Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI BADIIY ASARLAR BILAN TANISHTIRISHDA IJTIMOIY KO ‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI BADIIY ASARLAR BILAN TANISHTIRISHDA IJTIMOIY KO ‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy asar / matn / samarali / ijtimoiy ko‘nikma / ijodiy qobilyat / hikoya / she’r. / художественное произведение / текст / эффект / социальный навык / творческие способности / рассказ / стихотворение.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — M.X. Butayorova

ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o ‘quvchilarini badiiy asarlar bilan tanishtirish, badiiy asarlarni o‘qishga va tahlil qilishga tayyorlash – bular orqali esa ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish haqida tushunchalar berib o‘tilgan. Badiiy asar o‘qishning foydali va samarali tomonlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF SOCIAL SKILLS WHEN INTRODUCING YOUNGER STUDENTS TO WORKS OF ART

В этой статье дается представление о том, как познакомить учащихся начальных классов с произведениями искусства, подготовить их к чтению и анализу произведений искусства и, таким образом, развить их социальные навыки. Выделены полезные и эффективные аспекты чтения художественного произведения.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI BADIIY ASARLAR BILAN TANISHTIRISHDA IJTIMOIY KO ‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI BADIIY ASARLAR BILAN TANISHTIRISHDA IJTIMOIY KO 'NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

'"¡«aios

© M.X. Butayorova1^_

1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada boshlang'ich sinf o 'quvchilarini badiiy asarlar bilan tanishtirish, badiiy asarlarni o'qishga va tahlil qilishga tayyorlash - bular orqali esa ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirish haqida tushunchalar berib o'tilgan. Badiiy asar o'qishning foydali va samarali tomonlari yoritilgan.

MAQSAD: boshlang'ich sinf o'quvchilarini badiiy asarlar bilan tanishtirishning ijtimoiy ko 'nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyatini tadqiq etishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: Badiiy asar o'qish, kitobxonlikning jamiyat va shaxs uchun ahamiyati , kitobxonlikni shakllantirishning ijtimoiy individual jihatlari , boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitob o'qish ko'nikma, malakalarini shakllantirish , uning pedagogik psixologik, metodik talablari, oilaviy kitobxonlik va sinfdan tashqari kitob o 'qishni tashkil qilish masalalari bo 'yicha bir qator ishlar olib borilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi ish shakllaridan biridir. O'quvchilar avval film tomosha qilib keyin asar o'qisa idrok qilishi yuqori bo'ladi .O'quvchilarning film namoyishida tug'ilgan ayrim savollariga ularning o'zlari yangi o'qiydigan asarlardan javob topadilar. Tayyorgarlik ishlarini Ekskursiya davomida bolalar o'simlik va hayvon hamda jonsiz tabiat bilan yaqindan tanishib ham olib borishlari mumkin.

XULOSA: qilib shuni aytishimiz joizki , boshlang'ich sinf o'quvchilarini badiiy asarlar bilan tanishtirish, badiiy asarni o 'qishga tayyorlash shu tartibda davom etadi va o'z navbatida badiiy asarlarni ham tahlil qilish asar mazmunini to'liqroq tushinishga , o'quvchilarni fikrlash qobilyatini oshishiga yordam beradi.

Kalit so'zlar: badiiy asar, matn, samarali, ijtimoiy ko'nikma, ijodiy qobilyat, hikoya,she'r.

Iqtibos uchun: M.X. Butayorova. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini badiiy asarlar bilan tanishtirishda ijtimoiy ko 'nikmalarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.438-443.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНЫХ НАВЫКОВ ПРИ ОЗНАКОМЛЕНИИ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ С ХУДОЖЕСТВЕННЫМИ ПРОИЗВЕДЕНИЯМИ_

© М.Х. Бутаёрова1^_

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4(1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY 1Термезский государственный педагогический институт, Термезский, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: В этой статье дается представление о том, как познакомить учащихся начальных классов с произведениями искусства, подготовить их к чтению и анализу произведений искусства и, таким образом, развить их социальные навыки. Выделены полезные и эффективные аспекты чтения художественного произведения.

ЦЕЛЬ: состоит в исследовании значения приобщения младших школьников к художественным произведениям в развитии социальных навыков.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: чтение художественного произведения, значение чтения для общества и личности , социально-индивидуальные аспекты формирования чтения , формирование умений и навыков чтения у младших школьников, его педагогико-психологические , методические требования, проведен ряд работ по вопросам семейного чтения и организации внеклассного книжного роста.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: экскурсия-одна из форм работы, которая знакомит детей с природой. Восприятие учащихся выше, если они сначала смотрят фильм, а затем читают произведение. На некоторые вопросы читателей, возникающие на показе фильма, они находят ответы из произведений, которые они только что прочитали. Подготовительные работы могут проводиться и во время экскурсии, когда дети ближе знакомятся с растениями и животными, а также с неживой природой.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: следует сказать, что знакомство учащихся начальных классов с художественными произведениями, подготовка художественного произведения к развитию происходит в таком порядке, а анализ художественных произведений, в свою очередь, способствует более полному пониманию содержания произведения, повышению мыслительных способностей учащихся.

