modelning amaliyotga tatbiq etilishi boshlang'ich sinf tarbiya darslarini xalq og'zaki ijodidan foydalanish tizimini takomillashtirishdagi ustuvor masalalarni ijobiy hal etishga olib keldi: - xalq og'zaki ijodidan foydalanib tarbiya darslarini takomillashtirishda falsafiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy yondashuvning mazmun mohiyatini anglashga erishiladi; - boshlang'ich sinf tarbiya darslarni takomillashtirishda xalq og'zaki ijodi namunalariga tayanish zarurligi asoslandi; -boshlang'ich sinf Tarbiya darslarni takomillashtirishda xalq og'zaki ijodidan foydalanishda -Sinkveynll, -Art-texnologiyall, -Eventll texnologiyalarini qo'llash orqali yuqori samardorlikka erishiladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyida topshiriqdan na'muna keltiramiz:
Topshiriqqa misol: O'qituvchining guruhga beradigan topshirig'i o'quvchi shaxsini rivojlanishi va shakllanishiga ta'sir etuvchi xalq o'zaki ijodining asosiy omillarni hayotiy misollar bilan sharhlab berish kerak. Ajratilgan 10-15 daqiqa vaqt ichida guruh mumkin qadar ko'proq sonda javob variantlari berishi kerak. Bir varaq qog'ozga yozilgan topshiriq bir o'quvchidan ikkinchisiga uzatiladi. O'quvchi javobni yozib, qog'ozni keyingi o'quvchiga uzatadi, ruchkasini esa, o'ziga ro'baro' qilib, stolga qo'yib qo'yadi. Javobni bilmaydigan
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'quvchi qog'ozni keyingi o'quvchiga uzatadi-yu, lekin ruchkasini qo'lida olib qoladi. Bu metodikaning yana bir sharti: bitta variantni ikki qayta berish mumkin emas, boshqacha aytganda, qaytariqlar bo'lishiga bu o'rinda yo'l qo'yilmaydi. Topshiriq bajarildi. Javob variantlari yozilgan qog'oz o'qituvchida. U o'sha variantlarni sanab o'tadi. Variantlar sanab o'tilar ekan, ularning biri muhokama qilib boriladi: Insondagi tug'ma qobiliyatni qanday izohlaysiz? Bolani o'rab turgan ijtimoiy muhit deganda nimani tushunasiz? va hokazo. «Ruchka stol o'rtasida» metodi bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan, o'qituvchi mashg'ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko'rib turadi: Mashg'ulotga tayyorlanmagan o'quvchi og'zaki muhokama paytida ko'rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar olishi mumkin; - bu guruhda olib boriladigan ish bo'lib, o'quvchilar intizomini mustahkamlaydi va ularni jipslashtiradi, chunki o'z variant ustida juda uzoq o'ylab o'tiradigan talaba butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflaydi. Shuningdek, o'quvchi mashg'ulotga tayyor bo'lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishlashi kerak bo'ladi; - o'quvchilar o'z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og'zaki muhokama vaqtida tahlil qilib borishadi.
Shunday qilib, tarbiya darslarida qo'llaniladigan mazkur interfaol usullar o'quvchilarning mustaqilligi, ishchanligi, uyushqoqligi, xushmuomalaligi, ijodiy fazilatlarini kamol toptirishga yordam beradi.
Vatan va vatanparvarlik tarbiyasi haqida tushuncha, boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslari.Vatanparvarlik tuyg'usi kishining o'z Vatani va uning tabiatiga, xalqiga, xalqining o'tmishdagi va hozirgi qahramonligiga, tili va san'atiga bo'lgan otashin muhabbatini ifodalaydi. Qadim zamonlardan buyon xalqning o'z Vataniga muhabbati qo'shiqlarda, ertaklarda va sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarida tarannum etib kelinadi. Vatanga muhabbat tuyg'usi insonlarni har doim mehnat qahramonligiga, xalqning baxt- saodati uchun kurashga undaydi.
