Научная статья на тему 'IBN SINONING DАRIY TILSHUNOSLIGIGА QO‘SHGАN HISSАSI'

IBN SINONING DАRIY TILSHUNOSLIGIGА QO‘SHGАN HISSАSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2624
157
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fonetika / fonologiya / tovush / harf / unli / undosh / morfologiya / so‘z turkumlari. / phonetics / phonology / sound / letter / vowel / consonant / morphology / word groups.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Uktаmovа, Xilolаxon

Maqolada buyuk qomusiy olim Аbu Аli ibn Sinoning tilshunoslik sohasi haqida fikrlari bayon qilingan. Xususan, olimning dariy (fors) tilining fonetika, fonologiya va morfologiya sohalari asoslari va tizimlari borasidagi nazariyalari ilmiy dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IBN SINA'S CONTRIBUTION TO DARYI LINGUISTICS

The article describes the views of the great encyclopedist Abu Ali ibn Sina on the field of linguistics. In particular, the scientist's theories about the foundations and systems of phonetics, phonology and morphology of the Dari (Persian) language have been scientifically proven.

Текст научной работы на тему «IBN SINONING DАRIY TILSHUNOSLIGIGА QO‘SHGАN HISSАSI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

IBN SINONING DARIY TILSHUNOSLIGIGA QO'SHGAN HISSASI

Uktamova Xilolaxon

PhD, o'qituvchi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning tilshunoslik sohasi haqida fikrlari bayon qilingan. Xususan, olimning dariy (fors) tilining fonetika, fonologiya va morfologiya sohalari asoslari va tizimlari borasidagi nazariyalari ilmiy dalillangan.

Kalit so'zlar: fonetika, fonologiya, tovush, harf unli, undosh, morfologiya, so Z turkumlari.

АННОТАЦИЯ

В статье описываются взгляды великого энциклопедиста Абу Али ибн Сины на область языкознания. В частности, научно доказаны теории ученого об основах и системах фонетики, фонологии и морфологии языка дари (персидского).

Ключивые слова: фонетика, фонология, звук, буква, гласный, согласный, морфология, группы слов.

ABSTRACT

The article describes the views of the great encyclopedist Abu Ali ibn Sina on the field of linguistics. In particular, the scientist's theories about the foundations and systems of phonetics, phonology and morphology of the Dari (Persian) language have been scientifically proven.

Keywords: phonetics, phonology, sound, letter, vowel, consonant, morphology, word groups.

KIRISH

Dunyo tilshunosligida til taraqqiyoti va uning qonuniyatlarini genetik jihatdan bog'liq va tipologik jihatdan yaqin bo'lgan tillar guruhlari doirasida qiyosiy o'rganish keng tarqalgan. Olib borilgan tadqiqotlar eroniy tillari guruhiga mansub dariy tili qariyb 2000 yillik tarixga ega ekanligini ko'rsatdi, u haqidagi ma'lumotlar X asrdan boshlab manbalarda keltirila boshlangan. Uzoq yillar davomida bu til turli nomlar (ilmiy adabiyotlarda ' forsiy"1, "forsi-ye kobuliy"2, "Kabuli Persian"3 terminlari ham

1 Фархади Р. Разговорный фарси в Афганистане. - Москва: Изд-во «Наука», 1974. - С. 4.

2 Дорофеева Л.Н. Язык фарси-кабули. - Москва: Изд-во «Восточная литература», 1960. - С. 6; Эдельман Д.И. Категории времени и вида. Категория наклонения // Опыт историко-типологического исследования иранских языков. Том 2. - Москва, 1975. - С. 337.

3 Bogdanov L. Stray Notes on Kabul! Persian. - JASB, vol. 26, № 1. - Calcutta, 1930. - P. 1-2.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

mavjud) bilan ataldi. 1964-yili Afg'oniston Konstitutsiyasida "dariy tili" deb qayta nomlanib4, rasmiy maqomga ega bo'ldi. Bu til tadqiqi ham asta-sekin ko'paya boshladi. Biroq dastlab X-XI asrlarda yashagan buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning mazkur til grammatikasiga oid ilmiy nazariyalari alohida ahamiyatga ega. Maqolada allomaning dariy tilshunosligiga doir ilmiy fikrlari jamlangan bo'lib, tizimli ravishda tahlil qilingan. Aytish mumkinki, Ibn Sino dariy tilshunoslik ilmiga tamal toshi qo'ygan olimlardan dastlabkisi hisoblanadi.

