Научная статья на тему 'BADIIY NOMLARNING ONOMASTIKADA TUTGAN OʻRNI VA MA’NO ASPEKTI'

BADIIY NOMLARNING ONOMASTIKADA TUTGAN OʻRNI VA MA’NO ASPEKTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
onomastika / atoqli otlar / turdosh otlar / badiiy nomlar / estetika / poetika / semantik maydon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zayniddin Sanakulov

Ushbu maqola badiiy nomlarning onomastikada tutgan oʻrni va ma‟no aspektini tadqiq etishga bagʻishlangan boʻlib, unda atoqli otlarning va onomastik birliklarning umumiy xususiyatlari, ularning fan doirasida oʻrganilish tarixi yoritiladi. Shuningdek, badiiy nomlarda semantik aspekt alohida tadqiq va tahlil etilgan. Jumladan, badiiy nomlar tilshunoslikda alohida bir ahamiyat kasb etadi; shaxs, makon, zamon, flora va fauna, muassasa va boshqalar uchun lingvistik belgi sifatida til strukturasida muhim qism sanaladi. Atoqli otlar va turdosh otlar maxsus belgilarga ega bo„lgan otlarning alohida turi hamda maxsus leksikaga kiritilgani sababli badiiy nomlarning o„zi ham maxsus sinf sifatida ta‟riflanishi va leksik jihatdan alohida tadqiq etilishi maqsadga muvofiq. Bunda xayoliy-estetik jihat asosiy xususiyat sifatida diqqat markazda bo„ladi. Zero, badiiy asarda atoqli otlar nafaqat oddiy nutqdagidek funksiyani, ya‟ni individuumlarni nomlash yoki identifikatsiyalash, balki poetik va estetik funksiyani ham bajaradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY NOMLARNING ONOMASTIKADA TUTGAN OʻRNI VA MA’NO ASPEKTI»

BADIIY NOMLARNING ONOMASTIKADA TUTGAN O'RNI VA MA'NO

ASPEKTI

Zayniddin Sanakulov

CHDPU, Nemis tili kafedrasi mudir, f.f.f.dok., dots. E-pochta: z.sanakulov@cspu.uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola badiiy nomlarning onomastikada tutgan o'rni va ma'no aspektini tadqiq etishga bag'ishlangan bo'lib, unda atoqli otlarning va onomastik birliklarning umumiy xususiyatlari, ularning fan doirasida o'rganilish tarixi yoritiladi. Shuningdek, badiiy nomlarda semantik aspekt alohida tadqiq va tahlil etilgan. Jumladan, badiiy nomlar tilshunoslikda alohida bir ahamiyat kasb etadi; shaxs, makon, zamon, flora va fauna, muassasa va boshqalar uchun lingvistik belgi sifatida til strukturasida muhim qism sanaladi. Atoqli otlar va turdosh otlar maxsus belgilarga ega bo'lgan otlarning alohida turi hamda maxsus leksikaga kiritilgani sababli badiiy nomlarning o'zi ham maxsus sinf sifatida ta'riflanishi va leksik jihatdan alohida tadqiq etilishi maqsadga muvofiq. Bunda xayoliy-estetik jihat asosiy xususiyat sifatida diqqat markazda bo'ladi. Zero, badiiy asarda atoqli otlar nafaqat oddiy nutqdagidek funksiyani, ya'ni individuumlarni nomlash yoki identifikatsiyalash, balki poetik va estetik funksiyani ham bajaradi.

Tayanch so'zlar: onomastika, atoqli otlar, turdosh otlar, badiiy nomlar, estetika, poetika, semantik maydon.

THE SIGNIFICANCE AND MEANING ASPECT OF LITERARY NAMES IN

ONOMASTICS

ABSTRACT

This article is devoted to the study of the role and meaning aspect of literary names in onomastics, in which the general characteristics of proper nouns and onomastic units, as well as the history of their study in the field of science, are highlighted. Also, the semantic aspect of literary names is separately researched and analyzed. In particular, literary names have a special importance in linguistics; as a linguistic symbol for person, place, time, flora and fauna, institution, etc., it is an important part of the language structure. Due to the fact that appellatives and proper names are a special type of nouns with special signs and are included in a special lexicon, it is appropriate to define literary names as a special class and to study them

April 23-24, 2024

175

separately lexically. In this, the imaginary-aesthetic aspect is in the center of attention as the main feature. After all, proper nouns in a work of art perform not only the same function as in ordinary speech, that is, naming or identifying individuals, but also perform a poetic and aesthetic function.

