Научная статья на тему 'OTA-ONA VA FARZANDLAR O‘RTASIDAGI NIZOLARNI KELIB CHIQISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI'

OTA-ONA VA FARZANDLAR O‘RTASIDAGI NIZOLARNI KELIB CHIQISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1933
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ota-ona / o’smir / nizo / omil / o’zaro munosabat / xarakter / ijtimoiy moslashuv. / родитель / подросток / конфликт / фактор / взаимодействие / характер / социальная адаптация

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna

Mazkur maqolada ota-ona va farzandlar o‘rtasida vujudga kelayotgan kelishmovchilarning ijtimoiy-psixologik omillari tadqiqot natijalari yoritilgan. Jumladan, ota-ona va farzandlar o’rtasidagi nizolarga psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy, tarbiyaviy, gender xususiyatlari va jismoniy omillar sabab bo’lishi haqidagi ma’lumotlar hamda amaliy tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ВОЗНИКНОВЕНИЯ КОНФЛИКТОВ МЕЖДУ РОДИТЕЛЯМИ И ДЕТЬМИ

В данной статье освещаются результаты исследования социально-психологических факторов разногласий между родителями и детьми. В частности, даны информация и практические рекомендации о причинах конфликтов между родителями и детьми, обусловленных психологическими, экономическими, социальными, воспитательными, гендерными особенностями и физическими факторами.

Текст научной работы на тему «OTA-ONA VA FARZANDLAR O‘RTASIDAGI NIZOLARNI KELIB CHIQISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI»

Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna,

O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali "Yoshlar psixologiyasi" kafedrasi o'qituvchisi

OTA-ONA VA FARZANDLAR ORTASIDAGI NIZOLARNI KELIB CHIQISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI

UO'K: 159.9

DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_1_7

IBAYDULLAYEVA U.R. OTA-ONA VA FARZANDLAR O RTASIDAGI NIZOLARNI KELIB CHIQISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI

Mazkur maqolada ota-ona va farzandlar o'rtasida vujudga kelayotgan kelishmovchilarning ijtimoiy-psixologik omillari tadqiqot natijalari yoritilgan. Jumladan, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarga psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy, tarbiyaviy, gender xususiyatlari va jismoniy omillar sabab bo'lishi haqidagi ma'lumotlar hamda amaliy tavsiyalar berilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: ota-ona, o'smir, nizo, omil, o'zaro munosabat, xarakter, ijtimoiy moslashuv.

ИБАЙДУЛЛАЕВА У.Р. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ВОЗНИКНОВЕНИЯ КОНФЛИКТОВ МЕЖДУ РОДИТЕЛЯМИ И ДЕТЬМИ

В данной статье освещаются результаты исследования социально-психологических факторов разногласий между родителями и детьми. В частности, даны информация и практические рекомендации о причинах конфликтов между родителями и детьми, обусловленных психологическими, экономическими, социальными, воспитательными, тендерными особенностями и физическими факторами.

Ключевые слова и понятия: родитель, подросток, конфликт, фактор, взаимодействие, характер, социальная адаптация.

IBAYDULLAEVA U.R. PSYCHOLOGICAL FACTORS OF CONFLICTS BETWEEN PARENTS AND CHILDREN

This article highlights the results of a study of socio-psychological factors of disagreements between parents and children. In particular, information and practical recommendations are given on the causes of conflicts between parents and children due to psychological, economic, social, educational, gender characteristics and physical factors.

Key words and concepts: parent, teenager, conflict, factor, interaction, character, social adaptation.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

Kirish.

Mamlakatimizda oila, oilaviy munosabat, yoshlar tarbiyasi masalalariga alohida ahami-yat berilmoqda. Biroq yurtimizda yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs sifatida kamol topishlari uchun hukumatimiz va Preziden-timiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda bu sohaga berilayotgan katta e'tiborga qaramay, o'smir-yoshlar o'rtasida giyohvandlik, jinoyatchilik, tartibbuzarlik kabi mentalitetimizga, etnik xususiyatlarimizga xos bo'lmagan illatlarning ko'payishi kuzatilmoqda.

Bugungi kunda jahon miqyosida oil-aviy munosabatlar, xususan, o'smirlik yoshi-dagi o'zaro munosabatlar, ota-ona va far-zand o'rtasidagi nizolar va ularning kelib chiq-ish sabablarini o'rganish masalalari dolzarb muammolardan sanaladi. Chunki shaxsning shakllanishida oiladagi muhit, ota-ona va far-zandlar o'rtasidagi munosabatlar muhim aha-miyat kasb etadi. Oilaviy nizolar oqibatida ro'y berayotgan holatlar, oilalarning barbod bo'lishi, millatlar, davlatlarning o'zaro kelishmovchil-igi yoshlarning tarbiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatishidan dalolat beradi.

