L EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
y Innovative Academy Research Support Center
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
ORGANIZING SPELLING EXERCISES IN LEARNING VOWELS AND CONSONANTS Abduvaliyeva N.A.
FarDU, teacher Akhmadjonova M.V.
FarDU, student https://doi.org/10.5281/zenodo.11444505
ARTICLE INFO
Received: 22thMay 2024 Accepted: 30thMay 2024 Online: 31st May 2024
KEYWORDS Phonetics, background, phoneme, speech, vowel, consonant, articulation, classifica tio n, soun d,
language, mouth.
ОРГАНИЗАЦИЯ ПРАВОПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ УПРАЖНЕНИЙ ПРИ ИЗУЧЕНИИ ГЛАСНЫХ И СОГЛАСНЫХ СЛОВ
Абдувалиева Н.А.
ФарДУ, преподаватель Ахмаджонова М.В.
Студентка ФарДУ https://doi.org/10.5281/zenodo.11444505
ABSTRACT
The article discusses the acoustic properties of speech sounds, speech organs and articulation base, physiological properties, vowel sounds and their classification and types, consonant sounds and their formation, and it is proved with the help of examples.
ARTICLE INFO
Received: 22thMay 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024
KEYWORDS Фонетика, фон, фонема, речь, гласная, согласная, артикуляция, классификация, звук, язык, рот.
BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARIGA NUTQ TOVUSHLARINI ORGATISHNING METODIK OMILLARI
Abduvaliyeva N.A.
ABSTRACT
В статье рассматриваются акустические свойства звуков речи, органы речи и артикуляционная база, физиологические свойства, гласные звуки, их классификация и виды, согласные звуки и их образование, и это доказывается на примерах.
FarDU, o'qituvchi Ahmadjonova M.V.
FarDU, talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.11444505
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 22thMay 2024 Accepted: 30thMay 2024 Online: 31th May 2024
Maqolada nutq tovushlarining akustik xususiyatlari, nutq organlari va artikulyatsiya bazasi, fiziologik xususiyatlari, unli tovushlar va ularning tasnifi va turlari, undosh tovushlar va ularning hosil bo'lishi haqida fikr yuritilgan hamda misollaryordamida dalillangan.
KEYWORDS
Fonetika, fon, fonema, nutq, unli, undosh, a rtiku lya tsiya, tasn if,
tovush, til, og'iz.
Tovushlar fonetika birligi sifatida o'rganilganda nutq tovushlari yoki fonlar deb yuritiladi. Fon hozirgi zamon tilshunosligida keng tarqalgan atama bo'lib, nutqning eng kichik ma'no anglatmaydigan birligidir. Tovushlar til birligi sifatida o'rganilganda esa til tovushlari yoki fonemalar deb yuritiladi.
Nutq tovushlarining hosil bo'lishida qatnashuvchi organlar nutq organlari deyiladi. Nutq organlarining tovushlar hosil bo'lishidagi ishtirokiga ko'ra aktiv va passiv organlarga ajratiladi.
Aktiv nutq organlariga - til, lab (yuqori va pastki), yumshoq tanglay hamda tovush paychalari kiradi. Bu organlarning ichida til eng faolidir. Tovush hosil bo'layotganida tilning hamma qismi barobar xizmat qilmaydi. Shu sababli tilshunoslikda u til oldi, til o'rta va til orqa qism deb atalmish uch tarkibiy bo'laklarga bo'linadi.
Passiv nutq organlariga tish (tepa old tishlari), milk (alveol) va qattiq tanglay kiradi.
Nutq tovushlar to'g'risida gapirganimizda "artikulyatsiya" atamasini ishlatmay ilojimiz yo'q. Tovushning hosil bo'lishida nutq organlarining harakati va egallagan o'rni artikulyatsiya deyiladi. Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi talaffuz qilishga tayyorgarlik - ekskursiyani, talaffuzning o'zini va nutq organlarining o'z joyiga qaytishi - rekursiyani o'z ichiga oladi; nutq tovushlarini hosil qilishdagi artikulyatsiya bazasi deyiladi.