Keywords: onomastics, proper nams, appellatives, poetic names, aesthetics, poetics, semantic field.

KIRISH

Atoqli ot (AO)larning o'ziga xos alohida ajralib turuvchi jihatlari bor, ayniqsa, shaxs otlarida bu aniq ko'zga tashlanadi; ular bevosita barchamizga tegishli: chunki har bir odamning nomi - o'z ismi bor.

AOlar, boshqa mustaqil so'z turlaridan farqli o'laroq, leksik ma'noga ega emas, ular semantikasiz. Bu esa ular borasidagi eng muhim faktdir. Castrop-Rauxel yoki Zoske kabi so'zlar boshqa so'zlarga o'xshamasligi sababli ushbu AOlarning ma'nosini qidirish fikri har doim ham kuzatilmasa-da, shunday AOlar ham borki, ular "odatiy" so'zlar(turdosh otlar)ga o'xshab ko'rinadi: Neustadt (so'zma-so'z tarjima: yangi shahar), Fischer (so'zma-so'z tarjima: baliqchi), Fleischer (so'zma-so'z tarjima: qassob). Bu kabi AOlarni eshitganimizda, ularning leksik ma'nosini intuitiv (tarzda) ikkinchi planga surib qo'yamiz, ya'ni unga e'tibor qaratmaymiz. Fleischer ismli shaxsning ishi "go'sht" bilan bog'liq deb o'ylab, uni topish uchun qassobxona (go'sht do'koni)ga borishni hech kim kutmasligi aniq. Demak, AOlar o'z "sohibi" haqida o'z ma'nosidan kelib chiqib hech qanday ma'no ifodalamaydi/anglatmaydi. Shu sababli AOlar "quruq" yorliq(etiketka) sifatida ko'riladi, ularning funksiyasi "etiketkalash"dangina iborat. Biz istalgan predmet, jonzodni istalgancha atashimizga hech kim, hech narsa to'sqinlik qilmaydi: biror it, qush yoki asarga "Alfa" deb nom berishimiz mumkin, albatta. Shunday ekan, eng muhimi AOlarni bilishimizdir. Ular asosan TOlar (Becker < Bäcker) va erkin so'z birikmalari (Altenburg < zur alten Burg)dan kelib chiqqanligi sababli AOlar etimologik maxnoga egadir.

Onomastika asosan AOlarning qadimgi ma'nolari tarixini ochib berish bilan shug'allanadi: AO qanchalik qadimiy (Hilde < so'zining tarixi qadimgi nemis adabiy tiliga oid hiltia "Kampf-kurash, jang" so'ziga borib taqaladi) va boshqa tillardan o'zlashgan (Köln < lotincha Colonia, Koblenz < lotincha Confluentes so'zlarining nemischa o'zlashgan shaklij bo'lsa, bu ish shunchalik qiyinchilik tug'diradi. Ayniqsa, o'ta qadimiy, turg'un va o'zgarmas ob'ektlar - tog' va daryo nomlari kelib chiqishi indogerman davrigacha bo'lgan zamon va makonga oidligi sababli o'ta mashaqqatli ish sanaladi. AOlar ham xuddi TOlar kabi konnotativ ma'noga ega bo'lishi mumkin, ya'ni biror fikr (baho, qarash), taxmin, assotsiatsiya va shu k.. Ismlar borasida

April 23-24, 2024

176

turlicha qarashlar mavjud, ba'zilar chiroyli, jarangdor, eskicha, boshqalari esa zamonaviy, diniy va shu k. deb sanaladi. Jumladan, nemischa Hartz IV ko'pchilik tomonidan qo'pol, sovuq deb qabul qilinadi. AO ifodalaydigan ob'ektga qaraganda AOning o'zi kamroq konnotativ ma'no anglatadi, mas., Hiroshima-Xirosima, der 11. September-11 oktyabr, Titanic-Titanik, Tschernobyl-Chernobul (bu fikrlar TOlarga ham tegishli, mas., Krebs-rak, Atomkraft-atom, Waldsterben-o'rmonlarning qurib qolishi) [12; 14]. Til tizimidagi ushbu periferik pozitsiya AOlar tildagi kamsonli universaliilarga tegishli degan faktga zid keladi [19; 150]. Sifat so'z turkumiga oid so'z, predlog yoki bog'lovchilari bo'lmagan tillar mavjud, hatto ot va fe'l so'z turkumlari aniq farqlanmaydgan, shuningdek, AOlari ham mavjud bo'lmagan tillar borligi sohaga oid manbalarda qayd etiladi. Muayyan ob'ektni alohida atash bu -antropologik bosh zaruratga o'xshadi. Qaysi ob'ektga nom berish yoki bermaslik madaniyat bilan bog'liq va bu o'zgaruvchandir (tarixda qurol-aslaha nomlangan bir vaqtda, bo'ron turlari nomlarsiz qolgan). Yuqorida qayd etilganlardan ayon bo'ldiki, AOlar ko'p aspektlarda o'ziga xosdir.

