Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA KITOBXONLIK KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA KITOBXONLIK KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2187
133
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kitobxonlik / kitobxonlik burchagi / ijodiy qobiliyat / kitobxonlik ko’nikmasini shakllantirish / ijodkorlik / badiiy adabiyot / idrok etish / ta’lim sifati. / reading / reading angle / creative ability / formation of reading skills / creativity / fiction / perception / quality of education.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Z. Djurabayeva, M. Alixonova

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu orqali o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF READING SKILLS IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF PRIMARY SCHOOL PUPILS IN THE READING LESSONS

The article talks about the formation of the culture of reading in elementary school students and the development of creative abilities of students through this.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA KITOBXONLIK KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA O'QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA KITOBXONLIK KO'NIKMASINI

SHAKLLANTIRISH Djurabayeva Z.A.

Andijon davlat universiteti PhD, dotsent Alixonova M.S.

Andijon davlat pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7432795

Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu orqali o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: kitobxonlik, kitobxonlik burchagi, ijodiy qobiliyat, kitobxonlik ko'nikmasini shakllantirish, ijodkorlik, badiiy adabiyot, idroketish, ta'lim sifati.

ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ЧТЕНИЯ В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ НА УРОКАХ ЧТЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССОВ

Аннотация. В статье говорится о формировании культуры чтения у младших школьников и развитии через это творческих способностей учащихся.

Ключевые слова: чтение, угол чтения, творческая способность, формирование навыков чтения, креативность, художественная литература, восприятие, качество образования.

FORMATION OF READING SKILLS IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF PRIMARY SCHOOL PUPILS IN THE READING LESSONS

Abstract. The article talks about the formation of the culture of reading in elementary school students and the development of creative abilities of students through this.

Keywords: reading, reading angle, creative ability, formation of reading skills, creativity, fiction, perception, quality of education.

Ma'lumki, kitobxonlik o'quvchilarning aql-zakovatini, yuksak ma'naviyatini, ijodiy qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishda, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma'lum tizimdir. Bu tizim boshlang'ich sinf o'quvchilarining aqliy, ma'naviy, axloqiy rivojlanishini ham ta'minlaydi, kitob o'qish ishtiyoqini hosil qiladi.

Har bir inson dastlabki tarbiyani, ya'ni ma'naviy ozuqani oilada ota-onadan oladi. Keyin esa maktabga boradi. Jamoada o'zini qanday tutishni o'rganadi. Ma'naviy ozuqa olishning, chin inson bo'lib yetishishning birdan-bir yo'li bu kitob mutolaasi hisoblanadi. Inson kamoloti va bilimining manbai kitob bilan bog'liq. U insonni komillik sari yetaklaydi. Darhaqiqat, bu ma'naviy sarchashma farzandlarimizning dunyoqarashini boyitadi, nutqini o'stirib, xotirasini mustahkamlaydi.

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamrox, eng yaqin do'st va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning o'rni muhim. Millatning ma'naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo'shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitob o'qish ko'nikma, malakalarini shakllantirish, uning metodik, pedogogik talablarini ishlab chiqish hozirgi kunning muhim talabdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi (2017- yil, 13- sentabr) Qarori [1], "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi Farmoyishi [2] kitobxonlikni boshlang'ich sinfdanoq boshlash zaruratini yana bir bor isbotladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmasini shakllantirish - tegishli yosh davri o'quvchilari tomonidan kitob o'qish (to'g'ri, tezkor, ifodali va tushunib o'qish) hamda kitobxonlik (o'qish qoidalaridan xabardorligi, kitob (badiiy asar)ni tanlashi, kitob o'qishga odatlanishi va bu yo'lda harakatlarni izchil, doimiy tashkil etishi, kitob o'qishdan zavqlanishi, asar mazmunini tushunishi, kitob o'qishdan olgan taassurotlarini atrofdagilar bilan o'rtoqlashish ko'nikmalarining malakaga aylanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat jarayonidir.

Bunday ishlarni amalga oshirishda boshlang'ich sinflarda tashkil qilinadigan kitobxonlar burchagining tashkil qilishning ahamiyati katta.

