Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI'

BOSHLANGʻICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta'lim / boshlang'ich / sifat / raqamlashtirish / texnologiya / munosabat / yangilanish / malaka va tajriba.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Onaxon Mannapovna Jabborova, Gulhayo Temirqul Qizi To‘Rayeva

Maqolada boshlang'ich ta'lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning o'rni, ahamiyati va zaruriyati masalalari to'g'risida fikr yuritilgan, mazkur masalalar bo'yicha mualliflarning yondashuvlari taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI»

BOSHLANG'ICH TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

Onaxon Mannapovna Jabborova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang 'ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri

Gulhayo Temirqul qizi To'rayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich ta'lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning o'rni, ahamiyati va zaruriyati masalalari to'g'risida fikr yuritilgan, mazkur masalalar bo'yicha mualliflarning yondashuvlari taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, boshlang'ich, sifat, raqamlashtirish, texnologiya, munosabat, yangilanish, malaka va tajriba.

АННОТАЦИЯ

B статье рассматривается роль, значение и необходимость цифровых технологий в повышении качества начального образования, представлены подходы авторов к данным вопросам.

Ключевые слова: Oбразование, начальный, качество, цифровизация, технологии, отношение, инновации, навыки и опыт.

ABSTRACT

The article discusses the role, importance and necessity of digital technologies in improving the quality of primary education, the authors' approaches to these issues are presented.

Keywords: Education, primary quality, digitization, technology, attitude, innovation, skills and experience.

"0'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga doir davlat dasturi"da boshlang'ich ta'limda sifat ko'rsatkichlarini amaliga oshirish va unda o'qitish jarayonining asoslarini takomillashtirishga e'tibor berish vazifalari qo'yilgan[1]. Shu jihatdan bu

79

vazifalarning ijrosi jarayonida boshlang'ich ta'lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning o'rni masalasini aniqlab olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Raqamli texnologiyalar - bu kompyuter va turli hisoblash texnikalari imkoniyatlariga tayangan holda ishlab chiqilgan va o'quv materiallarini o'qitish jarayonida amaliyotga tadbiq etish majmuidir[2]. Shu sababli bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosida boshlang'ich ta'lim sifatiga erishish masalasi ustuvor qo'yilmoqda va bunda boshlang'ich ta'lim jarayonida inson omilining salbiy ta'sirini susaytirish, o'quvchilarning o'zlashtirish amaliyotini kuchaytirish hamda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'qitish samaradorligini takomillashtirishga erishish muhim indikatorlar hisoblanadi. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun bir necha tashkiliy-tadqiqiy ishlarni amalga oshirish taqozo etiladi.

Boshlang'ich sinf darsliklarining elektron variantlarini joriy etish. Boshlang'ich ta'limda amalda bo'lgan va har o'quv yili boshida takomillashtiriladigan darsliklarning tajribalaridan kelib chiqib yangi avlod darsliklarini yaratish hamda ularni hayotiy yashovchanlik tamoyili asosida amaliyotga joriy etish taqozo etiladi. Shu jihatdan boshlang'ich sinf darsliklarining elektron variantlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) boshlang'ich ta'lim o'quv fanlarining har bir turkumlari bo'yicha ikki variantli elektron darsliklarini yaratish va amaliyotga joriy etish;

2) yaratiladigan elektron darsliklarning bir necha yil muddatda amalda bo'lishi asoslarini metodik jihatdan ta'minlovchi tavsiyalar majmuini ishlab chiqish;

3) elektron darsliklardan foydalanish bo'yicha bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari va amaliy faoliyatdagi boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy malakalarini tarkib toptirish;

4) elektron darsliklardan foydalanish jarayonini yagonalashtirilgan va markazlashtirilgan tartibda monitoring qilib borish.

