Kholmatova Zilola Ismatulla qizi,
PROFI UNIVERSITY «Педагогика ва психология» кафедраси укитувчиси
BOLANING TURLIYOSH DAVRLARIDA OTA ROLINING DIFFERENTSIAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (ILMIY MANBALAR SHARHI)
UO'K: 159.9
DOI: 1G.3492Q/SO/VOL_2Q23_ISSUE_11_9
KHOLMATOVA Z.l-Q. BOLANING TURLI YOSH DAVRLARIDA OTA ROLINING DIFFERENTSIAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (ILMIY MANBALAR SHARHI)
Mazkur maqolada noto'liq oilalarda voyaga yetayotgan bolalar psixik rivojlanishining, to'liq oilada voyaga yetayotgan bolalardan farqli jihatlari keltirilgan. Shuningdek, bolaning turli yosh davrlarida ota rolining differentsial ta'siri ko'rib chiqilgan.
Tayanch so'z va tushunchalar: Yosh davrlari, differentsial psixologik xususiyatlar, noto'liq oila, paternal deprivatsiya, rollar inversiyasi, gender identifikator, gipermaskulin, kognitiv rivojlanish, otalik ta'tili,o'smirlik davri krizisi, avtoritar uslub.
ХОЛМАТОВА З.И-К. ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНO-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РОЛИ ОТЦА В РАЗНЫЕ ВОЗРАСТНЫЕ пЕРИОДЫ Ребенка (обзор НАУЧНЫХ ИСТОЧНИКОВ)
В статье представлены разные аспекты психического развития детей, растущих в неполных семьях, по сравнению с детьми, растущими в полных семьях. Также было рассмотрено дифференцированное влияние роли отца в разном возрасте ребенка.
Ключевые слова и понятия: Возрастные периоды, дифференциальные психологические характеристики, неполная семья, отцовская депривация, инверсия ролей, гендерная идентичность, гипермаскулинность, когнитивное развитие, отцовский отпуск, подростковый кризис, авторитарный стиль.
KHOLMATOVA Z.I-Q. DIFFERENTIAL PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE FATHER S ROLE AT DIFFERENT AGES OF THE CHILD (REVIEW OF SCIENTIFIC SOURCES) (PROVIDE THE TRANSLATION IN RUSSIAN)
This article presents the different aspects of mental development of children growing up in dysfunctional families than children growing up in full-fledged families. Also, the differential effect of the father's role at different ages of the child was considered.
Key words and concepts: Age periods, differential psychological characteristics, incomplete family, paternal deprivation, role inversion, gender identity, hypermasculine, cognitive development, paternity leave, adolescent crisis, authoritarian style.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
Kirish. XX-asrning ikkinchi yarimigacha ota-ona va bola munosabatlari sohasidagi tadqiqotlar ko'proq ona-bola diadasi doirasida olib borildi. Faqatgina XX-asrning ikkinchi yarimida otan-ing roli psixologik tadqiqot mavzusiga aylandi. Chunki o'sha vaqtga qadar jamiyatdagi "bolaga g'amxo'rlik qilish va tarbiyalash faqat ayollarning burchidir"degan stereotiplar sababli bolani tar-biyalashda otaning siymosi umuman e'tibordan chetda qolar edi. Biroq, XX-asrning ikkinchi yar-mida ko'plab mamlakatlar jamiyatlarida an'anaviy qadriyatlar tizimining buzilishi sababli jamiyat va oilada ayollarning erkinligi va huquqlari tengligi kuzatila boshladi.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.
Psixologiyada birinchi bor otasi u yoki bu sabablarga ko'ra yo'q bo'lgan oilalarda bolalarn-ing rivojlanish holatini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar paydo bo'la boshladi1.
Chunki otasiz voyaga yetgan bolalar:
• ota shaxsini va ro'lini ko'rmaydi;
• ota-ona munosabatlarini ko'rmaydi;
• otaning bolaga nisbatan otalik mehrini va g'amxo'rligini o'zida his etmaydi;
• ota obrazining yo'qligi sababli ota, erkak kishi shaxsi to'g'risidagi tasavvurlari noto'liq bo'ladi.
