Научная статья на тему 'ERTAKLAR BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA'

ERTAKLAR BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
541
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mutolla madamiyati / kitobxonlik / ertaklar / oilaviy kitobxonlik.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Shoiraxon No‘monovna To‘ychieva

Bu maqolada bolani yoshlikdan kitobga oshno qilib tarbiyalash haqida maslahatlar ilgari surilgan. Mutolaa madaniyatining motivatsion bosqichida kitobxonalrda kitob o’qishga qiziqtirishni uyg’otish talab etiladi.Kitobxonlikka qiziqtirish bolalarnng yoshligidan boshlagan maqsadga muvofiqdir. Buning uchun oilada kitobxonlik muhitini yaratish zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERTAKLAR BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA»

ERTAKLAR - BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA

Shoiraxon No'monovna To'ychieva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Bu maqolada bolani yoshlikdan kitobga oshno qilib tarbiyalash haqida maslahatlar ilgari surilgan. Mutolaa madaniyatining motivatsion bosqichida kitobxonalrda kitob o'qishga qiziqtirishni uyg'otish talab etiladi.Kitobxonlikka qiziqtirish bolalarnng yoshligidan boshlagan maqsadga muvofiqdir. Buning uchun oilada kitobxonlik muhitini yaratish zarur.

Kalit so'zlar: Mutolla madamiyati, kitobxonlik, ertaklar, oilaviy kitobxonlik.

FAIRY TALES - A TOOL FOR DEVELOPING CHILDREN'S THINKING

Shoirahon Numanovna Tuychieva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article offers tips on how to raise a child to be familiar with books from an early age. In the motivational phase of a reading culture, libraries need to stimulate interest in reading. Interest in reading is a goal that begins in childhood. To do this, it is necessary to create a reading environment in the family.

Keywords: Mutalla culture, reading, fairy tales, family reading.

Mutolaa madaniyati - kitobxonlarda kitob o'qishga qiziqtirish, badiiy asarlarni tahlil etish va xulosa chiqarish, axloqiy-estetik idiallarni shakllantirishga qaratilgan jaroyondir.

Inson qancha ko'p kitob o'qisa, fikr doirasi shuncha tiniqlashib boradi. Mutolaa madaniyatini shakllantirish asosida "Kitobxonlik madaniyati" rivojlanadi.Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda kitob mutolaasini targ'ib etish, yosh kitobxonlarni kitob o'qishga odatlantirish, o'qish uchun kitobni to'g'ri tanlay bilish, voqelik bilan muloqоtga kirishish asosida o'z-o'zini anglashga erishish o'ta muhim sanaladi.

Mutolaa madaniyatining motivatsion bosqichida kitobxonalrda kitob o'qishga qiziqtirishni uyg'otish talab etiladi. Kitobxonlikka qiziqtirish bolalarning yoshligidan boshlagan maqsadga muvofiqdir. Buning uchun oilada kitobxonlik muhitini yaratish zarur.Buvilar, bobolar, ota-onalar farzandlariga yoshligidan ko'proq ertaklar, tarixiy hikoyalar o'qib berib, kitob o'qishga qiziqtirish kerak. Chunki yosh kitobxonlarning tafakkurini rivojlantiruvchi vosita bu ertaklardir. Ertaklar bolaning mutolaa madaniyatini shakllantirishda ham eng samarali usuldir.

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz/

Ertaklar azal-azaldan bolalar qalbiga umid, ishonch ruhini bag'ishlab kelgan va ular qalbida vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi tuyg'ularni shakllantirgan. Mardlik, halollik, oqillik kabi hislatlar tarannum etilgan ertaklarda hamisha ezgukul g'alaba qozongan.

Ertaklar o'ziga xos bir tizim, barcha janrlar kabi ertaklar ham badiiy nutq orqali nomoyon bo'ladi. Ertak janrining maydonga kelishida insonlar qadim zamonlardan buyon tabiat kuchlarining mohiyatini anglash, ularni o'ziga bo'ysundirish, dunyoda ro'y berayotgan voqea-hodisalarni tushinish, adolat, baxt-saodatni orzu qilganlar. Barcha xalqlarning ana shu orzu-niyatlari ifodasi asosida xalq og'zaki ijodida ertak janri shakllandi.

Har bir xalq ertaklarida mazkur xalqlarning dunyoqarashi, milliy xarakteri, sinfiy munosabatlari, turmushi ma'lum darajada o'z ifodalarini topgan. Bundan tashqari barcha ertaklarda mehribonlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, botirlik, jasorat, tadbirkorlik, uddabronlik, vatanga, ota-onaga muhabbat kabi g'oyalar ilgari surilgan.

Ertaklar barcha xalqlarning ana shu orzu-umidlari va turmush haqiqatlari bilan uyg'unlashib, kishilarning ruhiyatini o'zida aks ettirishda kattalarga ham, kichiklarga ham birdek yoqimli va qiziqarlidir.

