Научная статья на тему 'TIL VA NUTQDA LINGVISTIK POLISEMIYA MUAMMOSI VA UNI KICHIK YOSHDAGI OʼQUVCHILARGA OʼRGATISHNING DOLZARBLIGI.'

TIL VA NUTQDA LINGVISTIK POLISEMIYA MUAMMOSI VA UNI KICHIK YOSHDAGI OʼQUVCHILARGA OʼRGATISHNING DOLZARBLIGI. Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutqiy kompetentlik / semantik imkoniyatlar / tilshunoslar / so’z / leksik polisemiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sodiqova Gulbahor G’Ofurjon Qizi

Ushbu maqolada Soʼzning muhim xususiyati uning fonetik va grammatik tuzilishi,shu bilan birga har bir soʼz tarkibidagi tovushlar maʼlum bir leksik va grammatik maʼno bilan oʼziga xos tarzda bogʼliqligi haqida fikrlar keltirilgan bo’lib. Kichik yoshdagi oʼquvchilar oʼz fikrini aniq ifodalashi uchun ona tili leksikologiyasini puxta oʼzlashtirishlari ularga til birliklaridan foydalanish va ulardan amaliy qoʼllay olish koʼnikmalarini shakllantirishi haqida turli olimlarning fikrlari bilan uyg’unlashgan holda malumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL VA NUTQDA LINGVISTIK POLISEMIYA MUAMMOSI VA UNI KICHIK YOSHDAGI OʼQUVCHILARGA OʼRGATISHNING DOLZARBLIGI.»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

TIL VA NUTQDA LINGVISTIK POLISEMIYA MUAMMOSI VA UNI KICHIK YOSHDAGI O'QUVCHILARGA O'RGATISHNING DOLZARBLIGI.

Sodiqova Gulbahor G'ofurjon qizi

FarDU boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11052010

Annatatsiya. Ushbu maqolada So'zning muhim xususiyati uning fonetik va grammatik tuzilishi,shu bilan birga har bir so'z tarkibidagi tovushlar ma'lum bir leksik va grammatik ma'no bilan o'ziga xos tarzda bog'liqligi haqida fikrlar keltirilgan bo'lib. Kichik yoshdagi o'quvchilar o'z fikrini aniq ifodalashi uchun ona tili leksikologiyasini puxta o'zlashtirishlari ularga til birliklaridan foydalanish va ulardan amaliy qo'llay olish ko'nikmalarini shakllantirishi haqida turli olimlarningfikrlari bilan uyg'unlashgan holda malumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: nutqiy kompetentlik, semantik imkoniyatlar, tilshunoslar, so'z, leksik polisemiya.

Аннотация. В данной статье важной особенностью слова является его фонетическая и грамматическая структура, и в то же время звуки в каждом слове уникальным образом связаны с определенным лексическим и грамматическим значением. Для того, чтобы младшие школьники могли ясно излагать свои мысли, информация представлена в сочетании с мнениями различных ученых о том, что тщательное овладение лексикологией родного языка сформирует у них навыки использования языковых единиц и их практического применения.

Ключевое слово: речевая компетенция, семантические возможности, лингвисты, слово, лексическая полисемия.

Abstract. In this article, an important feature of the word is its phonetic and grammatical structure, and at the same time, the sounds in each word are uniquely associated with a certain lexical and grammatical meaning. In order for younger students to be able to clearly express their thoughts, the information is presented in combination with the opinions of various scholars that a thorough mastery of the lexicology of their native language willform their skills in using language units and their practical application.

Keywords: speech competence, semantic possibilities, linguists, word, lexical polysemy.

O'zbek tili ham dunyoning boshqa tillari singari, so'zlar , iboralar va gaplardan tarkib topgan. Har bir til uchun so'zlar eng muhim va mustaqil birliklar hisoblanadi. Chunki bu birliklar ma'lum bir til egalarining yoshidan, ma'lumotidan qat'iy nazar, ularning barchasi muloqot jarayonnida doimiy ravishda foydalanadilar. So'zlar o'z xususiyatiga ko'ra, qarama-qarshi qutbli. So'zlovchining muloqot jarayonida tinglovchiga nisbatan qo'llagan so'zlari ba'zan kishi ruhini mayib qilsa, ba'zida esa uni yuksaltirishi mumkin.