Maqsad va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi - X-XI asrlardagi dariy tilshunosligi borasida Ibn Sinoning ilmiy fikrlarini tadqiq etish. Bu maqsadni amalga oshirishda allomaning dariy tili fonetik va morfologik tizimi borasidagi qarashlarni tahlil etish vazifasi qo'yildi.

Usullar. Maqolada tavsifiy, analiz, sintez, tarixiy-qiyosiy metodlardan foydalanildi.

NATIJA VA MULOHAZALAR

Til va tafakkur masalalari nihoyatda murakkab bo'lib, u tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq, psixologiya, fiziologiya fanlari bilan ham bevosita bog'liq ekanligini ko'rish mumkin. Lingvistik qarashlarni dastlab, qadimgi yunon olimlarining asarlarida uchratish mumkin. Albatta, ular sof filologik qarashlar bo'lmay, mantiqqa asoslangan bo'lsa-da, olimlarning o'sha davr tili uchun bildirgan fikrlari bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir. Chunonchi, Aristotel tilni mantiq, grammatika va ritorikaning o'rganish predmeti, dab ataydi. U so'z turkumlarini element, bo'g'in, bog'lama, ism (ot), fe'l, bo'lak, kelishik, gapga taqsimlaydi, va grammatika aynan shu kategoriyalarni o'rganishi shart, deb ta'kidlaydi 5.

Ana shunday bilimlar asosida yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino ham o'z qarashlarini shakllantirgan. U o'z davridagi mavjud fanlarning barchasi bilan shug'ullangani va ularga oid asarlar yozgani uchun zamonlashlari tomonidan "Shayx ur-rais" (donishmandlar sardori), "Sharaf ul-mulk" (mamlakating sharafi), "Hujjat ul-haqq" (rostlikka dalil), "Hakim ul-vazir" (donishmand vazir) kabi nomlar bilan ta'riflangan.

Ibn Sino qomusiy olim sifatida nafaqat Sharqda, balki G'arbda ham katta shuhrat qozongan. Bu isboti sifatida Mikelanjeloning quyidagi fikrini keltirishning

4 "Dariy tili" terminining qo'llanilishi Afg'onistonda, asosan, rasmiy doiralarda keng yoyildi. Mazkur termin eronshunoslikda, odatda, fors-dariy mumtoz adabiyotining gullab-yashnagan davrida (VIII-IX asrlar) qo'llanilgan, Xuroson va Movarounnahrning tili sifatida tushuniladi. Afg'oniston sharoitida eski atamaning qayta tiklanishi ma'lum siyosiy ahamiyatga ega bo'lib, xususan, afg'onlarning Afg'oniston forsiysida klassik til arxaik elementlarining saqlanganligi va adabiy an'analarning uzluksizligini ta'kidlashdan iborat edi. Tadqiqot ishimizda "dariy tili" termini ostida Afg'onistonning hozirgi adabiy yozma tili nazarda tutilgan. Klassik davr (IX-XVII asrlar) tili o'sha davrda fors tili deb yuritilgan.

5 Илясов Ф.Б. Лингвистические взгляды Насируддина Туси: Дис. ... канд. филол. наук. - Душанбе, 2019. - С. 55.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

