INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI Mamasaidova Muhabbat Abdusalom qizi
Farg'ona davlat universiteti boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11059885
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari haqida so'z yuritilgan bo'lib, boshlang 'ich sinf o 'quvchilarining tanqidiy fikrlash ko 'nikmalarini rivojlantirish usullari ko 'rsatib o 'tilgan.
Kalitso'zlar: boshlang'ich ta'lim, tanqidiy fikrlash, tanqidiy aniqlik, tizimlishakllantirish.
XX asr oxiri - XXI asr boshlarida sodir bo'lgan ta'lim jarayonidagi sezilarli o'zgarishlar (uning maqsadlari yo'nalishi, mazmuni) har bir o'quvchi shaxsining rivojlanishiga yo'naltirish lozimligini anglatadi.Milliy umumiy o'rta ta'lim tizimini modernizasiyalash kasbiy-texnologik ta'limining yangilangan mazmuni negiziga tayanch kompetensiyalar kiritilganligini anglatadi. Ta'limni modernizasiyalashga oid zamonaviy yondashuvlar shuni ko'rsatadiki, ta'lim jarayonida faoliyatning asosiy natijasi bilim, ko'nikma va malakalar tizimidangina iborat bo'lib qolmasdan, balki davlat va jamiyat tomonidan belgilangan intellektual, ijtimoiy-siyosiy, kommunikativ, axborot va boshqa sohalar uchun zarur bo'lgan kompetensiyalar tizimini shakllantirish ham lozim. Mavjud manbalar mohiyatini o'rganish jamiyatimizning ilk davrlaridayoq sog'lom turmush madaniyatini qaror toptirish, mavjud turmush madaniyati darajasini belgilovchi mezonlarni yaratishga nisbatan ijtimoiy ehtiyoj mavjud bo'lganligi, shuningdek, ushbu ehtiyojni qondirish yo'lida amaliy harakatlar olib borilganligini ko'rsatadi.
Tanqidiy fikrlash asosida o'quvchilarda baholash, bilim, ko'nikma va malakalar rivojlantiriladi. Tanqidiy usullarni ko'rib chiqishda quyidagilarni alohida takidlash mumkin:
- o'quvchining o'qituvchi va hamkorlar bilan konstruktiv dialog tuzishga intilishi;
- o'zgalar fikriga tayanmagan holdan o'z fikrlarini bayon eta olishi;
- yangi ma'lumotlarni bilishga intilishi;
- qo'yilgan vazifalarni noan'anaviy usullar bilan yechishi;
- yetkazilayotgan ma'lumotlarni har tomonlama o'rganish, u yoki bu hodisalarni sabablarini aniqlashi.
Mualliflarning ma'lumotlarni tanqidiy darajasini alohida belgilashga urinishlari e'tiborga sazovordir. Rivojlanuvchi ta'lim konsyepsiyasiga tayangan holda A.V.Korjuyev, V.A.Popkovlar ta'lim berishni faqat ma'lumot olishga tenglashtirish mumkin emas, degan fikrni bildiradi.
Agar ma'lumot tanqidiy mezonlarga mos bo'lmasa, u o'z tarbiyaviy ma'nosini yo'qotadi.
• Birinchi mezon - "bir tomondan ...., ...lekin ikkinchi tomondan", "bir tomondan qaraganda ..." iboralarini qo'llash.
• Ikkinchi mezon - o'qituvchi tadqiqotchi rolida bo'lib, o'quvchilarni haqiqatni bilishga undaydi.
• Uchinchi mezon - turli g'oyalar kurashi, bu yerda tarixiy-ilmiy bilimlardan foydalanish
lozim.
Shuningdek, olimlar "tanqidiy aniqlik" tushunchasini kiritdilar. Tanqidiy aniqlikning birinchi mezoni - o'quvchilarga berilayotgan o'quv ma'lumotlarini isbotlashda faktlarni bir-biriga almashtirishga yo'l qo'ymaslik.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
Ikkinchi mezon - tanqidiy va isbotlangan tasdiqlar bir-birini inkor etmasligi zarur.
