Научная статья на тему 'XITOY TILIDAGI “YO‘NALISH KENGAYTIRUVCHILARI”NI O‘RGANISHDA INTERAKTIV USULLARNING MOHIYATI'

XITOY TILIDAGI “YO‘NALISH KENGAYTIRUVCHILARI”NI O‘RGANISHDA INTERAKTIV USULLARNING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
101
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sodda yo‘nalishli to‘ldiruvchi / qo‘shma yo‘nalishli to‘ldiruvchi / qarama-qarshilik usuli / induksiya usuli / simple directional complements / compound directional complements / the contrast method / the induction method

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kuralova, Jansoya Turg‘un Qizi

Yo'nalishni to'ldiruvchi to'ldiruvchi har doim xitoy tilini chet tili sifatida o'rgatishda asosiy e'tibor va qiyinchilik bo'lib kelgan. Shuning uchun hamisha olimlar tomonidan katta e'tiborga sazovor bo'lgan. Maqolada tendentsiya to'ldiruvchisining ma'nosi va ishlatilishini yaxshiroq tushunish uchun trend to'ldiruvchisining xatosini tahlil qilish uchun asosan kontrast usuli va induksiya usuli qo'llaniladi. Tadqiqot mazmuni asosan quyidagilarni o'z ichiga oladi: oddiy yo'nalishli to'ldiruvchilar va qo'shma yo'nalishli to'ldiruvchilarni o'qitish strategiyalari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INTERACTIVE METHODS IN STUDYING "DIRECTION EXTENDERS" IN CHINESE

Directional complement has always been the focus and difficulty in teaching Chinese as a foreign language. Therefore, it has always received extensive attention from scholars. The article mainly uses the contrast method and the induction method to analyze the error of the trend complement in order to better understand the meaning and usage of the trend complement. The research contents mainly include: the teaching strategies of simple directional complements and compound directional complements.

Текст научной работы на тему «XITOY TILIDAGI “YO‘NALISH KENGAYTIRUVCHILARI”NI O‘RGANISHDA INTERAKTIV USULLARNING MOHIYATI»

XITOY TILIDAGI "YO'NALISH KENGAYTIRUVCHILARI"NI O'RGANISHDA INTERAKTIV USULLARNING MOHIYATI

d 10.24412/2181 -1784-2021 -1 -82-89

Kuralova Jansoya Turg'un qizi

TDSPU Xitoy filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi, [email protected]

Annotation. Directional complement has always been the focus and difficulty in teaching Chinese as a foreign language. Therefore, it has always received extensive attention from scholars. The article mainly uses the contrast method and the induction method to analyze the error of the trend complement in order to better understand the meaning and usage of the trend complement. The research contents mainly include: the teaching strategies of simple directional complements and compound directional complements.

Key words: simple directional complements, compound directional complements, the contrast method, the induction method

Xitoy tilidagi fe'l kengaytiruvchilari (tizimi juda muhim va murakkab tuzilgan tizim hisoblanadi. Yo'nalish kengaytiruvchilari har doim zamonaviy xitoy grammatikasi tadqiqotining diqqat markazida bo'lib kelgan va u ko'plab olimlar uchun tadqiqot nuqtasi hisoblanib keladi. Yo'nalish kengaytiruvchilari ikki qismga ya'ni sodda yo'nalish kengaytiruvchilari hamda murakkab yo'nalish kengaytiruvchilariga bo'linadi, qo'llanilishi murakkab bir necha xil tuzilishga hamda mavhum ma'noga ega hisoblanadi, xitoy tili sodda yo'nalish kengaytiruvchilari o'ziga xos xususiyatga ega bo'lganligi sababli o'quvchilar foydalanish jarayonida ko'plab xatoliklarga yo'l qo'yishadi. Quyida, biz xitoy tili yo'nalish kengaytiruvchilarini o'qitish metodini ikki jihatdan tahlil qilamiz: sodda yo'nalish kengaytiruvchilari va murakkab yo'nalish kengaytiruvchilari. 1. Yo'nalish kengaytiruvchilarining mazmun mohiyati Yo'nalish kengaytiruvchilarining o'qitish metodikasini bilish uchun avvalambor yo'nalish kengaytiruvchilari nimaligini o'rganib chiqish lozim. Yo'nalish kengaytiruvchilari predmetning harakat yo'nalishini ifodalab, asosan yo'nalish fe'llari: "£", "±", "T", "0", "M", "0^", "±£",