o'zi kifoya: "Boshqa olimlami ma'qullab haq bo'lgandan ko'ra, Galen va Ibn Sinolar oraqasidan ergashib xato qilgan yaxshiroqdir 6 ". Ibn Sinoning tilshunoslikka oid "UjjJl s^j^ ^L^l" Asbâbi xudut al-huruf ("Xatlar yozish omillari") asari shu kunga qadar tilshunoslar diqqatini o'ziga rom qilib kelmoqda. Bu asar bizgacha bir necha qo'lyozmalar orqali yetib kelgan. Ibn Sinoning hayoti va va ijodi bilan shug'ullangan Abu Ubayda Juzjoniyning ta'kidlashicha, mazkur asar hijriy 415 (milodiy 1024) yilda Tehronda yozilgan. Garchi bu asar arab tili fonetikasiga bag'ishlangan bo'lsa-da, ushbu kitobning V bobida dariy (o'sha davr uchun klassik forsiy), turk, va boshqa tillar haqida ilmiy fikrlar bayon etilgan. Shu sababdan ham Ibn Sinoning mazkur asari Sibavayhiy singari o'ziga qadar bo'lgan filologlarning asarlaridan farqli ravishda umumiy fonetika masalalariga bag'ishlangani bilan ajralib turadi.

Uning ham til haqidagi ta'limoti mantiqiy nuqtai nazarga asoslanadi. Uning fikricha, fikr belgisi haqidagi ta'limot til haqidagi ta'limotdir. U tilni tabiiy va sun'iy tillarga bo'ladi. Tabiiy til tafakkur belgisi sifatida Ibn Sino tomonidan har tomonlama o'rganilgan. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, fikr va nutq, til va tafakkur o'rtasida doimiy aloqa mavjud.

Abu Ali ibn Sinoning Isfahonda yozilgan ^U^jb" Dânesnâma-ye 'elâyi

("Entsiklopediya") kitobi dariy tilidagi ilk falsafiy asar hisoblanadi. Asarning "Mantiq ilmi" deb ataluvchi bobida so'zlar uch turga ( ^esm "ism", <*&kalema "fe'l", ^blâdât "yordamchi so'zlar") ajratilgan. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino arabcha terminlarga muqobil dariy tilidagi terminlarni ham qayd qilgan. Masalan, ^l esm ^ f^nâm, J*fe7 <*&lkalema ^ ^¿j^kunis kabi7. Kitob Eron olimlari orasida juda mashhur bo'lib, tez-tez nusxa ko'chirib turilgan va 1891-yilda Haydarobodda birinchi marta nashr qilingan. Ibn Sino artikulyatsion fonetika bilan ham shug'ullangan. Bu izlanishlar "^jj^Jl Maxârej-ol-horuf ("Tovushlarning

artikulyatsiyasi") kitobida o'z aksini topgan. Uning dariy va arab tillari fonetik qurilishining qiyosiy tahlili borasida ham ilmiy izlanishlar olib borgani ma'lum 8.

Abu Ali ibn Sino "^jj^Jl Maxârej-ol-horuf kitobida tovushning paydo

bo'lishi haqida fikr yuritadi. Uning ta'kidlashicha, "har qanday tovush havoning to'lqinsimon tebranishi natijasida paydo bo'ladi. Havoning tebranishida esa bir jismning ikkinchi jism bilan to 'qnashuvi yoki bir jismning ikkinchi jismdan uzilishi muhim rolb o'ynaydi. Har ikki holda ham havoning to'lqinsimon tebranishi ro'y beradi. Ikki jismning to 'qnashuvi jarayonida to 'qnashuvchi jismlar havoni qisib, muayyan kuch va tezlik bilan harakat yo 'nalishi tomon tezroq fazoni bo 'shatishga

6 Нурмонов A. Узбек тилшунослиги тарихи. - Тошкент: Узбекистон, 2002. - Б. 20.

7 Илясов Ф.Б. Лингвистические взгляды Насируддина Туси: Дис. ... канд.филол.наук. - Душанбе, 2019. - С. 21.

8 ^jjj^lû ^djä Anillé j ^jli JAJ j ^j^^ j ^nit' niljl ôjIj jû ^l ôjf j jj Jit^ i-jjj^ J' jjj^û .ûjj^ jà jj^lA. Vf .t^a — .Y««^ 'jlj^j' — .^jjp j A^jljà j ^nijKjl

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

majbur qiladi. Bir jismning ikkinchi jismdan uzilishi natijasida ham uzilayotgan jismlar qisilgan havoni muayyan kuch va tezlik bilan fazoni bo'shatishga majbur qiladf9.