Ключевые слова: художественное произведение, текст, эффект, социальный навык, творческие способности, рассказ, стихотворение.

Для цитирования: Бутаёрова М.Х. Психологические особенности развития социальных навыков при ознакомлении младших школьников с художественными произведениями. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 438-443.

PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF SOCIAL SKILLS WHEN INTRODUCING YOUNGER STUDENTS TO WORKS OF ART_

© Ma'rifat X. Butayorova1®

1Termiz State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan_

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Annotation

INTRODUCTION: this article provides insights into introducing primary school students to works of art, preparing them to read and analyze works of art, and through this, developing their social skills. The useful and effective aspects of reading a work of art are highlighted.

AIM: to study the importance of introducing younger schoolchildren to works of art in the development of social skills.

MATERIALS AND METHODS: reading a work of art, the importance of reading for society and the individual, socio-individual aspects of reading formation, the formation of reading skills in younger schoolchildren, its pedagogical, psychological, methodological requirements, a number of works on family reading and the organization of extracurricular book growth have been carried out.

DISCUSSION AND RESULTS: the excursion is one of the forms of work that introduces children to nature. Students' perception is higher if they first watch the film and then read the work. To some of the readers' questions that arise at the screening of the film, they find answers from the works that they have just read. Preparatory work can also be carried out during the tour, when children get to know plants and animals, as well as inanimate nature.

CONCLUSION: it should be said that the acquaintance of primary school students with works of art, the preparation of a work of art for development takes place in this order, and the analysis of works of art, in turn, contributes to a more complete understanding of the content of the work, increasing the mental abilities of students.

Key words: Art work, text, effective, social skill, creative ability, story, poem.

O'quvchi shaxsining psixologik rivojlanganlik darajasini to'la yoritish uchun biz uning rivojlanish xususiyatlari borasida muayyan ma'lumotlarga ega bo'lishimiz lozim. Biz faoliyatimiz davomida o'quvchilarning psixologik rivojlanishi yosh xususiyatlari bilan chambarchas bog'liqligini kuzatamiz. Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o'zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari so'z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy psixologik rivojlanishga ta'luqlidir. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining intellektual salohiyatini rivojlanishida ularning tug'ma qobiliyat va iste'dodining o'rni muhim ahamiyatga ega. Tug'ma qobiliyatga ega bo'lgan yoshlarimiz kattalarninghar bir ta'limiy, tarbiyaviy va kasbiy ta'limotlarini tez ilg'ab oladilar va tez o'zlashtirib hayotga tadbiq eta oladilar. Lekin bu qobiliyatva iste'dod, barcha yoshlarimizga tug'ma talant nasib etavermaydi. Shunday ekan, qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste'dodini oshirib borish birinchi navbatda pedagoglarimizga va keng jamoatchilik zimmasiga ya'ni oila, mahalla, o'quv muassasalari zimmasiga tushadi.

For citation: Ma'rifat X. Butayorova. (2024) 'Psychological features of the development of social skills when introducing younger students to works of art', Inter education & global study, (4(1)), pp. 438-443. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bolalar o'zidagi turli faoliyatlarga bo'lgan tug'ma layoqatlarni jamoada, o'z ustida tinmay izlanish jarayonida ro'yobga chiqaradilar. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan munosabatda bo'lishda sabr-toqat, vazminlik zarur.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini badiiy asar bilan tanishtirishdan oldin o'quvchilarni badiiy asarni o'qishga tayyorlash kerak, chunki o'quvchilar asar mazmuni anglab tushunishlari uchun keng ( to'liq) tasavvurga ega bo'lishlari lozim. Buning uchun esa albatta tayyorgarlik ishlari o'tkaziladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari sinfda o'qishi uchun badiiy va ilmiy matnlar birlamchi o'rinda turadi. O'quvchilarni badiiy yoki ilmiy asar bilan tanishtirish-o'qishga tayyorgarlikning birinchi bosqichi hisoblanadi.