ASOSIY QISM

Sohaga oid adbaiyotlar tahlilidan ma'lum bo'ladiki, o'z badiyoti, obrazliligi, poetik rang-barangligi sababli badiiy nomlar onomastikada alohida o'rin egallaydi. Barcha ism (nom) toifalari badiiy asarlarda ham uchrashi hammamizga ma'lum. AO va turdosh ot (TO)lar maxsus belgilarga ega bo'lgan otla rning alohida turi hamda maxsus leksikaga kiritilgani sababli badiiy nomlarning o'zi ham maxsus sinf sifatida ta'riflanishi va leksik jihatdan alohida taqdim etilishi mumkin [15; 150]. Bunda xayoliy-estetik jihat, P.Trost qayd etganidek, asosiy xususiyat sifatida diqqat markazida bo'ladi: "Badiiy asarda AOlar nafaqat oddiy nutqdagidek funksiyani, ya'ni individuumlarni nomlash yoki identifikatsiyalash, balki poetik va estetik funksiyani ham bajaradi. Chunki ular asarning badiiy shakli bilan maqsadli va ekspressiv bog'lanadi. Badiiy asarda nomlar ekspressiv qiymatni rivojlantiradi, bu nomlarning har xil xususiyatlarida namoyon bo'ladi. [...] Badiiy asardagi nom mantiqsiz emas, balki obyekt/obraz/qahramonning mohiyatiga mos tarzda kiritiladi. Biror insonning ismi nafaqat uning o'zi haqida, balki uning atrof-muhiti haqida ham ma'lumot beradi" [22; 22-23].

Rus olimi Yu.Tinyanov ham ushbu fikrni to'ldiradi: "Badiiy asarda ma'nosiz ism(AO)lar uchramaydi. [...] Barcha ismlar nimanidir ifodalaydi. Asarga kiritilgan har bir ism o'z obraziga mos tarzda harakat qiladi. U g'ayrioddiy kuch bilan biz hayotda e'tibor qaratmaydigan soyalarni jonlantiradi" [23; 392-431].

177

April 23-24, 2024

Manbalar tahlilidan ayon bo'ladiki, qadim zamonlardan buyon badiiy nomlarning o'ziga xos xususiyatlari shoirlarda ham doimo qiziqish uyg'otib kelgan. So'nggi paytlarda badiiy nomlarning "aura'^si va "nur sochish qudrati" haqida I.Baxmann [1; 238-254], "aura" va "ifoda qiymati"ni tilga olgan Z.Lens hamda tadqiqot adabiyotlari ro'yxatida keltirilgan boshqa shoirlarning qarashlari ham bundan dalolat beradi.

Sohaga oid adabiyotlarni o'rganishdan ayon bo'ldiki, 20-asrning ikkinchi yarmida tilshunoslik va adabiyotshunoslikni birlashtirgan badiiy onomastika kontekstida badiiy nomlar alohida dolzarb tadqiqot mavzuga aylangan. O'zining fanlararo yo'nalishi bo'yicha uni 1960-yillarning oxiridan boshlab an'anaviy stilistika bilan bir qatorda gullab-yashnayotgan matn lingvistikasi, shuningdek, tilshunoslikdagi kommunikativ-pragmatik burilish [9; 13] bilan solishtirish mumkin. O'z navbatida, badiiy onomastikaning taniqli namoyondalari mazkur fan sohasi taraqqiyotida o'chmas iz qoldirishgan. Jumladan, 1840-yilda chop etilgan kitobida E.Boas o'rta asrlar badiiy nemis tili davri (1050-1350 yy.)dan beri "poetik nomlar" haqida qisqacha ma'lumot beradi va uning perspektivasini shakllantiradi: "Poetik nomlarning yaxshi yozilgan tarixi [...] nemis she'riyatining batafsil tarixi bo'lar edi va muallif buning uchun rahmatlar eshitishi aniq edi" [3; 6]. F.Debusning qayd etishicha, bu kabi tarixiy asar hozirgi kungacha yozilmagan, ushbu asar E.Baos tasavvuridagidek o'zgacha formatda yaratilishi zarur. Olimning fikricha, keyingi yillarda onda-sonda chop etilayotgan alohida asarlarga yoki biror yozuvchining asariga bag'ishlangan, asosan "so'zlovchi nomlar" doirasida amalga oshirilgan izlanishlarda aynan tadqiq etilgan asar ichida badiiy-ekspressiv qiymati tahlilga tortilmayapti va ular tavsifiy tadqiqot ishi bo'lib qolmoqda.