U nutq tovushlari, ya'ni fonemaning fizikaviy tovushdan farqi borligini tushuntiradi va fonemani "harf\ fizikaviy tovushni "savt" termini orqali nomlaydi. Ularning bir-biridan farqi shundaki, harf nutq organlari tomonidan talaffuz qilinadi. Harf - bu balandlik va ton bo'yicha o'xshash tovushlarning eshitilish jihatidan bir-biridan farqlanuvchi turidir 10.

Ibn Sino nutq tovushlarini hosil qiluvchi uch jihatni ko'rsatib beradi:

1. Ko'krak qafasida paydo bo'ladigan diafragma va ko'krak muskullari orqali harakatga keladigan havo to'lqini.

2. Havo to'lqinini nutq organlarining turli nuqtasida to'siqqa uchrashi.

3. Tovushga turlicha tembr ottenkasi beradigan va turli akustik belgi hosil qiladigan rezonator11.

Abu Ali ibn Sino nutq tovushlarini ikki turga ajratgan: unli "musavvat" va undosh "somit" Parviz Notel Xonlariyning yozishicha, bunday taqsimotni Abu Ali ibn Sinodan oldin Abu Nasr Forobiyning "^VijJl Ketáb-ol-musiqiy ("Musiqa haqida kitob") asarida uchratgan 12.

Abu Ali ibn Sino cho'ziq va qisqa unlilar haqida quyidagicha yozgan: "Unlilarga ta'rif berishim juda qiyin, ammo fikrimcha, "cho'ziq va qisqa alif" talaffuzi ravon va to'siqsiz chiqadi va ikkita "vov"ning talaffuzi biroz qiyinchilik bilan, lablarning torayishi va yuqori labda zaif egilib chiqadi. Va ikkalasi ham pastki labga suyanadi. Har bir qisqa unli qisqa vaqtda, cho 'ziq unli esa ikki baravar ko 'p vaqtda hosil bo'ladi" 13.

Abu Ali ibn Sino 6 ta unli tovushni ajratadi: qisqa unlilar: "zabar" (a), "zer" (i), "pesh" (u) va cho'ziq unlilar: "alifi mamdudi musavvat" (cho'ziq a yoki o), "vovi musavvat" (ü), "yoi musavvat" (T)14.

Abu Ali ibn Sino undoshlarni paydo bo'lish usuli, o'rni, akustik xossasi hamda cho'ziqlik, sifat va miqdor belgilariga ko'ra tasnif etdi. Paydo bo'lish usuliga ko'ra portlovchi va sirg'aluvchilarga bo'ldi. Akustik belgisiga ko'ra jarangli va jarangsizlarga ajratdi. Paydo bo'lish o'rniga ko'ra esa har bir undoshning o'z o'rni bor, deya ta'kidladi 15.

9 Нурмонов A. Узбек тилшунослиги тарихи. - Тошкент: Узбекистан, 2002. - Б. 22.

10 Ko'rsatilgan asar. - B. 22.

11 Илясов Ф.Б. Лингвистические взгляды Насируддина Туси: Дис. ... канд.филол.наук. - Душанбе, 2019. - С. 86.

12 Илясов Ф.Б. Лингвистические взгляды Насируддина Туси: Дис. ... канд.филол.наук. - Душанбе, 2019. - С. 86.

13 Мирзоёров Ф. Грамматические комментарии в таджикских толковых словарях XVI-XIX вв.: Aвтореф. дис. канд. филол.наук. - Душанбе, 2011. - С. 35.

14 Ko'rsatilgan asar. - B. 88.

15 Нурмонов A. Узбек тилшунослиги тарихи. - Тошкент: Узбекистон, 2002. - Б. 23.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Undoshlar cho'ziqlik belgisiga ko'ra sodda (mofrada) va murakkab (murakkaba)ga bo'lindi. O'pkadan chiqayotgan havo to'liq to'siqni birdaniga yorib o'tishidan hosil bo'lgan undosh sodda undosh bo'lsa, to'liq bo'lgan to'siqdan qisilib o'tishi natijasida paydo bo'lgan undosh esa murakkab undosh hisoblanadi. Bundan ko'ranadiki, sirg'aluvchi undoshlar murakkab undoshlarga to'g'ri keladi 16.

