INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
BOSHLANG'ICH SINF DARSLIKLARIDA QOLLANGAN ANOMASTIK BIRLIKLAR
TAHLILI
1Zokirova Sohiba Muxtoraliyevna, 2Usmonova Mashhura Ulug'bek qizi
1Farg'ona davlat universiteti dotsenti, 2Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11046042
Annotatsiya. ushbu maqolada onomastika bo'limining o'rganilish tarixi, uning tarkibi haqida nazariy ma'lumotlar berilgan. Ularni boshlang'ich sinf o'quvchilariga o'rgatishning ahamiyati, mavzu doirasida qo'llanishi mumkin bo'lgan metodlarga to'xtab o'tildi.
Kalit so'zlar: onomastika, metodlar, mikroko'lam, gemeronimlar.
Otgan asrning 60-70-yillari orasida tilshunoslikda bir qator yo'nalishlar oz tadqiq obyektiga ega bo'lgan mustaqil soha sifatida ajralib chiqa boshladi. Bu hol ozbek tilshunosligida ham korindi. Masalan; frazeologiyani va semasiologiyani leksikologiyadan, eksperimental va struktural fonetikani fonetikadan, soz yasalishini morfologiyadan ajratgan holda mustaqil yo'nalish sifatida tadqiq qilish kuchaydi.
Qayd qilingan davrda tilning atoqli otlar tizimini maxsus tadqiq qilishni o'z oldiga maqsad qilib olgan onomastika, onomasiologiya deb yuritiladigan yo'nalish ham jadal rivojlanish yo'liga o'tgan. Dastlab rus tili institutida, asta-sekin sobiq ittifoqning til va adabiyotni tadqiq qiluvchi institutida onomastika bolimlari, hatto onomastika markazlari ochildi. Ular milliy tillar leksik tizimidagi atoqli otlarni to plash va o rganishga kirishdi. Onomastika muammolariga bagishlangan maqolalar e'lon qilina boshladi, toplamlar nashr qilnndi, umumittifoq va regional konferensiyalar uyushtirildi.
Hozirda tadqiq qilinishi dolzarb hisoblanuvchi, Moskva (yuqoridan)dan keluvchi, sobiq respublikalarga tarqatiladigan rejalarga 1965-yil onomastika mavzusi ham kiritilgan ekan. Mana shunday reja Ozbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutiga ham keldi. Xullas, onomastika muammolarini tadqiq qilish ishiga ozbek tilshunoslari ham otgan asrning 1960 yillaridan alohida e'tibor bera boshlashdi. E.Begmatov ozbek antroponimiyasini, T.Nafasov Qashqadaryo viloyati toponimiyasini, S.Qoraev esa tarixiy nomlarni o'rganishga kirishdi. Ungacha orta va oliy maktab ona tili, ozbek tili deb ataluvchi darsliklarda turdosh va atoqli otlar sarlavhasi ostida atoqli otlarga kiruvchi nomlarning bir necha turi sanab o'tilardi, xolos.
Bugungi kunga kelib, hatto, boshlang'ich sinf o'quvchilariga ham "atoqli otlar" tushunchasi o'rgatilmoqda. Bu jarayon ot so'z turkumi doirasida turdosh otlarga yondosh holatda olib boriladi. Quyida uning metodikasi bilan tanishib chiqamiz.
Otni o'rganishga tayyorlov bosqichi savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Bu bosqichda o'quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo'lgan so'zlarni farqlashga o'rganadilar, so'zning leksik ma'nosiga e'tibor ko'proq qaratiladi, ma'nolarini hisobga olgan holda so'zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko'nikmasi shakllantiriladi. So'zlarni leksik ma'nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o'xshash tomonlarini aniqlash, umumlashtirish ko'nikmasini o'stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o'quvchilar so'zning aniq ma'nosini yetarli bilmaydilar, so'zning leksik ma'nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o'zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma'nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? so'rog'iga javob bo'lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O'quvchilar kim? so'rog'iga javob bo'lgan otlarni nima? so'rog'iga javob bo'lgan otlardan farqlashni, ularni
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
so'roq berish bilan ajratishni o'rganadilar, o'quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o'sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko'nikmasi shakllana boradi. 2-sinfda otlarning leksik ma'nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
2023-2024-o'quv yili uchun 2-sinf o'quvchilariga berilgan "Ona tili" darsligiga e'tibor beradigan bo'lsak, 1-qismida qadimiy shaharlar, tarixiy obidalar, buyuk allomalar hayotiga oid ma'lumotlar berib o'tilgan. Tabiiyki, bularni o'qigan bolalarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg'onadi va ularda turli xil savollar tug'ila boshlaydi. Ularga javob topish uchun esa pedagog Nomshunoslik bo'limi haqida chururroq bilimga ega bo'lishi kerak.