Mavzusining dolzarbligi.

Jahonda oilani mustahkamlash dolzarb muammo bo'lib, oila dunyo miqyosida beqiyos va boqiy ijtimoiy tuzilma ekanligi e'tirof etil-ishiga qaramay, turli mamlakatlarda oilaning barbod bo'lishi holatlarining qayd etilish dara-jasi ortib borayotganligi, oilaviy munosabatlar, ayniqsa, ota-ona va farzand o'rtasidagi nizolar tufayli oilalarda nosog'lom muhitning hukm surishi, oiladagi ruhiy ziddiyatlar, salbiy oqibat-larni keltirib chiqarayotganligi oila mustahkam-ligini ta'minlash muammosini tadqiq etish zarur ekanligini ko'rsatib bermoqda. Bu borada oilaviy munosabatlarning ota-ona va farzand munosa-batlari ko'rinishida yuzaga keladigan nizolarning kelib chiqish sabablarini o'rganish masalalari dolzarb muammolardan sanaladi. Chunki bola shaxsining shakllanishida oiladagi muhit, shaxs-lararo munosabatlar, oilalarning barbod bo'lishi natijasida yoshlarning tarbiyasi buzilishi holatlari dolzarb muammolardan bo'lib qolmoqda.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqa-cha tahlili.

Oila va undagi shaxslararo munosabatlar, uning shaxs shakllanishiga ta'sirini o'z madaniy muhiti sharoitida xorijiy psixo-log olimlardan R.Brazington, T.Dumitrashku,

F.Galton, U.Toumen, R.Richordson, R.Zayons,

G.Xomentauskas va boshqalar ushbu sohani tadqiq qilgan. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari olimlaridan ushbu soha bo'yicha V.V.Boyko, G.M.Breslav, A.G.Volkov, S.V.Kovalev, V.P.Levkovich, E.I.Pavlovich, V.L.Titarenko kabi bir qator olimlar oila muammolari, shaxs oila-sidagi genetik va orttiriladigan xususiyat-lari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan-lar. Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda oila muammolari, undagi shaxslararo munosabat-larining ijtimoiy-psixologik jihatlari to'g'risida F.Akramova, D.Abdullayeva, V.Karimova, A.Kadirova, Z.Nishonova, G.Niyozmetova, M.Salayeva, N.Sog'inov, R.Samarov, Z.Rasulova, M.Utepbergenov, G'.Shoumarov1 va boshqa olimlarimizning olib borayotgan tadqiqotlarini alohida ta'kidlab o'tishimiz lozim.

Maqolaning ilmiy yangiligi:

- ota-ona va farzand munosabatlarida nizolarni darajaviy ifodalanishiga ko'ra raqo-bat, hamkorlik, murosalilik, moslashuvchan-lik xususiyatlarini integrativ rivojlanishi tufayli o'smirlardagi koping xulq dinamik xususiyatga ega ekanligi asoslangan;

- o'smirlarning nizoli xulq-atvorini individual ifodalanishiga ko'ra o'z-o'ziga beradigan bahoning hissiy komponentini xulqda rivojlanishi konfliktogen vaziyatni kognitiv baholashning ijtimoiy omillari dalillangan;

- ota-ona va o'smir munosabatlari triada-sida nizoli xulqni ifodalanishiga ko'ra emosional munosabatlarda integrativ yondashuvning dual ta'sirini kuchayishi tufayli konfliktogen xulq dif-ferensial xususiyatga ega ekanligi dalillangan;

- o'smirlarning ijtimoiy moslashuvida ularning onaga, otaga, aka-ukalariga xulq-atvorning ijtimoiy o'xshashlik darajasini aniqlash jarayonida bolada bemehrlik, sovuqqonlik, befarqlik, yolg'izlik xususiyatlari aniqlanib, ota-

1 Keltirilgan olimlarninig ilmiy asarlari quyidagi dissertasiyada berilgan: Ibaydullayeva U.R. Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori diss.- Toshkent 2022.- 5 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

onalar va farzandlar o'rtasidagi nizoli vaziyat-larni oldini olish bo'yicha psixoprofilaktik ish-larni olib borish zarur ekanligi dalillangan.

Tadqiqotning maqsadi:

O'zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarning kelib chiqishining psix-ologik omillarini tadqiq qilishdan iborat.