Nutq tovushlari shovqin va ovozdan hosil bo'ladi. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra tovushlar ikki kata guruh - unli va undoshlarga ajratiladi.
Agar o'pkadan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini titratib o'tib,og'iz bo'shlig'ida qarshilikka uchramasa, unli tovush hosil bo'ladi.
Agar o'pkadan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini titratish yoki titratmasligidan qat'iy nazar og'iz bo'shlig'ida qarshilikka uchramasa, unda undosh tovush hosil bo'ladi.
Nutq tovushlari tillarda miqdor va sifat jihatdan bir xil emas. Unli tovishlar faqat ovozdan tashkil topgan bo'ladi, ya'ni o'pkadan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini titratib o'tib, og'iz bo'shlig'ida hech qanday qarshilikka uchramaydi.
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
Unli tovushlar son va sifat jihatdan tillarda bir xil emas. Ba'zi tillarda unlilarning soni ikkita, ba'zilarida esa yigirmadan ortiq. Unli tovushlar umumiy tilshunoslik nuqtayi nazarida tilning gorizontal holatiga ko'ra, tilning ko'tarilishi darajasiga ko'ra (vertical holatiga ko'ra), tovushlarning qisqa va cho'ziqligiga ko'ra, lablarning ishtirokiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Tilning gorizontal holatiga ko'ra unlilar uch turga bo'linadi:
a) Til oldi unlilari: o'zbek tilida [i], [a], [e];
b) Til o'rta unlilari: rus tilida [h] va boshqalar;
c) Til orqa unlilari: [u], [o'], [o] va boshqalar.
Tilning ko'tarilishi darajasiga ko'ra unlilar uch turga bo'linadi:
a) Ochiq unlilar: o'zbek tilida [a], [o]; rus tilida [a] va boshqalar:
b) Yarim ochiq (yarim yopiq) unlilar:O'zbek tilidagi [e], [o']; rus tilidagi [o]va boshqalar;
c) Yopiq unlilar: o'zbek tilidagi [i], [u]; rus tilidagi [h], [h], [y] va boshqalar.
Qisqa va cho'ziqligiga ko'ra unlilar qisqa, cho'ziq unlilarga ajraladi. Unlilarning bu xususiyatlari dunyodagi barcha tillarga xos emas. Masalan, o'zbek va rus tillarida unlilar qisqa va cho'ziq tovushlarga bo'linmaydi, lekin nutq jarayonida unlilarning cho'ziq yoki qisqa talaffuzi uchrashi mumkin, bunday hol so'zlarning ma'nosini o'zgartirishga olib kelmaydi. Unlilarga nisbatan qo'llaniladigan bu o'lchov tilshunoslikda miqdor belgisi deb yuritiladi. Cho'ziq tovushlar maxsus fonetik yozuv-transkripsiya [:] belgisi bilan yoziladi. Ingliz, nemis tillarida bunday tovushlar mavjud, masalan: ingliz tilida qisqa [u] va cho'ziq [u:], qisqa [i] va cho'ziq [i:] fonemalari bor. Qiyoslang: [pit] va [pi:t], [pul] va [pu:l].