Ozarbayjonlik tilshunos A.Gurbanov ozarbayjon tilining onomastik birliklariga antroponimlar, etnonimlar, toponimlar, gidronimlar, zoonimlar, kosmonimlar, ktematonimlarni kiritadi. Odatda, lisoniy birliklar tilning ma'lum sathlari, sohasiga mansub bo'ladi, uning mohiyatini tashkil qiladi. Tilda lisoniy birliksie, lisoniy birlikka ega bolmagan sath mavjud emas. Shu sababli A.M.Gurbanov "onomakologiya" (onomastika)ni tilning alohida, mustaqil sathi sifatida ajratadi va uni leksikologiya, semasiologiya, frazeologiya kabi boshqa sathlari bilan tenglashtiradi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim berish jarayonida o'zlarini qurshab turgan, kundalik faoliyatlarida yuzma-yuz keladigan vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Misol tariqasida ular har oy o'zlari o'qiydigan gazeta va jurnallarini oladigan bo'lsak, ularning tarixi haqida qisman ma'lumot berib o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bugungi kunda maktab yoshidagi bolalar orasida "Tong yulduzi" gazetasi, "G'uncha", "Gulxan", "Dono word" nashriyoti tomonidan o'quvchilarga taqdim etiladigan "Bilimdon", "Dono word", "Excellent", "Знайка" kabi jurnallar keng tarqalgan.
Tong yulduzi — bolalar va o'smirlar gazetasi. Haftada 2 marta ommaga taqdim etiladi. Birinchi soni 1929-yil 1-avgustda Samarqandda "Lenin uchquni" ("Ленинские искры") nomi bilan chiqqan (3000 nusxada); 1931-yildan Toshkent shahrida chop etiladi. Ikkinchi jahon urushi yillari gazetani nashr etish vaqtincha to'xtatilgan. 1946-yil 1-iyuldan yana nashr qilina boshlagan. 1992-yildan hozirgi noma chop etila boshlagan. Gazetaga turli davrlarda Hotam Qirg'iz, Y.Shamsharov, Sanjar Tilla, Ramz Bobojon, G'.Jahongirov, S. Yo'ldoshev, J. Razzoqov, A. Ko'chimov, A.Berdimurodov va boshqalar muharrirlik qilishgan. Sahifalarida O'zbekistondagi maktab o'quvchilari hayotiga oid maqola va xabarlar, ular ijodidan namunalar, bolalar uchun badiiy asarlar bosiladi.
"G'uncha" jurnali 1958-yil yanvardan nashr etila boshlagan. Gemeronim kichkintoylarga, boshlang'ich sinf o'quvchilariga mo'ljallangan nashr sifatida hali ochilmagan, gulbarglari hali yozilmagan gul; gul kurtagi kabi lug'aviy motivlari asosida G'afur G'ulom tashabbusi bilan tanlangan.
"Dono word". Uning nomi ikki asos morfemadan tarkib topgan, word so'zi yordamida hosil qilingan neogemeronimdir. "Word" ingliz tilidan olingan bo'lib, so'z, kalima, gap, suhbat, so'z bilan ifodalamoq kabi bir necha semalari bilan gemeronimlar hosil qilishda qo'llanadi: "Mahorat word", "Dono word", "Tabassum word" kabi.
"Bilimdon", "Знайка", "Excellent" sodda tarkibli gemeronimlar hisoblanib, ular bilimdon bilan знайка aynan, excellent bilan esa qisman sinonimdir.
Bundan tashqari dars jarayonida turli xil didaktik metodlardan foydalanish ham mumkin. Xulosa qilsak, boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi har tomonlama bilimga ega bo'lishi kerak. Chuqur bilim, kuchli metodika va tajriba pedagogni har qanday vaziyatdan chiqarib oladi. Onomastika
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
bo'limi esa tarix, geografiya va tilshunoslik kabi bir qancha fanlar orasidagi bo'lim bo'lgani sababli ham uni bolalarga tushuntirishda diqqatli bo'lish talab etiladi.
REFERENCES
1. O'zbek tili antroponimikasi / E.A.Begmatov. -Toshkent: Fan, 2013
2. Gurbanov A.M. Muasir azerbajchan edebi dili. Baki, 1985
3. K. Qosimova, S. Fuzailov, A. Ne'matova . Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi — 2018
4. https://vgolitsyno.ru/uz/prezentaciya-po-nachalnoi-shkole-na-temu-zhurnaly-dlya-detei/
5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Tong_yulduzi
6. https://uz.wikipedia.org/wiki/G%CA%BBuncha_(jurnal)