Uchinchi mezon - bir ma'lumotdan boshqasiga noo'rin o'tib ketishi mumkin emas.
To'rtinchi mezon - qonunlar o'rtasidagi bog'lanish va sodir bo'lishi sababini aniqlash.
Beshinchi mezon - tezislarni isbotlashni interpretatsiya (tavtologiya)ga almashtirish.
Oltinchi mezon - hadislarning turlanishida isbot va dalillarning to'liq bo'lishi.
Ma'lumotlarning tanqidiyligi N.I.Merzshkinaning dissertatsiyasida aks ettirilgan. Ba'zi yomon hodisalar avvaliga "yaxshi" deb qabul qilinadi, yaxshi hodisalarga esa avvaliga "yomon" deb qaraladi.
Tanqidiy fikrlash ko'nikmalarining shakllanishi o'quvchiga quyidagi imkoniyatlarni
beradi:
- o'quvchilarning fikrlash j arayoni j adallashadi;
- o'quvchilar o'z oldilariga aniq maqsadlar qo'ya boshlaydilar hamda ushbu maqsadga erishish yo'llarini izlaydilar;
- o'quvchilar bir-birlari bilan o'zaro faol muloqotga kirishish ko'nikmasini egallay boshlaydilar;
- bilim olish, yangi axborotlarni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish ortadi;
- o'quv-biluv jarayonida o'quvchilarda faollik ta'minlanadi;
- ular orasida turfa xil fikrlarni tinglashga va ular asosida mushohada yuritisha ishtiyoqi kuchayadi;
- o'z fikrlarini erkin ifodalash ehtiyoji paydo bo'ladi;
- o'quvchilar egallagan bilim va tushunchalarini qayta ishlash, ular vositasida fikr bildirish imkoniyatiga erishadilar.
Ko'rinadiki, boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish va ularga o'rgatish jarayonini tizimli ravishda tashkillash o'quvchi tanqidiy tafakkuri rivojining muhim bo'g'inidir.
Tanqidiy fikrlashning zamonaviy tadqiqotchilari bu an'anaviy ta'riflarni ijodkorlik, tasavvur, kashfiyot, aks ettirish, empatiya, bilimni bog'lash, feministik nazariya, subyektivlik, noaniqlik kabi fazilatlarni, tushunchalarni va jarayonlarni qo'shgan holda kengaytirdi. Tanqidiy fikrlashning ayrim ta'riflari bu subyektiv amaliyotlarni istisno qiladi. Ennisning fikricha, «tanqidiy fikrlash - kuzatuv, tajriba, fikrlash yoki muloqot natijasida, ishonch hosil qilish va harakat uchun maqsadli nuqta sifatida olingan yoki yuzaga keltirilgan axborotni faol va mohirona tahlil qilish, konseptualizatsiya, qo'llash, sintez qilish va yoki baholashning intellektual tartibga solingan jarayoni».
Ennis bergan bu ta'rif Harvi Sigel va Piter Fasion ta'riflariga to'liq mos keladi. Ennisning ta'rifiga ko'ra, tanqidiy fikrlash juda ko'p e'tibor va miya ishini talab qiladi. O'rganish uchun tanqidiy fikrlash yondashuvi qo'llanilganda, u o'quvchining miya funksiyasini yaxshiroq va matnlarni boshqacha tushunishga yordam beradi. O'qitishnin turli sohalari turli xil tanqidiy fikrlashni talab qilishi mumkin. Tanqidiy fikrlash bir xil material haqida ko'proq nuqtayi nazar va istiqbollarni beradi.