Manbalardan bilishimiz mumkinki, bu kabi asarlar 19-asrdayoq, ayniqsa, Rossiyada, keyin esa 20-asrning 20-30-yillarida Rossiyadagi "rasmiy maktab"larda yaratila boshlagan. Bu orada E.M.Rajekning F.Kafka asaridagi ismlarni talqin qilishga harakat qilgani [14; 58] va mavzuga doir yaratilgan asarlarni bibliografiyaga jamlaganini ko'rishimiz mumkin. 1978 yilni nemis badiiy onomastikasi sohasi uchun muhim bosqich sifatida tilga olish mumkin; yaratilgan uch monografiya mazkur yangi tadqiqot yo'nalishini ham nazariy, ham empirik jihatdan sezilarli darajada rivojlantirdi: H.Bimsning Lessing asari bo'lmish "Dono Natan"dagi ismlar haqidagi

„Аура" тушунчаси В.Бенямин томонидан у ёки бу асарнинг узгача таъсирини ифодалаш учун кулланилган (Menninghaus W. Walter Benjamins Theorie der Sprachmagie. - Frankfurt am Main, 1980. Г.Айс хам ушбу терминни уз асарида куллаган (Eis G. Vom Zauber der Namen. Vier Essays. - Berlin: 1970. - S. 47). 2 „Албатта, хар бир киши исмнинг аураси, физиогномияси борлигини билади, унинг хусусиятлари бор ёки у хис-туйгуларни уйготади. Аммо ёзувчи учун бу тушунча унинг ижодида хал килувчи натижа/окибатларга сабаб бщлади" - Lenz S. Etwas über Namen. Rede // Sammlung Profile 15. - Bonn: S. 17.

178

tadqiqoti, H.Tiesning ingliz, amerika va nemis dramalari kontekstida shaxs nomlar bo'yicha tadqiqotlari hamda H.Kalverkemper nomlarni tadqiq qilishda birinchi marta matn lingvistikasi usullarini kiritgan va ko'plab bolalar adabiyotlaridan tadqiqot obyekti (matniy asos) sifatida foydalangan. So'ngra qator muhim tadqiqotlar nashr etilganligidan tarixiy manbalar dalolat beradi: D.Lamping qissadagi shaxs nomlari, ularning funksiyalarini ko'rsatuvchi katalok haqida [10], V.Vitstruk so'ngi o'rta asr (1300-1500 yy.) lirikasida ismlar qo'llanishi bo'yicha [24], M.Shvanke ilk bora kompyuter (axborot texnologiyalari) yordamida Gyote epik asarlaridagi ismlar va ism qo'yish haqida [18], G.Shildberg-Shrotning badiiy tabiat muammosi va AOlar to'g'risida [16] va I.Sobanski Chestertonning detektiv hikoyalaridagi nomlar haqida [20] va boshqa qator ilmiy ishlarni qayd etish mumkin.

Baddiy nomlar atoqli otlar lug'at tarkibining ajralmas qismi sifatida tadqiq etilishi hammamizga ayon. Ayniqsa AOlarning o'ziga xos "ifodaliligi/ ma'nodorligi/ ifoda qiymati ", "aura"si va "yashin/ chaqnash kuchi" haqida so'z borganda, badiiy nomlarning o'rni alohida ta'kidlanadi. Ammo bu ifodalilik nimadan iborat, u ma'lum asardan anglab olinadimi yoki yozuvchilarning o'zlari bu haqida ma'lumot berishadimi, yoki yozuvchi qanday qilib aynan shu ism/nomga to'xtalgan va uning ichki va tashqi shakli qay tarzda shakllantirilgan, bu nomlarga qanday funksiyalar yuklangan va ulardan qaysilarni bajarilmoqda kabi savollarga tadqiqotlarda muayyan yechimlar o'z aksini topganligi sohaviy adabiyotlar tahlilidan ma'lum bo'ladi.