Tadqiqotning ob'yekti: Jizzax viloyatining Paxtakor, Sh.Rashidov, Zafarobod tumanlari va Samarqand shahridagi umumta'lim maktab o'quvchilari tashkil qiladi.

Tadqiqotning predmeti: o'zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o'rtasida yuzaga keladigan nizolarni dinamik, differensial hamda ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tashkil etadi.

Tadqiqotning empirik manbasini tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib kuza-tish, suhbat, so'rovnoma, psixologik testlar va matematik statistika kabi usullardan foydalanil-gan. Jumladan, o'z muallifligimizdagi "Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni kelib chiqishining psixologik omillari" (IPS) kabilardan foydalanildi. Olingan natijalarning ishonchlil-igi matematik-statistika metodlari (Pirsonning korrelyatsiya koeffisiyenti, Styudentning t-ishon-chlilik mezoni) hamda SPSS statistik paketidan foydalanilgan.

Asosiy qism.

Jahon ta'lim va ilmiy markazlarida turli ijti-moiy sharoitlarda yuzaga keladigan nizoni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash, nizo turlarini tahlil qilish, nizolashuv darajasini o'smirlar xarakteriga ta'siri, nizo aso-sida o'smirlar o'rtasida xulq-atvor buzilishlari, o'z-joniga qasd qilish, o'smirlar jinoyatchiligini oldini olish, nizolashuv holatini ijtimoiy-psix-ologik profilaktikasi masalalari bo'yicha tadq-iqotlar olib borilmoqda.

Biz o'tkazilgan tadqiqotimiz jarayonida ota-ona va farzandlar o'rtasidagi yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolarning kelib chiqishini ijtimoiy-psixologik omillarini o'rganish jarayonida o'z muallifligimizdagi «Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni kelib chiqishining psixologik omillari» nomli ijtimoiy psixologik so'rovnomasidan foydalandik.

Quyidagi jadvalda o'tkazilgan tadqiqot nati-jalari keltirilgan (1-jadval).

Psixologik omillar. O'tkazilgan tadqiqot natijalari asosida aytish joizki, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarning kelib chiqishi Jizzax viloyati ota-onalari «Oiladagi psixologik muhitni yomonligi omilini birinchi darajali», «Ota-onalarda psixologik bilimlarning yetishmasligi» omilini ikkinchi, «Farzandlarni xohishi inobatga olinmasligi» omili uchinchi, «Ota-ona tomonidan o'smir yosh xususiyatlarini tan olinmasligi» omili kam ahamiyatli darajada qayd etilgan bo'lsa, far-zandlarda esa bu omillar quyidagicha namoyon bo'ldi, ya'ni «Farzandlarning istagi inobatga olinmasligi» omili birinchi, «Ota-ona tomonidan o'smirlik yoshidagi xususiyatlarini tan olmasligi» omili ikkinchi, «Ota-onalarda psixologik bilim-larning yetishmasligi» omili uchinchi va «Oilada psixologik muhitning yomonligi» omilini oxirgi o'ringa qo'yganlar.

Samarqand shahri ota-onalarida esa ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni kelib chiqishining psixologik omillari quyidagi natijalarni ko'rsatdi. «Ota-onalarda psixologik bilimlarning yetishmasligi» omilini birinchi, «Ota-ona tomon-idan o'smirlik yoshidagi xususiyatlarini tan olmasligi» omili esa ikkinchi darajani ko'rsatgan bo'lsa, «Oilada psixologik muhitning yomonligi» va «Farzandlarning istagi inobatga olinmasligi» omillari esa past natijani ko'rsatmoqda. Samar-qandlik o'smirlar «Oilada psixologik muhitning yomonligi» omili yuqori natijani ko'rsatmoqda, ikkinchi o'rinda «Ota-onalarda psixologik bilim-larning yetishmasligi» omili, uchinchi o'rinda esa «Farzandlarning xohishi inobatga olinmasligi» omilini ko'rsatib o'tishgan, «Ota-ona tomonidan o'smirlik yoshidagi xususiyatlarini tan olmaslik» omili borasida o'smirlar munosabat bildirma-ganlar.

Tadqiqot jarayonida olingan natijalardan aytish mumkinki, Jizzax viloyatida ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizo va kelishmovchiliklarni kelib chiqishiga ko'proq «oilada psixologik muhitni yomonligi» va «farzandlarning xohi-shi inobatga olinmasligi» psixologik omillari bo'lib, bu holat oilaviy munosabatlarda muloqot jarayonining past darajada shakllanganligidan dalolat beradi, bu esa oiladagi o'zaro muno-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

1-jadval. Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni kelib chiqishining omillari (IPS).