"T^" va shu kabilar.[2] Yo'nalish kengaytiruvchilari va asosiy so'z orasida"#" qo'llanilmaydi.[3] Masalan:

MM M iM ^M £± BT ^T

Mm ^M ^TM m^M rn0%

Yo'nalish fe'llari"M","^"gapda kengaytiruvchi (#ii) shaklida qo'llanilganda, gapdagi asosiy to'ldiruvchi fe'l kengaytiruvchisidan keyin va fe'l kengaytiruvchisi orasida qo'llanilishi mumkin. Misol: " i M M ^ ^ i " gapini quyidagicha ko'rinishda o'zgartirishimiz mumkin"iM^^iM" Lekin to'ldiruvchi o'rin-joyni ifodalasa, faqatgina "M","£"dan oldin, "Ä","±","T","0","&"dan keyin qo'llaniladi, misol: Ba'zida yo'nalish

fe'llari harakatning haqiqatdan ham yo'nalishini ifodalamaydi, balki yo'nalish fe'llarning majoziy ma'nosini ifodalaydi. Masalan: (1) (2)

" 7 "fe'li odatda kengaytiruvchi (#ii)dan keyin to'ldiruvchidan oldin qo'llaniladi, masalan:

"7 "kengaytiruvchi (#ii)dan oldin ham ishlatilishi mumkin, bunda kesimdan keyin to'ldiruvchi ishlatilmaydi, misol:

(4)

Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rishimiz mumkinki, yo'nalish kengaytiruvchilari yo'nalish fe'llari vazifasini bajarib keladi, yo'nalish fe'llari gapda to'g'ridan to'g'ri kesim vazifasini bajaradi, odatda fe'l va sifatdan keyin kelib kengaytiruvchi (#ii) vazifasini bajaradi, bu ayanan yo'nalish kengaytiruvchisi (# ii )hisoblanadi. Yo'nalish fe'llari harakatning yo'nalishini ifodalovchi fe'l hisoblanadi. Sodda yo'nalish fe'llari va murakkab yo'nalish fe'llariga bo'linadi, sodda yo'nalish fe'llari bitta yo'nalish fe'lidan iborat bo'lsa, murakkab yo'nalish fe'llari ikkita yo'nalish fe'lidan tashkil topadi. Shuning uchun yo'nalish kengaytiruvchilari sodda yo'nalish fe'llari vazifasida keluvchi sodda yo'nalish kengaytiruvchilari va murakkab yo'nalish fe'llari vazifasida keluvchi murakkab yo'nalish kengaytiruvchilariga bo'linadi.

feR 0

Sodda yo'nalish kengaytiruvchilarining o'qitilishi

Bizga ma'lumki, sodda yo'nalish kengaytiruvchilari sodda yo'nalish fe'llari vazifasini bajarib keladi. Bunday fe'llar jami 10 tani tashkil qiladi:

Avval sodda fe'llar gapda kesim vazifasini bajarib kelgan bo'lsa, hozir yo'nalish fe'llari sifatida gapda kengaytiruvchi ( # ii ) vazifasini bajarib kelmoqda, shu sababli o'quvchilar o'rganish jarayonida ushbu o'zgarishni aniqlashtirib olishi uchun o'qituvchi dars jarayonida ushbu o'qitish usuliga katta ahamiyat qaratishi lozim.

2.1 Qo'l harakatlari orqali o'quvchida bilish xissiyotini shakllantirish

Murakkab yo'nalishli fe'llar bilan taqqoslaganda, sodda yo'nalish fe'llari yo'nalishni yanada aniqroq tarzda ifodalaydi, shuning uchun o'rgatish jarayonida ko'proq ko'rgazmali usullardan foydalanish kerak.[4] Odatda, ikkinchi tilni o'rganish tartibiga ko'ra, biz "M/i" dan boshlashimiz mumkin. Dastlab biz o'quvchilarga kesim vazifasida keluvchi"M/i"va yo'nalish to'ldiruvchisi hisoblanuvchi"M/i"ni farqlab berishimiz lozim. Misol uchun o'quvchilarga so'z birikmalarini ko'rsatib taqqoslab ko'rishligi aytiladi:

^ Hi Mi

i^ Mm im

Takroriy mashq va taqqoslash orqali o'quchilar fe'l +"$/£" tuzilishini idrok etishlari mumkin. Bu yerda o'qituvchi ushbu tuzilishda"M/i"fe'ldan keyin darhol qo'llanilishi kerakligini, shu qatorda fe'l shaklidan farq qilishini ta'kidlab

o'tishi kerak. Keyin bir nechta misollar keltirishi lozim, masalan:

(6)

Gaplarni tushuntirganda, o'qituvchilar imo-ishoralar va qo'l harakatlari orqali o'quvchilarga tushuntirish kerak: harakat gapiruvchiga yoki gapirilayotgan predmet tomonga qaratilgan bo'lsa" M "so'zidan foydalanishni; harakat gapiruvchiga yoki gapirilayotgan predmetga teskari tomonga qaratilgan bo'lsa" i "so'zidan foydalanishni ko'rsatib berish kerak. Mashq davomida shu narsaga e'tibor qaratish lozimki, harakat yuzaga keltirayotgan yo'nalish xissiga alohida ahamiyat berish kerak. Shu bilan birga o'quvchilarga dialoglar tuzish orqali o'zlari ham harakatlar orqali yo'nalish xissini ifodalashini mashq qildirish kerak.

feR О

2.2 Multimediyadan foydalanish metodi

Agar to'g'ridan to'g'ri yo'nalish fe'llarining ma'nosini ko'rsatib berishni xohlasangiz bunda multimediyadan foydalanish albatta kerak bo'ladi. Grammatikani o'qitishda tilning shakliy grammatik ma'nosini ko'rsatish birinchi va eng muhim qadamdir. O'quvchilar xitoy tili shakliy grammatik ma'nosini to'g'ri tushunib va yaxshi o'zlashtirsagina, uni boshqa shakllar bilan farqlay oladi, tilni import va eksport qilish jarayonida to'sqinlikka uchramaydi, xitoy tilida xitoyliklar bilan muammosiz muloqot qila oladi.

" M / ^ "ni misol qilib oladigan bo'lsak. O'quvchilar ushbu sintaktik birlikning grammatik ma'nosini yaxshi o'zlashtirishlari uchun avvalambor o'quvchi gapirayotgan shaxs o'rniga o'zini qo'yib yo'nalish fe'llari"M"va"^"ni farqlab olishi kerak, shundan "M" gapirayotgan shaxsga nisbatan yaqinlashib kelayotgan harakatni " ^ " esa gapirayotgan shaxsdan uzoqlashayotgan harakatni ifodalashini farqlashi kerak. Bunday metod orqali o'quvchi tushunishi qiyin bo'lganda, biz bu ma'noni aniq ifodalash uchun animatsiyadan foydalanishimiz mumkin. Bundan tashqari animatsiyalardan foydalanib talabalarga sodda yo'nalish fe'llari"^T>Ä>^

ma'nolarini ko'rsatib berishimiz mumkin, masalan,"^"va"Ä"ni sodda qilib shaxsning eshikdan kirib chiqayotganini ko'rsatish orqali ifodalashimiz mumkin, shaxsning xona ichkarisida va tashqarida turgan holatini ko'rsatib, o'quvchilar ishtirokida shu harakatni bajarib ko'rish mumkin, bunday metod orqali o'quvchi o'rganilayotgan yo'nalish fe'llarini eslab qolishi oson bo'ladi. Umuman olganda, grammatik ma'no nisbatan mavhum hisoblanib, murakkab grammatik ma'noni qanday sodda va ravshan ko'rsatish mumkin, bu masala har bir xitoy tili o'qituvchisi chet tili sifatida xitoy tili grammatikasini o'qitishda duch kelishi kerak bo'lgan muammodir, bu masala bo'yicha multimediya yordamida kontekst yaratib grammatikani o'rgatish qulay va samarali usuldir.

3. Murakkab yo'nalish kengaytiruvchilarining o'qitilishi Murakkab yo'nalish kengaytiruvchilari 7ta fe'l va sodda yo'nalish to'ldiruvchisi "M/^"bilan birlashib 13 ta fe'lni to'ldiruvchi vazifasini bajaradi.

Masalan:

Murakkab yo'nalish kengaytiruvchilarini o'qitish har doim chet tili sifatida xitoy tilini o'rgatuvchilar uchun qiyin bo'lgan, uning grammatik ma'nosi murakkab va