Lablarning ishtirokiga ko'ra unlilar lablangan va lablanmagan tovushlarga ajraladi. O'zbek tilidagi [i], [e], [a] tovushlari talaffuz qilinganda, lablar faol ishtirok etmaydi, shuning uchun ular lablanmagan unlilar deb yuritiladi. Lekin [u], [o'], [o] tovushlari talaffuzida lablar faol ishtirok etadi, shu sababli ular lablangan unlilar deyiladi. Tarkibiy nuqtayi nazardan unlilar uch turga: monoftonglar, diftonglar va triftonglar, ya'ni bir tovushli, ikki tovushli va uch tovushli unlilarga ajratiladi. Tarkibida faqat bir tovush bo'lsa, ular monoftonglar deb yuritilib (o,u,i va boshqalar), ularni talaffuz qilishda nutq organlari bir xil holatda bo'ladi. Tarkibida ikki tovush bo'lgan unlilar diftonglar deyiladi. [ai], [oi], [ai] va boshqalar. Diftonglar talaffuzida nutq organlari bir holatdan boshqasiga o'tadi. Tarkibida uchta tovush bo'lgan unlilar triftonglar deb ataladi. Inliz tilidagi [aia], [aua] tovushlari shular jumlasidandir. Bularning talaffuzida ham nutq organlari bir holatdan boshqasiga o'tadi. Unlilarning monoftong, diftong va triftonglarga ajratilishi hamma tillarga ham xos emas. O'zbek va rus tillarida bunday hodisa uchramaydi. Roman - German tillarida esa ko'p uchraydi. Diftong va triftonglar garchi ikki va uch tovushlar yig'indisi bo'lsa ham, ular bir vazifani bajaruvchi (monofunksional)birliklardir. Bo'g'in ajratishda bu hisobga olinib, ular bir bo'g'inga kiritiladi.
Undosh tovushlarning hosil bo'lishida opkadan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini titratishi yoki titratmasligidan qat'iy nazar og'iz yoki burun bo'shlig'ida qarshilikka uchraydi. Agar o'pkadan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini titratmasdan faqat og'iz bo'shlig'ida qarshilikka uchrasa, bunday tovushlar faqat shovqindan tashkil topib, ular jarangsiz undosh tovushlar deyiladi.( [t], [s], [k], [p], [f ] va boshqalar). Agar o'pkadan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini titratsa hamda o'g'iz bo'shlig'ida qarshilikka uchrasa, u holda ovoz va shovqindan tashkil topgan undosh tovushlar hosil bo'ladi.
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
Bunday undoshlarni ikkiga bo'lish maqsadga muvofiqdir. Agar ovoz shovqindan ustun tursa, bunday undoshlar sonor yoki sonantlar deyiladi. (masalan, [m], [n], [l], [y] va boshqalar). Ular o'z navbatida burun va og'iz sonorlarga ajratilishi mumkin. Burun sonorlariga o'zbek tilidagi [m], [n], [ng] tovushlari va boshqa tillardagi shularning ekvivalenti kiradi. Bu tovushlar talaffuzida yumshoq tanglay pastga tushgan bo'lib, havo burun bo'shlig'idan o'tadi.Og'iz sonorlari yon [l], titroq [r], o'rta [y] tovushlardan iborat bo'ladi.
Agar shovqin ovozdan ustun tursa, bunday undoshlar jarangli undoshlar deyiladi. ([b], [v], [g], [d], [j] va boshqalar). Ovoz va shovqinning ishtirokidan tashqari undoshlar talaffuz o'rniga ko'ra va hosil bo'lish usuliga ko'ra turlarga ajratiladi. Lab undoshlarini ikki labning uchrashuvi natijasida hosil bo'ladigan lab -lab tovushlari ([b],[p],[m]) va lab bilan pastki tishlarning uchrashuvi natijasida hosil bo'ladigan lab-tish tovushlari ([v],[f]) ga ajratish mumkin.
Til undoshlari til oldi, til o'rta, til orqa va chuqur til orqa tovushlariga bo'linadi.
Til oldi undoshlariga [t], [d], [s], [sh], [n] kabi tovushlar kiradi. Til oldi undoshlari o'z navbatida dorsal (tish) [s], [z], [n], apikal (tanglay) [t], [d] va kakuminal (til orqa) - [ch], [sh], [j] tovushlariga ajratiladi.
Til o'rta undosh [y]. O'zbek tilidagi bu tovush til va tanglayning o'rta qismida hosil bo'ladi.
Til oqa undoshlari [q], [g'] tovushlari o'zbek tilida orqa qismining tanglayni o'rta qismidan orqarog'iga tegishi natijasida hosil bo'ladi.