Javoblar

№ Omillar Jizzax Samarqand

Ota-ona Farzand Ota-ona Farzand

n= 73 n=76 n = 20 n = 20

Psixologik omillar ota-ona tomonidan o'smir yosh xususiyatlarini tan 13 19 6

olinmasligi

1. ota-onalarda psixologik bilimlarni yetishmasligi 18 18 9 6

oilada psixologik muhitni yomonligi 27 14 3 10

farzandlarning xohishi inobatga olinmasligi 15 25 2 4

Iqtisodiy omillar o'smirning iqtisodiy jihatdan qaramligi 7 11 6 2

2. o'smirning ehtiyojlarini inobatga olinmasligi 14 19 6 6

o'smirdagi moddiy ta'minotdagi kamchiliklar 17 13 4 6

ota-onalarning farzandlarini me'yoridan ziyod moddiy qo'llab quvvatlashi 19 25 4 8

Ijtimoiy omillar o'smirlik davri krizislari 17 20 4 4

3. o'zaro munosabatdagi qiyinchiliklar 13 13 8 7

o'smirning o'z mavqeini topishdagi muammolar 12 12 3 8

atrofdagi ota-ona va farzandlarning munosabati 12 26 4 1

Tarbiyaviy omillar ota-onaning farzand tarbiyasiga e'tiborsizligi 21 5 6 2

4 ota-onaning moddiy ta'minot bilan bandligi 20 22 8 5

ota-onaning farzandi kelajagiga e'tiborsizligi 18 16 3 5

farzandni qarovsizligi 13 10 3 7

Gender xususiyatlari omili ota-onaning farzandlarini o'g'il va qiz bolaga ajratib munosabatda bo'lishi 21 22 10 -

5 ota ko'proq o'g'il farzand bilan ona esa qiz farzand bilan shug'ullanishi 16 27 7 12

qiz farzandlarga nisbatan ojiza sifatida qaralishi 13 11 - 4

o'g'il farzandga oilaning merosxo'ri sifatida qaralishi 16 10 3 4

Jismoniy omil o'smirdagi qo'rquv hisi 15 25 5 1

6 o'smirlarning jismoniy jazolanishi 18 7 8 2

farzandlarning jismoniy imkoniyatilarini hisobga olmaslik 7 17 6 9

farzandga tazyiq o'tkazilishi 19 23 1 8

sabatlarni korreksiya qilish va psixologik pro-filaktika ishlarini tashkil qilish lozim ekanligini ta'kidlash darkor. «Ota-onalarda psixologik bil-imlarni yetishmasligi» va «farzandlarni xohishini inobatga olinmasligi» psixologik omillari esa ota-ona va farzandlar o'rtasida nizo va kelish-movchiliklarni kelib chiqishiga sabab bo'lishi ta'kidlab o'tilganini ko'rish mumkin. Bu holat oiladagi munosabatlarda psixologik bilimlarni yetishmasligidan dalolat beradi.

Iqtisodiy omillar. Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni kelib chiqishida iqtisodiy omillarning ham ta'siri o'rganilganda Jiz-zax ota-onalari «ota-onalarning farzandlarini me'yoridan ziyod moddiy qo'llab-quvvatlashi», «o'smirdagi moddiy ta'minotdagi kamchiliklar» omilining nizolarga sabab bo'lishini ta'kidlagan bo'lsalar, Samarqand ota-onalari «o'smirning iqtisodiy jihatdan qaramligi» va «o'smirning ehtiyojlarini inobatga olinmasligi» omiliga urg'u

berib o'tganlar. Demak, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni oldini olish uchun yuqorida keltirilgan omillarni inobatga olish muhim aha-miyatga ega ekanligi tadqiqot natijalari asosida namoyon bo'ldi.

Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni kelib chiqishida iqtisodiy omillarning ta'siri borasida o'smirlar quyidagi javoblarni qayd etishdi. Jizzax viloyati o'smirlari «o'smirning iqtisodiy jihatdan qaramligi» va «o'smirning ehtiyojlarini inobatga olinmasligi» omillari qayd etgan bo'lsalar, Samarqand viloyati o'smirlari esa «o'smir ehtiyojlari inobatga olinmasligi» va «o'smirdagi moddiy ta'minotdagi kamchiliklar» omillarini asosiy omil sifatida ko'rsatib o'tganlar.