Yuqoridagilar noto'liq oilada o'sayotgan qiz va o'g'il bolalarni to'laqonli shaxs sifatida shakllan-ishiga salbiy ta'sir qiladi. Bu esa ular yetuk yoshga yetib oila qurganlarida er-xotin munosabatlari mustahkam bo'lishiga va ota sifatida o'z farzan-dini psixologik jihatdan to'g'ri tarbiyalashga salbiy ta'sir etish ehtimolini keskin oshiradi.Yuqoridagilar mavzuni dolzarbligini tashkil qiladi.
Tadqiqotning maqsadi noto'liq oilalarda voyaga yetayotgan bolalarning psixologik xususi-yatlarini o'rganish asosida ularning ijtimoiylashuv jarayonini to'g'ri tashkil etish bo'yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentin-ing 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5325-sonli Farmonida oila institutini mustahkamlash, erta nikoh va asossiz ajralishlarning oldini olish, notinch va muammoli oilalarni o'z vaqtida aniqlash, ulardagi
1 Лангмейер И., Матейчек 3. Психическая депривация в детском возрасте. Прага, 1984. 460 с.; Trnka V. Deti a razvody. Praha: Avisenum, 1974. - 215 s.
ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish hamda oilaviy munosa-batlarni yaxshilash ustuvor vazifalar etib belgilan-gan bo'lib, ularga ko'ra noto'liq oilada bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy-pedagogik xususiyatla-rini aniqlashga doir tadqiqotlar amalga oshirilib kelinayotgani, noto'liq oilalarga va oilada otaning o'rni muhimligi anglanilganiga misol bo'la oladi.
O'zbekistonda oilaviy munosabatlarning ijti-moiy-psixologik xususiyatlari O.A.Abdusattorova, F.A.Akramova, Z.B.Bilolova, I.AJabborov, U.R.Ibaydullayeva, D.T.Ismatova, V.M.Karimova, B.Sh.Norbekova, A.T.Ro'ziqulova, M.S.Salayeva, S.X.Tadjiyeva, M.X.Fayziyeva, G.A.Qurbanova, O'.B.Shamsiyev, G'.B.Shoumarov, G.T.Yadgarova va boshqalar2 tomonidan ilmiy tadqiq etilgan.
Asosiy qism. Noto'liq (nikohsiz, ajrashgan) va nazorat (to'liq) oilalar farzandlarining psixik rivo-jlanishining xususiyatlari solishtirilgan tadqiqotlar-dan biri bu Y. Langmeyer va Z. Mateychek tomoni-dan olib borilgan longityud tadqiqotidur. Bu tadq-iqot shuni ko'rsatdiki, nikohsiz tug'ilgan bolalar, u yoki bu tarzda, ko'pincha nikohda tug'ilgan bolalarga nisbatan ko'proq rivojlanishida salbiy belgilari bilan tavsiflanadi. Aniqlanishicha, sog'lig'i yomon bo'lgan bolalar orasida otasiz o'sganlar ko'proq, ular kasalxonaga ko'proq yotqiziladilar va ularning kasalliklari odatda og'irroq kechadi. Ushbu tadqiqotchilar bu hodisaning sababini yolg'iz onalik yosh ayolga ko'plab cheklovlar va qiyinchiliklarni vujudga keltirishi (farzandning moddiy ta'minoti uchun onaning ish bilan band bo'lishi,onaning tushkun holati) onani boladan uzoqlashtiradi deb tushuntiradilar.