Vatanparvarlik - tug'ma tuyg'u emas. Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarda bu tuyg'uni tarbiyalashga muhim o'rin berilgan. Vatan haqidagi boshlang'ich bilimlar bolalarda ularning hayotiy tajribalari zaminida, tevarak- atrofdagi hayot to'g'risidagi muayyan tasavvurlari asosida hosil bo'ladi. Vatan - har bir kishida o'z uyiga, tug'ilib o'sgan yurtiga, eng yaqin kishilari ota- ona, aka-uka, opa-singillariga bo'lgan munosabatida aks etadi.Bolani vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning individual shakllari asosan oilada amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida yoshlarga tegishli bo'lgan qonunlar ham mavjud bo'lib, bu qonunlar yoshlarning vatan oldida bo'lgan burchini bajarishiga qaratilgan.Jumladan, 41-moddada: «har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir»; 45-moddada: «Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg'iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir»; 64-moddada: «Ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar»;
66-modda: «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar»;
117-moddada: «O'zbekiston Respublikasining o'n sakkiz yoshga to'lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar» kabi me'yorlar belgilab qo'yilgan.
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishda har bir oqituvchi quyidagi shartlarni e'tiborga olishi lozim:
• bilim egallashga ehtiyojni sezish va o'z bilimi va qobiliyatini namoèn qila clish konikmasiga egalik bclishi;
• oziga nisbatan talabchan, xatti-harakatlaridagi kamchiliklarni bartaraf eta clish;
• vatanparvarlik sifatlariga ega bolish; mehribcnlik, g ururli bc lish;
Sanab otilgan sifatlarni oquvchi ishlar cngiga singdirish uchun quyidagi shartsharcitlarga amal qilish zarur:
• o'quvchilarda vatanparvarlikni shakllantiririshni ijtimoiy hayot sharcitlari bilan bog'lab clib bcrish;
• o'quvchilarni ijtimoiy ycnaltirish, ijtimoiy faclligini cshirishga qaratilgan amaliy faoliyatni tashkil etish;
• ijtimoiy onglilik ijtimoiy hayot vaziyatlaridan tog ri yo4 topib chiqa olish ma'naviyatlilik, komillik belgisi ekanligini tushuntirish.
Ushbu fikrlarning xulosasi o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, jahon hamjamiyatida ijtimoiy siyosiy vaziyatlarning keskinlashaètgan bir sharoitida oquvchi yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1. yoshlarni milliy g'oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch yekanini chuqur singdirish;
2. qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yolida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo lish tuyg'usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bolgan ishonchni kuchaytirish;
3. milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma'nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O'zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch yekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy konikmalarni mustahkamlash;
4. yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko'nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni
5. Har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga yega yoshlarni tarbiyalash;
6. O'zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bolish — bu bugungi kun talabi yekanini hayotiy misollar va ta'sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta'lim muassasalarining orni nihoyatda katta bo lib, ta'lim muassasasida ta'lim berish bilan birga tarbiyaviy ishlar birgalikda amalga oshiriladi. Ta'lim muassasalari talabalarining harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta'lim muassasasida o'tkaziladigan ma'naviyma'rifiy va tarbiyaviy tadbirlar, harbiy xizmatchilar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar orqali olib boriladi.
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Auditoriyadan tashqari ishlarda o'quvchilarda vatanparvarlik tuygularini shakllantirishda ularning olgan bilimlarini amaliy hayotga tadbiq qilishlari uchun aniq maqsad asosida munozaralar o'tkazish juda ahamiyatlidir. Darsmashg'ulotlari vaqtida o'quvchi shu mavzu bo'yicha o'z bilganlarini erkin xolda gapirib berishi, munozara o'quvchiga murakkab masalalarni tushunib olishga, o'z tushunchasini o'rtoqlari oldida namoyish qilishga va bilim doirasining kengayishiga yordam beradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xapkimiz bilan birga kuramiz. -Toshkent, O'zbekiston, 2017. - 488 b.
2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, O'zbekiston, 2016. - 56 b.
3. 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi"1-qism darslik.Toshkent 2023-y.
4. https://lex.uz Toshkent sh. 2017-yil 4-aprel, PQ-2865-son
5. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Barkamol avlod — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori"— Toshkent. Sharq 1997-y.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
O ktamova Mehrigiyo A zamovna, doktorant [Уктамова Мехригиё Аъзамовна,
докторант], [Mehrigiyo.A.Uktamova, PhD student]; manzil: O'zbekiston, 117036, Buxoro, Namozgoh ko'chasi, 32 [адрес: Узбекистан, 117036, Бухара, улица Намозгох, 32.], [address: Uzbekistan, 117036, Bukhara, Namozgoh Street, 32.]; [email protected]