Barchamiz yoshligimizdan sevib o'qigan "Zumrad va Qimmat", "Oygul bilan Baxtiyor", "Ziyod botir", "Tohir va Zuhra", "Ozodachehra", "Malikai Husnobod", "Uch o'a ini botirlar" kabi o'zbek xalq ertaklari hayotga yaqin, xalqimizga xos bo'lgan milliy odatlarimiz, odobimiz, mehnatsevarlik, yurtparvarlik, mardlik kabi xislatlarini tarannum etadi.

Dunyoda mashhur aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida yaxshi niyat egasi bo'lish, mehnatga muhabbat, samimiylikni targ'ib qilgan. Ularning qahramonlari tadbirkorlik, ishbilarmonlik yo'llaridan boradi va ofatlardan qutiladi.

Bundan tashqari ertaklarda insonlar o'zlarining hayoliy orzularini aks ettirganlar. Masalan "Uchar gilam", "Zangori gilam" kabi mashhur ertaklardagi qahramonlar bundan minglab yillar oldin osmonga ko'tarilish, parvoz qilishni orzu qilib uchar gilamlarda parvoz qilganlar.

E'tiborlisi shundaki, hayotdagi buyuk kashfiyotlar ham odatda to'qimqlardan, hayoliy tasavvurlar asosida yaralgan. O'zi uchar samaliyotlar, tez yurar poyezdlar, mashinalar qanday qilib dunyoga kelgan deb o'ylaysiz? Bu kashfiyotlar bolaligidan ertak tinglab o'z orzu-hayollarini haqiqatga aylanish orzusi bilan ulg'aygan yosh avlodning mehnati bilan dunyoga kelgan,desak mubolag'a bo'lmaydi.

Biz kattalar ertaklarni tinglayotgan yosh kitobxonlarga ertaklardagi voqealar aslida hayotiy haqiqatlar asosida yaralganligini doimo uqtirishimiz zarur. Shuningdek, ertaklarda baxt-saodatli kunlarga erishish, odil podisho, farovon hayot orzusi nihoyatda keng yoritilgan. Ertak o'qiyotgan yosh kitobxon mana shunday voqealardan ta'sirlanib,

hayotni sevuvchi, insonlarga mehrli bo'lib, o'z orzu-niyatlarini oqilona boshqarishni anglab ulg'ayadi.

Bolaning kitob o'qishida oilaning roli juda kattadir. Avvalo, oilada mutolaa madaniyati shakllangan bo'lsa, o'sha oilada ulg'ayayotgan bola kitobxon bo'lib ulg'ayadi. Ko'p kitob o'qigan bolaning o'z fikri, dunyoqarashi shakllanadi, hayotni te'ranroq anglaydi. Ota-onalarning farzandi bilan hamkorlikdagi ertak aytish va tinglash jaroyoni bolaga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, mehr yanada ortadi. Hech bir bolalik davri ertak qahramonlarisiz o'tmaydi. Bolajonlarni ertaklar olami bilan tanishtiring, chunki bola dunyoqarashini shakllantirishda sehrli ertaklarning o'rni beqiyosdir. Kichkintoylar ertaklarning sehrli olamiga sayr qilish orqali, murg'ak tafakkurida haqiqiy hayot haqida tasavvur hosil qilish bilan birga jajji qalblariga ezgulikka muhabbat va yovuzlikka nafrat hissini tuyadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bolalarensiklopediyasi 6-nashri.-T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2014.-664 b.

2. Adabiyot. Umumiy o'rta ta'lim maktabi 5-sinf uchun darslik/ S. Ahmedov va boshq.-T.:"Sharq", 2020-272 b.

3. "Analitik tarbiya va kitobxonlik madaniyati. To'raqulova O.Til va adabiyoti ta'limi/2019y. -3-son, 29-b.

4. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

5. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

6. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

7. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

8. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

9. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

10. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).

11. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ДАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).

12. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикртчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

13. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

14. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

15. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).

16. угли Хдбибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200206.

17. Хдбибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.

18. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.

19. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.

20. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.

21. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

22. Рузиева, Г., & Хабибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).

23. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L. Oriental Art and Culture, (6).

24. Угли, Х. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).

25. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON'S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

26. Солиева, Х. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.

27. Омоновна, С. Х. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).

28. Омоновна, С. Х. (2018). Укувчилар тарбиясини шакллантиришда ота-оналарга педагогик билим бериш тизимининг ахамияти. Современное образование (Узбекистан), (5).

29. Омоновна, С. Х. (2019). Агар бола сизни «Эшитмаса»... Современное образование (Узбекистан), (4 (77)), 58-63.

30. Омоновна, Х. С. (2020). ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА. Oriental Art and Culture, (V).

31. Омоновна, С. Х. (2021). Глобаллашув жараёнида ахборот окимининг ёшлар маънавиятига таъсири хусусида. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.

32. Омоновна, С. Х. (2021). Маданият ва маънавият масалаларида тарихий илдизлар излари. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.

33. Парпиев, А. (2021). ЖАДИДЧИ ОБИДЖОН МАХМУДОВНИНГ ФАОЛИЯТИДАГИ ЯНГИ КИРРАЛАР. Oriental Art and Culture, (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.