Bolalarning kitobga bo'lgan qiziqishlarini va undan foydalanishning eng oddiy malakalarini tarbiyalash maqsadida boshlang'ich sinflarda har bir sinfdada kitobxonlar burchagi tashkil etish mumkin. Kitobxonlar burchagi o'zining tashqi ko'rinishi bilan bolalarni o'ziga jalb qilishi kerak. Kitobxonlar burchagiga bolalar hayotidan, ertaklardan olingan rasmlardan osib qo'yish ham mumkin. Shoir va yozuvchilarning, masalan, Q.Muhammadiy, P.Mo'min, E.Vohidov, A.Oripov va boshqalarning portretlarini osib qo'yish mumkin. Bu adiblar bilan ularning yozgan asarlari haqida ularning kitoblarini bolalarga o'qib berayotgan vaqtda tanishtirib boradi. Har bir sinf uchun alohida kitoblar tanlanadi. Qo'shimcha adabiyotlar ham o'qituvchi tomonidan tanlanib, kitob javonida saqlanadi.

1-,2- sinfning kitobxonlar burchagida 3-,4- sinf bolalari uchun mo'ljallangan kitoblar ham bo'lishi mumkin, xuddi shunday yuqori sinfning kitob burchagida ham 1-,2- uchun mo'ljallangan kitoblar bo'lishi kerak. Kitobxonlar burchagida tashkil etilgan (javon) kitob mavzular bo'yicha qo'yilib, ular bir-biridan ko'rsatkich taxtacha bilan ajratib qo'yiladi, ya'ni ko'rsatkich taxtachaga kitob mavzusiga taalluqli rasm yopishtiriladi. Masalan, tabiat to'g'risidagi kitobni yoki ertak kitobni bola osonlik bilan topib olishi uchun tabiat manzarasi tasvirlangan yoki ertak mazmuniga taalluqli rasm yopishtirilgan taxtacha bilan bir-biridan ajratib qo'yiladi. Kitobxonlar burchagida bir nomdagi kitobdan bir necha nusxadan (ikki, uchta) qo'yiladi, chunki bolalarining bir qanchasi bir vaqtda ko'rishni istaydi. Kitobxonlar burchagidagi kitoblarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak. Agar o'qituvchi kitobxonlar burchagidan qaysidir kitob onda-sonda olinayotganini ko'rsa, bu kitobni vaqtincha olib qo'yib, bir qancha vaqt o'tgach, yana kitob burchagiga qo'yishi kerak. Kitob uzoq saqlanishi, yirtilmasligi uchun bolalar kitob betini yaxshilab ko'rib bo'lishgach, u muqovalanib qo'yiladi. Kitobni shunday muqovalash kerakki, uning yuza qismi, undagi rasmlar ko'rinib tursin.

Kitobxonlar burchagida kitoblardan tashqari bolalarning o'zlari mustaqil ko'rishlari uchun albomlar ham bo'lishi kerak. Undagi rasmlarni o'quvchilar o'zlari asar qahramonlari asosida chizgan bo'lishi ham mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Hamma sinflardagi kitobxonlar burchaklarida har qaysisida S-IGta rasm yoki fotosuratlar solingan bir necha papka (har bir guruhda S- IGtadan) hamda bolalar chizgan rasmlar solingan bir necha papka bo'lishi kerak. Papkalarga undagi materiallarga tegishli illyustratsiyalar yoki manzaralar tasviri solib qo'yilgan bo'ladi. Bolalar rasmlarni ko'zdan kechirib bo'lganlaridan keyin ularni kerakli papkalarga joylashtiradilar. «Bizning O'zbekiston», «Toshkent -O'zbekistonning poytaxti», «Onalarimiz mehnati» «Bizning bayramlar», «Ertaklar olamida» va boshqa nomlardagi albom va papkalar bo'lishi mumkin.

O'qituvchi bolalar bilan birgalikda kitob yoki rasmni ko'radi va ularni qanday asrash kerakligini ko'rsatadi. Yirtilgan kitoblarni yamash kitob burchagining zaruriy ish shakllaridan bo'lib, dastlab o'qituvchining o'zi bolalar oldida kitobni yamaydi, keyinchalik o'quvchilarning o'zlari bu ishni mustaqil bajaradilar. O'qituvchi bolalarning kitob burchagida o'zlarini qanday tutishlarini, kitobga qanday munosabatda bo'layotganliklarini, bolalarning kitobdagi rasmlarni ko'rishga qanchalik e'tibor berayotganliklarini nazorat qilib, bolalar bilan yakka tarzda shug'ullanadi.