Boshlag'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlash ko'ninmalarini shakllantirish bugungi kunda muhim vazifa hisoblanadi. Chunki yurtimizda tashkil etilgan va qisqa muddat ichida o'quvchilarning qiziqish va o'qish istaklariga sabab bo'lgan "Prezident maktablari"ga kirish uchun imtihon savollari ham aynan mantiqiy va tanqidiy fiklay olish ko'nikmalari asosida tuzilganligi bu vazifa qimmatini yanada oshirmoqda. Prezident maktablarining tashkil etilishi ham aynan iqtidorli o'qvchilarni saralash, iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
rag'batlantirish, ma'nan yetuk va intellektual jihatdan barkamol bo'lgan shaxsni tarbiyalash kabi ilg'or maqsadlarni ko'zda tutgan. Aynan iqtidorli bolalarni tanlab, saralab olishda test sinovlaridan foydalanilmoqda. Sir emaski, test sinovlari ingliz tili, mantiqiy fiklash, matematika fanlaridan o'tkazilmoqda. Matematika faniga oid testlar ko'zdan kechirilganda, savollardagi asosiy urg'u o'quvchilarda tanqidiy fikrlay olish ko'nikmasining shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan. Tanqidiy fikrlashda g'oyalar boshqa g'oyalar bilan o'zaro ko'pfikrlilik nuqtayi nazaridan taqqoslanadi va uning asosiy omillari: tahlil, taqqoslash, izohlash, yangilik kiritish, muammolarni hal qilish o'quvchilarda bunyodkor g'oyalarning vayronkor g'oyalar ustidan hamisha g'olib bo'lishiga ishonchini orttiradi.
Barcha fikrlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosaga kelindi: tanqidiy fikrlash - bilimni o'zlashtirish va mustaqil fikrlashning yuqori darajadagi tarkibiy qismi bo'lib, shaxsning voqea, hodisa, borliqni obyektiv idrok etish imkoniyatini kengaytiruvchi aqliy hodisadir.
REFERENCES
1. Asimov A, Mamasaidova M.A. A way to work creatively on multiple solutions using information technologies // Academicia An International Multisiciplinary Research Journal.-Vol.10, Issue 6, June 2021. 301-305
2. Asimov A, Mamasaidova M.A. O'quvchilarni test topshiriqlariga tayyorlashda muammoli vaziyatlardan foydalanish // NamDU ilmiy axborotnomasi. Ilmiy jurnal.-Namangan, 2019.-№4. B.254-258.
3. Asimov A, Mamasaidova M.A. Muammoli vaziyatlardan foydalanib o'quvchilarni masala tuzishga o'rgatish // NamDU ilmiy axborotnomasi. Ilmiy jurnal.-Namangan, 2019.-№8. B.249-252.
4. Mamasaidova M.A. Boshlang'ich sinf geometric materiallarini o'rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish // O'ZMU xabarlari. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti ilmiy jurnali.-Toshkent, 2020-№1/2/1-B.89-94.
5. УХ Хoнкулoв, ММ Абдуманнoпoв. Эхтимрлий статистик тушунчаларни укитишнинг мeтoдик имкoниятларини такoмиллаштириш масалалари Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. - Namangan, 2020.
6. UX Xonqulov, MM Abdumannopov Ehtimoliy-statistik tushunchalarni kompyuter texnologiyasidan foydalanib o'rganish imkoniyatlari, Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 859-865, 2022.
7. UX Xonqulov, MM Abdumannopov Ehtimoliy-Statistik Tushunchalarni Axborot Komunikatsion Texnologiyalaridan Foydalanishni Takomillashtirish, International Conferences, 20-24, 2022.
8. Khankulov U.Kh. About the principles of selection of teaching content of stochastic elements of mathematics. Science and world. -Volgograd, Russia, 2018. №2 4. -P. 56-57. (Impact Factor 0,325).
9. Alijon Asimov, Muhabbat Abdusalom qizi Mamasaidova Application of much mutual instructions for preparing teachers to test disciplines. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 255-258, 2019
10. A Alijon, SZ Xoldorovich, GM Abbosovna, MM Abdusalom qizi Technology of Individualization of Learning, Spanish Journal of Innovation and Integrity 2022