Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF O„QUVCHILARINI IXTISOSLASHTIRILGAN TA‟LIM MUASSASALARIGA TAYYORLASHDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYANING AHAMIYATI'

BOSHLANGʻICH SINF O„QUVCHILARINI IXTISOSLASHTIRILGAN TA‟LIM MUASSASALARIGA TAYYORLASHDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF O„QUVCHILARINI IXTISOSLASHTIRILGAN TA‟LIM MUASSASALARIGA TAYYORLASHDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYANING AHAMIYATI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARIGA TAYYORLASHDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYANING AHAMIYATI

Z. A. Umarova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti, zuxraumarova1407@gmail.com, O'zbekiston

O'zbekistonda boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash hozirgi zamon Pedagogika va Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi fanlarining muhim vazifalari sarasiga kiradi [1]. Chunki mamlakatimizda o'quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash metodikasi, nazariyasi va amaliyoti bo'yicha ilmiy tadqiqotlar tanqisligi mavjud. Bu hol mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi ta'lim turlarining yangilanganligi bilan bog'liqdir. Ayni paytda mazkur masalada yangi texnologiyalarga asoslanish ham dolzarb bo'lib turganligini ta'kidlab o'tish lozim. Shu jihatdan bu o'rinda e'tiboringizni boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga zamonaviy raqamli texnologiya asosida tayyorlash masalasi tahliliga tortamiz.

Raqamli texnologiya xususiyatlari. O'zbekiston Respublikasi "Raqamli texnologiya-2030" konsepsiyasida ta'lii tizimini raqamlashtirishning eng muhim vazifalari belgilanib[2], amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagilarga asoslanilayotganligi ta'limda raqamli texnologiyalarning xususiyatlarini belgilaydi:

1) kompyuterli dastur asosida o'quv adabiyotlari va topshiriqlarning elektron variantini yaratish hamda amaliyotga joriy etish;

2) boshlang'ich ta'limda o'qitiladigan o'quv fanlarini ixchamlashtirish va ularning mashg'ulotlarini amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirish;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarining kompyuterli dastur asosidagi mashg'ulotlardan istalgan vaqtda foydalanish mexanizmlarini joriy etish;

4) boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirish va faoliyatga tayyorgarlik ko'nikmalarini kompyuterli jastur a sosida baholash.

Mazkur asoslar mamlakatimizda boshlang'ich ta'lim raqamli texnologiyalarining xususiyatlari va imkoniyatlarini ifodalaydi.

Ta'kidlab o'tish lozimki, mamlakatimiz umumiy o'rta ta'lim maktablari muntazam ravishda zamonaviy kompyuter, ta'lim planshetlari va laboratoriya jihozlari bilan ta'minlab borilmoqda. Shu sababli raqamli ta'lim texnologiyasi insonning salbiy ta'sir omilini susaytirish va o'quvchilarning mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayni paytda, boshlang'ich ta'limda "Informatika va axborot texnologiyalari" hamda "Texnologiya" o'quv fani vositasida o'quvchilarning quyidagi ko'nikmalarini tarkib toptirish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish lozim:

May 3, 2024

396

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarining kompyuter ta'lim plansheti va mobil aloqa vositalaridan o'quv-texnik asosda foydalanish ko'nikmasini tarkib toptirish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarining Internet jahon tarmog'idan to'g'ri va aniq ma'lumotlarni olish hamda ular bilan ishlash ko'nikmasini tarkib toptirish;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarining raqamli texnologiyalar asosida bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish metodjikasini ishlab chiqish;

4) boshlang'ich sinf o'qituvchilarining O'qituvchi kitobini raqamli texnologiyalar asosida har o'quv yilida takomillashtirib borish.

Bunday yondashuv boshlang'ich sinf o'quvchilarini raqamli texnologiyalar asoslari bilan qurollantirish imkonini beradi [3]. Eslatib o'tish joizki bu borada umumiy o'rta ta'lim maktablari texnik imkoniyatlarga ega. Shu jihatdan mazkur vazifalarni amalga oshirishda Informatika va axborot texnologiyalari o'quv fani o'qituvchilarining faol bo'lishlari taqoza etiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashning raqamli texnologiyasi. Mamlakatimiz boshlang'ich ta'limimi jarayonida raqamlashtirish va raqamli texnologiyalardan foydalanish muhim masalalardan biri bo'lib, bevosita sifatli ta'lim ko'rsatkichlariga erishish bilan bog'liqdir. Shu ma'noda boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashning raqamli texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi. Mazkur masalada biz tomonimizdan ishlab chiqilgan quyidagi variantga e'tibor bering:

1) kompyuterli dastur asosida "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash texnologiyasi"ni shakllantirish;

2) mazkur texnologiyada quyidagi bloklar bo'yicha ma'lumotlar bazasini joylashtirish:

1-blok: boshlang'ich sinf o'quvchilari tayyorlanadigan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari ro'yxati va ularning ta'lim yo'nalishi to'g'risida ma'lumotlar;