Bu kabi savollarga batafsil to'xtalishdan oldin dastavval "badiiy nomlar" tushunchasiga aniqlik kiritish maqsadga muvofiqdir.

Badiiy onomastik birliklar belgilari.

Adib o'z qahramonlariga nom qo'yishi odatda ikki usulda amalga oshadi: yoki (qidirib) topish, yoki o'ylab topish/ chiqarish. Bir tomondan to'qima, boshqa tomondan esa autentik-real nomlar namoyon bo'ladi. Ulardan ikkinchisi adib tomonidan avvaldan mavjud tarixiy, shuningdek, zamonaviy nomlar boy "xazaina"sidan qidirib topish/ tanlab olinishi mumkin. "To'qima - real" va "nom -nom egasi" dixotomiya kombintasiyasi quyidagi ko'rinishlarda uchrashi manbalarni o'rganishdan ma'lum bo'ladi:

1. nom va nom egasi - real;

2. nom - real va nom egasi - to'qima;

3. nom va nom egasi - to'qima;

4. nom - to'qima va nom egasi - real.

Mazku tushuncha nemis tilida "Ausdruckswert", rus tilida esa „Bbipa3HTe^bHOCTb" termini orqali ifodalanadi. Biz tadqiqotimiz davomida ushbu mazmunda „ifodalilik" so'zidan foydalanamiz.

179

Adib ma'lum tasavvurlariga ko'ra va lisoniy-struktural so'z yasash me'zonlari doirasida rasmiy to'qima AOlarni o'ylab topish jarayonida bu kabi to'qima obrazni nima boshqalardan yaqqol ajratib ko'rsatishi zarurligini aniq mo'ljal, reja qiladi. Hammamizga ma'lumki, adib nom tanlashda erkinlikka ega, u o'z (o'ylab topgan, tanlagan) nomini "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish" muassasalarida rasmiy ro'yxatdan o'tkazishi yoki tasdiqlatishi talab etilmaydi. Badiiy nomlarda harakatlanuvchi va harakatlari yordamida gavdalanadigan "egasi" orqali o'z individual-mislsiz mazmuni shakllanadi. Nom va nom egasi adib tomonidan o'z tasavvurlariga ko'ra yagona butunlikka olib kelinadi: "ism/nom nazmiy tasvir/shaklni to'liq shaxs(iyat)ga aylantiradi va to'qima obrazga o'z tub ma'nosini beradi" [6; 573].

To'qima va real-autentik nomlar badiiy asarning ajralmas qismi bo'lib, ular ushbu asardagi personajlar ansambliga qo'shib yuboriladi. Tarixiy shaxslar o'z ismlari bilan "bir tarixdan boshqa bir tarixga ko'chiriladi va bunda metaforfoza vujudga keladi: ular "kashf etilmaydi", ammo to'qima personajga aylanadi" [10; 26]. Real-autentik ismlar muayyan asarga integratsiya qilinsa, ular ham badiiy nomlarga kiritiladi. Ammo K.Gutshmidt ularni farqlaydi va to'qima nomlarni "syujet-ichki" va real-autentiik nomlarni "tashqi syujet-tashqi" nomlar sifatida qayd etadi. „Badiiy asarda uchraydigan barcha nomlar ham badiiy nomlar sanalmaydi" [7; 63].

Qator tadqiqotlarni o'rganish shuni ko'rsatadiki, barcha real-autentik (syujet-tashqi) nomlar u yoki bu badiiy asar doirasida muayyan darajada "badiiy-to'qima"lashtiriladi4; bu hol tarixiy xabarlarda keltirilgan nomlardan butunlay farq qiladi. Shuningdek, badiiy-to'qimalashtirishning darjalari ham taqdqiqotchilar tomonidan o'rganilgan. Nemis tilidagi "fiktionalisieren (badiiy-to'qimalashtirmoq) " muayyan maqsad yo'naltirilgan jarayonni ifodalaydi; maqsad, ya'ni badiiy-to'qimalashtirish jarayonining yakuni "fiktionalisiert (badiiy-to 'qimalashtirilgan) " ravishdoshi hamda holat sifati "fiktional (badiiy-to 'qima)" orqali ifodalanadi. Bunday holatda real-autentik nomlar to'qima nomlarga teng ko'riladi; ular badiiy asarga ayrimcha kommunikativ vazifa bilan kiritiladi/ bog'lanadi. Bunda retsipiyentlarda illyuziyalashtirish kuchaytiriladi va " badiiy-to'qima" olam reallikka yaqinlashtiriladi; G.Frege fikrlariga tayanib buni " badiiy-to'qima atoqli otlar" deb atash mumkin bo'lsa, H.Bims [2; 38-51] esa badiiy nomlarni tor va keng ma'noda farqlashni tavsiya qiladi. To'qima va badiiy-to'qima nomlarni ushbu olim teng/ bir