Mana shunday yondashuvlar asosida boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan o'quv fanlarining darsliklari elektron variantlarini tayyorlash va ularni amaliyotga joriy etish ta'limning mazkur bosqichi sifatini oshirishga xizmat qiladi[3]. Shu jihatdan bu borada mamlakatimiz oliy pedagogik ta'lim muassasalarida "Informatika va axborot texnologiyalari" hamda "Pedagogika" o'quv fanlarining keyingi yillarda elektron darslikdlar tayyorlash tajribasidan foydalanish bo'yicha amalga oshirilgan tajriba-sinov samaradorliklarini umumlashtirish hamda mazkur xulosalar asosida elektron darsliklarni tayyorlashning qulay va intensiv shakllarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish muhim o'rin tutadi. Chunki elektron darsliklar bugungi kun talablari

80

asosida o'qitish va tarbiya jarayonini yangicha asoslarga tayangan holda amalga oshirish imkonini beradi.

Boshlang'ich sinflarda elektron darsliklarni o'zlashtirish metodikasini joriy etish. Boshlang'ich ta'limda qo'llaniladigan darsliklarning materiallarini, ularning topshiriq va tavsiyalarini kutilgan darajada o'zlashtirishni tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun o'ziga xos metodikaga asoslanish taqozo etiladi. Tajriba-sinov ishlari natijalari va pedagogik tajribalar shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich sinflarda elektron darsliklarni o'zlashtirishda quyidagilarga asoslangan metodikaga tayanish maqfsadga muvofiq bo'ladi:

1) elektron darsliklarning kompyuter, ta'lim plansheti kabi o'quv-texnik vositalari orqali kechayu kunduz davomida muntazam ishlab turishini yo'lga qo'yish;

2) elektron darsliklardan foydalanuvchilarning bevosita boshlang'ich sinf o'qituvchilari bilan vertial muloqotga kirishish vaziyatlarini vaqt meyorlari asosida yo'lga qo'yish;

3) elektron darsliklardan foydalanish jarayonida ulardagi o'quv materiallari, topshiriqlar hamda tavsiyalardan tusha olish imkoniyatlarini joriy etish;

4) elektron darsliklardan samarali foydalanishning monitoringini boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan izchil amalga olib borilishini tashkil qilish.

Bunday metodikaga asoslanish boshlang'ich sinflarda elektron darsliklarni o'zlashtirishning muhim imkoniyatlarini beradi. Chunki bunday o'quv adabiyotlari bilan ishlash jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilari qanchalik mustaqil faoliyat ko'rsatmasin, ularga mazkur o'quv manbalaridan foydalanishning eng qulay shakllari taqdim etib borilishi kerak. Shu ma'noda bunday darsliklar portallarining kechayu kunduz vaqt rejimida talab darajasida ishlashi metodikasiga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda ayniqsa boshlang'ich sinf o'quvchilarining har qanday vaqt va vaziyatda elektron darsliklar monitoringi guruhi o'qituvchilari bilan bog'lanish imkoniyatlarining taqdim etilishi muhim ahamiyatga egadir.

Boshlang'ich sinflarda elektron darsliklar vositasida ta'lim sifatini oshirishni ta'minlash. Boshlang'ich ta'limda elektron darsliklarning eng muhim jihatlaridan biri shu bilan belgilanadiki, u bevosita o'zlashtirish vositasida ta'lim sifatini oshirishga asos vazifasini bajarishi kerak. Chunki bunda elektron darsliklarning o'quv materiallari yangi ma'lumotlarga asoslanishi va ularning muntazam takomillashtirib borilishi, ulardan foydalanish imkoniyatlarining kengayib ta'lim sifatini o'zlashtirish vositasida kuchaytirish imkoniyatlarini beradi. Shu ma'noda elektron darsliklar vositasida ta'lim sifatini oshirish uchun quyidagi tashkiliy-didaktik ta'minotga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

81

1) boshlang'ich sinf o'quvchilarining aniq, tabiiy va gumanitar fanlar turkumlari bo'yicha layoqatlik darajasiga ko'ra, ularning elektron darsliklardan foydalanishini chuqurlashtirilgan shaklda tashkil qilish (qo'shimcha topshiriqlar va mashqlar bajarish, laboratoriya ishlari o'tkazish, tajriba-sinov amaliyoti tadbirlari olib borish);