Chuqur til orqa tovushlari tilning ildizi bilan yumshoq tanglayning bir - biriga tegishi natijasida hosil bo'ladi., o'zbek tilidagi [q], [g'], [x] shunday tovushlar jumlasidandir.
Bo'g'iz undoshlariga o'zbek [h] va arab tilidagi [x] va [q] tovushlari misol bo'la oladi. Bu undoshlar bo'g'iz bo'shlig'ida hosil bo'ladi. Hosil bo'lishi usuliga ko'ra undoshlar portlovchi, sirg'aluvchi va qorishiq turlariga ajratiladi.
Portlovchi tovushlarga [b], [p], [t], [d] kabilar kiradi. Bu tovushlar talaffuzida o'pkadan chiqayotgan havo oqimi artikulyatsiyada qatnashayotgan nutq organlarining qarshiligini yorib o'tadi, natijada portlash ro'y beradi.
Sirg'aluvchi tovushlarga [v], [f], [s], [sh], [j], [x] lar kiradi. Ularning talaffuzida qatnashayotgan nutq organlarida qattiq jipslashish ro'y bermay, balki bu organlar bir-biriga yaqinlashadi, havo oqimi ularning orasidan sirg'alib o'tadi.
Qorishiq tovushlarga [ch], [j] ( o'zbek tilidagi jo'ja so'zidagi tovush) lar kiradi. Bu tovushlar murakkab tarkibli undoshlardir, ya'ni ular ikki undoshning yig'indisidan tashkil topadi (ch = t + sh; j = d + j jadval, jo'ra so'zlaridagi). Bu tovushlar talaffuzida tilning oldingi qismi milkka taqaladi, lekin odatdagi portlash yuz bermay, havo asosan sirg'alib chiqadi. Natijada to'la bo'lmagan portlash va uning ketidan sirg'alish ikki xil usul qatnashgan qorishiq tovushlarni hosil qiladi.
Tilshunoslikda tovush bilan harf orasidagi munosabatni orfografiya o'rganadi. Orfografiya grekcha "orthos"- to'g'ri va "grapho" yozaman degan so'zlardan tashkil topgan bo'lib, imlo qoidalari bilan shug'ullanadi. O'qish bilan yozish orasidagi eng yaqin munosabat o'zbek tilida ta'minlangan. Imkoni boricha harflar tovushlarga mos keltirilgan. Ma'lum tartib asosida joylashtirilgan harf va belgilar alfavit deyiladi. Orfografiyaning asosiy vazifasi-
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
alfavitning yozuvdagi qo'llanish qoidalari, so'zlarning yozilishi va bo'g'in ko'chirishdir. Fonetik prinsipga asosan talaffuzda qanday tovush eshitilsa, shunga mos keladigan harf yozilishi lozim. Bunga eng yaxshi misol o'zbek tilidagi jo'nalish kelishigining qo'shimchasidir: ya'ni -ga, -ka, -qa. So'zning oxirida bularning qaysi biri eshitilsa, shunisi yoziladi. Masalan: uyga, dalaga, botqoqqa, terakka, eshakka va hokozo. Bu qo'shimchalar ham har xil yozilishidan qat'iy nazar, tilde yagona vazifani o'taydi. Fonetik prinsipga o'zbek tilidan yana bir misol keltirish mumkin: qorin, burun, singil kabi so'zlarga egalik, kelishik qo'shimchalari qo'shilib kelganda, ulardagi unlilarning eshitilmasligi (talaffuz qilinmasligi) natijasida tushib qoladi: qorniga, burnim, singling kabi.
References:
Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish darslik. - Toshkent, 2012 Qo'chqortoyeva R. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent, 1976 Omonturdiyev A.O'zbek nutqining evfemik asoslari. - Toshkent, 2000 NurmonovA. O'zbek tilshunosligi tarixi. - Toshkent: 0'zbekiston,2000
1. 2.
3.
4.