ISSN 2223-4047
Вестник Maeucmpamypu. 2022. № 4-2 (127)
S.A. Eshqulov
O'ZBEK TILIDA IMLOVIY SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI. UNLI VA UNDOSH HARFLAR TALAFFUZI
VA IMLOSIDAGI FARQLAR
Ushbu maqolada tilshunoslik sohasining eng muhim qismlaridan biri bo 'lgan orfografiya va orfoepiya bo 'limlari yoritilgan. Chuni imloviy jihatdan to 'g 'ri yozish har bir fuqaro uchun muhim sanaladi. Imloviy to 'g 'ri yozish uchun esa unli va undoshlar talaffuz va imlosidagi farqlarniyaxshi bilish zarur.
Kalit so 'zlar: orfografiya, savodxonlik, imlo qoidalari, unlilar imlosi, undoshlar imlosi, o 'zlashma so 'zlar, aldoqchi tovushlar.
Hayotimiz tili bilan bevosita chambarchas bog'liqdir. Biz til orqali boshqalarga o'z fikrlarimizni bayon qilamiz, ularga axborot yetkazamiz. Kerakli ma'lumotlarni bilib olamiz. Tilimiz qancha chiroyli va ravon bo'lsa bu bizning nutq madaniyatimizdan darak beradi. Bu fikrimizning isboti sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan so'zlagan nutqini keltirishimiz mumkin: "Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsin".
Tilimiz chiroyli bo'lishi bilan bir qatorda bizning yozuvimiz ham chiroyli va xatosiz bo'lishi kerak. Buning uchun esa imloviy savodxonlikni rivojlantirish zarur. Har bir fuqaro davlat tilida to'g'ri so'zlab, to'g'ri yoza olsagina fuqarolik burchini his etgan, yurt qismatiga daxldorlik tuyg'usi bilan yashayotgan bo'ladi. Qolaversa, bu millatparvarlik, ma'rifatparvarlik, yuksak ma'naviyatimizning muhim belgisi — savodxonlik darajamizga bog'liq. Savodxonlik esa ikki asosga tayanadi. Bu og'zaki va yozma nutq madaniyatiga to'la va to'g'ri amal qilishdir. Xo'sh, biz har ikkalasi yuzasidan savodxonmiz deya o'z-o'zimizga savol bersak, ijobiy javob berish mushkulligini ham bilamiz. Gap muammolarni e'tirof etishda emas, balki natija uchun kurashishda. Qanday qilsak, tom ma'noda savodxonlik darajamiz oshadi va ma'naviyatimiz yuksaladi? Qanday qilsak, kundalik muloqotlarimizdagi, internet orqali yozishmalarimizdagi qusurlardan, ko'cha-ko'ydagi bitik va peshlavhalardagi, oddiy diktant yozishdagi imloviy nuqsonlardan qutulamiz? Bu fikr har ikkala imloda — lotin va kirill alifbosidagi yozishmalarimizga ham bab-baravar taalluqli. Buni kitob va gazeta mutolaasiga e'tibor chorak asr mobaynida bir muncha susayib kelgani bilan izohlaymiz ham. Sinchiklab o'qish, matn mazmunini uqish, so'z va iboralarning to'g'ri yozilishiga e'tiborimiz pasayib ketganini bilamiz-u, unga chora izlashda esa o'zimizni chekkaga olamiz. [1]
Savodxonlikni rivojlantirish uchun imlo qoidalarini puxta o'rganib chiqish kerak. 1995-yil 24-avgustda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 339-sonli "O'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida " qaror qabul qilingan. Bu qoidalar jami 82 banddan iborat bo'lib, 7 bo'limda jamlangan. Bular:
1-bo'lim. Harflar imlosi:
a) Unlilar imlosi (1-7 bandlar)
b) Undoshlar imlosi (8-32-bandlar)
2- bo'lim. Asos va qo'shimchalar imlosi (33-37 bandlar)
3-bo'lim. Qo'shib yozish (38-50-bandlar)
4-bo'lim. Chiziqcha bilan yozish (51 -56-bandlar)
5- bo'lim. Ajratib yozish (57-65-bandlar)
6-bo'lim. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar)
7-bo'lim. Ko'chirish qoidalari(75-82-bandlar) [2]