V.Trnka3 tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ajrashgan oila farzandi nikohsiz tug'ilgan bolalarga qaraganda biroz boshqacha vaziyatda bo'ladi. Ko'pgina ajrashgan oilalarda (shuningdek, "affektiv ajralish" bo'lgan oilalarda) bolalar ruhiy jihatdan sog'lomroq va ijtimoiy jihatdan barkamolroq bo'ladi, lekin baribir hayotga ular to'liq oiladagi bolalarga qaraganda kamroq mos-lashgan bo'ladi. Ko'pincha ular sovuqqon, qo'rqoq, intizomsiz va mojarolarga moyil bo'lishlari aniq-landi. Bunda intizomsizlik bola tarbiyasida otaning avtoriteti yo'qligi natijasida, jismoniy mojaro-
2 Abdusattorova O.A. Oila muhitida o'smirlarda shakllanadigan jinsiy identifikatsiyaning gender xususiyatlari: Psixol.f.n.. dis. avtoref. - T.: О^Ми, 2007. - 22 b.; Akramova F.A. O'zbekistonda oilaviy psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik muammolari.
3 Trnka V. Deti a razvody. Praha: Avisenum, 1974. - 215 s.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
larga moyillik esa noto'liqlik hisining kompensator ko'rinishi sifatida baholanadi.
Paternal deprivatsiya muammosi yani ota jismonan mavjud ammo, tarbiyaviy yoki rag'batlantiruvchi munosabatlarda faol emas yoki noto'g'ri munosabatlar qilish1 muammosi ham chuqur o'rganilgan.
Spirtli ichimliklarni iste'mol qiladigan (alko-golik) otalarning bolalari orasida o'quv jarayon-larida muvaffaqiyatsizliklar va qiyinchiliklar tez-tez uchrab turishi, ular o'z tengdoshlari guruhida «rad etilganlar» qatorida bo'lishlari aniqlangan. Bun-day oilalarda odatda kompensator xarakterga ega bo'lgan rollarning inversiyasi mavjud - bu yerda qattiqqo'llik ko'pincha ona tomonidan ifodalanadi. Natijada, bolaning ota-ona modellari bilan ijobiy identifikatsiyasi buziladi2.
I.S.Konning fikriga ko'ra3, faqat otalikka emas, balki otasizlikning ta'siriga bag'ishlangan birin-chi sotsiologik va psixologik tadqiqotlar bolaning aqliy rivojlanishida otaning ahamiyatini ishonchli tarzda ko'rsatib berdi.
Psixologik adabiyotlarda bolaning shaxsiyati va hissiy sohasining rivojlanishiga ota ta'sirining o'ziga xos xususiyatlarini ta'kidlaydigan ko'plab yorqin faktlar to'plangan. Keling, ulardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz.
Odatda oilada yosh avlodni tarbiyalash bilan bog'liq masalalarda vazifalar taqsimoti mavjud. Ona asosan bolani fiziologik ehtiyojlarini qondirish va tinchlantirish uchun qo'llariga oladilar. Misol uchun, chaqaloq och qolganida, charchagan yoki ozgina noqulaylik yoki norozilikni his qil-gan holatlarda «onasiga murojaat qilishga intil-adi». Bolaning qattiq yig'lashi onasidan yordam so'rayotganini anglatadi. Onaning chaqaloqqa g'amxo'rlik qilishi sababli, bolada asosiy-bog'liqlik tuyg'usi rivojlanadi. Ammo bolaning kayfiyati yax-shi bo'lsa va uning bevosita ehtiyojlari qondirilgan bo'lsa, u otasi bilan aloqaga kirishishni boshlaydi.
Otalar ko'pincha bolalarini ular bilan ko'proq hissiy va jismoniy energiyani talab qiluvchi
1 Лангмейер И., Матейчек 3. Психическая депривация в детском возрасте. Прага, 1984. 460 с.; Trnka V. Deti a razvody. Praha: Avisenum, 1974. - 215 s.; Бронфенбрен-нер У. Два мира детства: Дети в США и в СССР. М.: Прогресс, 1976. 523 с.
2 Алешина Ю.Е., Воловик А.С. Проблемы усвоения ролей мужчины и женщины // Вопросы психологии. 1991. No 4. C. 33-34.