Tilning boyligi uning leksik sathini tashkil etgan so'zlarning miqdori bilangina emas, ularning ma'no nozikliklari, semantik imkoniyati, shu so'zlar yordamida vujudga kelgan badiiy tasviriy vositalar - frazeologik birikma, parafraza, idioma va boshqa birliklar bilan ham o'lchanadi.[1;16-b]

Shu bois boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tilida nutqiy kompetentlikka ega bo'lishlari uchun ularga ona tilning leksik birliklari va grammatik qonuniyatlarini o'zlashtirishning o'zi yetarli bo'lmaydi, buning uchun o'quvchilar o'z ona tilning semantik imkoniyatlari, so'zlarning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari haqida ham sekin-asta

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

tasavurga ega bo'lib borishlari talab etiladi. Chunki muloqot jarayonida va nutqiy faoliyatda leksik birlik sifatida so'z boshqa til birliklariga qaraganda muhim rol o'ynaydi.

Tilshunos olim I.Qo'chqortoyevning fikricha, so'z ta'rifi masalasida ayrim tilshunoslar so'zning muhim xususiyatlarini birma-bir sanash yo'lidan emas, balki uning asosiy, yetakchi belgisini aniqlash va ta'rifni shu belgi asosida yaratish yo'lidan borishga urinib ko'rishdi.[2;9-b].

Hozirda boshlang'ich sinflarda ona tili ta'limi jarayonida o'quvchilarga o'zbek tilida mavjud ko'p ma'noli so'zlarni o'rgatish masalasi va metodikasiga uslubiy adabiyotlarda, qo'llanma va darsliklarda alohida yodoshuvlar asosida hal etilmagan.

So'zning muhim xususiyati uning fonetik va grammatik tuzilishi bo'lib, shu bilan birga har bir so'z tarkibidagi tovushlar ma'lum bir leksik va grammatik ma'no bilan o'ziga xos tarzda bog'liqligi bilan tavsiflanadi. Shundan kelib chiqib, so'zga quyilagicha ta'rif berish mumkin: so'z - insonlarning o'zaro muloqot qilish jarayonida fonetik va grammatik tuzilishga ega hamda erkin ifodalanishga egaligi bilan ajralib turadigan tilning eng kichik semantik birligidir.

Kichik yoshdagi o'quvchilar o'z fikrini aniq ifodalashi uchun ona tili leksikologiyasini puxta o'zlashtirishlari ularga til birliklaridan foydalanish va ulardan amaliy qo'llay olish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

M.R.Livovning ta'kidlashicha, "Ko'plab so'zlarda (ayniqsa, ko'p qo'llanildigan) polisemiya, ya'ni ko'p ma'nolilik bor". Masalan, S.I.Ojegovning "Rus tili lug'ati" da "qo'l" so'zining beshta asosiy ma'nosi ko'rsatilgan va "qo'l" so'zining turli ma'nolarda qo'llanilishiga doir 62 ta frazeologik birliklarni keltirilgan. Ko'p ma'nolilik so'zlarga yana minglab ma'nolar qo'shadi, ya'ni mohiyatga ko'ra yangi ma'no ifodalayotgan leksik birliklar va ularning ma'nolari nutq jarayonida yoki konteksda aniqlashadi. [3; 329-b.].

Shu jihatdan olib qaralganda, leksik polisemiya yoki ko'p ma'nolilik - so'zning turli ma'nolarda qo'llanilishi sifatida bir so'zning bir yoki bir necha ma'noga ega ekanligini bildiradi. Ba'zida esa eng tor ma'noga ega iboraalar ham ko'p ma'noli so'zlarning ma'nosini ochib bera oladi.

O'zbek tilida ham xuddi shunday "qo'l" so'zi ko'p ma'noli so'z bo'lib, uning O'TIL da o'nta ma'nosi ko'rsatilgan. O'zbek tilida ko'p qo'llaniladigan bu so'zning dastlabki ma'nolari

Qo'l-odamning barmoq uchlaridan yelkasigacha bolgan qismi,azosi

Yoshi kattalardan oldin taomga qo'l uzatmaydi. Ovqatni o'ng qo'l bilan o'z oldidan yeyish, luqmani shoshilmay, og'izni yumib chaynash ham odob belgisi hisoblanadi.( MEHMON BO'LISH ODOBI.(Ona tili va o'qish savodxonligi.1-sinf 2-qism)

Qo'l-imkoniyat,(izmida,ixtiyorida)

Buxoro ko'chmanchilar qo'liga o'tgandan keyin ilm fan ahllari quvg'in ostiga tushdi.( KITOBGA IXLOS Mirkarim Osim.4-sinf 93-bet)

Qo'l-biror ishga kirishmoq,urinmoq

1.U beparvolik qilib, ishga kechikibroq qo'l urdi. Naqqoshlar unga qarab ish boshlolmay turdilar.( TANBEH Xondamir.4-sinf 179-bet )

Qo'li egri, qo'li uzun, qo'li kalta, qo'li gul va h. kabi iboralarning barchasida "qo'l" so'zi ko'chma ma'noda ya'ni ko'p ma'noli so'z sifatida bir necha ma'nolarni anglatib kelmoqda.

