Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH BOSQICHDA NATIJA TOʻLIQLOVCHILARINI OʻRGATISH VA TEGISHLI JUMLALAR TAHLILI'

BOSHLANG‘ICH BOSQICHDA NATIJA TOʻLIQLOVCHILARINI OʻRGATISH VA TEGISHLI JUMLALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Natija toʻliqlovchisi / fe‟l / sifat / induksiya / deduksiya / / / 干净.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ozod Zaijronovich Tilovov

Natija toʻliqlovchilari xitoy tilini chet tili sifatida oʻqitishda muhim komponent hisoblanadi. Ushbu maqolada turli darsliklardagi natija toʻliqlovchilarining tahlili jamlangan boʻlib, xitoy tilini chet tili sifatida oʻqitishning boshlang'ich bosqichida natija toʻliqlovchilariga oid oʻrgatish kerak boʻlgan grammatik formulalar umumlashtirilgan. Tegishli amaliy tajribalar orqali, oʻqitish jarayonida xatoga yoʻl qoʻyiladigan ba‟zi grammatik misollar koʻrsatilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH BOSQICHDA NATIJA TOʻLIQLOVCHILARINI OʻRGATISH VA TEGISHLI JUMLALAR TAHLILI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

BOSHLANG'ICH BOSQICHDA NATIJA TO'LIQLOVCHILARINI O'RGATISH VA TEGISHLI JUMLALAR TAHLILI

Ozod Zaijronovich Tilovov

Samarqand davlat chet tillar instituti Yaqin sharq tillari kafedrasi tatta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Natija to'liqlovchilari xitoy tilini chet tili sifatida o'qitishda muhim komponent hisoblanadi. Ushbu maqolada turli darsliklardagi natija to'liqlovchilarining tahlili jamlangan bo'lib, xitoy tilini chet tili sifatida o'qitishning boshlang'ich bosqichida natija to'liqlovchilariga oid o'rgatish kerak bo'lgan grammatik formulalar umumlashtirilgan. Tegishli amaliy tajribalar orqali, o'qitish jarayonida xatoga yo'l qo'yiladigan ba'zi grammatik misollar ko'rsatilgan va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Natija to'liqlovchisi, fe'l, sifat, induksiya, deduksiya, M,

TEACHING RESULT COMPLEMENTS AND ANALYSIS OF RELATED SENTENCES AT ELEMENTARY LEVEL

Ozod Tilovov

Samarkand State Institute of Foreign Languages, Department of Middle Eastern Languages, Senior Teacher

ABSTRACT

Result complements are an important component in teaching Chinese as a foreign language. This article summarizes the analysis of result complements in different textbooks, and summarizes the grammatical formulas that should be taught regarding result complements at the initial stage of teaching Chinese as a foreign language. Through relevant practical experiences, some grammatical examples of errors in the teaching process are shown and analyzed.

Keywords: Complement of result, verb, adjective, induction, deduction, W,

m

I. Kirish

Xitoy tilini o'rganuvchilar yaxshi bilishadiki, natija to'liqlovchisi harakat va o'zgarishning natijasini ifodalab, fe'l va sifat so'z turkumiga oid sozlardan tarkib topadi. Fe'l va natija to'liqlovchisi birikmasi quyidagi tuzilish shakliga ega: fe'l+fe'l/sifat. Biz ushbu maqolamizda, natija to liqlovchisiga tarif berish yoki uning qo'llanilish qoidalari haqida emas, balki xitoy tilini boshlang'ich bosqichda

946

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

organuvchilar uchun, natija to'liqlovchisini o'qitishda o'qituvchilar e'tibor qilish kerak bo'lgan tomonlari haqida ma'lumot berib o'tamiz. II. Asosiy qism

Xitoy tilini chet tili sifatida o'qitishda natija to'liqlovchilari muhim va eng og'riqli nuqta hisoblanadi. O'qituvchilar buni o'qitish jarayonida bir-ikki dars mashg'ulotlarida o'quvchiga tushuntirib berishi va o'quvchi darhol tushunib olishi haqiqatdan yiroqdir. Bu jarayon osondan qiyinga, sayozlikdan chuqurlikka qarab bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak bo'ladi, bu esa o'quvchilarga bilimlarni yaxshiroq tushunish va o'zlashtirishga yordam beradi.

