Shukirullaeva S.A.
Ajiniyoz nomidagi NDPI doktoranti
BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV KONLIKMALARNI RIVOJLANTIRISHTA MUOMMO VA ECHIMLAR
Annotation. In this article, improving the quality of education is the only correct way to the development of New Uzbekistan!" in the exhibition of modern textbooks on the topic: "The most necessary skills for a person of the 21st century, developed according to the 4K skills (critical thinking, creativity, collaboration, communication), it is written about the formation of students' critical thinking, creative approach, teamwork and communication skills. "
Keywords: education, training, 4K skills, collaboration, communication, creative thinking, critical thinking.
Shukirullaeva S.A. doctoral student NDPI named after Ajiniyaz
PROBLEMS AND SOLUTIONS IN THE DEVELOPMENT OF
COMMUNICATIVE SKILLS IN PRIMARY CLASS STUDENTS
Annotation. In this article, improving the quality of education is the only correct way to the development of New Uzbekistan!" in the exhibition of modern textbooks on the topic: "The most necessary skills for a person of the 21st century, developed according to the 4K skills (critical thinking, creativity, collaboration, communication), it is written about the formation of students' critical thinking, creative approach, teamwork and communication skills. "
Keywords: education, training, 4K skills, collaboration, communication, creative thinking, critical thinking.
Jahon hamjamiyatida integratsiyalashuv jarayoni kechayotgan bugungi kunda taraqqiyotning asosiy omillari sifatida jamiyat a'zolarining kreativ faollik darajasi e'tirof etilib, xalqaro tashkilotlar hamda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim kontseptsiyasida «bilimning mustahkam poydevoriga ega bo'lish va kreativ fikrlashni rivojlantirish, hamkorlik qobiliyatlari va qiziqishlarini kuchaytirish»67 dolzarb vazifa sifatida qayd etilgan. Bu, o'z navbatida YuNESKO bilan hamkorlikda boshlang'ich ta'lim o'quv jarayoni sifatini baholashda o'quvchilarda KOMMyHHKaTHB faollikni shakllantirish zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda.
67 Y36eKHCTOH Pecny6^HRacu npe3ugeHTHHHHr 2019 hh^ 29 anpenaara —Xa^K; Tat^HMH TH3HMHHH 2030 HH^rana pHBO^aHrapum Концепцннcнll TyrpucugarH n®-5712-coHOT ®apMOHH. https://lex.uz
Respublikamizda so'nggi yillarda o'quv-tarbiya faoliyatini takomillashtirish, o'qitishning samaradorligini oshirish usullarini kuchaytirish, ta'limning har bir bosqichidagi maqsadni aniq belgilash, bilimlarni imkon darajasida to'liq egallashning mexanizmlarini ishlab chiqishning asoslari tatbiq etilmoqda. Ta'lim sohasining oldida "maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilim va tajribasini xalqaro darajaga olib chiqish, oliy o'quv yurtlarining QS va THE xalqaro reytinglarga kirishi uchun maqsadli dasturni ishlab chiqish"68 va "Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to'g'ri yo'lidir!" mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko'rgazmasida: "XXI asr kishisi uchun eng zarur bo'lgan "4K" ko'nikmasi bo'yicha ishlab chiqilgan (kritik fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) ko'nikmalar, o'quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko'nikmalarini shakllantirish" masalalariga alohida e'tibor qaratish kerakligi va ".darsliklar quruq ma'lumotlarni yodlatish, yoki shunchaki o'qish-yozishni o'rgatish bilan cheklanmasligi, ular orqali o'quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo'lgan hayotiy ko'nikmalarni ham o'rganishi" zarurligini ta'kidlash bilan birga, yangi darsliklarni tayyorlashda o'qituvchilar majburiyatlari haqida69 fikrlari o'quvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish jarayonida yana ham katta mas'uliyatni talab qiladi.