85

o'qitishda umumlashtirish qiyin.[6] Umuman olganda, o'quvchilarning o'qishdagi xatolarining asosiy sababi, ular to'g'ri joy topa olmasliklari va joy almashishning boshlanish va tugash nuqtalarini aniq tushuna olmasliklaridadir. Murakkab yo'nalish kengaytiruvchilari har xil fe'l va sifatlar bilan birikganda har xil ma'nolarni anglatadi. Tadqiqot natijalaridan shu narsani ko'rishimiz mumkinki, murakkab yo'nalish kengaytiruvchilari taxminan ikkita grammatik ma'noga bo'linishi mumkin: birinchisi yo'nalish ma'nosi, ya'ni yo'nalish ma'nosini ifodalaydi; ikkinchisi esa majoziy ma'no, u yo'nalish ma'nosini ifodalamaydi. Shuning uchun o'quv dasturini yaxshilab o'zlashtirish hamda to'g'ri ta'lim metodidan foydalanib dars tashkillashtirilsagina ijobiy natijaga erishiladi. Quyidagi bir nechta takliflar xitoy tili o'qituvchilari uchun murakkab yo'nalish kengaytiruvchilarini o'qitishda yordam beradi deb umid qilamiz.

3.1 Murakkab yo'nalish kengaytiruvchilari ma'nosini o'rgatish metodi haqida

1)Semantik va pragmatik ta'limga e'tibor

Dars jarayonida odatda o'qituvchilar gap tuzilishini birinchi o'ringa qo'yadilar, dastlab o'quvchilarga tuzilmani yaxshi o'zlashtirishga yordam berib, murakkab yo'nalish kengaytiruvchilari ma'nosini va u qanday kommunikativ funksiyaga egaligini e'tiborsiz qoldiradilar, shu sababli o'quvchilar odatda foydalanayotganda xatolikka yo'l qo'yib grammatik noto'g'ri gap gapiradi. Masalan:

Bu aynan murakkab yo'nalish kengaytiruvchilari hamda gapning asosiy to'ldiruvchisi o'rnini aniq bilmaganligi sababli kelib chiqqan xatolikdir. O'qituvchi "gapning asosiy to'ldiruvchisi mavhum otga mansub so'z bo'lganda 'M'yoki'^'dan keyin qo'yiladi"deb o'quvchining xatosini to'g'rilashi kerak, lekin bu faqat gapning sintaktik tuzilishiga urg'u beradi xolos[5], o'quvchilarga murakkab yo'nalish kengaytiruvchilarini foydalanishni o'zlashtirishga imkon bermaydi. Bunday holatda biz o'quvchilarga murakkab yo'nalish kengaytiruvchilari ma'nosini va amalda qo'llanilishini tushunib olishlari uchun yo'naltirishimiz lozim, shundagina yo'nalish kengaytiruvchilarini amalda qo'llashda yordam bo'ladi.

2) Ko'p qo'llaniladigan shakllarga e'tibor

Hozirgi vaqtda, ko'p sonli tadqiqot natijalariga ko'ra, biz yo'nalish

kengaytiruvchilarining turli gap tuzilishida ishlatilishida nomutanosibligini ko'rdik,

ba'zi gap tuzilishida foydalanish foizi juda baland, ba'zi gap tuzilishida umuman

foydalanilmaydi. Demak, dars jarayonida biz gap tuzilishida ko'p ishlatiladiganlarini

birinchi o'rgatishga harakat qilishimiz kerak, shundagina o'quvchilar o'zini

ifodalashini deyarli qoniqtiradi, bundan tashqari o'quvchilar ushbu jumlalarni

86

feR 0

hayotda foydalana olishligini ta'minlaydi. Gap tuzilishida kam qo'llaniladiganlarini esa iloji boricha taqqoslash usuli bilan yoki o'sha jumlalarga mos keladigan boshqa gap orqali o'rgatish lozim.

3)Taqqoslash metodidan foydalanish, kichik farqlarni o'zlashtirish Dastlab biz yo'nalish to'ldiruvchisi bilan fe'l-kesim bir xil emasligiga aniqlik kiritib olishimiz lozim, ushbu grammatikani o'rgatishdan avval o'qituvchi o'quvchilarga yuqoridagi farqni tushunishlari uchun mashqlar orqali taqqoslab, o'qitish jarayonida turli xil yo'nalish kengaytiruvchilari bilan bitta fe'lni birgalikda ishlatib ko'rib keyin taqqoslab ko'rsatish kerak, o'quvchilarga har xil yo'nalish to'ldiruvchilarning ma'nosi va foydalanish usullarini bilib olishlariga ushbu usul yordam beradi. Bundan tashqari, tushuntirish va har xil rasmli diagrammalar orqali o'quvchilarga murakkab yo'nalish to'ldiruvchilarning ma'nosini to'g'ridan-to'g'ri o'rgatish mumkin.