Tayyorgarlik bosqichi bu o'quvchilarni badiiy asarlarni (matnlarni) o'qishga qulaylik yaratuvchi asosiy bosqichdir, bunda badiiy asarning janrli , muallifi haqida ma'lumot beriladi, o'quvchilar asarda tasvirlangan voqea hodisalarni idrok qilishi asar pafosini his qilishi, asar g 'oyasi va murakkab pbrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o'z ichiga oladi.

Darsda badiiy asar bilan tanishtirib bo'lingach , o'quvchilarni faolliklarini oshirish uchun quydagi savollar bilan murajjat qilishimiz mumkin.

1. Hikoyadagi qaysi o'rinlar sizga ma'qul bo'ldi-?

2. Hikoya qahramonlaridan qaysi birining xati-harakatlariga xayrixohsiz?

3. Qaysi birining fe'l atvori , xarakteri , tutgan yo'li sizga yoqmadi-?

4. Bu vaziyatda siz qanday yo'l tutgan bo'lar edingiz-?

5. Hayotda shunday yoki shunga o'xshash insonlarni uchratganmisiz-?

Badiiy asar bilan tanishtirish ishlarining asosiy maqsadi quydagilar:

1. O'quvchilarning voqea-hodisalar, hayot haqidagi atrofi olam haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok etishi uchun yangi ma'lumotlar berish, badiiy asarda qanday g'oya ilgari surilayotganligini to'g'ri anglay olishi, badiiy asardagi voqea va tasvirlarni o'z hayotida kuzatganlari bilan bog'lay olishi , to'g'ri xulosalay olishi.

2. Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg'otish. Masalan Bolalarning sevimli yozuvchisi Qudrat Hikmatning hayoti va ijodi haqida U Toshkentda Sebzor mahallasida tug'ilgan . Onasi Muborak aya erta qazo qilgan, otasi esa dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullangan.Qudrat Hikmat mohir tarjimon hamdir, u ko'plab rus shoirlarining she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

3. O'quvchilarni asar (matn)ni hissiy idrok etishga tayyorlash.

4. Asar mazmunini tushinishga yordam beradigan so'zlarning lug'aviy ma'nolarini tushuntirish.

2010 yilda qabul qilingan "Uzviylashtirilgan Davlat ta'lim standartida va o'quv dasturida boshlang'ich sinf o'qish kitobi fanidan "matndagi so'z, ibora, gaplarning ma'nolarini izohlay olish" deb uqtirilgan. O'quv dasturining mazmunida o'qish ko'nikmasi bo'limida esa "so'zlarning butunicha sidirg'a o'qish; matn mazmunini ongli o'zlashtirish shakldagi voqea-hodisalarning izchilligini belgilashda o'zaro bog'lanishi, tasviriy vositalarni matnda qo'llanishini bilish, maqol va iboralardan so'zlarni to'g'ri tanlay olish, mavzuni adabiy tilda talaffuz etishga o'rgatish deb belgilab qo'yilgan.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'quvchilar quydagi kabi so'z va iboralarning ma'nosini aniq tushinib anglashlashlari kerak.

Yerga ursa ko'kka sapchiydi-sho'x

Tarvuzi qo'ltig'idan tushdi-qo'rqdi

Og'zi qulog'ida-xursand

Ayilday botdi- qattiq tegdi, ranjitdi

Respublikamizda boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish masalalari E. Yo 'ldosheva, A.Umarov, Yo. Qayumxo'jayeva , B. G'aniyeva, A.Abdullayev, G.Amanova kabi tadqiqotchilar tomonidan o 'rganilgan.

Mustaqil davlatlar hamdo'stligi olimlaridan S.I.Abakumova, A.B.Abdiyeva, L.I.Belenkaya, G.I.Bondarenkalarning ishlarida boshlang'ich sinf o'quvchilarini badiiy asar o 'qishga va tahlil qilishga tayyorlash, o'quvchilarni kitob o 'qishga qiziqtirish, ularda kitob o'qish malaka-ko'nikmalarini , madaniyatini rivojlantirishning o'ziga xosligi masalalari yoritib berilgan.

Tahlillardan ko'rinib turibdiki, o'quvchilarda kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish masalalari ularda badiiy asar o'qish malakalarini rivojlantirishning o'ziga xosligi, o'quvchilarni badiiy asar o'qishga va tahlil qilishga tayyorlash muhim jarayonlar hisoblanadi.

Ekskursiya jarayonida bolalar tabiatning go'zalligini ko'rib katta taasurot olib hissiyotlari rivojlanadi. Shu asosda jonajon O'zbekiston ona tabiatiga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish tarbiyalanadi.. Har bir ekskursiya uchun barcha bolalar egallashlari shart bo'lgan dastur mazmuni belgilanadi.

