Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA UMUMLASHTIRISH METODI VOSITASIDA O‘QUVCHILAR BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA UMUMLASHTIRISH METODI VOSITASIDA O‘QUVCHILAR BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
umumlashtirish / metod / takrorlash / tematik takrorlash / yakuniy takrorlash / misol / to’rtburchak / masala / sonlar / butun / konsentr / birlik / yuzlik / minglik / ko‘pburchak / perimeter / tomon / xossa / qo’shish / ayirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G’Ofurova.M.A, Muhammadiyeva.Z.I

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf matematika darslarida umumlashtirish metodidan foydalanish orqali o’quvchilarni tanqidiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, matematika fanidan o‘tilgan mavzularni chuqur o‘zlashtirish, matematik tushunchalarni mukammal tarzda tushunish, matematik xulosa chiqarish yo’llari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA UMUMLASHTIRISH METODI VOSITASIDA O‘QUVCHILAR BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA UMUMLASHTIRISH METODI VOSITASIDA O'QUVCHILAR BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH 1G'ofurova.M.A, 2Muhammadiyeva.Z.I

1FDU,pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2FDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11060290

Annontatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida umumlashtirish metodidan foydalanish orqali o'quvchilarni tanqidiy fikrlash qobiliyatini o'stirish, matematika fanidan o'tilgan mavzularni chuqur o'zlashtirish, matematik tushunchalarni mukammal tarzda tushunish, matematikxulosa chiqarish yo'llari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: umumlashtirish, metod, takrorlash, tematik takrorlash, yakuniy takrorlash, misol, to'rtburchak, masala, sonlar, butun, konsentr, birlik, yuzlik, minglik, ko'pburchak, perimeter, tomon, xossa, qo'shish, ayirish.

Abstract. This article describes how to use the generalization method in elementary school mathematics classes to develop students' critical thinking skills, in-depth mastering of mathematical topics, perfect understanding of mathematical concepts, and ways to draw mathematical conclusions.

Keywords: generalization, method, repetition, thematic repetition, final repetition, example, rectangle, problem, numbers, whole, concentrate, unit, hundredth, thousandth, polygon, perimeter, side, property, addition , subtraction.

Аннотация. В данной статье описывается, как использовать метод обобщения на уроках математики в начальной школе для развития у учащихся навыков критического мышления, углубленного усвоения математических тем, идеального понимания математических понятий и способов сделать математические выводы.

Ключевые слова: обобщение, метод, повторение, тематическое повторение, итоговое повторение, пример, прямоугольник, задача, числа, целое, концентрат, единица, сотая, тысячная, многоугольник, периметр, сторона, свойство, сложение, вычитание.

So'ngi yillarda mamlakatimizda umumta'lim maktablarida matematika fanini o'qitish, ayniqsa, boshlang'ich ta'lim tizimida o'z ko'lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo'lgan o'zgarishlarni amalga oshirdi. Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi ''Ta'lim to'g'risida''gi qonunning 12-moddasi 1-4-sinflarni o'qitishga bag'ishlangan. O'zbekiston Respublikasida "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi''ning 3.3.1-bandi uzluksiz ta'limni rivojlantirishda 1-4-sinflarda o'qitishni tashkil qilishning rejalari ko'rsatilgan.

Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma'lumot Pedagogik tarbiyalashga oid ish tajribalarni o'rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonini chuqur tadqiq qilmay turib pedagogikani rivojlantirib bo'lmaydi. Zamonaviy ta'lim pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollantiradi, lekin boshqa fanlar kabi pedagogikaning ham o'ziga xos tadqiqot usullari mavjud. Ilmiy tadqiqot usullari - qonuniy aloqalar, munosabatlar o'rnatish va ilmiy nazariyalarni shakllantirish uchun ilmiy axborot olish usullari.

Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko'zlangan maqsadga erishish uchun qat'iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartib intizomlilikni ta'minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o'rin tutadi. Matematika olamni bilishning asosi bo'lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o'ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun matematik madaniyat - umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Matematika

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

fanini nazariylashtirgan holda o'qitishga yondashishdan voz kechib, o'quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o'quvchilarning mustaqil fikrlash ko'nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e'tiborni kuchaytirish - davr talabi.

