Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
BOSH QOMUSIMIZDA PROKURATURA ORGANLARINING
HUQUQIY MAQOMI
Mafura Muxtarxanovna Inagamova
Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent
Doston Qahramonovich Abdunazarov
Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi.
Prokuratura «lotincha procurare — „g'amxo'rlik qilish» degan manoni anglatsada, ayrim mamlakatlarda misol uchun: Fransiya ,Shvetsiya, Germaniya,kabi davlatlatlarda, jinoiy ishlarni qo'zg'atish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi deb tariflanadi. [1]
Prokuraturaning kelib chiqishi qadimgi sivilizatsiyalarga borib taqaladi. Qadimgi Rimda "pretor" deb atalgan davlat xodimi bo'lib uning,roli jinoiy ta'qiblarni nazorat qilish va jamoat tartibini saqlashdan iborat edi. Xuddi shunday, Qadimgi Yunoniston va Bobil jamiyatlarida davlat nomidan jinoyatlarni ta'qib qilish uchun mas'ul amaldorlar bo'lgan. Qadimgi Yunonistonda ham prokuror vazifasini bajaruvchi "eutinoy" nomi bilan mashhur davlat amaldorlari bo'lgan. Qadimgi Rimda Rim respublikasi jinoiy ishlarni ko'rib chiqish uchun dastlab "queestiones" deb nomlanuvchi xususiy fuqarolarga tayangan. [2] Qadimgi Misr yoki Mesopotamiya kabi boshqa qadimgi sivilizatsiyalarda huquqiy tizimlar diniy va odat qonunlariga asoslangan. Ushbu dastlabki huquqiy tizimlar jinoyat protsessida davlat manfaatlarini ifoda etish tamoyilini o'rnatib, zamonaviy prokuratura organlariga asos soldi. O'rta asrlar va erta yangi davrda prokurorlar toj yoki monarxning vakillari sifatida paydo bo'ldi. Ularning asosiy vazifasi qonunni himoya qilish va davlat manfaatlarini himoya qilish edi. Feodal Yevropada prokurorlarning roli qirollik adolati tushunchasi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, tojga qarshi sodir etilgan jinoyatlar tegishli tarzda javobgarlikka tortilishini ta'minlagan. Bu davrda prokuraturaning kelajagini belgilovchi huquqiy asoslar va tartiblar ishlab chiqilgan.Bundan tashqari Napoleon kodeksi kontinental Yevropada prokuratura rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Kontinental Yevropadan farqli o'laroq, umumiy huquq,huquq tizimlari (common law), shu jumladan AQSh va Buyuk Britaniyadagi prokuratura organlarida o'ziga xos xususiyatlarni ishlab chiqdi. [3]
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
294
Tashkent State Technical University
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
Dastlab XIII-XIV asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Buyuk Britaniya,Germaniya,Shvetsariya davlatlarida Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish vazifasini yuklangan mansab egalari shakllantrildi.Yuqoridagi mamlakatlarda Prokuratura sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan. [4]
Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarining tarixiy huquqiy asosiga to'xtalishdan oldin, prokuratura organlarining kelib chiqish tarixiga to'xtalib o'tsak.
Prokuratura - bu davlat tomononidan o'rnatilgan konstitutsiyaviy qonunlarga rioya qilinishi ustidan narozat qiluvchi organ xisoblanadi.Jinoiy ishlarni qo'zg'atish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi xam xisoblanadi. «Qonun qabul qilish — bu ishning yarmi, xolos. Ularning hayotga to'la tatbiq qilinishiga erishish darkor. Buning uchun qabul qilingan qonunlarning kundalik turmushimizda amalga oshishini ta'minlovchi ta'sirchan mexanizm yaratish lozim» [5] Bu fikrlari bilan muhtaram birinchi prezidentimiz prokuratura organlariningjamiyatdagi roli haqida tushuntirib o'tganlar.Prokuratura xodimlari ishlab chiqilgan qonunlarning amalga tadbiq etilishida roli kata desak mubolag'a bo'lmaydi.