3 Алешина Ю.Е., Воловик А.С. Проблемы усвоения ролей мужчины и женщины // Вопросы психологии. 1991. No 4. C. 33-34.
o'yinlarni o'ynatish uchun qo'llariga oladilar. Otalardan farqli o'laroq, onalar kam harakatli o'yinlarni afzal ko'radilar. Shuning uchun, o'yin sherigini tanlash imkoniyati berilganda, bola-lar ko'proq otalarini afzal ko'rishadi. Bu tanlovni otalar bilan o'yinlarning ko'proq harakatchanligi va hissiyligi bilan izohlash mumkin. Vazifalarn-ing bunday taqsimlanishi hozirgi vaqtda erkaklar chaqaloq bilan o'ynashni ota-onalik vazifasi deb bilsalar , ayollar esa, birinchi navbatda, bolalariga g'amxo'rlik qilishlarini onalik vazifalari deb hiso-blashlari bilan tushuntiriladi4.
Ota, o'g'il bola va qiz bolaning o'zining jin-siga bo'lgan munosabatini shakllantirishiga sezilarli darajada ta'sir qiladi. O'g'il bola uchun ota o'ziga xos namuna bo'lib, u bolada erkak jin-sining xususiyatlari shakllanish jarayoniga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Ona otadan ustunlik qilgan oil-alardagi uch yoshdagi o'g'il bolalarning jinsiga xos xususiystlari juda zaif ifodalanganligi aniqlangan. Chunki ona otadan ustunlik qiladigan oilalarda ota o'g'illarida haqiqiy erkak hususiyatlarining shakllanishiga kam ta'sir qiladi. Shunday qilib, ota bilan muloqot qilish tajribasining yetarli emas-ligi va maqbul identifikatsiya modelining yo'qligi o'g'il bolalarda otalik tuyg'ularining shakllanishini zaiflashtiradi, bu esa o'z navbatida bu bolalarning kelajakda o'z farzandlarining tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladi5.
Otaning qizning gender o'ziga xosligiga ta'siri o'smirlik davrida sezilarli darajada namoyon bo'la boshlaydi6. Qiz bola uchun gender identifikatori o'zini ayol jinsining munosib vakili sifatida tas-diqlashdir. Aynan shu yoshda (13-15 yosh) u kelajakda ayol sifatida muhimligini his qilishi uchun, asosan otasi tomonidan tan olinishi kerak bo'ladi. Shunday qilib, ota qizini ma'qullash orqali, qizining o'zi haqida yaxshi fikrni shakllantirishga yordam beradi. Otasiz tarbiyalangan qizlarda erkak va ayol o'rtasidagi munosabatlarning haqiqiy mod-eli yo'qligi natijasida erkaklarga nisbatan noto'g'ri munosabat shakllanishi mumkin.
O'g'il bola rivojlanishining hissiy sohasida otalik tamoyilining yo'qligi yoki zaifligi bilan o'g'il bolalarning gipermaskulin yoki tajovuzkor xatti-
4 Титаренко В.Я. Семья и формирование личности. -М.: 1987. - 352 c.
5 Алешина Ю.Е., Воловик А.С. Проблемы усвоения ролей мужчины и женщины // Вопросы психологии.
1991. No 4. C. 33-34.
6 Кэмпбелл Р. Как на самом деле любить детей. - М.:
1992. - 189 с.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
harakati o'rtasida bog'liqlik borligi aniqlangan1. Atrofdagilarga nisbatan tajovvuzkorlik onaga haddan tashqari qaramlikka, uning bolalik davri-dagi feminizatsiya ta'siriga qarshi isyon sifatida paydo bo'lishi aniqlangan.Shunday qilib, tajovuz - bu erkakka xos «men» ni qidirishning ifodasidir. Onasiga o'ta bog'lanib qolgan o'g'il bolalar teng-doshlari bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin.
Ota rolining bolaning kognitiv sohasini rivo-jlantirishga ta'siri haqida bir qancha ishlarni ajratib ko'rsatish mumkin2. Shunday qilib, otasiz o'sayotgan bolalarda gumanitar qobiliyatlarning ustun rivojlanishi aniqlangan.