Mazkur tushuncha nemis tilida „fiktionalisieren", rus tilida „BbigyMbiBaTb" fe'li orqali ifodalangan bo'lib, uni o'zbek tiliga „badiiy-badiiy-uydirmalashtirmoq" tarzida tarjima qilindi. Bunda real-autentik nomlarning biror badiiy asarda badiiy nom sifatida gavdalanishi/ faollashishi nazarda tutiladi.

180

xil darajada real deb sanaydi. Badiiy adabiyotda keltirilgan nomlar reallikdagi nomlardan o'z konteksttualliligi, ya'ni kontekstga bog'liqligi bilan ajralib turadi.

Nemis badiiy onomastikasi taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan F.Debus ham badiiy onomastik birliklarda to'qima (fiktiv) va badiiy-to'qima (fiktional) nomlarni farqlaydi va bu orqali har doim ham bir xil tarzda qo'llanmaydigan tushunchalarga aniqlik kiritishni maqsad qiladi. Badiiy nomlar olami badiyoti/fikshn5ini aynan shu ikkala tur tashkil etadi. Buni 1-rasm orqali yanada yaqqol tasvirlash mumkin (1-rasmga qarang).

1-rasm. Atoqli otlarda "ma'no" - fikshn (badiyot)

1-rasmning o'ng va chap tomondagi nuqta li chiziq-o'qlari shuni ifodalaydiki, to'qima va badiiy-to'qima nomlar o'z konnotativ ta'sirida umuman bir xil va teng deb hisoblanadi. Vosita sifatida mavjud real odamlar, joylar yoki boshqa narsalarning nomlarini o'z ichiga olgan ishonchli she'riy tasvirlash san'ati orqali poetik voqelikning haqiqatga qiyoslanadigan yoki hatto mos keladigan illyuziyasi yaratiladi. Nemis badiiy adabiyotida uchraydigan Laudine, Parzival, Hamlet, Don Quichote, Anna Karenina, Werther, Effi Briest, Madame Bovary, Hans Castorp yoki Sherlock Holmes kabi ismlarning tilga olinishi bilangina bunday to'qima qahramonlar xayolot olamiga qanchalik real kirib kelganini ko'rsatish mumkin.

Bu hol shaxs nomlari lar qatorida joy nomlarida ham uchrashi olimlar tomonidan qayd etialdi. Jumladan, V.F.Nikolayzen: „[...] adabiy bo'lmagan dunyo xaritalaridan na kamrog'u va na ko'proq to'qima (xayoliy) bo'lmagan adabiy voqelik xaritasi mavjud bo'lib, u lisoniy "qisqarish"va ruhiy intensivlik orqali ba'zan shunday voqelik darajasiga yetib boradiki, u biz yashayotgan unchalik aniq tuzilmagan

Inglizcha "fiction", nemischa "Fiktion" trankripsiya usuli orqali ifodaladik.

so'zlarining o'zbek tilida muqobil tarjimasi mavjud emasligi sababli uni

dunyodan kattaroqdir yoki hech bo'lmaganda shunday tuyuladi" deb buni alohida ta'kidlaydi"[11; 18].

J.Paul o'z asarlarida adabiyotni uning poetik voqeligi bilan birga "o'z zaminidagi yagona ikkinchi olam" deb atab, bu orqali adabiyotni fikshn (badiyot) sifatida xarakterlagan [13; 21]. Arastu o'z "Poetika" asarida tarixchilar (tarixni yozuvchilar) va yozuvchilarni farqlagan: birinchilari haqiqiy voqealarni yozsa, ikkinchilari esa sodir bo'lishi mumkin bo'lgan voqelikni tasvirlaydi [5]. 12-asrdayoq badiiylik tamoyillari ma'lum va amalda bo'lganligidan tarixiy manbalar guvohlik beradi. Jumladan, V.Hug tomonidan ta'kidlangan tezis jeyinchalik o'rta asrlar tarixida qizg'in muhokama qilingan [8]. Ammo birinchi navbatda badiiylik muammosi yangi davr adabiyotshunosligida samarali o'rganilgan.