Xitoy tilini chet tili sifatida boshlang'ich bosqichda o'qitishda natija to'liqlovchilari quyidagi mazmunga ega:

1. Ega+fe'l+natija to'liqlovchisi (sifat/fe'l)+T Masalan: 1. ^ÄTtTo 2. l^ffT.

2. Ega+fe'l+natija to'liqlovchisi (sifat/fe'l)+to'ldiruvchi.

1. Ega+fe'l+natija to'liqlovchisi (sifat/fe'l)+to'ldiruvchi +T 1 Masalan: 3. ^f^^T 4. l^^^iTo

2. Ega+fe'l+natija to'liqlovchisi (sifat/fe'l)+T 2+ to'ldiruvchi. Masalan: 5. If^TMI^o 6. ^ffT^Mi^o

3. Bo'lishsiz shakli

Ega+^+ fe'l+natija to'liqlovchisi (sifat/fe'l) (+ to'ldiruvchi) Masalan: 7. ^»Tfo 8. l^ffo

4. So'roq shakli

Ega+fe'l+natija to'liqlovchisi (sifat/fe'l) (+ to'ldiruvchi) yoki

Masalan: 9. 10.

Natija to'liqlovchisi vazifasini bajaruvchi fe'llarga "i, i'J, f, W

kabilar, Sifatga esa M, B&, X^, lar kiradi. Alohida e'tibor berish kerak bo'lgan tomoni, turli o'quv materiallarida turli xil natija to'liqlovchilari bo'lishi mumkin. O'qituvchilar o'quv jarayonidagi muayyan muammolarni tahlil qilishlari va o'quv materiallari asosida dars berishlari kerak.

O'qitish jarayonida, xitoy tilini o'rganuvchilar o'rtasida shunga o'xshash bilim nuqtalarini eslab qolishda chalkashliklarga yo'l qo'ymaslik uchun bosqichma-bosqich o'qitishimiz lozim bo'ladi. Ya'ni, avval yuqorida keltirilgan birinchi va uchunchi grammatik qoidani, keyin esa ikkinchi va to'rtinchi grammatik qoidani o'rgatishingiz mumkin. Shu bilan birga, mashqlarning moslashuvchanligi va mosligiga e'tibor qaratgan holda, natija to'liqlovchisi vazifasini bajaruvchi fe'l va sifatlarni alohida tasniflab, kontekst va kommunikativ masalalarga e'tibor bergan holda, mos keladigan rasmlar, videolar va PPTlar kabi multimedia vositalarini qo'llash talab etiladi.

April 23-24, 2024

947

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Mashq shakllari ham xilma-xil bo'lishi kerak, masalan, bo'sh joylarni to'ldirish, xato gaplarni tuzatish, qatorlarni bog'lash, gaplarni birlashtirish, rasmlarga qarab gapirish, kichik guruhlarga bo'lib muhokama qildirish, rol o'ynash, shuningdek, Sen bajar, men topaman, crossword kabi kichik o'yinlarni qo'shishingiz mumkin. Imkon boricha talabalarga ko'proq gapirish imkoniyatini bering.

III. Muhokama va natijalar

1. Jumlalarni tahlil qilib chiqamiz.

Xitoy tilini chet tili sifatida o'qitishda grammatik qoidalarni o'rgatishning yagona yo'li "gaplar tuzish"dir. Misollar orqali talabalar tegishli grammatik qoidalarni umumlashtirishlari uchun induksiyadan ham, shuningdek, grammatikani mashq qilish uchun deduksiyadan ham foydalanishlari mumkin. Yaxshi misollar o'rganuvchilarning grammatik qoidalarni tushunishi va o'zlashtirishiga yordam beradi. Biroq, ko'pincha, o'qituvchilar jumlalarini tanlashda, ular faqat o'rgatgan grammatik formulalarga mos keladimi-yo'qligiga e'tibor berishadi, lekin ularning oqilona yoki to'g'riligiga e'tibor bermaydilar.

