Научная статья на тему 'BOSH QOMUSIMIZDA SOLIQLAR VA YIG`IMLARNING HUQUQIY ASOSLARI'

BOSH QOMUSIMIZDA SOLIQLAR VA YIG`IMLARNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

38
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSH QOMUSIMIZDA SOLIQLAR VA YIG`IMLARNING HUQUQIY ASOSLARI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

BOSH QOMUSIMIZDA SOLIQLAR VA YIG IMLARNING HUQUQIY

ASOSLARI

Mafura Muxtarxanovna Inagamova

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent

Yorqinoy Qurvanali qizi Ma'murova

Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi.

Bilamizki, butun dunyoda, yani barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda soliqlar mavjud. «Dunyoda hech narsa soliq va o'lim kabi muqarrar emas »degan edi, Benjamin Franklin. Insoniyat doimiy tartibda to'lashga o'rganib qolgan soliqlarning ham ko'p yillik tarixi bor. Dunyoda ilk svilizatsiya davrlaridayoq soliq munosabatlari shakllana boshlagan.Ilk soliq yig'imi joriy etilishi tarixi miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda Qadimgi Misrda shakllangan.

Bibliyaning 47-bolimida aytilishicha, Misr Firavnlari aholini yetishtirgan hosilining beshdan bir qismini soliq sifatida tolashga majbur qilgan. Keyinchalik soliq amaliyoti yunon svilizatsiyasida ham rivoj topdi. 1799-yilda tarixiy Aleksandriya shahrining sharqiy hududidan topilgan «Rozetta yodgorligi» buning isbotidir. Unda miloddan avvalgi 196-yillarda Ptolomeylar sulolasida soliq munosabatlari amalda bolgani tasvirlanadi .Orta asrlarda esa Yevropada meros , egalik va xarid uchun yangi soliq turlari kiritila boshlanadi.

Markaziy Osiyoda esa soliq munosabatlari kochmanchilik sharoitida miloddan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida olpon tarzida vujudga keladi.Lekin fors hukmdori Doro davriga kelib ilk bor doimiy tartibdagi soliqlar joriy qilinadi . Buyuk bobomiz Amir Temur ham opining "Temur tuzuklari " kitobida soliq siyosatining asosiy yo'nalishlarini ifoda etgan. Shuningdek , Amir Temur birinchi marotaba soliq undiruvchilarga maosh tayinlagan.

Hozirgi zamonaviy daromad solig'ining vatani esa Angliya yani hozirgi Buyuk Britaniya hisoblanadi. Insonlar avvaliga bu soliqni tolashdan bosh torishadi ammo 1842-yildan boshlab Buyuk Britaniyada doimiy ravishda tolanadigan daromad soligi joriy etiladi. [1]

Bugungi kunga kelib dunyoda soliqlarning turlari juda ko'p bolib, ularning ichida eng qiziqlari haqida gaplashamiz. Masalan, ijtimoiy tarmoqlar va bloglar solig'I,bu soliq 2018-yilda Ugandadagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining har biri kuniga 0.05

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

dollar,blog uchun esa 1.2 dollar to'lashi uchun joriy qilinadi. Mamlakatni tark etish solig'I Yaponiyada o'rnatilgan bo'lib, u xoh mahalliy aholi bo'lsin , xoh sayyoh agar u Yaponiyadan chiqib ketayotgan bo'lsa ushbu soliqni to'laydi. Mayorka , Ivisa va Menorka kurortlarida oftobda toblanmoqchi bo'lgan sayyohlar kuniga 1 yevro quyosh solig'I to'lashi kerak. Venetsiyada esa qadimdan soya solig'I mavjud. Shvetsiyada farzandiga g'ayrioddiy ism qo'ymoqchi bo'lgan ota-onalar 880-890-AQSH dollari miqdorida o'zgacha ismlar solig'ini to'laydi. Armanistonda esa aholi shahar ko'chalari, hovlilar va boshqa jamoat joylaridagi yo'l changlarini tozalash uchun "Chang " solig i to'laydi. [2]

O'zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari yangi konstitutsiyamizda keltirilib o'tilgan.«O'zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisga tegishlidir»(O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 149-modda).Shuningdek, uni to'lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari , soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan va 1998-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan hamda 2020-yil 1-yanvardan yanvardan yangi tahrirda chiqqan Soliq Kodeksi bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat solig'i: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qo'shilgan qiymat solig'i; aksiz solig'i; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya solig'i; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. O'zbekistonda soliq nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar, shu sohaga doir boshqa masalalar „Soliq to'lovchining jurnali"da (1995-yildan o'zbek va rus tillarida chiqadi) yoritiladi. Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: Birinchidan, davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); Ikkinchidan, ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi); Uchinchidan, iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi). Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi. Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.