Bu kabi izohli lug'atlarda ko'p ma'noli so'zlarning barcha ma'nolari ko'rsatib o'tiladi. Avval so'zning bosh va so'ngra uning hosila ma'nolari beriladi. Bu kabi tilning leksik qatlamidagi ko'p ma'nolilik tilning tarixiy taraqqiyoti natijasida jamiyatda, taabiatda va texnologiyada bo'lgan o'zgarishlarni o'zida aks ettirishidan paydo bo'ladi. Odatda so'zlar yakka holda asosiy ma'nosida idrok etiladi. Inson doimo turli yangi narsalar va hodisalar o'rtasidagi o'xshashliklarni kashf qilishi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

tufayli bir ob'ekt nomini boshqa bir ob'ektga o'tkazish imkoniga ega bo'ladi. Natijada esa tilda ko'p ma'noli so'zlar paydo bo'ladi.

Ko'p ma'noli so'zlar har bir til leksikasining bir qismidir. Har bir inson ma'lum bir tilning vakili va til tashuvchisi sifatida butun hayoti davomida o'z tilining doimiy o'zgarib turuvchi leksik qatlami tarkibini o'zlashtirib boradi. Bu ayniqsa, nutq rivojlanishining dastlabki bosqichlarida intensiv ravishda sodir bo'ladi. Mahaliiy va xorijiy ontolingvistik olimlar bu davrda o'ziga xos yoshga bog'liq bo'lgan o'zgarishlarni kuzatgan. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ijtimoiylashuv davri ontogenez davriga to'g'ri kelib, bu davrda o'quvchilar leksik polisemiyani, ya'ni tildagi ko'p ma'nolilik hodisasini o'rganishni boshlaydilar.

Bolalar ontogenezi davrida tildagi ko'p ma'nolilikni o'zlashtirish jarayonlarini kuzatgan V. Pearson (Barbara Person) ontogenz davrida so'z ma'nolari va ko'p ma'nolilikni o'zlashtirish jarayonining yoshga xos davriyligini ta'kidalaydi:

- 2-3 yosh yang ma'nolarni tushunadi;

- -3-4 yosh o'zi bilgan ma'no va yangi ma'no o'rtasidagi qarama-qarshilik;

- -4-5 yosh leksik ko'p ma'nolilik bilan kelishish;

6 yoshdan boshlab mustaqil ravishda yangi ma'nolarda so'z qo'llashni boshlash. [77;185-

186-b].

Shu bilan birga, tadqiqotchi bu davrdagi turli xil shart-sharoitlarni ham nazardan qochirmaydi. Masalan, bolaning intellektual nutqining rivojlanishi, faol va passiv so'z boyligiga egaligi va so'z boyligi zahirasini to'ldirishga imkon beradigan turli xil nutq sharoitlarida bo'lishi va boshqalar tufayli ko'rsatilgan bosqichlarda bolalar turlicha rivojlanadilar. Shu jihatdan olib qaralganda, ona tili darslarida ko'p ma'noli so'zlarni o'zlashtirish o'quvchilar so'z boyligini boyitish, faollashtirish va takomillashtirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. Nashirova Shaxnoza Bo'rievna. Ko'p ma'noli so'zlarni o'quv lug'atlarida talqin qilish muammolari. Qarshi davlat universiteti katta o'qituvchisi. Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya. https://doi.org/10.5281/zenodo.7627569. 16-b. (14.02.2023).

2. Qo'chqortoyev I. So'z ma'nosi va uning valentligi.(O'zbek tilidagi nutq fe'llari materiallari asosida). - T.: Fan, 1977. - 9 b.

3. Львов, М.Р. Методика обучения русскому языку в начальных классах [Текст]: Учеб. пособие для студентов пед. ин-тов по спец. № 2121 «Педагогика и методика нач. обучения» / М.Р. Львов, Т.Г. Рамзаева, Н.Н. Светловская. - 2-е изд., перераб. - М.: Просвещение, 1987. - 415 с.

4. Ожегов, С.И. Толковый словарь русского языка [Электронный ресурс] // Толковый словарь Ожегова онлайн. URL: http://slovarozhegova.ru (дата обращения: 8.04.2022).

5. Pearson, B. The comprehension of metaphor by preschool children // Journal of Child Language. - 1990. - № 1. - P. 185-203.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.