O'qituvchi darsdan tashqari qulay vaqtda bolalarni kitobxonlar burchagidagi kitoblar haqda suhbat o'tkazadi, asarlarni o'qib yoki hikoya qilib beradi, mualliflar bilan tanishtiradi, bolalarga oldingi mashg'ulotlardan tanish bo'lgan, shuningdek dasturga kiritilmagan asarlarni takror o'qib berish mumkin. Darsdan tashqari vaqtda tabiat haqidagi asarlarni, lirik she'rlarni, matal va kochirimlar, topishmoqlar va hokazolarni aytib berish bolalarning his-tuyg'ulariga katta ta'sir etadi. Darsdan tashqari vaqtda o'qib berilgan kitob haqida, yozuvchi va shoirlar haqida suhbatlar o'tkaziladi. Bu bolalarda badiiy asar namunalarini aytib berishga, kitobga qiziqishga yordam beradi.

Kitobxonlar burchagidagi kitoblarni o'quvchilar o'qib bo'lganlaridan so'ng olgan taassurotlari yuzasidan tadbirlar o'tkazishlari mumkin. Bunday tadbirlar o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmasini samarali shakllantirishda dastlab bu jarayonni tashkil etishda nimalarga e'tibor qaratish zarur, degan savolga javob topish talab etiladi. Bu jarayonda quyidagilarga e'tibor qaratish pedagogik faoliyatning metodik jihatdan to'g'ri, muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta'minlaydi:

1. O'qituvchi, ota-onalar, oila a'zolarining kitobxonlik borasida boshlang'ich sinf o'quvchilariga namuna ko'rsata olishlari.

2. Maktabgacha hamda boshlang'ich ta'lim yoshi bolalari qiziquvchan bo'lishadi; ularning qiziquvchanligi sersavol bo'lishida yaqqol namoyon bo'ladi; o'quvchilarning xuddi shu xislatlariga tayangan holda ularning e'tiborlarini qiziqarli badiiy kitoblarga tortish asosida bu xislatni yanada boyitish mumkin.

3. Kitob mutolaasi vaqtida faqatgina bolalar tomonidan savollar berilishiga erishib qolmay, shu bilan birga, vaqti-vaqti bilan ularga savollar asosida murojaat qilib, asarda bayon etilayotgan voqyelik, qahramonlarning xatti- harakatlariga nisbatan munosabatlarini aniqlashtirib borish fikrlash qobiliyatini shakllantirishga, o'z munosabatini mantiqiy bayon qilishga o'rgatib boradi.

4. Asar voqeligida tilga olinayotgan qahramonlar o'quvchilarning tasavvurini shakllantirishda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

5. O'qituvchi, ota-onalar yoki kutubxonachi tomonidan asar voqyeligining muayyan o'rinlarida qisqa-qisqa to'xtalishlar qilish orqali o'quvchilarga shu jarayonning qanday

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kechishini to'g'risida o'ylab ko'rishga oid topshiriqni berish ta'limiy ahamiyatga ega bo'lib, ularda mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.

Tegishli yosh davri o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish jarayonining maqsadli, izchil, tizimli hamda samarali tashkil etilishida boshlang'ich sinflarga rahbarlik qilayotgan o'qituvchi muhim o'rin tutib, asosiy vazifani bajaradi.

O'rganilayotgan jarayon tashkiliy-metodik jihatdan to'g'ri tashkil etilishi zarur. Bunda boshlang'ich sinf o'qituvchisi kasbiy faoliyatni olib borishda quyidagilarlarga e'tibor qaratishi zarur:

1) boshlang'ich sinflar bosqichiga bog'liq ravishda o'quvchilar uchun ularning yoshi, psixologik xususiyatlari hamda jismoniy imkoniyatlariga muvofiq ravishda badiiy asarlarni tanlash;

2) o'quvchilar bilan guruh yoki jamoa asosida badiiy asarlarni mutolaa qilishda samarali bo'lgan shakl, metod va vositalarni tanlash;

3) o'z sinfida o'quvchilarning kitobxonlik ko'nikmalariga ega bo'lishlarini ta'minlash maqsadida oila, maktab axborot-resurs markazi, shuningdek, o'rta hamda yuqori sinf o'quvchilaridan iborat volontyorlar guruhi bilan hamkorlikka erishish;

4) ota-onalar, maktab kutubxonachisi va volontyorlar guruhi a'zolari bilan hamkorlikda badiiy asarlarni mutolaa qilishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat ish rejasini ishlab chiqish;

5) ota-onalar, maktab kutubxonachisi va volontyorlar guruhi a'zolariga boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan samarali ishlash yuzasidan metodik maslahatlarni tashkil etish yoki metodik yordam ko'rsatish.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisi ota-onalar, maktab kutubxonachisi va volontyorlar guruhi a'zolari bilan o'zaro hamkorlikda o'zi rahbarlik qilayotgan o'quvchilarning kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish jarayonida kasbiy sifatlarga egaligini namoyon eta olishi zarur. Shuningdek, u "yuqori kasbiy mahoratli, nutqi ravon, mavzularni optimal yo'llar bilan tushuntira oluvchi, ijodkor va tashabbuskor, o'quvchilar bilan ta'limiy hamkorlikda ishlay oladigan, ularni mustaqil va mantiqiy fikrlashga yo'naltiruvchi bo'lishi kerak" [2].