Birinchi bo'lib quyidagi jumlaning tahliliga e'tibor beramiz - "j&WM^MT".

Natija to'liqlovchilarini o'rgatish jarayonida ba'zi fe'llar yoki sifatlar o'zlarining ma'lum mavhumligi tufayli grammatik qoidalarni o'qitishning dastlabki bosqichida ko'pincha noaniqlik keltirib chiqaradi, masalan, "fe'l+±", "fe'l+M", "fe'l+^", "fe'l+ kabilar, eng keng qo'llaniladigan misollardan biri bu "j&WM^MT".

"^WM^MT" ma'nosi ^M ya'ni, kiyim aslida A joyda turgandi, W ya'ni, kiyish harakati orqali, A joydan "^"ning gap egasining tanasiga kiyilganligiga ishora qiladi. Bu jumlada qo'llanilgan "M" sifati, "W" harakati orqali "%" ga ma'lum bir afzallik keltirilganligini yoki "W" bu harakatdan odamlar mamnunligini ifodalaydi. "% WM^MT" ushbu jumlada, gap egasi "%" da hal qiluvchi o'zgarish sodir bo'lgan bo'lsa, "^M" ning faqatgina joyida o'zgarish sodir bo'ldi. Biz qachon "#WM^MT" bu gapni qo'llashimiz mumkin? Faraz qiling, biz tezda qayergadir ketishimiz kerak, shu paytda kimdir deb so'radi va bu vaqtda biz "fäWM^MT" deb

javob berishimiz mumkin. Bu yerda qo'llanilgan "W" jamoaning harakatini tezlashtirish va odamlarda qoniqish hosil bulganligini ifodalaydi, ya'ni, ha yo'lga chiqsak bo'larkan, endi ketsak ham bo'larkan deganday.

Biroq, boshqa bir nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, "M" nafaqat harakatning natijasini, ma'lum bir holatning davomiyligini ham ifodalab kelishi mumkin. Yuqorida keltirilgan farazga murojat qilamiz,

MT. Bu konteksda "M" ma'lum bir holatning davomiyligiga ishora qilmoqda va bu o'rinda " Wi^M" bilan taqqoslashimiz mumkin bo'ladi. "Wi^M" dagi harakat

948

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagogika^niVBBiitiH

juda qisqa, "^W^M" da esa ma'lum bir holatga yo'nalganligini ko'rishimiz mumkin, masalan, yuqorida keltirilgan gapda "#" o'n daqiqa yoki undan ham ko'proq kutgan bo'lishi mumkin. Bu davom etgan holatda u faqat "^i^M" qilganligini bilishimiz mumkin.

Bu turdagi misollar biroz noaniq hisoblanadi, Bu " W" sifati mavhumlik va ma'nosining tushunarsizligibilan ham bog'liq bo'lib, natija to'liqlovchilarini boshlang'ich kursda o'rgatishga mos kelmaydi. Ba'zi o'qituvchilarning xitoy tilini chet tili sifatida o'qitish bo'yicha qo'llanmalarida biz birinchi navbatda turmush tarzimizda eng ko'p qo'llaniladigan misollarni qo'llashimiz, bunda "fe'l+t / X^/T^/^ kabilarning unchalik mavhum emasligi va qat'iy o'qitish tizimiga ega ekanligi, ma'nosi biroz mavhum bo'lganlari esa "fe'l+ W /i/ M /M /^/ft " lar deb alohida ta'kidlab o'tilgan.

Ikkinchi jumla "#^^Ps^T"ning tahlilini ko'rib chiqamiz.

Bu misolda ham yuqoridagi keltirilgan misol kabi ma'lum bir noaniqlik bor. Biz odatda ifodalashimiz mumkin bo'lgan gap yoki "#^#Pi+aniq

bo'lgan tafsilot", ya'ni, bu aniq tafsilot "mumtoz", "opera", "jaz", "pop", "estrada", "Mendirman o'sha" kabi qo'shiqning toifasi yoki qo'shiq nomini ifodalovchi so'z va iboralar qo'llanilishini talab qiladi. ushbu jumlaga quyidagicha tahmin

bildirishimiz mumkin, ya'ni, "#" oldin qo'shiq aytishni bilmagan, lekin "P^" uchun, "qila olish ^ bilan qila olmaslik keng qo'llanilishi mumkin bo'lgan normaga ega bo'lish qiyin, shuning uchun bu misol ham o'qitish jarajonida keltirish mumkin bo'lgan misollarga mos kelmaydi.

