Научная статья на тему 'IKKI XIL UNLILARNING O‘ZBEK TILIDA QO‘LLANILISH DOIRASI'

IKKI XIL UNLILARNING O‘ZBEK TILIDA QO‘LLANILISH DOIRASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7432
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tovush / yonma-yon unlilar tasnifi / so‘zlar / talaffuz me’yorlari. / sound / classification of adjacent vowels / words / pronunciation standards.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D. Shuhratova

O‘zbek tilida qator kelgan unli harfli so‘zlar boshqa tillardan kirib kelganligi tufayli ularni talaffuz qilishda fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Maqolada yonma-yon unlilar talaffuzi va imlo qoidalari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCOPE OF USE OF TWO DIFFERENT VOWERS IN THE UZBEK LANGUAGE

In connection with the introduction of vowels from other languages into the Uzbek language, phonetic changes occur in their pronunciation. The article discusses the pronunciation of vowels side by side and spelling rules.

Текст научной работы на тему «IKKI XIL UNLILARNING O‘ZBEK TILIDA QO‘LLANILISH DOIRASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

IKKI XIL UNLILARNING O'ZBEK TILIDA QO'LLANILISH DOIRASI

Shuhratova Dilfuza

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi

talabasi

https://doi. org/10.5281/zenodo.7434308

Annotatsiya. O'zbek tilida qator kelgan unli harfli so'zlar boshqa tillardan kirib kelganligi tufayli ularni talaffuz qilishda fonetik o'zgarishlar sodir bo'ladi. Maqolada yonma-yon unlilar talaffuzi va imlo qoidalari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Tovush, yonma-yon unlilar tasnifi, so'zlar, talaffuz me 'yorlari.

ОБЛАСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ДВУХ РАЗНЫХ ГЛАСНЫХ В УЗБЕКИНСКОМ

ЯЗЫКЕ

Аннотация. В связи с внедрением в узбекский язык гласных из других языков в их произношении происходят фонетические изменения. В статье рассматривается произношение бок о бок гласных и правила правописания.

Ключевые слова: звук, классификация смежных гласных, слова, нормы произношения.

SCOPE OF USE OF TWO DIFFERENT VOWERS IN THE UZBEK LANGUAGE

Abstract. In connection with the introduction of vowels from other languages into the Uzbek language, phonetic changes occur in their pronunciation. The article discusses the pronunciation of vowels side by side and spelling rules.

Keywords: sound, classification of adjacent vowels, words, pronunciation standards.

Ma'lumki, tilning leksik tarkibi jamiyatning siyosiy, madaniy va ma'naviy hayoti bilan bevosita bog'liq holda muntazam ravishda boyib boradi. Tilimizning boyishi va takomillashuvida tashqi manbaa, ya'ni o'zlashma so'zlar ham muhim o'rin tutadi. Hozirgi kunda o'zbek tili leksik tarkibining taxminan yarmini arab, fors-tojik, yunon, lotin, rus, ingliz, fransuz va boshqa tillardan o'zlashgan so'zlar tashkil qiladi. Tilshunoslik fanida tovush va fonetika tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanish fan uchun juda muhim xususiylik va umumiylik munosabatini aks ettiradi. Demak, o'pkadan chiqayotgan havo og'iz bo'shlig'ida hech qanday to'siqqa uchramasdan chiqishi natijada hosil bo'ladigan tovushlarga unli tovushlar deyiladi. I, e, o, a, u, o' unlilarini talaffuz qilib ko'ring. Ularning bir guruhi u, o, o' talaffuz qilganingizda lab oldinga qarab cho'chchayadi. A, e, i unli tovushlarni talaffuz qilganingizda esa lab o'z holicha qoladi.Unlilarning bir guruhida lab ishtirok etadi, boshqa bir guruhida esa qatnashmaydi. Bundan tashqari, a unlisini talaffuz qilganingizda og'iz katta ochiladi va til gorizontal holda pastki jag' ustida yotadi. I, u unlilarini talaffuz qilganingizda esa og'iz ozgina ochiladi, tilning o'rtasi esa yuqori tanglayga qarab ko'tariladi. Shunga ko'ra quyidagi uch belgisiga ko'ra:

• labning ishtirokiga

• og'izning ochilish darajasi

• tilning gorizontal harakati

unli tovushlar ajratiladi.