„Post-mifik davrda fikshn/ badiiyot sifatida sheriyatni bilish poeziyada kuzatiladi" - deb yozgan edi H.Shlaffer [17; 145]. Bu ikkinchi olamni birinchi olam "haqiqati"ga kiritish - she'riy tasvirning maxsus san'atidir. Buni o'z roli ishonchli identifikatsiyalash orqali fikshn/ badiiy adabiyotni unutadigan aktyorning san'ati bilan solishtirirish mumkin. Hatto o'rta asrlarda ham haqiqiy manbaning fikshni/badiiyoti xuddi shu maqsadda qo'llanilgan yoki zamonaviy davrda go'yoki birovning xabarini takrorlash orqali tarixiylik soxtalashtirilgan; shu tarzda Tomas Mann o'zining "Doktor Faust" asariga "Nemis bastakori Adrian Leverkuyn (nem. Leverkühn)ning hayoti, bir do'sti tomonidan hikoya qilinadi" qo'shimcha (tag) sarlavhani kiritadi yoki u tirik odamlarning ismlarini badiiylashtirish orqali "haqiqat" illyuziyasini kuchaytiradi. To'qima Leverkuyn ismi ham illyuziya uchun xizmat qilishi zarur bo'lgan. I.Baxmann T.Mann tomonidan o'ylab topilgan ismlarning "nazokati" haqida gapirib, "T.Mannda ismlar katta ahamiyatga egadir; u so'nggi buyuk nom "kashfiyotchisi", nom "sehrgari"dir. [...], hammasi puxta va aniq o'ylangan, poetik gavdalantirilgan va Adrian Leverkuyn kabi jiddiy ismda ham uning egasi/ shaxsiga xos ma'no yuklangan [1; 247].

XULOSA.

Yuqorida qayd etilgan fikrlarni umumlashtirib, xulosa qilish mumkinki, nomlar tilshunoslikda alohida bir ahamiyat kasb etadi; shaxs, makon, zamon, flora va fauna, muassasa va boshqalar uchun lingvistik belgi sifatida til strukturasida muhim qism sanaladi. Atoqli otlar va turdosh otlar maxsus belgilarga ega bo'lgan otlarning alohida turi hamda maxsus leksikaga kiritilgani sababli badiiy nomlarning o'zi ham maxsus sinf sifatida ta'riflanishi va leksik jihatdan alohida tadqiq etilishi maqsadga muvofiq. Bunda xayoliy-estetik jihat asosiy xususiyat sifatida diqqat markazda bo'ladi. Zero, badiiy asarda atoqli otlar nafaqat oddiy nutqdagidek funksiyani, ya'ni

April 23-24, 2024

182

individuumlami nomlash yoki identifikatsiyalash, balki poetik va estetik funksiyani ham bajaradi. Chunki ular asarning badiiy shakli bilan maqsadli va ekspressiv bog'lanadi. Badiiy asarda nomlar ekspressiv qiymatni rivojlantiradi, bu nomlarning har xil xususiyatlarida namoyon bo'ladi. Badiiy asardagi nom mantiqsiz emas, balki personajnning mohiyatiga mos tarzda kiritiladi. Masalan, biror insonning ismi nafaqat uning o„zi haqida, balki uning atrof-muhiti haqida ham ma'lumot beradi.

REFERENCES

1. Bachmann I. Der Umgang mit Namen // Band 4: Essays. Reden. - München: -S. 238254.

2. Bims H. Vorschlag zu einer Typologie literarischer Namen. // Zeitschrift für Literaturwissenschaft und Linguistik 17 / Heft 67, 1983. -S. 38-51.

3. Boas E. Namen-Symbolik in der deutschen Poesie. - Landsberg a.d. Warthe. 1840. -S. 6.

4. Debus F.Namen in literarischen Werken. (Er-)Findung-Form-Funktion. - Mainz: Akademie der Wissenschaften und der Literatur, 2002. - S. 11-12.

5. Fuhrmann M. Einführung in die antike Dichtungstheorie. -Darmstadt: 1973.

6. Gerber R. Vom Geheimnis der Namen. Eine onomastische Studie über Lessings dramatisches Werk. // Die Neue Rundschau 76, 1965. -S. 573.