Ota va onaning tarbiyalash uslublari ta'siri solishtirilganda, otaning avtoritarizmi bolalarn-ing kognitiv xususiyatlariga asosan ijobiy ta'sir ko'rsatishi, onaning avtoritarizmi esa salbiy ta'sir ko'rsatishi aniqlandi [9]. Otaning intellektual xususiyatlari, bolalarning jinsidan qat'i nazar ularn-ing kognitiv rivojlanishi bilan ko'proq bog'liqdir3. Bolalarning iqtidorliligi va otaning kasbining murakkablik darajasi o'rtasida ham ijobiy bog'liqlik aniqlandi .
Ona yoki ota tomonidan amalga oshiriladi-gan nazoratning bir xil usuli o'smirlar tomonidan turlicha qabul qilinadi. D.Baumrind4 tomonidan olib borilgan tadqiqotda o'smirlar onasidan ko'ra otasidan berilgan jazoga yaxshiroq munosabatda ekanligi aniqlandi. Ona bolasini jazolagan vaqtida bola bu jazoni hissiy rad etish, sevgisizlik va dush-manlikning namoyon bo'lishi deb qabul qilgan.
Erkakning farzandiga nisbatan otalik modeli maktabgacha yosh davridayoq bolaning jinsiga qarab turli xil bo'la boshlaydi. OAKarabanovaning5 ishida qiz va o'g'il bolalarni tarbiyalashda ona-lar va otalarning o'ziga xos tarbiyalash xususiyat-lari borligi va ular bir biridan tubdan farq qilishi keltirilgan. Olingan natijalarga ko'ra, otalarning
1 Бютнер К. Жить с агрессивными детьми. - М.: 1991. -189 с.
2 Тэкокс К. Одаренные дети. - М.: Прогресс, 1991. 376 с.; Кован Ф.А., Кован К.П. Взимоотношения в супружеской паре, стиль родительского поведения и развитие ребенка // Вопросы психологии. 1989. No 4. C. 110-118.
3 Кован Ф.А., Кован К.П. Взимоотношения в супружеской паре, стиль родительского поведения и развитие ребенка // Вопросы психологии. 1989. No 4. C. 110-118.
4 Baumrind D. The Development of instrumental competence through socialization. // Pick A.D. (ed) Minnesota Press, 1973, 7 p.
5 Карабанова О.А. Психология семейных отношений. -
Самара: Изд-во СИОКПП1, 2001. - 122 с.
turli yoshdagi bolalar bilan muloqot qilish usul-lari o'rtasida statistik jihatdan sezilarli farqlar mavjudligi tasdiqlangan. Otalar onalarga qara-ganda farzandining jinsiy tarbiyasiga ko'proq aha-miyat berishar ekan.
Otalar o'g'il farzandlarining maktabgacha yosh davrida bir tomondan ular bilan qattiqqo'lroq, qat'iy ko'rsatmalar bilan va vazmin muloqot qil-salarda, jismoniy o'yinlar va tadqiqot faoliyatini rag'batlantiradilar. Ota tarbiyasining ana shu xususiyati tufayli bolakayda erkaklik fazilatlari -mustaqillikka intilish, raqobatga moyillik (raqo-batbardoshlik), muvaffaqiyatga erishishga harakat (muvaffaqiyat motivatsiyasi) shakllanadi.
Aksincha, otalarning maktabgacha yosh davri-dagi qiz bola farzandlari bilan tarbiya uslubining yumshoqligi, muloqotda hissiyligi qiz bolalarda hamdardlik, g'amxo'rlik va muloqotga kirishu-vchanlik kabi ayollik fazilatlarini shakllantiradi. "Tarbiyada faol ishtirok etuvchi otalar"ni "jahldor onalar" bilan solishtirishga ruxsat beriladi.
A.Ninio va N.Rinottlar6 bola tarbiyasida faol ishtirok etuvchi ota va onalarni bolaning rivo-jlanishiga ta'sirini solishtirganlarida, otaning ro'li onaga qaraganda ko'proq ekanligini aniqlaganlar.