Ma'lumki, matematika fani mavjud moddiy dunyodagi narsalaming fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlami o'rganish jarayonida «ilmiy izlanish» metodlaridan foydalanadi. Shuning uchun ham ushbu darslikda ilmiy izlanish metodlaridan kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz hamda sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirishlami matematika darslarida qo'llanishi ilmiy-metodik jihatidan tushuntirishga harakat qilingan. Matematikani o'qitish jarayonida fikrlash formalarini paydo qilish metodikasi ham yoritilgan, ya'ni hissiy bilish (sezgi, idrok, tasavur) bilan mantiqiy bilish (tushuncha, hukm, xulosa) orasidagi mantiqiy bog'lanishlar ochib berilgan. Matematik tushuncha va uni o'quvchilar ongida shakllantirish metodikasi, matematik hukm va uning turlari bo'lmish aksioma, postulat va teoremalami o'quvchilarga o'rgatish metodikalari yoritilgan.

Matematik xulosa va uning induktiv, deduktiv hamda analogik turlarini dars jarayonidagi tatbiqlari ko'rsatilgan. Matematika fanini o'qitishdagi didaktik prinsiplaming turlarini o'rgatishga alohida ahamiyat berilgan.

Tur tushunchalaridan jins tushunchalariga o'tish tushunchani umumlashtirish deyiladi». Umumlashtirish jarayonida o'rganilayotgan tushunchalar orasida umumiy xarakterli mosliklar o'rnatilib, umumiy fikrlashlarga o'tiladi. Yuqoridagi mulohazalardan ko'rinib turibdiki, umumlashtirishjarayonida umumlashtirilgan tushunchaning hajmi ortib, mazmuni torayar ekan.

Ma'lumki, maktab geometriya kursi deduktiv asosda mantiqiy qurilgan fandir. Shuning uchun ham maktab matematika kursidagi barcha amaliy materiallar o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini har tomonlama shakllantirishga qaratilgandir. O'quvchilarning mantiqiy

fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish esa matematikada yechiladigan amaliy mavzu materiallariga o'qitishning ilmiy izlanish metodlarini izchillik bilan tatbiq qilish lozimligini taqozo etadi. Ana shunday metodlardan biri umumlashtirish usulidir.

Maktab matematika darslarida biror bob o'tib bo'lingandan keyin ana shu bob mavzu materiallarini umumlashtirish xarakteridagi takrorlash, umumlashtirish

darslari o'tkaziladi. O'tilgan materiallarni takrorlash -umumlashtirish darslari ilgari olingan bilimlarni yangilashga, ularni ma'ium bir tizimga solishga va o'tilgan materialga umumiyroq nuqtayi nazardan qarashga yordam beradi.

Maktab matematika darslarida takrorlash -umumlashtirish darslarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1. O'quv yili boshidagi takrorlash-umumlashtirish.

2. Kundalik takrorlash.

3. Tematik takrorlash-umumlashtirish darsi.

4. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi.

Har bir takrorlash darsining o'z o'rni va maqsadi bor. O'quv yili boshidagi takrorlash darsida o'qituvchi avval.':,l sinfda o'tilgan asosiy mavzu materiallarining mazmunini hamda bu mavzularda qo'llanilgan asosiy matematik tushunchalarni o'qituvchining o'zi takrorlab imkoniyati boricha umumlashtirib beradi. Matematika fanini o'zi shunday fanki, o'qituvchining o'zi har bir darsda yangi mavzuning mazmunini tushuntirish jarayonida ilgari o'tilgan mavzular mazmuni va ulardagi matematik tushunchalardan foydalanib dars o'tadi. Bunday takrorlashni kundalik takrorlash darsi deb yuritiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Matematikadan biror bob mavzu materiallari o'tib bo'linganidan keyin alohida takrorlash-umumlashtirish darslari o'tkaziladi. Bunday takrorlashni tematik lakrorlash-umumlashtirish darsi deyiladi. Tematik takrorlash-umulashtirish darsi bo'lishidan oldin o'qituvchi takrorlanadigan bob mavzu materiallarini o'z ichiga oluvchi mantiqiy ketmaketlikka ega bo'lgan savollarni o'quvchilarga bir hafta ilgari berib qo'yishi va ana shu savollar asosida tematik takrorlash darsi bo'lishini aytib qo'yishi lozim. Ana shu berilgan savollar asosida o'quvchilar bo'ladigan tematik takrorlash darsiga oldindan tayyorgarlik ko'radilar.

Bunday takrorlash darsini o'qituvchi savol javob usuli orqali o'tkazadi. O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar mavzularning ketma-ketligi va ularda qatnashayotgan matematik tushunchalar orasidagi mantiqiy bog'lanishlarni tushunib yetadilar. Natijada o'quvchilarning ana shu bob mavzu materiallari yuzasidan olgan bilimlari mantiqiy ketmaketlikka ega bo' ladi va umumlashadi. O'quv yilining oxirida ham reja asosida takrorlash darsi ajratilgan bo'ladi, bunday takrorlashni yakuniy takrorlash darsi deb yuritiladi.