Dastlab 1992-yil 8-yanvar kuni «O'zbekiston Respublikasi prokuraturasini tashkil etish to'g'risida» PF-313-sonli farmon qabul qilinib ijroga kiritildi. [6]
Ushbu qonunga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar [7] deb belgilandi.
Demak prokuratura organlari mamlakatda qonunlarning amal qilishi ustidan nazorat olib boradigan organ hisoblanadi.
Shu o'rinda alohida takidlab o'tish joizki, prokuratura organlarining tizimi quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi; viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari; tuman va shahar prokuraturalari; viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi; O'zbekiston Respublikasi Transport prokuraturalariga bo'linadi.[8]
Qonunchilikka ko'ra mamlakatimizda Bosh prokuror va uning birinchi o'rinbosarini respublika Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etadi.
Civil Society and a People-Friendly State
etishning huquqiy kafolati
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas. [9] Ushbu moddada prokurorlarning tayinlanish muddati keltirib o'tilgan unga ko'ra prokurorlar besh yil muddatga tayinlanadi ,ushbu moddani dunyo mamlakatlari qonunlari bilan taqqoslasak masalan; Turkiya Respublikasida Bosh prokurorning vakolat muddati Konstitutsiya va tegishli qonunlar bilan belgilanadi. Odatda 4 yil muddatga tayinlanadi. Uning vakolat muddati tugagach, u qayta tayinlanishi yoki boshqa lavozimga tayinlanishi mumkin. Bosh prokurorning mustaqilligi va xolisligi uning butun vakolat muddati davomida himoya qilinadi. [10] Ko'rinib turibtiki Turkiya respublikasi Bosh prokurori Mamlakatimiz prokurorlariga nisbatan bir yil muddatga kamroq vaqtga tayinlanadi.Malumot uchun Haydar Aliyev 1998-yil 17-iyulda Ozarbayjon Xalq Respublikasi Vazirlar Kengashining 1918-yil 1-oktabrdagi qaroriga asosan har yili 1-oktabrni Ozarbayjon Respublikasi prokuraturasi xodimlarining kasb bayrami sifatida nishonlash to'g'risida qaror qabul qilgan. Yana bir xorij davlati rivojlangan dunyo mamlakati Fransiyada: Milliy Bosh prokuror Vazirlar Kengashining qarori bilan, sudyalar Oliy Kengashining taklifiga binoan, davlat prokurorlari va sudyalar orasidan yetti yil muddatga yangilanib bo'lmaydigan muddatga tayinlanadi. Uning tayinlanishi har bir parlament assambleyasida berilgan ovozlarning beshdan uch qismidan iborat ko'pchilik ovozi bilan oldindan tasdiqlanishi kerak. [11]
Bosh qomusumizning 145-moddasida O'zbekiston Respublikasining prokuratura organlari o'z vakolatlarini boshqa davlat organlaridan, o'zga tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga bo'ysungan holda amalga oshiradi degan qoida mustahkamlanganligi so'zimizning isbotidir. [12]
Shu o'rinda takidlash lozimki, prokuratura organlarining vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko'zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a'zolikni to'xtatib turadilar xamda mazkur organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko'rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. [13]
Rivojlangan mamlakatlar tajribasini tahlil etish jarayonida quyidagi xolatlarni takidlab o'tish maqsadga muvofiq. Xususan, Amerika Qo'shma Shtatlari prokuraturasining faoliyat strukturasini xaqida professor Anjela.J.Devies quyidagilarni takidlaydiki. Prokurorlar Amerika jinoiy adliya tizimidagi eng kuchli amaldorlardir. Ular qabul qiladigan qarorlar, ayblov va sud qarorlari tizimning ishlashini nazorat qiladi va ko'pincha jinoiy ishlarning natijalarini oldindan belgilab beradi. Uning fikricha,
| 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
prokuratura hokimiyati keng va cheksizdir. Bundan tashqari, eng muhim prokuror qarorlari yopiq eshiklar ortida - jamoatchilik nazoratidan uzoqda qabul qilinadi.[14]
Yangi O'zbekiston konstitutsiyasida prokuratura organi xodimlarining vazifalari, xizmat jarayoni va javobgarlik masalalari aniq qilib belgilab berilganligi xaqida alohida takidlash o'rinlidir.