Abu Ali ibn Sino ham "J" qofini portlovchi va g'aynni sirg'aluvchi undosh, degan. Sibavaxiy bilan Ibn Duraydning fikrlari Ibn Sinoning fikrlari bilan bir xil bo'lsa-da, lekin bu harflarning mahrajini ko'rsatishda Ibn Sino fikrlari farq qiladi. Chunki "J" qof mahrajini "¿" xo harfidan so'ng qo'yadi va "£" g'aynni kof bilan hammahraj deb biladi. U ochiqchasiga aytadiki "J" qof bilan "¿" xo aloqalari xuddi kof bilan g'aynning aloqalaridek bir xil. Shuning uchun uning nazarida "J" qof bo'g'iz tovushi va "£" g'aynni chuqur tanglay orqasidan keladigan tovush, deb bilgan 17.

F. Ilyasovning yozishicha, Abu Ali ibn Sinoning "^i«" Manteq ("Mantiq") kitobida quyidagicha fikrlar keltirilgan: "So'z tarkibida 3 ta unsur uchraydi, ular quyidagilar: maqta' mamdud (cho'ziq bo'g'in) yoki maqta' maqsud (qisqa bo'g'in), va madda ni qabul qilmaydigan ("to'" (t) va "bo'" (b) kabi) yoki madda ni qabul qiladigan ("sin" (s) va "ro'" (r) kabi) undoshlar va "muddot" deb ataluvchi cho'ziq yoki harakat orqali ifodalanadigan qisqa unlilar". Uning "Uijj^Ji kitobida esa quyidagi fikrlarni bildirgan: "vov" va "fo" undoshi bir xil

artikulyatsiga ega, va lablar yumaloqlashishi, hamda ular orasidan havo chiqishi natijasida hosil bo'ladi, lekin bu j"w" unli fonemasiga tegishli emas 18.

Olim morfologiyaga oid fikrlarini Ibn Ahmad Basriy va Sibavayxiy tomonidan tuzilgan tasnif asosida yoritadi. Ibn Sino asarlarida dariycha terminlarni qo'llash va bu tilning o'ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda so'zlarni turkumlarga tasniflashga uringan19 . Uning fikricha, so'z turkumlarini ajratishda mantiqan so'z anglatgan ma'noga e'tibor berish zarur. Yuqorida ta'kidlanganidek, Ibn Sino so'zlarni ism ( ^nâm), fe'l ( ^&kunes) va yordamchi so'z ( ^âdât)ga ajratgan 20. Olim har bir so'z mustaqil holda yo ism, yo fe'l, yo yordamchi so'z turkumiga taalluqli bo'ladi, deb hisoblaydi 21. U ism biror tushunchani anglatadi, biroq bu

16 Ко'геай^ап asar. - B. 24.

17 .Д^ - - ^ (^Ци*' ^

18 Bu haqda qarang. Илясов Ф.Б. Лингвистические взгляды Насируддина Тусий: Дис. ...канд. филол. наук. -Душанбе, 2019. - B. 92-93.

19 Курбонов Н.Ф. Лингвистические взгляды Шамса Кайса Рази: Автореф. дис... канд. филол. наук. - Душанбе, 2014. - С. 10

20 Илясов Ф.Б. Лингвистические взгляды Насируддина Туси: Дис. ... канд. филол. наук. - Душанбе, 2019. - С. 69.

21. Ходжаев Д. Таджикская лингвистическая мысль X-XVI вв.: Дис. ... докт. филол. наук. - Душанбе, 2004. - С. 83.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

tushunchadan uning qaysi zamonga taalluqli ekanligi anglashilmaydi, fe'l esa bir vaqtning o'zida ham tushunchani, ham tushuncha taalluqli bo'lgan zamonni ifodalaydi, deb izohlaydi 22.Abu Ali ibn Sino ism (ot) so'z turkumi haqida shunday deydi: "Ismdan zamon va ish-harakat bajaruvchisi anglashilmaydi. Ism predmet, aniq va mavhum tushunchalarni bildirishi kerak. Masalan, "mardum" [xalq] so'zi - aniq ot (ismi moddi), "düstT' [do'stlik] so'zi - mavhum ot (ismi ma 'ni)23.

