Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO‘NIKMALARINI TARG‘IB QILISH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO‘NIKMALARINI TARG‘IB QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
290
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kitob / Yosh kitobxon ko‘rik tanlovi / Maksim Gorkiy / O‘tkir Hoshimov / Amir Temur / kutubxona.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jumayeva Nafisa Baxtiyorovna

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini targ‘ib qilish, sinf o‘qituvchilari o‘quvchilarga kitob o‘qish foydalari haqida, bundan tashqari ko‘p kitob o‘qigan insonlar qanday yutuqlarga erishishlari mumkinligi haqida fikrlar borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO‘NIKMALARINI TARG‘IB QILISH»

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №16

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KITOBXONLIK KO'NIKMALARINI TARG'IB QILISH

Jumayeva Nafisa Baxtiyorovna

Navoiy viloyati Navbahor tumani XTBga qarashli 4-umumiy o'rta ta'lim maktabining

Boshlang'ich ta'lim fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7500529

Annatatsiya: Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmalarini targ'ib qilish, sinf o'qituvchilari o'quvchilarga kitob o'qish foydalari haqida, bundan tashqari ko'p kitob o'qigan insonlar qanday yutuqlarga erishishlari mumkinligi haqida fikrlar borgan.

Kalit so'zlar: Kitob, Yosh kitobxon ko'rik tanlovi, Maksim Gorkiy, O'tkir Hoshimov, Amir Temur, kutubxona.

Hozirgi zamonaviy ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarga ta'lim berish bilan birga ularda to'g'ri fikrlash, ilmiy dunyoqarash, elementlarinining shakllantirish, hayotni o'zga nigoh orqali ko'ra olishga o'rgatish hozirgi ta'limning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Rivojlanib borayotgan dunyoda yangi texnologiyalarga bor diqqat e'tiborimizni bizga hayotni asl haqiqatini anglatuvchi kitoblardan uzoqlashib ketyabmiz. Biz kattalarga qo'shilib, yosh avlod ham kitoblardan uzoqlashib ketmoqda. Shu o'rinda barchamizda bir savol tug'uladi qanday yo'l tutsak yosh avlodlarimizda kitobga mehr muhabbatni uyg'otishimiz mumkin? Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti shuki - o'quvchi yuragiga kirib borishdir. Bu borada bizga telvidiniya, darsdagi mashg'ulotlar, oilaning yoshi katta a'zolari yordam beradi. Mamlakatimizda o'quvchilarning kitobxonlik ko'nikmalarini rivojlantirish, boshlang'ich sinf o'quvchilarida mutolaa madaniyatini tarkib toptirish, tizimli yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish madaniyatini shakllantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Kitob-inson ma'naviy dunyosining boyishi, fikrlash doirasining kengayishiga katta yordam beruvchi vosita bo'lib, uni doimo do'st tutish, undan ko'p narsalarni o'rganishga harakat qilish lozim qadim-qadimda ota-boblarimiz kitobni juda qadrlaganlar,uni qo'llariga olganlarida avval ko'zlariga surtganlar. Bu ularning "Bizga bilim berding, seni ko'z qorachig'imdek asraymiz" dab e'tirof etganidir. Ajdodlarimiz kitobni muqaddas boylik deb bilganlar. Ko'p kitob o'qigan bola asardagi fikrlarni o'z qalbiga joylaydi. Yurt ravnaqi uchun xizmat qilishga, yaxshi insonlar qatoridan o'rin olishga harakat qiladi. Shuning uchun yurtimizda kitobga va kitobxon yoshlarga e'tibor kuchaymoqda. Prezidentimiz tomonidan bir qancha farmon va qarorlarning tasdiqlanishi so'zimiz isbotidir. 2017 -

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №16

yil 17-fevral kuni "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish to^risidagi" farmonlari shular jumlasidandir. Bundan tashqari mamlakatimizda Yosh kitobxon ko'rik tanovlarini mumtazam o'tkazib borish ham yoshlarni kitoblarga munosabatini o'zgartirmoqda deb aytishimiz mumkin. Bunday ishlarni amalga oshirilishiga asosiy sabab qaysi rivojlangan mamlakat axolisiga e'tibor bersak, rivojlangan mamlakatlar axolisi qolganlarga qaraganda ko'proq kitob mutoala qilishi kuzatilgan. "NOP World" xalqaro reyting agentligi ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda odamlar haftasiga 16,6 soat vaqtini televizor ko'rishga sarflasa, 8,9 soatni kompyuter qarshisida o'tkazadi, 6,5 soatni esa mutolaaga ajratadi. 2016 yilda haftasiga eng ko'p kitob o'qiydigan mamlakatlar ro'yxatida Hindiston — 10,7, Tailand — 9,4, Xitoy — 8, Filippin — 7,6, Chexiya — 7,4, Rossiya — 7,1 bilan yuqori o'rinlarni egalladi. Bundan tashqari quydagi allomalarimizni kitob haqida aytgan fikrlari diqqatimizni tortadi. Kitob insonni tarbiyalash xususiyatiga ega bo'lgan eng yaqin do'stdir. Kitob haqida uning insonni kamolotga yetishidagi o'rni haqida qimmatli fikrlar, tashbehlar nihoyatda ko'pdir. "Men o'zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitoblardan minnatdorman"-Maksim Gorkiy, "Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir"-Amir Temur, "Kitob -boylik, lekin sotib olingani emas, o'qilgani"- Asqad Muxtor, "Hayotni sevgan kishi,kitobni sevadi,zero kitob hayot qomusidir"-Otkir Hoshimov. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, dars davomida boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'quvchilarga kitob o'qish foydalari haqida, bundan tashqari ko'p kitob o'qigan insonlar qanday yutuqlarga erishishlari mumkinligi haqida qayta va qayta uqtirishlari, tevidiniyalarda kitob o'qishga undovchi ko'rsatuvlar ko'plab qo'yilishi yoshlarda kitobxonlikni targ'ib qilishga katta yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Saidov S.A. "Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi" Scientific journal Volume 2021-yil

2. Sulaymonov J.B. "Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar" Falsafa va huquq jurnali 2019-yil

3. M.Abdirahimova "Yoshlar o'rtasida kitobxonlik va mutolaa madanyatini yuksaltirish va uning o'ziga xos xususiyatlari" Scientific Journal Impact Factor 2021-yil

4. Nishonova, G.Alimova "Bolalar pisixologiyasi" Toshkent 2006-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.