K.Fleyk-Xobson, B.Robinson, P.Skene7 quy-idagi misollarni keltiradilar. Sharqiy Islandiyada erkaklar ayollarining tug'ruq jarayonida dardi kel-gan paytda tayanch sifatida bevosita ishtirok eta-dilar. Shvetsiyada esa otalarning 60%dan ortig'i qonunda belgilangan otalik ta'tilini bolani par-varishlash uchun olar ekanlar. O'z navbatida, yuqorida tilga olingan mualliflar amerikalik erkaklar o'rtasida so'rovnoma o'tkazganlarida bo'lajak otalarning aksariyati farzandlarining tug'ilishida bevosita ishtirok etish istagini bildirgan. Tug'ruqda bevosita ishtirok etgan otalarning 62 foizi esa bu davrda ayollari boshdan kechirgan hissiyotlarni o'zlarida ham his qilganliklarini tan olishgan.
Bularning barchasi shuni ko'rsatadiki, farzandining tug'ilishida ishtirok etgan va ayoliga far-zand parvarishida yordam bergan erkaklar, far-zandi tug'ilish jarayonida va parvarishida ishtirok etmagan erkaklarga nisbatan farzandini ko'proq tushunadigan va yumshoq muomalali otalar bo'lib
6 Ninio A., Rinott N. Father's Ivolvement in the Care of Their Infant's and Their Attribution's of Cognitive Competence to Ifants. I Child Development, 1988, 59: 652663.
7 Флойк-Хобсон К., Робинсон Б.Е., Скин П. Развитие ребенка и его отношений с окружающими. - М.: Центр общечеловеческих ценностей, 1993. - 511 с.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
chiqdi. Ularning bola bilan aloqasi yaqinroq, tarbi-yaviy ta'siri boshqalarnikiga qaraganda yuqori edi. Shuningdek, bunday otalar bor oilalarda jismoniy jazo kamroq qo'llanilar ekan.
R.Parke, D.Sawin tomonidan longityud metodi orqali qiziqarli tadqiqot o'tkazilgan1. Unga ko'ra bu eksperimentda ishtirok etish uchun erkaklar uch yillik otalik ta'tilini olishlari so'ralgan. Din-amik taqqoslash shuni ko'rsatdiki «ota parva-rishida» bo'lgan bolalarning aqliy rivojlanishi "ona parvarishida" bo'lgan bolalarga qaraganda tez-roq kechgan. Ma'lum bo'lishicha, otalar bolaning so'rg'ichlari va bankalarini qaynatish va tagliklarni dazmollash uchun kamroq vaqt sarflashgan (bu onalarga ko'proq xosdir) va chaqaloq bilan o'ynashga ko'proq e'tibor berishgan. Shu sababli bolada g'ayrioddiy tasavvur va ijodkorlik namoyon bo'lgan. Keyinchalik 3 yil ota parvarishida bo'lgan bolalarda o'smirlik davridagi krizislar osonroq o'tgan va ota-onalar bilan o'zaro nizolar odatdagi-dan kamroq kuzatilgan.
Hozirgi bosqichda psixologiya fanining rivojlanishi nazariyani amaliyot bilan birlashtirish tendentsiyasi bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan ko'plab tadqiqotlar natijasida olingan ilmiy bil-imlar psixologiyaning amaliy sohalarini rivojlanti-rishga turtki bo'lib xizmat qilmoqda. Otaning far-zand tarbiyasidagi roli va uning kelajagiga ta'siri muammosi hozirda psixologiyaning nisbatan yangi bo'limi - ota-onalar psixologiyasida eng dolzarb o'rganilinayotgan mavzulardan biridir.