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltiriladigan pedagogik-psixologik jarayon ma'lum talablar asosida tashkil etilishi zarur. Xususan:

- o'quvchilarda badiiy adabiyotni idrok qilish va anglash qobiliyatini shakllantirishga erishish; bu jarayonda o'quvchilarning intellektual, bilish va hissiy faoliyati yotishini nazarda tutish;

- mazkur jarayonning muayyan bosqichlardan iboratligini inobatga olish asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish;

- boshlang'ich sinflarda badiiy asarlarni mutolaa qilish jarayonining ovoz chiqarib o'qishga asoslanishi samarali ekanligini inobatga olish;

- yorqin ranglar, e'tiborni tortadigan obrazlar bilan boyitilgan bolalarga mo'ljallangan, yuqori sifatli poligrafiya mahsuloti bo'lgan badiiy asarlarni tanlash;

- badiiy asarlarni mutolaa qilish jarayonida o'quvchilarning tasavvur dunyosini boyitish, orzularini erkin bayon qilishlari uchun zarur imkoniyatni yaratish;

- o'quvchilarni turli janrdagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirib borish;

- bunda boshlang'ich sinf o'qituvchisi tomonidan o'quvchilarga badiiy asarlarning janrlari - proza (hikoya, qissa, ertak-roman), poeziya (she'r, ballada, qasida), dramaturgiya

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

(spektakl, novella, miniatyura, radio inssenirovka) kabilar haqida qisqacha ma'lumot berib o'tiladi;

- o'qituvchi o'quvchilarni folklor asarlar (xalq og'zaki ijodi namunalari) va ular (xalq ertaklari, topishmoq, maqol, masal, hisobga o'rgatuvchi va hazil she'rlar)dan ham tanishtirib borishi ularni badiiy adabiyotlarni mutolaa qilishga bo'lgan qiziqish va ehtiyojlarini kuchaytirishga yordam beradi;

- manbalarda bolalarni badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishishda zamonaviy axborot texnologiyalarning texnik va funksional imkoniyatlari-dan samarali foydalangan holda bolalarga mo'ljallangan badiiy adabiyot-larning audio va video mahsulotlarini yaratish "bolaning kitob bilan muloqotini yaxshilash va rang-barang bo'lishi" [3] ga erishish imkoniyatini yaratishi aytiladi.

Har qanday ish-harakat, faoliyat ko'nikmalarini o'zlashtirishda uni tashkil etishga qanchalik ko'p kuch sarflash emas, balki jarayonning davomli, izchil, uzluksiz bo'lishi samarali sanaladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda ham ana shu maqsadga qaratilgan pedagogik faoliyatning davomli, izchil bo'lishi muhimdir.

Tegishli yosh davri o'quvchilari bilan badiiy asarni mutolaa qilishda uning kichik teatr tomoshasiga aylantirish, o'quvchilarning o'zlarini ham unda ishtirok etishga jalb qilish kutilgan natijaga olib keladi.

Pedagogik va psixologik jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda bir necha samarali usullardan foydalanish mumkin:

1-usul - o'qituvchi yoki kutubxonachi ishtirokida sinf o'quvchilari bilan jamoa bo'lib kitob mutolaa qilish.

2-usul - o'qituvchi yoki kutubxonachining kitobni ifodali, ohang bilan o'qitilishiga e'tiborni qaratishi (asar voqyeligidan kelib chiqqan holda personaj va obrazlarni ularning "tili"dan, mimika (yuz ifodasi), pantomimika (gavda harakati), turli jest (qo'l va oyoqlarning harakati) yordamida bayon etish, o'qish jarayonida ovoz ohangini turli holatlarda o'zgartirish) o'quvchilarda kitobga bo'lgan qiziqishni oshiradi.

3-usul - o'qituvchi yoki kutubxonachi tomonidan o'qilayotgan kitob imkon qadar kulgili voqeliklarga asoslangan, aksincha, fojiali hodisalarning bayoniga asoslanmagan bo'lishi zarur.