Lablarning ishtirokiga ko'ra:

• lablangan unlilar: u, o'

1513

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• lablanmagan unlilar: i, e, a

• oraliq unli: o (lablangan).

Tilning vertikal harakatiga ko'ra:

• yuqori tor unlilar: u, i

• o'rta keng unlilar: e, o'

• quyi keng unlilar: a, o.

Tilning gorizontal harakatiga ko'ra:

• Old qator unlilar: i, e, a.

• Orqa qator unlilar: u, o, o'1.

Unlilarning yonma-yon kelishi:

Tabiat (i,a), maishiy (a,i), oila(o,i), radio(i,o), teatr(e,a), poema(o,e), maosh(a,o), muammo(u,a), matbuot(u,o), sanoat(o,a), shoir(i,o),soat(o,a), muallaq(u,a), taom(a,o), muallim(u,a), saodat(a,o), muallif(u,a) video(e,o), burjua(u,a), maorif(a,o), okean(e,a), muattar(u,a), xushmuomala(u,o), qanoat(o,a), sharoit(o,i), shariat(i,a), taomil(a,o), geolog(e,o), doira(o,i), doir(o,i), shior(i,o) joiz(o,i), foiz(o,i), geometriya(e,o), doimo(o,i), dialog(io), oid(o,i),aorta(a,o)2.

Bunday yonma-yon kelgan unlilar she'riyat va badiiy asarlarda uchraydi. Jumladan, Muhammad Yusufning "Oddiy muallim" she'ridan parcha.

Qadri bilinadi endi menga goh,

Olis maktabimning o'sha behasham...

Navoiy-ku bizga ustozdir biroq

Kimdir o'qitgan-ku Navoiyni ham.

Shundaydir buyuk zotga harf o'rgatgan kim,

Oddiy muallim-da, oddiy muallim3.

Yonma-yon kelgan unlilarga misol bo'ladigan so'zlardan kelib chiqqan holda qo'sh va qator unlilar atamasiga to'xtalib o'tamiz. O'zbek tilida bitta so'zda ikki xil unli tovushlar yonma-yon kelishini o'zlashgan so'zlar qatoriga qo'shamiz. Qator kelgan unli so'zlar boshqa (ko'pincha arab-fors ) tillardan kirib kelgani tufayli bunday so'zlardagi qator unlilarni og'zaki nuqtda yoki bir cho'ziq unliga aylantirish (masalan, muallim - malim) yoki qator kelgan unlilar o'rtasida ayrim undoshlarni qo'shish yo'li bilan tilimizga moslashtirishga harakat qilinadi. Masalan: soat so'zi Farg'onada sohat, Toshkentda sog'at, Surxondaryo va boshqa ba'zi hududlarda sovot tarzda talaffuz qilinadi.

Shuni xulosa qilib aytish mumkinki, insonning eng asosiy xususiyatlaridan biri, ya'ni uni boshqa jonzotlardan farqlab turuvchi belgisi bu-ong va tilidir. Til faqat insonga va u mansub jamiyatga xos bo'lgan hodisa. Tilning taraqqiy etishi deganda lug'at boyligining oshishi, ichki qonun-qoidasining qulaylashib borishi tushuniladi. Tilda o'zlashma so'z asosida

1 http//www.review.uz.

2 N. Mahmudov, A. Nurmonov. Ona tili. 5-sinf uchun darslik. 2015-yil

3 O'zbek tilida universal qo'llanma, Muhammat Yusuf "Oddiy muallim" she'ridan.2001-yil.

1514

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yoki qo'shimcha yordamida yasalgan so'z ham shu tilning boyligi sanaladi va har bir tilning taraqqiy etib rivojlanishini ta'minlab beradi.

REFERENCES

1. http//www.review.uz.

2. N. Mahmudov, A. Nurmonov. Ona tili. 5-sinf uchun darslik. 2015-yil

3. O'zbek tilida universal qo'llanma, Muhammat Yusuf "Oddiy muallim" she'ridan,

1515

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.