Xususan, O'zbekistonda D.U.Abdullayevaning o'zbek oilalarida ona va bola munosabatlarining ijtimoiy-psixologik asoslari o'rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Toshkent shahri, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridan 178 nafar o'zbek mil-latiga mansub va 124 nafar rus millatiga mansub onalar; 178 nafar o'zbek millatiga mansub va 124 nafar rus millatiga mansub farzandlar, jami 604 nafar respondentlar jalb etilgan bo'lib, oilada ona va farzand o'rtasidagi munosabatlarni belgilab beruvchi omillar kompleksi hamda ularga amaliy ta'sir ko'rsatish orqali konstruktiv muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tashkil etilgan2.
1 Parke R.D., Sawin D.B. The Father's Role in Infancy: A ReEvaluation - The Family Coordinator, 1976, vol.25, 365 p.
2 Abdullayeva D.U. O'zbek oilalarida ona va bola
munosabatlarining ijtimoiy-psixologik asoslari: Psixol. f. dok. ... diss. avtoref. - T.: TDPU, 2023. - 9 b.
Z.A.Shaumarova tomonidan 257 nafar respon-dentlar ishtirokida o'tkazilgan tadqiqotlarda noto'liq oilada tarbiyalangan bolalarda gender xususiyatlar, jumladan, o'g'il bolalarda agressiv-lik, nutq madaniyatining talab darajasida emasligi, kleptomaniyaga moyillik, ayrim zararli odatlarning ko'proq uchrashi; qizlarda esa, hasad, rashk hislari, nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirish singari xususiyatlar aniqlangan3.
Yuqoridagi tadqiqotlardan ko'rinib turipdiki noto'liq oilalardagi muhitning pedagogik va psix-ologik jihatlari ko'proq ona va bola diadasida o'rganilgan.
Shuning uchun ham otaning oilada farzan-dlarning aqliy va psixik rivojlanishiga, er va xotin munosabatlariga va oilaviy muhitga ta'siri mav-zusi shaxs va oilani o'rganishning yangi, istiqbolli yo'nalishlaridan biridir. Otaning oiladagi rolini o'rganish bo'yicha qilingan tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlar ota-ona va bolalar bilan ish-lashda nafaqat nazariy, balki katta amaliy ahami-yatga ega bo'lib, oilaviy tarbiya muammosiga dif-ferentsial yondashuvga imkon beradi. Oilaning ijti-moiy instituti mavjud ekan, bola tarbiyasida otaning roli muammosi jamiyat uchun doimo dolzarb bo'lib qoladi.
Otaning roli haqidagi ma'lumotlar xorijiy adabi-yotlarda turli yo'nalishlar va tadqiqot yondashu-vlari doirasida olib borilgan bo'lsa-da, bu mavzu hali ham tizimsiz qolmoqda va uni tugallangan deb hisoblash mumkin emas. Tabiiyki, ko'plab faktlar va taxminlar universallik uchun sinovdan o'tkazilishi kerak. O'zbek xalqlarning tarixiy, ijti-moiy va madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu mavzuni etnopsixologik jihatlarini maxsus o'rganish lozim. Shu munosabat bilan, O'zbekiston aholisi orasida otalikning madaniy modellarini, shuningdek, ota rolining bolalarning aqliy rivojlanishiga o'ziga xos ta'sirini aniqlash va tavsiflash kerak.
Xulosa. Psixologiya sohasidagi eksperimen-tal va empirik tadqiqotlarni nazariy ko'rib chiqish natijasida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
1. Bolaning emotsional sohasining rivojlan-ishida ota bilan muloqot bolaning go'daklik davri-danoq muhim rol o'ynaydi.
2. Otaning bola bilan o'yin faoliyati onasini-kiga qaraganda serharakat (faol) va kognitiv xara-
3 Shaumarova Z.A. Noto'liq oilada bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari: Pedagogika f.dok. ... diss. avtoref. - T.: TDPU, 2021. - 9 b.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
kterga ega bo'lganligi sababli boladan ko'proq energiya sarfini talab qiladi, bu esa bolaning jis-moniy va aqliy rivojlanishini tezlashtiruvchi eng asosiy omil hisoblanadi.