Sinf darsliklarini umumlashtirish metodi yordamida tahlil qilishda quyidagicha misollar kiritib olinadi.

Namunaviy topshiriqlar:

76, 894, 3089 38,93, 8, 17, 72, 172, 225, 95, 5.

1.

Bir xonali

Ikki xonali

Uch xonali

3, 8, 5 76,38,17,72,95 894, 308, 172, 225

2. O'qituvchi har bir darsni oquvchilarga bitta mantiqiy masala berish bilan boshlashi mumkin. Natijada, o'quvchilarning diqqati jamlanadi, mantiqiy fikrlash darajasi oshadi, fanga qiziqishi ortadi va har kungi darsni qoldirmaslikka harakat qiladi. Quyidagi masalalarni taqdim qilish mumkin.

1. To'rtta 2 raqami hamda to'rtta arifmetik amal, qavslar yordamida 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; 10 sonlarini hosil qilish mumkinmi?

2. O'tgan yili Sarvar 10 yoshda edi. Indinga (ertadan keyin) 13 ga to'ladi. Shunday bo'lishi mumkinmi?

3.Ona stolga pechenielarni qo'yib, o'g'illariga maktabdan qaytgach pechenielarni teng bo'lib olishlarini tayinladi. Birinchi bo'lib maktabdan Anvar qaytdi. U pechenielarni uchdan birini olib ketdi. Keyin Sarvar qaytdi, u stolda turgan pechenielarning uchdan birini olib ketdi. Oxirgi bo'lib Sardor qaytdi va qolgan pecheniyelarning uchdan birini oldi. Agar Sardor 4 ta pecheniye olgan bo'lsa, stol ustida dastlab nechta pecheniye bo'lgan? Ushbu masalada so'raladigan narsa pecheniyelarning umumiy sonini toppish kerakligi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilarini arifmetik amallarni bajarishda, tanqidiy fikrlash qobiliyatini o'stirish, matematika fanidan o'tilgan mavzularni chuqur o'zlashtirish, matematik tushunchalarni mukammal tarzda tushunish, matematik xulosa chiqarish yo'llari, geometrik va fazoviy shakllarni o'rganishi jarayonida, hamda ularga doir misol va masalalarni ishlash jarayonida umumlashtirish metodi o'quv faoliyatini takomillashtirishda samarali foyda beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

April 26, 2024_

REFERENCES

1. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini takomillashtirish Sayfiddinova Nigora Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti 1-kurs talabasi

2. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini takomillashtirish Sayfiddinova Nigora Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti 1-kurs talabasi

3. Matematika ta'limi metodik ishini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish Xolmirzayeva Gulbahor Mutalibovna. Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля , 2023.

4. Alixonov.S.Matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2011. - B 304 (Alixonov.S.Matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2011. - B 304 )

5. Asqarova.D.Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi.o'quv qo'llanma.Namangan. - 2020.193b.

6. "Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasi " kafedrasi.O'quv metodik qo'llanma."Matematika o'qitish metodikasi"]

7. Mirzaboyev.Y.Induksiya,deduksiya,analogiya.FarDu. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515

8. Mirzaboyev.Y.Induksiya,deduksiya,analogiya.FarDu. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515

9. Alijon, A., Xoldorovich, S. Z., & Abbosovna, G. M. kizi, MMA.(2022). Technology of Individualization of Learning. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 291-297.

10. Gofurova, M. A. (2020). Development of students' cognitive activity in solving problems. ISJ Theoretical & Applied Science, 1(81), 677-681.

11. Gafurova, M. A. (2021). Developing Cognitive Activities of Primary School Students based on an Innovative Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(10), 236-242.

12. Gafurova, M. (2021). Intellectual and Cognitive Activities of School Pupils. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(2), 447-450.

13. Gofurova M.A. Developing Cognitive Activities of Primary School Students based on an Innovative Approach / International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding (IJMMU) ISSN 2364-5369, Vol 8, no 10, October 2021 P. 236-242 (23)Scientifik Journal Impact Factor 2021:6.862)

14. G'ofurova, M. A. (2020). Развитие познавательной деятельности учащихся при решении задач. (Development of cognitive activity of students in solving problems ) Theoretical & Applied Science, (1), 677-681.

15. Gafurova, M. A. (2022). Improving Mental Skills Of Students By Analyzing And Solving Problems. Current Research Journal Of Pedagogics, 3(01), 40-44.

16. Гафурова, М. А. (2022). МЕТОДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧАЩИХСЯ НА УРОКЕ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНОМ КЛАССЕ. Scientific Impulse, 7(5), 598-602.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.