2) elektron darsliklar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarini Respublika va xalqaro miqyosdagi o'quv fanlari kesimida fan olimpiadalariga tayyorlash (elektron darsliklaridagi fan olimpiadalari dasturlari bo'yicha qo'shimcha mashg'ulotlar tashkil qilish, olimpiadaga tayyorgarlik bo'yicha viktorinalar o'tkazish, treninglarni amalga oshirish);

3) elektron darslik o'quv materiallarini samarali o'zlashtirgan boshlang'ich sinf o'quvchilariga ularning 2-3 nafar tengdoshlarini biriktirish hamda bu guruhning mazkur o'quv darsliklaridan birgalikda foydalanishini tashkil qilish (o'quvchilarning guruh bo'lib ishlash vositasida elektron darsliklarda taqdim qilingan materiallarini o'zlashtirishning amaliy asoslariga ega bo'lish).

Aynan mana shu omillarga tayanish vositasida boshlang'ich ta'limda muhim sifat ko'rsatikchlariga erishish imkoniyatlarini ta'minlash mumkin bo'ladi. Chunki elektron darsliklar vositasida boshlang'ich ta'lim sifatini o'zlashtirish va o'zlashtiris h jarayonidagi hozirgi muammolarni tezkor hal etish imkoniyati mavjudligini eslatib o'tish joiz.

E'tibor berilsa, elektron darsliklar boshlang'ich ta'limda raqamli rivojlantirishning muhim va asosiy hamda ustuvor tayanchlaridan biridir. Chunki mazkur darsliklarni o'zlashtirish va ular bilan ishlash jarayonida inson omilining salbiy ta'siri susayadi, o'zlashtirish jarayoni bevosita mustaqil o'qib-o'rganish vositasida amalga oshadi va eng asosiysi boshlang'ich sinf o'quvchilarida bilim va ko'nikmalarni mustaqil o'zlashtirish ko'nikmasi tarkib topadi. Bunday natijalar raqamli texnologiyalarning eng muhim omillaridan biri bo'lib, u alal oqibatda boshlang'ich ta'limning sifat ko'rsatkichlarini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Shunday qilib boshlang'ich ta'lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning o'rni muhimdir. Shu jihatdan bu borada quyidagilarni tavsiya etish bilan cheklanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

Birinchidan, boshlang'ich ta'lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning elektron darslik-resurslari shakllaridan keng foydalanish va uning vositasida tezkor o'zlashtirish jarayoniga erishish;

Ikkinchidan, elektron darslik-resurslar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim va ko'nikmalarini bugungi kun talablari asosida tarkib toptirish hamda rivojlantirishga erishish;

82

Uchinchidan, elektron darslik-resursli o'quv adabiyotlari talabi kabi kompyuterli dasturlarga asoslangan va o'quv-texnik imkoniyatlarga tayangan yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish bilan raqamli texnologiyalarning amaliy ahamiyatini kuchaytirib borishga erishish.

REFERENCES

1. "O'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga doir davlat dasturi.// www.ziyonet.uz

2. Бабашев, Ф. А. (2018). Реформы, нацеленные на дальнюю перспективу. Вопросы науки и образования, (1 (13)), 118-119.

3. Бабашев, Ф. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ОЛИЙ ТАЪЛИМНИ ТИЗИМЛИ исло; ^ИЛИШНИНГ УСТУВОР ЙУНАЛИШЛАРИ. Архив научных исследований, 2(1).

4. Mardonov Sh.Q. Pedagogika fanidan o'qitishning elektron-modulli didaktik ta'minotini ishlab chiqish texnologiyasi. - O'quv-uslubiy qo'llanma. - Toshkent, 2021

5. Jabborova O.M. Boshlang'ich ta'limda innovatsion texnologiyalar. Darslik. -Toshkent, 2023

6. Hamrokulova, S. (2022). Pedagogical-programm implementation of the development of environmental education in higher class pupils of secondary schools. Central Asian Journal of Education and Computer Sciences (CAJECS), 1(4), 52-56.

7. HAMROKULOVA, S. PROBLEMS OF IMPROVING THE MECHANISMS OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. ЭКОНОМИКА, 222-226.

83

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.