Ekskursiya mashg'ulotlarining afzalligi shundaki, unda bolalar o'simlik va hayvonlarni ular yashaydigan muhitda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lgan o'zaro aloqalar haqida dastlabki dunyoqarash tasavvurlarini, olamni ilmiy tushunishni shakllantirish imkonini yaratadi. O'rmon, dala, daryo, ko'l qirg'oqlariga uyushtirilgan ekskursiya bolalarning diqqatini jalb qiladi. tarbiyachi raxbarligi ostida guruh hamda tabiat burchagida olib boriladigan keyingi kuzatishlar turli-tuman materiallar to'plashga sharoit yaratadi. Ekskursiyalar tufayli bolalarda kuzatuvchanlik, tabiatni o'rganishga qiziqish o'sadi. Ular predmetni sinchiklab kuzatish va uning xarakterli xususiyatlarini qayd qilishga odatlanadi.Tabiatning go'zalligi bolalarda chuqur hissiyotlar uyg'otadi, o'chmas taasurotlar qoldiradi. Estetik hissiyotlarning o'sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish Vatanga muhabbat shakllantiriladi. Ekskursiyalar mazmuniga ko'ra: tabiatshunoslik ekskursiyasi; qishloq xo'jalik ob'ektlariga ekskursiya turlariga va bo'linadi. Tabiatshunoslik ekskursiyasi kirish suhbati, jamoa bo'lib kuzatish, bolalarning yakka mustaqil kuzatishlari va tabiatga oid materiallar to'plash bolalarning e'tiborini tabiatning umumiy ko'rinishiga jalb etadi. Ekskursiya qismlarining miqdori va ularni o'tkazish izchilligi ekskursiyaning maqsadi, ob-havoga qarab o'zgartiriladi. Bolalar ekskursiyalarda predmetlarning xarakterli xususiyatlariga oid bilimlarni mustahkamlaydilar, ularning belgisini so'z bilan ifodalaydilar, o'simlik, hayvonlarning qismlari nomlarini yodda tutadilar. Ekskursiya insonning tabiatga qanday ta'sir etishini, o'simliklarni qanday o'stirishi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

va hayvonlarni qanday parvarish qilishni ko'rgazmali ko'rsatish imkonini beradi bu yerda bolalar asosiy mehnat qismlarini bilib, qanchasi bilan tanishadilar. Bu ekskursiyaning o'ziga xosligi shundaki, bola inson faoliyatini ham, u ta'sir etayotgan tabiatni ham kuzatishi mumkin.

O'quvchilar badiiy asarlarni tahlil qilishda albatta o'xshatish , qiyoslash, mubolag'a , jonlantirish va ertaklar , hikoyalar,dostonlar, maqollar, she 'rlar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi. Yana shu bilan birgalikda badiiy asar o'qishning foydali taraflari ham juda ko'p ayniqsa boshlang'ich sinf o'quvchilarini badiiy asar o'qishni o'rganishni boshlagan vaqtda badiiy asarga bo'lgan muhabbati yuqori bo'lishi uchun poydevor bo'ladi . Bu jarayonlar esa o 'z navbatida boshlang'ich sinf o'quvchilarini badiiy asarlar bilan tanishtirish orqali ularning ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim asos bo'lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Ruzikulovna, S. D. (2023). Analysis of the Level of Valuable Approach to Primary Class Students. Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education,2(4),227-230

2. Jumayeva G.T. Maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish: Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi.-Termiz.,2022.-306.

3. Butayorova M. K. THE IMPORTANCE OF POSITIVE RELATIONSHIPS IN THE FORMATION OF THE PERSONALITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //Science and Innovation. - 2023. - Т. 2. - №. 11. - С. 121-125

4. Toshtemirovna R. G., Butayorova M. METHODOLOGICAL BASES FOR THE USE OF MODERN TEACHING TECHNOLOGIES IN THE LESSONS OF THE NATIVE LANGUAGE IN PRIMARY GRADES //International Journal of Pedagogics. - 2022. - Т. 2. - №. 11. - С. 88-91.

5. Butayorova M. X. O'quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirish-O'quvchilar shaxsini shakllantirishning muhim omili sifatida //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2023. - Т. 3. - №. 11. - С. 113-118.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Butayorova Ma'rifat Xursan qizi, o'qituvchi, [Бутаёрова Маърифат Хурсан

преподаватель], [Ma'rifat X. Butayorova, teacher]; manzil: O'zbekiston, Termiz, Barkamol avlod ko'chasi 43, [адрес: адрес: Узбекистан, город Термез, ул. Barkamol avlod 43], [address: Termez, Barkamol avlod at street 43] E-mail marifatbutayorova7@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.