Xuddi shunday, "pianino chalish "yozish kabi keng ko'lamni

qamrab oluvchi va boshlang'ich ko'nikmalarga ega bo'lgan so'zlardan keyin "o'rganish qo'llash uchun ham, xitoy tilini o'rgatishda namuna sifatida keltirish mumkin bo'lgan misol tariqasida ham mos kelmaydi. Bu turdagi gaplarda, kundalik muloqotda grammatik muammo bo'lmasa-da, biz bunday so'zlarni aytmaymiz yoki ularni bu tarzda ifodalamaymiz.

Uchinchi jumla "#^T^^MT"ning tahlilini ko'rib chiqamiz.

Ushbi keltirilgan misolning kundalik hayotimizda xitoychadagi muloqot odatlarimizga mos kelishi yoki kelmasligiga e'tibor qaratishimiz kerak bo'ladi. ^t^MT" ushbu jumlani biz kundalik hayotimizda odatda yoki "#fE

^Mi^T^T " tarzida ifodalaymiz. Grammatikani o'qitishning pirovard maqsadi o'quvchilarning yaxshi muloqotga kiraolishlariga yordam berishdan iboratdir. Grammatikani qo'llash maqsadida formulalar asosida gaplar tuzish har doim ham hamma gapga mos kelmaydi.

April 23-24, 2024

949

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversjteii^^^^^^^Zimiiiiäif^

IV. Xulosa

Xulosa qilib aytsak, yuqoridagi eng ko'p qo'llanilishi mumkin bo'lgan misollar tahlillaridan kelib chiqqan holda, natija to'liqlovchilarini o'rgatishda biz bosqichma-bosqich osondan qiyinga qarab o'rgatishimiz kerakligi lozim bo'ladi. Noaniq va mavhum xususiyatga ega bo'lgan misollar orqali emas, balki aniq tafsilotlarga ega bo'lgan misollar orqali o'quvchilarga tushuntirib berilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Misollar keltirayotganda, xitoy tilini chet tili sifatida o'rganuvchilar tomonidan tez-tez qo'llaniladigan, aniq ifodalangan va Xitoyning muloqot odatlariga mos keladigan ba'zi misollarni tanlash lozim bo'ladi. Faqat shu yo'l bilan biz xitoy tili grammatikasini chet tili sifatida samaraliroq o'rgatishimiz mumkin.

REFERENCES

4. mmmmmm^m , ^-2006

5. Mo jbM-2006 ^o

7. ^fflMW^io Ä^P^^M-2004 ^o

8. ^o

9. , ttM ttM-2011 ^o

10. jbM-2008 ^o

11. ^M-2002 ^o

12. Tilovov Ozod Zairjonovich XITOY TILINI O'RGANUVCHI TALABALAR TOMONIDAN NATIJA TO'LIQLOVCHILARINI O'RGANISH JARAYONIDAGI DUCH KELINAYOTGAN MUOMMOLARI VA ULARNING YECHIMI // IJSSR. 2023. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/xitoy-tilini-o-rganuvchi-talabalar-tomonidan-natija-to-liqlovchilarini-o-rganish-jarayonidagi-duch-kelinayotgan-muommolari-va

13. Tilovov, Ozod Zairjonovich, Abiden Qizi, Aynur XITOY TILINI CHET TILI SIFATIDA O'RGATISHDA VAQT-MIQDOR TO'LIQLOVCHI LARINI XATO GAPLAR ORQALI TAHLIL QILISH // ORIENSS. 2022. № Special Issue 24. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/xitoy-tilini-chet-tili-sifatida-o-rgatishda-vaqt-miqdor-to-liqlovchi-larini-xato-gaplar-orqali-tahlil-qilish

950

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.