Aksariyat boshlang'ich sinf o'quvchilari maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalangan bo'lishadi. O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarda yozish, o'qish, qayta hikoya qilib berish, hisoblash, rasm chizish va turli xomashyolardan rang-barang buyumlarni yasash ko'nikmalari shakllantiriladi. Shu sababli ular maktab ta'limiga muayyan amaliy ko'nikma va malakalarga ega holda kelishadi. Ammo, boshlang'ich sinflarda ta'lim oladigan o'quvchilarning muayyan qismi maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb etilmaganligi, uyda ota-onalar yoki vasiy (buva-buvi)lar, oilaning yoshi katta a'zolari tomonidan e'tibor qaratilmaganligi sababli bolaning maktab ta'limiga tayyorligini tavsiflovchi yozish, o'qish, qayta hikoya qilib berish, hisoblash, rasm chizish va turli xomashyolardan rang-barang buyumlarni yasash ko'nikma, malakalariga ega bo'lmaydi. Shunga ko'ra boshlang'ich sinf o'quvchilari ta'lim jarayonida ushbu holatni inobatga olgan holda o'quvchilarni psixologik kuzatuvlarga asosan norasmiy ravishda quyidagi ikki guruhga ajratib olishlari mumkin:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Birinchi turdagi bolalar: yozish, o'qish, qayta hikoya qilib berish, hisoblash, rasm chizish va turli xomashyolardan rang-barang buyumlarni yasash ko'nikma, malakalariga ega bo'lgan o'quvchilar;

Ikkinchi turdagi bolalar: yozish, o'qish, qayta hikoya qilib berish, hisoblash, rasm chizish va turli xomashyolardan rang-barang buyumlarni yasash ko'nikma, malakalariga ega bo'lmagan o'quvchilar.

Bugungi kunda ko'pincha bolalar kitob o'qimayotganlikda ayblanadilar. Lekin ularga rang-barang adabiyotlar tavsiya qilish zarurligi eng avvalo, ota-onalarning, o'qituvchilarning qolaversa, kutubxonachilarning ham e'tiboridan chetda qolmoqda. Buning uchun ota-onalardan, o'qituvchi va kutubxonachilardan o'quvchilarning kitoblarga bo'lgan qiziqishlari, ehtiyojlarini yaxshi bilishilari talab etiladi. [2]. O'quvchilarning kitob o'qish va kitobxonlikka nisbatan salbiy munosabatda bo'lishlarida, yuqorida aytilganidek, bu jarayonni tashkiliy, moddiy ta'minotini yaratuvchi nashriyotlar, nazariy-pedagogik va amaliy-metodik jihatdan oqilona, samarali uyushtira olmayotgan ota-onalar, o'qituvchilar hamda soha uchun mas'ul ijtimoiy tashkilotlarning javobgarligini inkor qilib bo'lmaydi.

Binobarin, ta'lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlarini takomillashtirish bilan bog'liqdir[3].

Demak, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish murakkab pedagogik jarayon. Uning samarali tashkil etilishi boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan ushbu jarayonga maqsadli, tizimli yondashishni talab etadi.

Binobarin, boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'quvchilarda kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish jarayonining pedagogik-psixologik asoslari, tashkiliy-metodik talablaridan yetarli darajada xabardor bo'lsalargina kutilgan natijani qo'lga kiritish mumkin. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirishda bu boradagi mavjud ahvoldan, qolaversa, mazkur jarayonning samarali kechishiga xizmat qiladigan omillar, ularning pedagogik-psixologik ta'siridan ham xabardor bo'lishlari zarur.

REFERENCES

1. "Китоб мах,сулотларини нашр этиш ва таркатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш хдмда таргиб килиш буйича комплекс чора-тадбирлар дастури тугрисида"ги (2017-йил 13- сентябр) ^арор. 2017 йил 13 сентябр.

2. "Китоб мах,сулотларини чоп этиш ва таркатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш хдмда таргибот килиш буйича комиссия тузиш тугрисида"ги Фармойиш // http://uza.uz/oz/documents/ kitob-masulotlarini-chop-etish-vatar-atishtizimini-rivozh-12-01 -2017

3. Узбек тилининг изошли лугати. 5 жилдли 2- жилд. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2006. 176-bet.

4. ^аюмхужаева Ё. Укувчиларнинг китобхонлик маданиятини шакллантириш имкониятлари. - Т.:АДодирий номидаги Тошкент давлат маданият институти, 2007. -12-б.

5. Quronov D. Muhimi - kitobxonlik darajasi va madaniyati // https://ziyouz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.