Ibn Sino birinchi bo'lib dariy tilidagi ismga xos bo'lgan jins kategoriyasi va atoqli otlarni ajratib ko'rsatgan24.

Ibn Sino fe'l so'z turkumini aniqlash haqida shunday yozadi: "fe'l so'z turkumiga oid so'zlarda ish-harakat bajaruvchisi, vaqti va bajarilgan yoki bajarilmagani kabi unsurlar namoyon bo'ladi"25.

Ibn Sino fe'l zamonlarini uchga bo'ladi: o'tgan, hozirgi va kelasi 26.

Ibn Sino dunyo ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan qomusiy olim sifatida hali ham barhayot. Uning tibbiyot va falsafa ilmiga bag'ishlangan asarlari ushbu soha vakillari tomonidan qanchalik e'zozlansa, tilshunoslik haqidagi fikrlari ham tilshunoslar uchun asos vazifasini bajarishi shuncha bor e'tirof etiladi. Olim arab va yunon tilshunosligi asosida dariy tilshunosligini ham taftish, tadqiq va tahlil qilishga bag'ishlangan asarlari orqali X-XI asrlardagi til vaziyati, til tarkibi haqida taassurotlar paydo bo'lishiga asos bo'lib xizmat qilmoqda. Tadqiqotimizda sanab o'tilgan asarlar bugungi tilshunoslik asoslarini rivojiga ta'sir ko'rsatgan. Shulardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarni berish mumkin:

1. Dariy tili fonologiyasiga oid nazariyalarni bayon qilgan ilk asarlar Ibn Sinoning 'W^ Dânesnâma-ye 'elâyi ("Entsiklopediya") va "Uijj^Ji Maxârej-ol-horuf ilmiy asarlari hisoblanadi. Uning tilshunoslikka oid fikrlari qadimgi yunon va arab tilshunosligi asosida shakllangani bois olim arab tilshunosligi an'analari klassik dariy tiliga ham tatbiq qildi.

2. Dariy tilidagi fonemalarni ilk bor unli va undosh fonemalarga ajratgan olim Ibn Sinodir. Olim arab tilshunosligiga taqlidan unli fonemalar 6 ta deb qayd qiladi. Shuningdek, olim unlilarni cho'ziq va qisqa unlilarga ham ajratgan.

3. Dariy tilida so'zlarni ma'lum bir turkumlarga tasniflashni Ibn Sino boshlab berdi. Olim arab tilshunosligi asosida so'zlarni uch turkumga ism

22 Ko 'rsatilgan asar. - B. 89

23 Ko 'rsatilgan asar. - B. 86

24 Ko 'rsatilgan asar. - B. 89

25 Ko 'rsatilgan asar. - B. 85

26 Ko 'rsatilgan asar. - B. 85

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

( ftnâm), fe'l ( ij&kones) va yordamchi so'z ( ^bâdât)ga ajratdi. Biroq ularni forsiy so'zlar bilan nomlashni ma'qul ko'rdi.

REFERENCES

1. Bogdanov L. Stray Notes on Kabul! Persian. - JASB, vol. 26, № 1. - Calcutta, 1930.

2. Дорофеева Л.Н. Язык фарси-кабули. - Москва: Восточная литература,

3. Илясов Ф.Б. Лингвистические взгляды Насируддина Тусий: Дис. ...канд. филол. наук. - Душанбе, 2019.

4. Курбонов Н.Ф. Лингвистические взгляды Шамса Кайса Рази: Автореф. дис. канд. филол. наук. - Душанбе, 2014.

5. Мирзоёров Ф. Грамматические комментарии в таджикских толковых словарях ХУ1-Х1Х вв.: Автореф. дис. канд. филол.наук. - Душанбе, 2011.

6. Фархади Р. Разговорный фарси в Афганистане. - Москва: Изд-во "Наука",

7. Ходжаев Д. Таджикская лингвистическая мысль X-XVI вв.: Дис. ... докт. филол. наук. - Душанбе, 2004.

8. Эдельман Д.И. Категории времени и вида. Категория наклонения // Опыт историко-типологического исследования иранских языков. Том 2. - Москва,

1960.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1974.

1975. - С. 337.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.