Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONOMASTIK BIRLIKLARNI O‘RGATISHDA LINGVISTIK MASHQLARNING O‘RNI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONOMASTIK BIRLIKLARNI O‘RGATISHDA LINGVISTIK MASHQLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik maktab yoshidagi bolalar / boshlang‘ich sinf o‘quvchilari / xalq og‘zaki ijodi / janrlar / onomastika / antroponimlar / zoonimlar / gidronimlar / toponimlar / zoonimiya / maqol / doston / lingvistik mashq.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Dilmurod Teshaboyev, Sayyora Muxammadova

Ushbu maqolada onomastik birliklarni o‘qitishda lingvistik mashqlar tuzish, ular ustida ishlash va lingvistik mashqlarning ahamiyati haqida onomastika so‘zining kelib chiqish ma’nolari hamda uni boshlang‘ich sinflar o‘quvchilariga o‘rgatishning usullari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONOMASTIK BIRLIKLARNI O‘RGATISHDA LINGVISTIK MASHQLARNING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONOMASTIK BIRLIKLARNI O'RGATISHDA LINGVISTIK MASHQLARNING O'RNI 1Dilmurod Teshaboyev, 2Sayyora Muxammadova

1FarDU dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc), 2Farg'ona davlat universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11045633

Annotatsiya. Ushbu maqolada onomastik birliklarni o'qitishda lingvistik mashqlar tuzish, ular ustida ishlash va lingvistik mashqlarning ahamiyati haqida onomastika so'zining kelib chiqish ma'nolari hamda uni boshlang'ich sinflar o'quvchilariga o'rgatishning usullari haqida so'z boradi.

Kalitso'zlar: kichikmaktabyoshidagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari, xalq og'zaki ijodi, janrlar, onomastika, antroponimlar, zoonimlar, gidronimlar, toponimlar, zoonimiya, maqol, doston, lingvistik mashq.

Abstract. This article talks about the meaning of the word onomastics, the meaning of the word onomastics, and ways of teaching it to primary school students.

Keywords: children of junior school age, primary school students, folklore, genres, onomastics, anthroponyms, zoonyms, hydronyms, toponyms, zoonymy, proverb, epic, linguistic exercise.

Аннотация. В данной статье говорится о значении слова ономастика, значении слова ономастика и способах преподавания его учащимся начальных классов.

Ключевые слова: дети младшего школьного возраста, учащиеся младших классов, фольклор, жанры, ономастика, антропонимы, зоонимы, гидронимы, топонимы, зоонимия, пословица, эпос, языковое упражнение.

Respublikamizda 2024-yilning "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb atalishi biz bo'lajak pedagog yoshlarning o'z bilim salohiyatimizni o'quvchilarni bilimga yo'naltirish maqsadida kuchimizni boricha sarflash, burchimiz va vazifamiz ekanligini unutmasligimiz kerkligini anglatadi. Buni amalga oshirish uchun esa ortimizda biz yoshlarni qo'llab-quvvatlab turadigan vatanimiz borligini his qilmog'imiz kerak.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining fikrlash qobiliyatlarini o'stirish, ularning dunyoqarashlarini kengaytirish va rivojlantirish ta'limni tarbiya bilan birgalikda olib ketishni yanada takomillashtirish maqsadida boshqa davlat ta'lim tizimi, xususan, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlarning o'qitish usul va tajribalarini o'rgangan holda o'zimizga tatbiq etish va unga yangiliklar kiritish o' quvchilar bilim salohiyatini yanada oshirishga yordam bermoqda.

Onomastika - yunoncha so'z bo'lib, "nom qo'yish san'ati" degan ma'noni bildiradi. Hozirgi vaqtda bu termin ikki ma'noda qo'llaniladi: 1) ma'lum bir til, xalq tarkibida qo'llangan barcha atoqli otlarning yig'indisi; 2) atoqli otlar, ularning shakllanishi va o'ziga xos xususiyatlarini o'rganuvchi tilshunoslik sohasi.