7. Gutschmidt K. Namenarten und Namenklassen in der schönen Literatur. // Der Eigenname in Sprache und Gesellschaft 13, 1985. -S.63.

8. Haug W. Literaturtheorie im deutschen Mittelalter. Von den Anfängen bis zum Ende des 13. Jahrhunderts. Eine Einführung. 2. Aufl. - Darmstadt: 1983.

9. Helbig G. Entwicklung der Sprachwissenschaft seit 1970 // WV Studium 16. 2. Aufl.

- Opladen: 1990. - S. 13-...

10. Lamping D. Der Name in der Erzählung. Zur Poetik des Personennamens // Wuppertaler Schriftenreihe Literatur 21. - Bonn: 1983.

11. Nicolaisen W.F. Über Namen in der Literatur. // Namenkundliche Informationen 38, 1980. -S. 18.

12. Nübling D., Fahlbusch F., Heuser R. Namen. Eine Einführung in die Onomastik. 2., überarbeitete und erweiterte Auflage. - Tübingen: Narr Francke Attempto Verlag. 2015.

- S. 14.

13. Paul J. Jean Pauls Sämtliche Werke. Historisch-kritische Ausgabe. Erste Abteilung. Elfter Band: Vorschule der Aesthetik. - Weimar: Erstdruck, 1804. -S. 21.

14. Rajec E.M. Namen und ihre Bedeutungen im Werke Franz Kafkas. Ein interpretatorischer Versuch // Europäische Hochschulschriften. Reihe 1: Deutsche Literatur und Germanistik 186. - Bern: 1977.

183

April 23-24, 2024

15. Rinsum A., Rinsum W. Lexikon literarischer Gestalten // Deutschsprachige Literatur 2. Aufl. - Stuttgart: 1993.

16. Schildberg-Schroth G. Eigenname und Literarizität // Kieler Beiträge zur deutschen Sprachgeschichte 16. - Neumünster; 1995.

17. Schlaffer H. Poesie und Wissen. Die Entstehung des ästhetischen Bewußtseins und der philologischen Erkenntnis. - Frankfurt a. Main: 1990. -S. 145.

18. Schwanke M. Name und Namengebung bei Goethe. Computergestützte Studien zu epischen Werken // Beiträge zur Namenforschung, Beiheft 38. - Heidelberg: 1992.

19. Seiler H. Namengebung als eine Technik zur sprachlichen Erfassung von Gegenständen // Allgemeine Sprachwissenschaft, Sprachtypologie und Textlinguistik. -Tübingen: 1983. - S. 150.

20. Sobanski I. Die Eigennamen in den Detektivgeschichten Gilbert Keith Chestertons. Ein Beitrag zur Theorie und Praxis der literarischen Onomastik // Europäische Hochschulschriften. Reihe XXL Linguistik 218. - Frankfurt am Main: 2000

21. Thurmair M. Eigennamen als kulturspezifische Symbole oder: Was Sie schon immer über Eigennamen wissen wollten // Anglogermanica Online. 2002. - S. 84-102.

22. Trost Р. Die Grundlage der literarischen Onomastik // Namenkundliche Informationen. 1986. - S. 22-23.

23. Tynjanov J. Das literarische Faktum. In: Texte der russischen Formalisten // Texte zur allgemeinen Literaturtheorie und zur Theorie der Prosa. - München: 1969. S. 392431.

24. Wittstruck W. Der dichterische Namengebrauch in der deutschen Lyrik des Spätmittelalters // Münstersche Mittelalter-Schriften 61. - München: 1987.

25. Sanakulov, Z. 2023. THE SIGNIFICANCE OF PRONOUNS IN LINGUISTIC RESEARCH. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal. 4, 6 (Dec. 2023), 265-268. DOI:https://doi.org/10.37547/mesmj-V4-I6-37.

26. SANAKULOV, Z. (2023). ADABIY ONOMASTIKA ILMIY TADQIQOTNING YANGI YO'NALISHI SIFATIDA. Research and Implementation. извлечено от https:// fer-teach.uz/index.php/rai/article/view/721

27. Sanakulov Z. THE IMPORTANCE OF PROPER NAME IN MODERN LANGUAGE // Экономика и социум. 2022. №6-1 (97). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/the-importance-of-proper-name-in-modern-language (дата обращения: 09.04.2024).

184

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.