Psixologik nuqtai nazardan, 4K ko'nikmalari haqiqatan ham hayotda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Masalan, Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari 70 yuqori darajadagi tanqidiy fikrlash kamroq xato qilishga yordam beradi, deb hisoblashadi. Boshqa bir tadqiqotga ko'ra71 kreativlik hayot qiyinchiliklarini yaxshiroq yengishga yordam beradi.
4K yondashuvi o'z nomi bilan 4 ta tamoyilni o'z ichiga oladi72 (1->KagBan)
Kollaboratsiya O'quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o'quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o'zaro qo'llab-quvvatlash ko'nikmalarini o'rganishga ko'maklashadi.
Kommunikativlik O'quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o'quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o'zaro qo'llab-quvvatlash ko'nikmalarini o'rganishga ko'maklashadi.
Kreativ fikrlash O'quvchilar o'z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo'llashni o'rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'ladi.
Kritik (tanqidiy) fikrlash Ushbu metodologiya o'quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o'z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirishni o'z
68 Y3ÖeKHCTOH Pecnyö^HKacu npe3HgemuHHHr 2022 hh^ 28 aHBapgaru n®-60-coH "2022-2026 HH^apra My^araaHraH _3Hru Y36eKHCTOHHHHr Tapa^KHeT cipaTeruacH TyrpHCHga"rH ®apMOHH. // https://lex.uz/uz/docs/5841063
69 https://uza.uz/uz/posts/darsliklar-ozgaryapti-shunga-yarasha-oqituvchilar-ham-ozgarishi-kerak_440060. 70https://www.researchgate.net/publication/318097450_Predicting_Real-
World_Outcomes_Critical_Thinking_Ability_is_a_Better_Predictor_of_Life_Decisions_than_Intelligence
71 https://journals.plos.org/plosone/article?id=10.1371/journal.pone.0182210#abstract0
72 XXI asr o'quvchisi uchun zarur ko'nikmalarini o'rgatuvchi model - 4K haqida (kun.uz)
ichiga oladi. O'quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o'rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o'z nuqtayi nazarini shakllantiradi.
S.L.Rubenshteynning 73 psixologik tadqiqotlar tahlili til tashuvchisini shakllantirishning muvaffaqiyati ta'limda kommunikativ rivojlanish darajasiga bog'liqligi haqida gapirishga imkon beradi.
"Ta'limda kommunikativ rivojlanishi" iborasi I.Ya.Zimnyayaning74 fikricha, quyidagilarni ta'minlaydigan murakkab ko'p qirrali hodisa sifatida ko'rib chiqilishi kerak:
- lug'at hajmi;
- nutq qoidalarini egallashning mohirlik darajasi;
- fikrini ongli ravishda izchil bayon qila olish qobiliyati, suhbatdoshining replikalariga munosib javob bera olish, eshitganlariga munosabat bildirish ko'rsatkichlariga ega bo'lgan og'zaki muloqot shakllarini bilish darajasi;
- ko'rsatkichi o'qish sur'ati bo'lgan o'qish texnologiyasi darajasi;
- yozma nutq ko'nikmalarini shakllantirish darajasi, kognitiv qiziqishlarini shakllantirish darajasi;
- umumiy dunyoqarash.
Mazkur talablarni amalga oshirish uchun ona tili ta'limida pragmatik yondashuvga asoslangan mustaqil ta'lim topshiriqlari tizimini ishlab chiqish lozim. Buning uchun turli nutq vaziyatiga mos fikr ifodalash imkonini beruvchi, o'zaro muloqotning samarali bo'lishiga xizmat qiluvchi kognitiv-pragmatik ta'limning afzalliklarini o'rganib chiqish kerak bo'ladi.