Har bir bo'limda to'g'ri va xatosiz yozish bo'yicha kerakli tavsiyalar berilgan. Xususan, birinchi bo'limda unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi batafsil yoritilgan. Bu bo'limdagi ma'lumotlar bizga to'g'ri yo-zishimizda juda asqatadi. Chunki biz yozish uchun birinchi o'rinda harflardan foydalanamiz. Ularsiz yozishning esa iloji yo'q. unli va undosh harflarimizning o'ziga xos jihati shundaki, bu harflarimizning ayrimlari talaffuzi va imlosi bir xil kelmaydi. Aynan shu narsa ko'pchilikda imloviy xatoliklarni keltirib chiqaradi. Bu xatoliklarni qil-maslik uchun esa, harfning talaffuzi va imlosida farqlarni eslab qolish kerak. Masalan, unli harflarga to'xtaladigan bo'lsak, a harfi hasharot, asqatmoq, varaq, naqarot, fuqaro kabi so'zlarda o kabi aytiladi, lekin a harfi yoziladi. Talaffuzdagi kabi yozilmaydi. Ayrim payt o harfi kompyuter, monitoring, kollej, pomidor, portret, abonent, nota-rius kabi so'zlarda a kabi talaffuz qilinadi, lekin o yoziladi yoki tort, boks, tonna, tok, rol kabi so'zlarda o' kabi aytilsada, o yozilishi imloviy qoidalarga muvofiq bo'ladi. Yuqoridagi fikrlardan ko'rib turibsizki o harfi , asosan,
© S.A. Eshqulov, 2022.
ISSN 2223-4047
BecmnuK Maeucmpamypu. 2022. № 4-2 (127)
chetdan, ya'ni rus-yevropa tilidan kirgan so'zlarda boshqacha talaffuz qilinyapti, ammo o harfi yozilyapti. Shu qoidani eslab qolish kerak va chetdan kirgan so'zlarni yozishda o harfini yozilishiga alohida e'tibor berish kerak.
Ayrim payt yonma-yon unlilar kelgan so'zlarda ular orasiga bir y harfini qo'shib qo'yishadi yoki unlining biri tushib qoladi. Bu ham imloviy xatoliklarning ko'p uchraydigan turidir. Masalan oila, biologiya, moil, shoir, doir, tabiat, shariat so'zlarda talaffuzda bir y tovushi ortsa ham, yozuvda yozilmasligi kerak. Tabiyat, shariyat deb yozib qo'yilsa, xato hisoblanadi. [3] Ba'zan mutolaa, manfaat, murojaat, taassurot, taajjub, mudofaa, inshoot, tabiiy, badiiy kabi so'zlarda esa yonma-yon kelgan unlining biri talaffuzda tushib qoladi, ammo yozuvda, albatta, yozilishi kerak. Ayrim payt I harfi u tarzida talaffuz qilinishi ham mumkin. Misol uchun kulgi, qorong'i so'zlarda I harfi yozilishi kerak.
Yuqoridagi kabi aytilganidek yozilmaydigan unli tovushlar va yozilganidek aytilmaydigan unli harflar „aldoqchi tovushlar" ham deb yuritiladi. [4] Chunki bunday tovushlar talaffuzi va imlosi bir xil bo'lmaganligi bois, yozishda insonlarni chalg'itadi.
Unlilar kabi undosh harflarni ham yozishda ayrim qiyinchiliklar bor. Chunki undosh harflar orasida ham talaffuzi va imlosi mos kelmaydiganlari mavjud. Shu bois endi shunday undosh harflar to'g'risida fikr yuritamiz. Masalan b harfi kitob, yuzlab, kelib, odob, borib so'zlari oxirida jarangsiz kabi p aytilsa ham, b yoziladi; qibla, tobla kabi so'zlarda esa ba'zan v aytilsa ham, b yoziladi.
V harfi esa chetdan, ya'ni rus-yevropa tilidan kirgan avtobus, avtomat, avtomobil kabi so'zlarda f kabi talaffuz qilinadi, lekin v shaklida yozilishi kerak. F harfi esa ,aksincha Afg'oniston, afzal, lafz kabi so'zlarda v shalida aytiladi, ammo f shaklida yoziladi. Shu o'rinda biz ko'p duch keladigan xavf va afv so'zlari yozilish im-losini ham eslab qolish kerak. Chunki bu so'zlarning talaffuzida ozroq o'zgarish bo'ladi. D harfi ba'zan t shaklida aytiladi, masalan, bod, savod, marvarid, zavod, pud, sud, badqovoq, daromad, kamomad, tadqiqot kabi so'zlarida. Biroq bu so'zlarda ham d o'z holicha yozilishini eslab qolishimiz kerak. Z harfi iztirob, izquvar, bo'zchi, tuzsiz kabi so'zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.
