Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
AN'ANAVIY DASTUR ASOSIDA DARSLIKLARDA BERILGAN FE'L HAQIDAGI MA'LUMOTLARNING TAHLILI
Artikbayeva Shahnoza Batirjanovna
Nizomiy nomidagi TDPU, "Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich
ta'lim) 1-bosqich magistranti
Maqolada boshlang 'ich sinf ona tili darsliklarining an 'anaviy dastur asosidagi taxlili va fe'l turkumiga oid bilimlarning bosqichma-bosqich shakllantirilishi, mavzulardagi o 'xshashlik va farqli jihatlari ochib berilgan
Kalitso'zlar: fe'l, fan, ta'lim, boshlang'ich ta'lim, leksika, grammatika.
The article describes the traditional program-based analysis of primary school mother tongue textbooks and the gradual formation of knowledge of verb categories, similarities and differences in topics.
Keywords: verb, science, education, primary education, vocabulary, grammar.
В статье анализируется традиционный программный анализ учебников родного языка начальных классов и поэтапное формирование знаний о глагольных рядах, сходстве и различиях тем.
Ключевые слова: глагол, наука, образование, начальное образование, словарный запас, грамматика.
An'anaviy dasturdagi tahlillarga ko'ra birinchi sinf darsligida fe'l so'z turkumiga jami 3 soat berilgan. Fe'lni o'rganishda asosiy izchillik savod o'rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o'quvchilarning diqqati fe'lning leksik ma'nosiga qaratiladi. Fe'lning grammatik ma'nosini ya'ni predmetning harakatini bildirishi umumlashtiruvchi dastlabki bilimlar beriladi. Savod o'rgatish davrida fe'l so'z turkumini o'rgatish Alifbe kitobidagi rasmlarga qarab gap tuzish va ularni harakatni bildirgan so'zlar bilan bog'lab o'tkaziladi. Bu davrda fe'llarni gaplarning mazmuniga qarab tanlashga yoki ayni bir so'z nimani anglatishi va qanday so'roqqa javob bo'lishi o'rgatiladi. 1-sinf dasturi o'quvchilarga so'zlarga so'roq berish va ularni bir biridan farqlash ko'nikmasini shakllantirishga moslashtirilgan. O'quvchilar bu ko'nikmani malakaga aylantirishi uchun darslikda fe'lning har xil ko'rinishlaridan foydalanib bajarishi uchun maxsus mashqlar yetarli. Bu davrda o'quvchilar nima? so'rog'iga javob bo'luvchi so'z bilan nima qildi? so'rog'iga javob bo'ladigan
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
so'zlarni taqqoslashga o'rgatiladi.O'quvchilar esa nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar predmetni, nima qildi? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar esa predmetning harakatini anglatishini farqlaydilar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Umuman olganda taqqoslash bolani otni bildiruvchi so'zlardan fe'lni bildiruvchi so'zlarni farqlashga o'rgatadi. Fe'l so'z turkumi morfologiya bo'limining asosiy qismini egallagani fa o'zining leksik va Grammatik tuzilishi bilan boshqa so'z turkumlaridan farq qilishi ma'lum. Shu sababdan ham fe'lga so'roq berishga o'rgatish yoki harakatni bildirgan so'zlarni aniqlash yuzaki bo'lmasligi lozim shu bilan birga o'quvchilar harakatning bir kishi tomonidan bajarilsa qanday so'roqqa javob bo'lishi va bir necha kishilarning ijrosidan iborat bo'lsa qanday so'roqlarga javob bo'lishi kerakligini yaxshi anglashi lozim. Nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? yoki nima qilmoqchi? so'roqlarini o'rgatish jarayonida o'quvchi nafaqat so'zlarga so'roq berishni balki o'z navbatida fe'l zamonlarini o'rganishga ham tayyorlanib boradi. 2-sinfda fe'lni o'rganish 1-sinfda fe'lni o'rganishdan birozgina farq qiladi xalos. O'xshashlik jihati shundaki, 1-sinf darsligida ham 2-sinf darsligida ham fe'l so'z turkumi harakatni bildirgan so'zlar misolida o'rganiladi. O'quv reja asosida ushbu so'z turkumini o'rganish qish fasliga to'g'ri kelganligi uchun asosan mavsumga xos bo'lgan rasmlar darslikdan o'rin olgan. O'quvchilar so'zlarga so'roq berishni, rasm asosida fe'llarni qatnashtirib gap tuzishni, harakatni bildirgan so'zlar gapda kesim vazifasini bajarishini va shu bilan birga berilgan gapdan ega va kesimni aniqlab ularni ma'no jihatidan bog'lanishini o'rganadilar. Berilgan bilimlar maxsus mashqlar asnosida mustahkamlab boriladi. 