3. Ko'pincha otalik tarbiyasiga xos bo'lgan avtoritar uslub bolaning kognitiv xususiyatlari bilan to'g'ridan to'g'ri bog'liqdir. Otaning intellekt darajasi, jinsidan qat'i nazar, bolaning kognitiv riv-ojlanishiga ham ta'sir qiladi.
4. Erkakning otalik xatti-harakatlari mod-eli bolaning yoshi va jinsi xususiyatlariga qarab o'zgaradi. Ota o'g'lida maktabgacha yoshda, qizida esa o'smirlik davrida adekvat gender identi-fikatsiyasining shakllanishiga ta'sir qiladi.
5. Erkakning ota rolini bajarish sifati quyidagi omillarga bog'liq: otaning bolaga yaqinlik daraja-siga (bola xohlagan vaqtida murojaat qila olishi): bola bilan birgalikdagi olib boradigan faoliyatiga (birga turli xil o'yinlar o'ynashlari, birgalikda dars qilishlari); oilani moddiy ta'minlash darajasiga; bolaning ta'lim sohasini tashkil etishda ishtirok etishiga.
6. Bola va uning otasi o'rtasida erta yoshda o'rnatilgan yaqin hissiy aloqa o'smirlik inqirozi davrida otalar va bolalar o'rtasidagi yuzaga kel-adigan nizo va tushunmovchiliklarni oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Adabiyotlar royxati:
1. Лангмейер И., Матейчек 3. Психическая депривация в детском возрасте. Прага, 1984. 460 с.
2. Trnka V. Deti a razvody. Praha: Avisenum, 1974. - 215 s.
3. Бронфенбреннер У. Два мира детства: Дети в США и в СССР. М.: Прогресс, 1976. 523 с.
4. Abdusattorova O.A. Oila muhitida о'smirlarda shakllanadigan jinsiy identifikatsiyaning gender xususiyatlari: Psixol.f.n.. dis. avtoref. - T.: О^Ми, 2007. - 22 b.; Akramova F.A. О'zbekistonda oilaviy psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik muammolari.
5. Алешина Ю.Е., Воловик А.С. Проблемы усвоения ролей мужчины и женщины // Вопросы психологии. 1991. No 4. C. 33-34.
6. Титаренко В.Я. Семья и формирование личности. М., 1987.352 c.
7. Кэмпбелл Р. Как на самом деле любить детей. - М.: 1992. - 189 с.
8. Бютнер К. Жить с агрессивными детьми. - М.: 1991. - 189 с.
9. Тэкокс К. Одаренные дети. М.: Прогресс, 1991. 376 с.
10. Кован Ф.А., Кован К.П. Взимоотношения в супружеской паре, стиль родительского поведения и развитие ребенка // Вопросы психологии. 1989. No 4. C. 110-118.
11. Baumrind D. The Development of instrumental competence through socialization. // Pick A.D. (ed) Minnesota Press, 1973, 7 p.
12. Карабанова О.А. Психология семейных отношений. - Самара: Изд-во СИОКПП1, 2001. - 122 с.
13. Ninio A., Rinott N. Father's Ivolvement in the Care of Their Infant's and Their Attribution's of Cognitive Competence to Ifants. I Child Development, 1988, 59: 652-663.
14. Флойк-Хобсон К., Робинсон Б.Е., Скин П. Развитие ребенка и его отношений с окружающими. - М.: Центр общечеловеческих ценностей, 1993. - 511 с.
15. Parke R.D., Sawin D.B. The Father's Role in Infancy: A ReEvaluation - The Family Coordinator, 1976, vol.25, 365 p.
16. Abdullayeva D.U. O'zbek oilalarida ona va bola munosabatlarining ijtimoiy-psixologik asoslari: Psixol. f. dok. ... diss. avtoref. - T.: TDPU, 2023. - 9 b.
17. Shaumarova Z.A. Noto'liq oilada bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari: Pedagogika f. dok. ... diss. avtoref. - T.: TDPU, 2021. - 9 b.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)