Dars mashg'ulotlarini tashkil etish jarayonini takomillashtirish, ta'lim mazmunida tashkiliy komponentining kognitiv-pragmatik yondashuvlar va 4K tamoyillari asosida o'quvchilarning belgilangan ta'limi oldidagi asosiy maqsadda to'rt ta pragmatik qiymatli mezonga alohida e'tibor qaratilganligiga guvoh bo'lamiz. Demak, o'quvchi дарс жараёнида taqdim etilayotgan materialni qo'yidagicha ifodalay olishi:
1) o'qiy olish;
2) o'qiganini tushina olish;
3) o'qigan va anglaganlarini to'g'ri (xatosiz) yoza olishi,
4) berilgan malumotlarni tinglay olish malaka va ko'nikmalariga ega bo'lmog'i zarur.
Kompetentsiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan «tarbiyaviy ta'lim», o'quv masalalarida uchraydigan, shaxsiy va hayotiy ahamiyatli mazmunga ega bo'lgan qiyinchiliklarni tizimli yengish orqali o'quvchining mobilligini (irodasini) rivojlantirish sifatida tushuniladi.
73 Рубинштейн Л. Проблемы общей психологии - 2-е изд. - М., 1976. - 152 с.
74 Зимняя И.А. Психологические аспекты обучения говорению на иностранном языке. - М.: Просвещение, 1985. - 160 с.
Ta'limning an'anaviy "bilim, ko'nikma, malakalar" natijalaridan farqli ravishda kompetentlik: birinchidan, integratsiyalangan hisoblanadi; ikkinchidan, faqat sun'iy yaratiladigan test vaziyatida (nazorat ishi, imtihon, kurs ishining himoyasi va h.k.) emas, balki vaziyatli va haqiqiy zarurat vaziyatlarida ifodalanadi; uchinchidan, vaqtning asosiy qismida ma'lum mazmunga kirib va ma'lum vaziyatda mos elementlardan "jamlanib", imkoniyat sifatida mavjud bo'ladi. (1-rasm)
Demak, kompetentsiyaviy yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishda boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi qo'yidagi talablarni bilishi kerak:
umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standarti (umumiy qoidalar), shuningdek, o'qitilayotgan predmet bo'yicha o'quv dasturi talablarini bilishi;
umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi normativ-huquqiy va direktiv hujjatlarni o'rganishi;
boshlang'ich sinflar va kabinetlar (laboratoriyalar)ni tegishli o'quv anjomlari bilan jihozlash bo'yicha talablar bilan tanishishi;
boshlang'ich ta'lim o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va sifatini ta'minlash printsiplaridan foydalanishi;
boshlang'ich sinf o'quv predmetlarining mazmuni va ularni o'qitishdagi izchillik asoslarini bilishi;
boshlang'ich sinf o'quvchilarning umumiy va yosh psixologiyasini ajratishi; boshlang'ich sinfda o'qitishning interaktiv metodlaridan foydalanishni; boshlang'ich sinf o'quvchilarini milliy mustaqillik g'oyalari asosida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni;
sinfdan tashqari (darsdan tashqari) ishlarni tashkil etish va o'tkazish metodikasini tashkil etishni bilishi kerak.
Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, 4K formatidagi asosiy kompetentsiyalarni o'zlashtirish quvchilarga atrofdagi voqelikning xilma-xilligiga yo'nalishni beradi, dunyo boy va turli tomonlardan tushunilishi mumkinligini tushunadi, shuningdek muvaffaqiyatli o'qishga hissa qo'shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Узбекистан Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги "Хал; таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш Концепцияси" тугрисидаги ПФ-5712-сонли Фармони. https://lex.uz
2. https://www.researchgate.net/publication/318097450_Predicting_Real-World_Outcomes_Critical_Thinking_Ability_is_a_Better_Predictor_of_Life_D ecisions_than_Intelligence
3. https: //j ournals.plos. org/plosone/article?id=10.1371/j ournal .pone.0182210#ab stractO
4. XXI asr o'quvchisi uchun zarur ko'nikmalarini o'rgatuvchi model - 4K haqida (kun.uz)
5. Рубинштейн Л. Проблемы общей психологии - 2-е изд. - М., 1976. - 152 с.
6. Зимняя И.А. Психологические аспекты обучения говорению на иностранном языке. - М.: Просвещение, 1985. - 160 с.