N harfi ham ba'zan ayrim b va m harfidan oldin kelgan holatlarda m aytilsa ham, n yozilishi kerak: shanba, yonbosh, jonbozlik, tanbal, tanbur; yonma-yon, ko'rinmaslik, manman kabi so'zlarda. Ayrim payt esa yonma-yon kelgan undoshlardan biri talaffuzda tushib qoladi, lekin imloda yozilishi shart. Bunday so'zlarda misol qilib o'z qatlam va o'zlashma qatlamdagi so'zlarni keltirish mumkin. Masalan, baland, Samarqand, poyezd; do'st, past, artist, g'isht, dastxat, musht kabi so'zlarda bu hol ko'p uchraydi. Ba'zan metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o'zlashma so'zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so'zga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo'shilsa, so'z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar=metallar, kilogramm+mi=kilogrammi kabi. [5] So'z o'rtasida kelgan qo'sh undoshlar ham ba'zan bir undoshdek talaffuz qilinadi, lekin qo'sh undosh bilan yoziladi. Masalan, million, artilleriya, komissar, intelletual, mutaxassis. Bu so'zlar asosan chetdan kirib kel-gan.
Undosh harflar imlosida ko'pchilikni qiynaydigan yana bir harflar bu h (bo'g'iz undoshi) va x ( chuqur til orqa undoshi) harflaridir. Bu ikki harfni ko'pchilik adashtirib qo'yadi va imloviy xatolikka yo'l qo'yadi. Bunday xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun esa ularning har birini ishlatilish o'rnini yaxshilab bilib olish kerak. Quydagi ishlatilish qoidalarini eslab qolish kerak:
1. - h tovushi o'zbek tiliga arab tilifdan kirib kelgan bo'lib, yumshoqroq talaffuz etiladi, shuning uchun sezilar-sezilmas darajada eshitiladi. Ba'zan so'zlayotganda so'z tarkibidan tushib ham qoladi: xohlamoq - xo-lamoq; fahm-fam; halol, gunoh. 2. - x undoshi ko'proq fors-tojik tilidan kirgan so'zlarda ishlatilib , qattiq talaffuz etiladi, shuning uchun tushib qolishga moyil emas, aksincha, ba'zi shevalarda q ga o'xshash xususiyatga ega bo'ladi: xalq - qalq; xulq - qulq; mix-miq; [6] 3. - rus-yevropa so'zlarida, ko'pincha, x harfi yoziladi: texnika, xirurg, arxiv, arxitektor, arxeolog, arxeologiya, xokkey va boshqa so'zlarda.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, to'g'ri va xatosiz yozish har birimiz uchun muhimdir. Buning uchun esa, avvalo, tovushlarning talaffuzi va imlosidagi farqlarda yaxshilab o'zlashtirishib olishimiz kerak. Chunki harflarni to'g'ri yozish imlo qoidalarining dastlabkisi hisoblanadi. Bu qoidalarni bilmasdan turib xatosiz yozishimiz mushkul. Shuning uchun yuqoridagi kabi qoidalarni o'zlashtirib olish darkor.
0oüdananumau aöaöuemnap:
1. UMUMIY SAVODXONLIK. SAVODXONLIK SO'ZINING MA'NOSI //MYWORDWORLD.RU
2. E.A.Begmatov, A.P.Madvaliyev. O'zbek tilining imlo lug'ati.-Toshkent: Akademnashr. 2013. - b.10.
3. E.A.Begmatov, A.P.Madvaliyev. O'zbek tilining imlo lug'ati.-Toshkent: Akademnashr. 2013. - b.11.
4.Baxtiyor Mengliyev, Sharofat Toshmirzayeva, Saodat Atoyeva, Saida Majidova Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 11- sinfi uchun darslik. Toshkent:O'qituvchi" 2020. - b.9.
5.E.A.Begmatov, A.P.Madvaliyev. O'zbek tilining imlo lug'ati.-Toshkent: Akademnashr. 2013. - b.12.
6. N.MAhmudov, A.Sobirov, SH. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinf uchun darslik. -Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2020. - b.87.
ESHQULOVSUNNATILLA ABDULLA O'G'LI- GulDu Lingvistika (o'zbek tili) yo'nalishi 2-kurs mag-istranti.