2-blok: ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tomonidan qo'yiladigan talablar va ularning sharhi;

3-blok: aniq fanlarga ixtisoslashtrilgan ta'lim muassasalarining o'quv dasturlari va o' quv materiallari;

4-blok: tabiiy fanlarga ixtisoslashtrilgan ta'lim muassasalarining o'quv dasturlari va o'quv materiallari;

5-blok: gumanitar fanlarga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o'quv dasturlari va o' quv materiallari;

6-blok: maxsus ta'limga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o'quv dasturlari va o'quv materiallari;

7-blok: ijod maktablari ta'lim dasturlari va o'quv materiallari;

8-blok: amaliy fanlar (Tasviriy va grafika, Musiqa madaniyati fanlariga) ixtisoslashtrilgan ta'lim muassasalarining o'quv dasturlari va o'quv materiallari;

May 3, 2024

397

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

9-blok: robototexnika va dizayn ta'limiga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o'quv dasturlari va o'quv materiallari;

10-blok: ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o'quv materiallarini o'zlashtirishga doir metodik tavsiyalar va ko'rsatmalar majmui;

11-blok: ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlanish bo'yicha beriladigan topshiriqlar majmui;

12-blok: o'quvchilarning o'zlashttrish ko'rsatkichlarini baholab borish mezonlari va mexanizmlari;

13-blok: o'zlashtirish jarayonini kuchaytirishga yo'naltirilgan amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ta'lim va individual ta'lim bo'yicha ko'rsatmalar majmui;

14-blok: boshlang'ich sinf o'quvchilari va o'qituvchilarning o'zaro bog'lanish bloki;

15-blok: maxsus o'qituvchilar guruhi yordamida boshlang'ich sinf o'quvchilarining ixtisoslashtririlgan ta'lim muassasalariga tayyorgarlik ko'rsatmalarini monitoring qilib borish.

Mana shunday raqamli texnologiya asosida boshlang' ich sinf o' quvchilarini an'anaviy va masofaviy ta'lim shakllaridan foydalangan holda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash tezkor va kutilgan samarani berishi idrok etilishi maqsadga muvofiq bo'ladi [4]. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini raqamli texnologiya bilan qurollantirish dolzarb bo'lib turibdi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashda raqamli texnologiya imkoniyatlari. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashda raqamli texnologiyalar keng imkoniyatlarni beradi. Shu sababli mazkur texnologiyaning biz tomonimizdan shakllantirilgan varianti quyidagilardan iborat:

1) ishlab chiqilgan texnologiyani boshlang'ich sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuteri, ta'lim plansheti va mobil aloqa vositasiga yuklab berish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarining mazkur texnologiyadan istalgan vaqtda foydalanishga yo'naltirish;

3) texnologiyadan foydalanish jarayonida bevosita o'qituvchilar bilan bog'lanish imkoniyatlaridan oqilona foydalanish;

4) texnologiyani o'rganish va o'zlashtirish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining mustaqil faoliyatiga asoslanish;

5) texnologiyani muntazam ravishda o' qituvchi tomonidan takomillashtirib borilishi.

Bu mexanizmlar boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga amaliy tayyorlashning imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, masofadan turib mamlakatimizning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi boshlang'ich sinf o'quvchilarini ham o'z qiziqishlari va layoqatlar asosida ushbu texnologiyaga tayangan

May 3, 2024

398

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^

holda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash imkoniyati ham mavjud. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchilarining hududlardagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida o'qishga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda [5].

E'tibor berilsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashning raqamli texnologiyasi muhim amaliy imkoniyatlariga egadir.

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlashning zamonaviy raqamli texnologiyasi amaliy imkoniyatlarga egaligi bilan muhim texnologiyalardan biridir. Shu sababli oliy pedogogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o'quvchilarni raqamli texnologiya asosida tayyorlash metodikasi bilan qurollantirish dolzarb bo'lib turibdi.

Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari oliy pedagogik ta'lim jarayonida turli axborot texnologiyalarini o'zlashtiradi. Bunda ularni raqamli texnologiya bilan qurollantirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki raqamli texnologiya bevosita kompyuter individual texnologiyasiga asoslanishi bilan axborot texnologiyalaridan farq qiladi. Bunda asosiy maqsad raqamli texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalangan holda boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kutilgan darajada tayyorlashdan iboratdir.

References / Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi "Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmo g'ini kengaytirish to'g'risida"gi Farmoni. // www.ziyonet.uz

2. "0'zbekiston-2030" strategiyasi. //www.ziyonet.uz.

3. Umarova Z., Muminova N.Y. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tayyorlash xususiyatlari. "Boshlang'ich ta'limning zamonaviy tendensiyalari: ta'lim va tarbiya integratsiyasi" II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Jizzax shahri, 2022 yil 27 aprel

4. Umarova Z.A. Boshlang'ich ta'limda konfliktologiya.- Toshkent, 2023

5. Jabborova O., Umarova Z., Boboxodjayeva L. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi. - Toshkent, 2021

399

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.