Yana bir muhum masala Konstitutsiyamizning 146-moddasida O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo'linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko'rsatishi taqiqlanishi davlat tomonidan nazoratga olingan.
Yangi, tergov va surishtiruv, tezkor-qidiruv organlarinin, xususiylashtirilishiga ruxsat etilmaydi. Biroq AQSH davlatida xususiy tergov firmalari tashkil etish uchun ruxsat etiladi. [15] Shuningdek xususiy tergovchi - bu jismoniy shaxs, agentlik yoki korporatsiya tomonidan boshqa shaxs, tadbirkorlik sub'ekti, odamlar guruhi yoki hatto joylashgan joy haqida ma'lumot to'plash uchun yollangan shaxs xisoblanadi. Tergovchining faoliyati mahalliy qonunchilik va shtat qonunlariga zid bo'lishi mumkin bo'lgan tergov sub'ektlariga asossiz ta'sir ko'rsatmasligini ta'minlash uchun tergov mutaxassislari tomonidan ma'lum qoidalar va qoidalarga rioya qilish kerak.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki prokuratura organlari mamlakatimizda qonunlarning ijro etilishi va ularga qat'iy amal qilishi ustidan nazorat olib boriladi. Bu haqida Bosh qomusimizda batafsil ko'rsatib o'tilgan. Bundan tashqari «Prokuratura to'g'risidagi qonun»da ham prokuratura xodimlarining xizmat vazifalari, majburiyatlari sifatida qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat, ekanligi belgilangan.
REFERENCES
O'zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma'lumotlaridan foydalanilgan. https : //uz.wikipedia. org/wiki/Prokuratura
Bahodirov Muhammad Umedjon o'g'li. Prokuratura organlarining kelib chiqishi tarixi va huquqiy asoslarning o'ziga xos xususiyatlari http : //www.newj ournal .org/
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
297
Tashkent State Technical University
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
3. Bahodirov Muhammad Umedjon o'g'li. http://www.newjournal.org/
4. O 'zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma'lumotlaridan foydalanilgan. https://uz.wikipedia.org/wiki/Prokuratura
5. I.A . Karimov. Xalqimiz jipsligi — tinchlik ,taraqqiyot garovi. (Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliv Majlisining o'n ikkinchi sessiyasidagi ma'ruza , 1998-yil 28-avgust.) T ., « 0'zbekiston», 1998, 7-bet.
6. O'zbekiston Respublikasining 09.12.1992 y. 746-XII-son "Prokuratura to'g'risida"gi Qonuni
7. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 29.08.2001 yildagi 257-II-son
8. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-so
9. Turkiya prokurorining vazifalari. https://iawoo.com/cumhuriyet-bassavcisi-nerede
10. https : //www.senat.fr/leg/ppl20-388.html
11.M.M. Inagamova. M.E.Fahriddinov. Konstitutsiya - inson qadri va adolat ustuni / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1 https://tstu.uz/. Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life. Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022. 324-329-b.
12. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son
13.Anjela,J.Davis,"Amerika prokurorining vakolati va ixtiyori" https://journals.openedition.org/droitcultures/1580?lang=en
14.Xususiy tergov xizmatidan foydalanish. Regina Strait tomonidan tahrirlangan, Esq. https://www.peoples-law.org/using-private-investigation-service
15.Xususiy tergovchi qila oladigan va qila olmaydigan narsalar. https://privin.net/what-can-a-private-investigator-do-and-not-do/
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023