Ayrim tadqiqotlarda onomastika termini antroponimika ma'nosida ham qo'llangan. Atoqli otlarning lisoniy xususiyatlariga qarab onamastika adabiy va dialektal, odatdagi (amaliy) va poetik, zamonaviy va tarixiy, nazariy va amaliy turlarga bo'linadi. Nazariy onamastika til va nutqdagi, adabiy va dialektal sohalardagi atoqli nomlarning paydo bo'lishi, nominatsiya (nomlash) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil o'zgarishlari, nutqda qo'llanishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda tarkibiy tuzilishini o'rganadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Lingvistik mashqlardan til bilimlarini o'rganish, mustahkamlash, takrorlash, tekshirish, umumlashtirish maqsadlarida foydalaniladi. Shuningdek, ular bolalarda orfoepik, orfografik, uslubiy, punktuatsion va shu kabi malakalar hosil qilishning yetakchi omili sanaladi. Maktabda tilning fonetika, leksika hamda grammatikaga oid bilimlar va ular asosida turli-tuman nutq ko'nikmalari ustida ish qilinadiki, bularni grammatik mashqlar deyish an'anaviydir. Biroq ular tilning birgina grammatika sohasiga tegishli bo'lganligi bois cheklangandir. Binobarin, bu atama o'rnida "lingvistik mashq" atamasini ishlatish ma'quldir. Lingvistik mashq yoshlarni hayotga tayyorlash jarayonining tarkibiy qismi, til ta'limini amalga oshirishning yetakchi yo'li hisoblanadi. Mashq ma'lum makonda (sinfda o'qituvchi rahbarligida) va zamonda (darsda) o'tkaziladi. Leksikologiya bo'limining tarkibiga kiruvchi onamastika sohasini o'rganishda ham lingvistik mashqlarning ahamiyati beqiyosdir.

Onomastika o'zbek tilida juda keng qamrovga ega bo'lim hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarmoqlari juda ko'p. Ularning ma'nosini ahamiyatini mazmunini atroflicha tushuntira olish o'quvchilarga yetkaza olish qobiliyati esa albatta biz pedagoglarga bog'liqdir. Buning uchun ko'plab maashqlar orqali o'quvchilar ongiga singdirish usullarini ko'nikmasini o'rganib chiqishimiz zarur hisoblanadi.

Antroponimlar - Xonzoda begim., Bobur, Humoyun, Hindol mirzo, Sultonim begim, Gulbadan begim, Hamida, Xurramshoh, Fazliddin, Mirbobo Do'st...

Toponimlar - Agra, Hindiston, Farg'ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon, Xuroson, Kobul, Tillakori tolor, Andijon, Jom, Badaxshon, Iroq, Mevat, Eron, Makka-yu Madina...

Zoononimlar - bulbul, qoplon, sher, baliq, bo'taloq, qush, fil, cho'chqa, sigir, ilon, ot, qarchig'ay, ohu...

Gidronimlar - Jamna daryosi, Qoradaryo, Gang daryosi, Izdihom daryosi, Brahmaputra, Murg'ob daryosi, Hazar dengiz, Sarasvati daryosi...

Fitonimlar - xurmo, tok, uzum, qovun, arpa, gulmuhor daraxti, qizil gul, ipak, ashoka daraxti, ban'yan daraxti, afyun.

Astroponimlar - quyosh, Zuhra yulduzi, Mirrix yulduzi...

Kosmonimlar - Hamal, Javzo, Asad.

Mashq eng qadimiy o'qish usuli. U inson faoliyatining barcha sohalarida qo'llaniladi. Y.A.Kamenskiy "Pansofiya maktabi" nomli asarida mashqning ahamiyatini uqtirib, shunday yozgan edi: "Mashq insonni mohir, epchil, barcha narsadan xabardor, hamma sohaga qiziquvchan, har qanday ishga yaroqli kishi qilib yetishtiradi. O'quvchilarni barcha sinflarda o'qish va yozish, takrorlash va fikrlashuv, to'g'ri (ona tilidan chet tiliga) va teskari (chet tilidan ona tiliga) tarjima, deklamatsiya (badiiy asarni ta'sirchan o'qish) va disput (ilmiy muhobasa, o'z qarashlarini himoya qilish) amaliyotida mashq qilishni talab qilamiz". Lingvistik mashq yoshlarni hayotga tayyorlash jarayonining tarkibiy qismi, til ta'limini amalga oshirishning yetakchi yo'li hisoblanadi.

Mashq ma'lum makonda (sinfda o'qituvchi rahbarligida) va zamonda (darsda) o'tkaziladi. U ongli hayotning alohida soniyalari, hayotning o'zi demakdir. Lingvistik mashq qilish usuli. Qiyinligi mashq qilishning subyektiv tomoni bo'lib, o'quvchi berilgan so'zlarni guruhlarga ajratish yo'lini bilmasa, mashq qilishda qiynaladi. Masalan, berilgan so'zlarni ma'nolari yoki tuzulishi jihatidan guruhlarga ajratish jarayonini tahlil etaylik. Bu usulni qo'llash paytida, guruhlarga ajratish jarayonida tahlil va sintez, taqqoslash va konkretlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari ham ishtirok etadi. Binobarin, lingvistik mashq qilish usullari nutq madaniyatini o'rganish yo'llari va aqliy faoliyat ko'rsatish amallari hosilasi sifatida shakllangan. Onomastik birliklar mavzusini o'quvchiga batafsil va qiziqarli holda yetkazib berishda "Avlodlar dovoni" asarining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