3.2 Murakkab yo'nalish kengaytiruvchilarining majoziy ma'nosi o'qitish metodi

Murakkab yo'nalish kengaytiruvchilarining majoziy ma'nosi ta'limning dolzarb qismi hisoblanib, bir yo'nalish to'ldiruvchisi turli xil fe'l va sifat bilan birga kelganda har xil ma'noga ega bo'ladi. Masalan:"^"

Shuning uchun o'qitishda tegishli metodik usullarni qo'llash lozim.

1) Qismlarga bo'lib o'rganish va o'z vaqtida umulashtirib xulosa chiqarish

Bitta yo'nalish to'ldiruvchisi turli xil fe'l va sifatlarni aniqlab kelganda uning

majoziy ma'nosi farqli bo'ladi, o'rgatish jarayonida qiyinichiliklarga duch kelish tabiiy, shuning uchun biz o'qituvchilar qismlarga bo'lib o'rganish va o'z vaqtida umulashtirib xulosa chiqarish usulidan foydalanib, har duch kelganimizni o'sha vaqtning o'zida tushintirib hamda har birini umumlashtirib o'quvchilarda sekin astalik bilan ko'nikma xosil qilishga erishishimiz lozim.

2) O'quvchilarda tilni xis qilish tuyg'usini shakllantirish

Til o'rganishda grammatik qoidalar tilni ishlatishda muhim rol o'ynashidan tashqari, tilni his qilish ham juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Oliy ma'lumotga ega bo'lmagan inson, garchi u ona tilining grammatik qoidalarini tushunmasa-da, lekin undan unumli va to'g'ri foydalana oladi, bu aynan o'sha tilni xis qilish tuyg'usining vazifasidir. Lekin ba'zi o'quvchilar garchi har xil grammatik qoidalarni batafsil o'zlashtirib olgan bo'lsalar-da, ular xitoy tilida so'zlashganda ba'zi xatoliklarga yo'l qo'yadilar, bu ham tilni xis qilish tuyg'usining ta'siridir. Yo'nalish fe'llari til muhitida turli ma'no va funksiyalarni aks ettiradi, bu esa o'quvchilarning o'rganishi uchun qiyinchilik tug'diradi, shu sababli o'quvchilar grammatik qoidalarni

feR О

o'zlashtirish barobarida yana tilni xis qilishni shakllantirish ham muhim ahamiyatga egadir.

3) Guruhlarni oqilona taqsimlash, o'qituvchilar resurslarini optimallashtirish

Ikkinchi tilni o'rganishda o'quvchilarga ko'pincha ona tilining salbiy ta'sir qilishi va o'sha ona tilida so'zlashuvchilar ma'lum jihatlarda bir xil xatolarga yo'l qo'yadi. Shuning uchun ikki tilni mukammal darajada egallagan hamda qiyosiy tahlil qila oladigan o'qituvchilar bilan ta'minlash masalasini ko'rib chiqish lozim.

Yo'nalish kengaytiruvchilarini o'rgatish jarayonida e'tiborga molik tomonlari juda ko'p. Biz ta'lim jarayonida dolzarb nuqtalarga e'tibor qaratib, o'quvchilarning qayerda ko'proq xato qilayotganlarini topib uning kelib chiqish sabablarini anilab maqsadli tarzda tahlil qilsakgina o'quvchining o'qish effektini kafolatlay olishimiz hamda ta'lim vazifasini yanada yaxshiroq bajara olishga erishishimiz mumkin bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. тш. ^^litf^ip^n^^^^f^t^ [J]. щ^щщ (щ

fe ^51X2018(08)

3. Qianwen Zhou. The Study on the Teaching of the Basic Meaning of Chinese Directional Complement for Native English Speakers[J]. Lifelong Education,2020,9

6. ^ffl&f^ft-Ш-ЩМШШШМШ

7. Ахмедова Л.Т.(2018). О методах научно-педагогического исследования. Иностранные языки в Узбекистане, 51-57

8. Nazarova S.A. (2021). On the issues of overcoming interlingual and intralingual interference in teaching Chinese to students: lexical and grammatical aspect. Modern Oriental Studies (3), 401-409.

9. Рахматуллаева Д.М. (2021). Фонетика китайского языка и проблемы ее преподавания (на примере студентов Республики Узбекистан)

Modern Oriental Studies 3 (1), 6-13.

10. Бабаниязова Н.П. (2016). Современное состояние изучения иностранных языков в Республике Узбекистан: анализ государственных программ и учебников. Преподаватель XXI век 3 (1)

11. Barnokhon Samatova. (2020). Peculiarities Of Students With Different Indicators Of Educational Performance. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 2078 - 2081.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.