To'lovga layoqatlilik tamoyili — soliq miqdori soliq to'lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.[3]

Adolatlilik tamoyili — daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo'yicha teng bo'lgan kishilar teng miqdorda soliq to'lashi zarur. Shu o'rinda, soliq tizmidagi imtiyozlar ham katta ahamiyatga ega ekanligini eslatib o'tamiz.Soliq imtiyoziga asosan mulkchilik shakli turlicha bo'lgan soliq to'lovchilar - davlat korxonalari, xususiy tadbirkorlik subyektlari, qo'shma korxonalar , aksiyadorlik jamiyatlari hamda xorijiy kompaniyalar ega bo'lishlari mumkin.Jumladan :

Ijtimoiy soliq bo'yicha eng ko'p imtiyoz olgan top -10 korxona:

1. "Lukoil Uzbekistan operating company" MChJ -7,7 mlrd so'm

2. "Yagona umumrespublika protsessing markazi"MChJ - 3,5 mlrd so'm

3."Epam systems" MChJ- 2,8 mlrd so'm

4."Surhan gas chemical operating company" MChJ- 2,5 mlrd so'm

5."O'zbekgeofizika" AJ - 2,3 mlrd so'm

6.Jalaqudua tuman hokimligi - 2,3 mlrd so'm

7.Metodik ta'minlash bo'limi - 1,8 mlrd so'm

8."DM IT group" MChJ - 1,7 mlrd so'm

9.Hyundai engineering co. LTD - 1,2 mlrd so'm

10."Fido-biznes" MChJ - 1,2 mlrd so'm

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'I bo'yicha eng ko'p imtiyoz olgan top-10 korxona:

1 ."Hamkorbank" ATB - 4,6 mlrd so'm

2."Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ - 3,3 mlrd so'm

3."Ipoteka-bank" ATIB - 3,2 mlrd so'm

4.AT "Xalq banki" - 2,7 mlrd so'm

5.So'z tumani Xalq ta'limi bo'limi - 2,6 mlrd so'm

6."Naxshab-texno metal" MChJ - 2,3 mlrd so'm

7."Agro city" MChJ - 2,2 mlrd so'm

8."Navobod naslli parranda" FX - 1,8 mlrd so'm

9."Kapitalbank" ATB - 1,7 mlrd so'm

10."Uzbekistan airways" AJ - 1,6 mlrd so'm

Xalqaro huquqning to'laqonli sub'ekti sifatida O'zbekiston dunyoning boshqa mamlakatlari bilan soliq sohasida hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo'yicha izchil siyosat olib bormoqda. 1993 yildan buyon O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

qo'mitasi yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan soliqqa tortish sohasida xalqaro shartnomalar tizimini shakllantirish ustida ish olib bormoqda. [4]

Soliq gonunchiligiga rioya qilish, soliq sohasida ma'lumot almashish bo'yicha o'zaro yordam va hamkorlik shartnomalari:

Bugungi kunda ushbu turdagi 14 ta shartnoma mavjud. Shu bilan birga, MDHning gator mamlakatlari, shuningdek, Latviya, Ummon va Koreya bilan hamkorlik va tajriba almashish to'g'risida idoralararo bitimlar tuzildi. Davlat soliq qo'mitasi ushbu shartnomalarni amalga oshirishda vakolatli organ hisoblanadi. Boshqa davlatlarning soliq organlari bilan o'zaro yordam va hamkorlik shartnomalari quyidagi imtiyozlarni beradi:

- teng huquqli asosda, soliqni buzish holatlarini aniqlash va oldini olishda soliq nazorati sohasida shartnoma tuzayotgan davlatlarning maviud imkoniyatlaridan foydalanish;

- soliq ma'muriyatchiligi sohasidagi xorijiy davlatlar soliq Organlarining ijobiy tajribasini o'rganish vafoydalanish;

- O'zbekiston Respublikasi soliq xizmati xodimlariningkasbiy o'sishi uchun qo'shimcha imkoniyatlarni yaratish.

Xulosa. Yuqorida ko'rsatilgan malumotlardan ko'rinib turibdiki , mamlakatimizda soliq tizimini rivojlantirilib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda davlatimiz soliqchiligida turli xildagi samarali islohotlar qilinmoqda. Tadbirkorlar uchun ham keng sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan.

REFERENCES

1. https://kun.uz/uz/news/2020/06/23/insoniyat-qachondan-beri-va-nima-uchun-soliq-tolashini-bilasizmi-soliq-maiburiyati-tarixi-haqida

2. https: //uz.m. wikipedia.org

3. Инагамова М.М., Ашрабов С.Ф. Жамоатчилик экология назоратчиси-экологияга карши хукукбузарликларнинг олдини олиш ва унга карши курашнинг хукукий асослари/ Multidisciplinary Scientific Journals. Volume 4. Issue 9. September, 2023. P.-132-141

4. Inagamova M.M. Toshmurodova M. A. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari. Journal of

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

180

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

New Century Innovations. Volume-36_Issue-2_September_2023.B.-76-81.

5. Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.

6. Kasimova A.A, Рол женщины в современной наут Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

7. Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022

8. Inagamova M.M, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.

9. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi - Academic research in educational sciences, 2022

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

181

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.