mazkur bobidan foydalanish soha vakilidan chuqur izlanish va mahoratni talab etadi. Bu jarayon esa, albatta, mashg'ulotlarni ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkillashtirish hamda mavzuga doir ma'lumotlar izchilligi va ketma-ketligiga alohida e'tibor qaratish orqali amalga oshiriladi. Xususan, onomastik birliklarga doir ma'lumotlarni dars jarayonining yangi mavzuni mustahkamlash bosqichida o'quvchilarga bir qancha topshiriqlar bergan holda bilimlarni yanada chuqurroq egallashlariga zamin yaratish mumkin. Bunda birinchi topshiriq qilib berilgan badiiy matndagi onomastik biriklarni guruhlarga ajratib chiqish topshirig'i beriladi. Onomastik birliklar, xususan, joy nomlari imlosiga doir ma'lumotlarni sinfni ikki guruhga bo'lib, "Kim chaqqon va savodxon?" o'yinini tashkil etgan holda bayon etish mumkin. Bunga ko'ra har ikkala guruh o'quvchilari sinf doskasiga navbat bilan bittadan sodda va qo'shma tarkibli joy nomlariga misollar yozadilar. Musobaqa yakunlangach, o'qituvchi doskadagi har bir joy nomi imlosiga, xususan, qo'shma tarkibli nomlarning qo'shib hamda ajratib yozilishiga alohida ahamiyat qaratadi. Qo'shma tarkibli joy nomlari imlosini tahlil qilish barobarida ularning qo'shib hamda ajratib yozilishi bo'yicha asosiy qoidalarni tushuntirib o'tadi. Mazkur texnologiyaning afzalligi shundaki, birinchidan, ta'lim oluvchi darslikka qo'shimcha ravishda nomlar tuzilishiga ko'ra sodda (Agra, Xuroson, Kobul, Chunor, Toshkent, Hindiston, ) va qo'shma tarkibli (Dashti qipchoq, Tillakori tolor, Qora shirin) bo'lishi haqidagi ma'lumot bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ikkinchidan, topshiriqni bajarish jarayonida qo'shma so'z shaklidagi birliklarning qo'shib yoki ajratib yozilishiga doir bilimlarga ehtiyoj sezib, joy nomlari imlosida mazkur hodisa muhimligini o'z tajribasida sinab ko'radi. Buning natijasida esa o'quvchi tomonidan imlo bo'yicha aytilgan barcha ma'lumotlarni diqqat bilan tinglash va uni amalda to'g'ri qo'llashga harakat qiladi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash kerakki, Boshlang'ich sinf o'quvchilarini onomastika, ya'ni atoqli otlar to'g'risida to'liq bo'lmasa ham, keyingi yuqori sinf pog'onalariga chiqishga poydevor sifatida ma'lum bir tushunchalar ma'lum bir metodlar asosida tushuntirib o'tiladi. Bu esa o'quvchilarning bilim salohiyatlarini oshirishga va yuqori sinfga o'tganda ma'lum bir qiyinchiliklarga duch kelmasliklari uchun xizmat qiladi.

REFERENCES

1. 1-sinf "Alifbe" kitobi. Toshkent. 2023-yil.

2. 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" 2-qism. Toshkent. 2021-yil.

3. 4-sinf "O'qish savodxonligi" 1-qism. Novda nashriyoti. 2023-yil.

4. Shofqorov A., Shayxislamov N. "Ona tili talimida lingvistik mashqlarning o'rni" 2020.

5. Madvaliyev A. "Onamastika". "Sharq". 2018.

6. Ro'zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. Metodik qo'llanma. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti, 2013. - 136 bet.

7. 7 Shukurov R., Jo'raboyeva G. Ona tili darslarida joy nomlarini o'rganish, yoxud mazkur mavzuni yoritish bo'yicha uslubiy tavsiyalar . Til va adabiyot ta'limi jurnali. 2018-yil. 11-son. - 17 bet.

8. Teshboyev D.R. (2021). On the semantical analysis of the parypredicative units of complex following. Theoretical & applied science, (4), 390-392.

9. Тешабоев Д.Р. (2020). Эргаш гапли кушма гапларни шакллантиришда антитезанинг урни. Международный журнал искусство слова, 3(5).

10. Тешабоев Д.Р. (2022). Эргаш гапли кушпредикатив бирликлар фалсафий мазмун категорияси сифатида. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 2(11), 5155.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.