Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SOʻZ TURKUMINI OʻRGATISH METODIKASI'

BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SOʻZ TURKUMINI OʻRGATISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
9940
724
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soʻz turkumlarini oʻrgatishning mohiyati / boshlangʻich sinflarda soʻz turkumlarini oʻrganish bosqichlari / ot soʻz turkumini oʻrgatish

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Toʻrayeva Maftuna Odiljon Qizi

Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga soʻz turkumlarini oʻrgatish, ogʻzaki va yozma nutqda ulardan toʻgʻri foydalanishni oʻrgatish oʻquvchilarning ham nutq qobiliyatining ham toʻgʻri fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Shunda oʻquvchilar oʻz nutqida soʻzlarni ongli qoʻllay oladigan shaxs sifatida namoyon boʻladi.Ushbu maqola soʻz turkumlarini boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga oʻrgatish metodikasi haqida .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SOʻZ TURKUMINI OʻRGATISH METODIKASI»

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №17

BOSHLANG'ICH SINFLARDA OT SO'Z TURKUMINI O'RGATISH

METODIKASI

To'rayeva Maftuna Odiljon qizi

Termiz davlat pedagogika instituti boshlang'ich ta'lim va Sport tarbiyaviy ish yo'nalishi 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7546740

Annotasiya: Boshlang'ich sinf o'quvchilariga so'z turkumlarini o'rgatish, og'zaki va yozma nutqda ulardan to'g'ri foydalanishni o'rgatish o'quvchilarning ham nutq qobiliyatining ham to'g'ri fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Shunda o'quvchilar o'z nutqida so'zlarni ongli qo'llay oladigan shaxs sifatida namoyon bo'ladi.Ushbu maqola so'z turkumlarini boshlang'ich sinf o'qituvchilariga o'rgatish metodikasi haqida.

Kalit so'zlar: so'z turkumlarini o'rgatishning mohiyati, boshlang'ich sinflarda so'z turkumlarini o'rganish bosqichlari, ot so'z turkumini o'rgatish

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga so'z turkumini o'rgatish boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan asosiy mehnat va e'tibor talab qiladigan jarayondir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo'lishi uchun o'quvchilarda o'z fikrini gram m atik to'g'ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o'stirish ko'rsatmasi grammatik materialni o'rgatishda o'quvchilam ing tilimizdagi har bir so'z turkumi yoki so'z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan m etodik usullarni qo'llashni talab etadi, ya'ni grammatik nazariya gram m atik to'gfri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o'stirishga amalda tatbiq etish uchun o'rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o'stirish darsning mazm unida va qo'llanilgan vazifalar turlarida o fz aksini topadi.Ona tili darsi o'quvchilar taffakurini o'stirish ustida ishlash maqsadiga yo'naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan grammatik va imloviy materialni o'rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o'zlashtirishni ta'minlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o'tkazish tushuniladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe'l) bilan umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o'rganiladi. Bu so'z turkumlarini o'rganishning boshlang'ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi.Masalan:„Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bogfliqlikda o'rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to'gfri foydalanish va

oggo-- O • ---oggo

xP ^^T^C Cy

<f47T>

LÖ3

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №17

to'g'ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilaming yosh xususiyatlarini hisobga oigan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ulami o'rganish izchilligi belgilangan.. Shu bilan birga, ,,0t" mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1 —2-sinflarda so'z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so'roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini o'zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini o'rganishga e'tibor qaratiladi. O'quvchilaming nutqi va tafakkurini o'stirish vazifasi esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Otni o'rganishga tayyorlov bosqichi savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Bu bosqichda o'quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo'lgan so'zlarni farqlashga o'rganadilar, so'zning leksik ma'nosiga e'tibor ko'proq qaratiladi, ma'nolarini hisobga oigan holda so'zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko'nikmasi shakllantiriladi.Keyingi bosqichda otning leksik ma'nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim?fyoki nima? so'rog'iga javob bo'lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O'quvchilar kim? so'rog'iga javob bo'lgan otlarni nima? so'rogfiga javob bo'lgan otlardan farqlashni, ularni so'roq berish bilan ajratishni o'rganadilar, o'quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o'sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko'nikmasi shakllana boradi.2-sinfda otlaming leksik ma'nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi. 3-sinfda „Otlar, ya'ni otlarning birlik va ko'plikda qo'llanishi" ustida ishlash jarayonida o'quvchilarda: 1) birlik va ko'plikda qo'llangan otlaming ma'nosi va qo'shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi oldan ko'plik shaklidagi va,aksincha, ko'plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so'zlarning bog'lanishini hisobga oigan holda, otlardan nutqda to'gfri foydalana olish ko'nikmalari shakllantiriladi.4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo'shimchalarini to'g?ri yozishga o'rgatish hisoblanadi.Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o'rganiladi:

1) otlaming kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish

2) ko'plikdagi otlaming turlanishini o'rgatish;

3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o'rganish va u bilan bogfliq holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida ko'nikma hosil qilish.

Biror mavzu yoki ma'lumotni o'quvchilarga qanday usulda yetkazib berish bu o'qituvchining pedagogik mahoratidir. O'z ona tilida ravon gairadigan,nutq madaniyatiga amal qiladigan,o'z nutqining sofligini saqlay oladigan yoshlarni tarbiyalash har bir pedagogning bosh maqsadi bo'lishi kerak.

pggo o . o.-oggc

■CP • Gj T Cj

<f48T>

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.Ona tili o'qitish metodikasi (Boshlangfich ta 'lim fakulteti talabalari uchun darslik): |K. Qosimova|, S.Matchonov, X. G!ulomova,Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. — T.: «NOSHIR», - 2009.

2. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - T.: "O'qituvchi", 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.