3-sinfda fe'lni o'rganish bosqichining asosiy vazifasi o'quvchilar ongida fe'l so'z turkumi degan tushunchani shakllantirish, bo'lishli va bo'lishsiz fe'llarni shakliga ko'ra farqlash ko'nikmasini hosil qilish, bo'lishsizlik qo'shimchasini olgan fe'llarning bo'lishli fe'llar bilan talaffuzi va imlosini o'rgatish hisoblanadi. Fe'lning harakat bildirishi yuzasidan o'quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun berilgan matnlar ichidagi fe'llar ustida ishlanadi. Bundan tashqari, o'qituvchi sinf jamoasidan shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya'ni bolalarning o'zlari bajarayotgan ish harakatni aytishni so'raydi natijada mavzuni mustahkamlashga erishadi. 4-sinfda fe'lni o'rganishning vazifasiga to'xtaladigan bo'lsak: fe'lning shaxs-son qo'shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo'shimchalarini olib o'zgarishi haqidagi tushunchani berish, fe'lning leksik ma'nolari, bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar, gapdagi vazifasi haqidagi dastlabki ko'nikmalarni hosil qilish va chuqurlashtirish. Og'zaki va yozma nutqda fe'ldan ongli
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
foydalanish masalasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda sinonim ( o'qidi - mutolaa qildi, yozdi-qoraladi), antonim fe'llarning (kuldi-yig'ladi) matnda ifodalanishini tasvirlovchi mashqlardan foydalanish. Qo'shma fe'llar va ularning har doim alohida yozilishi haqida tushuncha berish va qo'shma fe'llar haqida dastlabki ko'nikmalarni hosil qilish. Fe'l zamonlari haqidagi tushunchalar ham aynan 4-sinf darsligidan joy olgan bo'lib, fe'l zamoni formasining mohiyati ishharakatning qachon bajarilishi, ya'ni ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda, nutq so'zlanib turgan paytdan oldin va keyin bajarilishini taqqoslash asosida ochiladi. O'quvchilar o'zlari bajargan yoki bajarayotgan harakatlarni kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama qiladilar. Xuddi shunga o'xshash kuzatishni tabiatda bo'layotgan o'zgarishlar yuzasidan ham o'tkazadilar. Bu mavzu bahor faslida o'tiladi. Shuning uchun bolalar kuzatish asosida bahor keldi, o'rik, olcha, bodom kabi daraxtlar gulladi, gullar ochilyapti, endi gilos pishadi, bahordan so'ng yoz keldi, yozda bolalar oromgohga boradilar kabi gaplarni tuzadilar. Gapdagi fe'llarga so'roq berib, ish harakatning bajarilganini, bajarilayotganini va bajarilishi kerakligini anglay boshlaydilar. Bolalarning aniq kuzatishlari asnosida yig'ilgan bu ma'lumotlar o'qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi. Bu tarzdagi amaliy ishlar o'quvchilarda fikrlash, dunyoqarash kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishda asosiy tayanch bo'ladi. Shu bilan birga o'quvchilarni fe'l zamonlarini ongli qo'llashga o'rgatish maqsadida matnlardan foydalaniladi, bunda, matndan fe'l zamonlarini bildiruvchi harakatni bildirgan so'zlarni ajratish, fe'l zamonlarini boshqa bir zamonga o'zgartirib yozish, fe'llarni aynan bir zamonda ishlatib kichik matn, hikoya yratish topshirig'i beriladi. An'anaviy dasturga ko'ra bu sinfda fe'llarda shaxs-son qo'shimchalari haqida ham tushuncha beriladi. O'quvchilarni ot so'z turkumi bilan tanishtirlgan paytda ularga o'zbek tilida uch shaxs: so'zlovchi(1-shaxs, tinglovchi(2-shaxs), o'zga (3-shaxs) mavjudligi haqida dastlabki ko'nikma hosil qilingan. Suhbat asosida kishilik olmoshlari uch shaxsni, birlik va ko'plikni bildirishi eslatilgach, o'quvchilarga men olmoshini qatnashtirib gap tuzish topshiriladi. Ular tuzgan gap o'qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi.
Xulosa sifatida shuni ta'kidlash mumkinki, o'quvchilarga fe'llar shaxs-son qo'shimchasi bilan tuslanishi, shaxs-son qo'shimchalari zamon qo'shimchalaridan keyin qo'shilishi haqida ko'nikmalar hosil qilinadi. Bu sinfda qo'shma fe'llar (bir va undan ortiq harakatni bildirgan so'zlardan tuzilishi, bir xil so'roqqa javob bo'lishi, nima qildi? ko'rib qoldi) va ularning yozilishi haqida ham tushuncha beriladi.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
An'anaviy o'quv dasturining mazmuni 90 foizi nazariyadan iborat bo'lib, o'qitish metodikasi o'qitish metodikasi asosan yod olishga yo'naltirilgan.
REFERENCES
1. Abdurahmonov G', Shukurov Sh. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi. Morfologiya va sintaksis. - Toshkent: O'qituvchi, 1973.
2. Abduraimova M. Ona tili ta'limida ilg'or pedagogik texnologiya, T.: RTM. 2005.