Ijtimoiy omillar. Olingan tadqiqot natijalari-dan ko'rinib turibdiki, Jizzaxlik ota-onalar far-zandlari bilan o'zaro nizolarni kelib chiqishida «o'smirlik davri krizislari» omilini sabab qilib ko'rsatgan bo'lsalar, Samarqandlik ota-ona-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

lar esa «o'zaro munosabatdagi qiyinchiliklar» omilini tanlaganlar. Bu borada o'smirlarning fikrlari quyidagilarni tashkil qilmoqda, ya'ni «o'smirlik davri krizislari» hamda «atrofdagi ota-ona va farzandlarning munosabati» omili (Jizzax), «o'zaro munosabatdagi qiyinchiliklar» omilini nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablar sifatida ko'rsatib o'tganlar. Demak, yuqorida keltirilgan omillar ota-onalar va farzandlar o'rtasida yuzaga keladigan nizolarni yetakchi omil ekanligi tadqiqot natijalarida o'z aksini topgan. Bizning fikrimizcha, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni kelib chiqishida yuqorida keltirilgan omillarni ota-onalar va farzandlarda yuzaga kelishida psixologik bilimlarni yetishmasligi sabab bo'lar ekan. Bu sabablarni bar-taraf etish uchun ota-ona va farzandlar o'rtasida psixologik mazmundagi suhbatlarni tashkil etish muhim o'rin tutadi.

Tarbiyaviy omillar. Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni kelib chiqishida tar-biyaviy omillarni ta'siri sabablari ham tadq-iqot jarayonida o'rganildi. O'rganish natijalari asosida aytish mumkinki, ota-ona va farzand o'rtasida yuzaga keladigan nizolarni kelib chiq-ishida oiladagi tarbiyaviy omillarni ham ma'lum darajada ta'siri bo'lar ekan, buni tadqiqot natijalari ham ko'rsatib turibdi. Ota-ona va farzand o'rtasidagi nizolarda «ota-onalarning farzand tarbiyasiga e'tiborsizligi», «ota-onaning mod-diy ta'minot bilan bandligi», «ota-onaning far-zandi kelajagiga e'tiborsizligi» kabi omillar kelishmovchiliklarga sabab bo'lishi mumkin-ligi ko'rsatilgan. Samarqandlik respondentlar «ota-onaning moddiy ta'minot bilan bandligi», «ota-onaning farzand tarbiyasiga e'tiborsizligi» omillarini nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablar deb ko'rsatib o'tgan bo'lsalar, Samarqandlik o'smirlarning ota-onalari ko'rsatib o'tgan omil-lardan tashqari «farzandni qarovsizligi» omiliga urg'u berganlar. Demak, tadqiqot natijalaridan kelib chiqib aytish joizki, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni oldini olish uchun maktab psixologlari o'z faoliyatlari jarayonida psixo-profilaktik va tuzatish ishlarini tashkil qilishga ko'proq e'tibor qaratishi, guruhiy va individual tarzda profilaktik suhbatlar hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan tadbirlarni o'tkazishlari,

ota-ona va farzandlar o'rtasida kelib chiqadigan nizolarni kamayishiga olib keladi.

Gender xususiyatlari omili. O'tkazilgan tadqiqot natijalari ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni kelib chiqishida gender xususiyatlari omili ham ma'lum darajada aha-miyat kasb etishini ko'rsatmoqda. Olingan nati-jalar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, respondent ota-onalar «ota-onaning farzandlarini o'g'il va qiz bolaga ajratib munosabatda bo'lishi» va «ota ko'proq o'g'il farzand bilan, ona esa qiz farzand bilan shug'ullanishi» omillari, respondent o'smirlar esa «ota ko'proq o'g'il farzand bilan, ona esa qiz farzand bilan shug'ullanishi» (Jizzax va Samarqand), «ota-onaning farzandlarini o'g'il va qiz bolaga ajratib munosabatda bo'lishi» omillarini nizoni kelib chiqishiga sabab deb ko'rsatganlar. Tadqiqot natijalari «qiz far-zandlarga nisbatan ojiza sifatida qaralishi» va «o'g'il farzandga oilaning merosxo'ri sifatida qaralishi» kabi omillarning ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni yuzaga keltirishda kam aha-miyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Demak, oilada farzand tarbiyasida ularni jins xususiyatlariga alohida urg'u berilishi o'zaro munosabatlarni shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin ekan.

Jismoniy omil. Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi turli nizolar, kelishmovchilik hamda tushunmovchiliklarni vujudga kelishining psix-ologik omillaridan biri sifatida jismoniy omilni tadqiq qilish mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi. Tadqiqot natijalari ota-ona va farzand-lar o'rtasida yuzaga keladigan nizolarga ko'proq sabab bo'ladigan «o'smirlarning jismoniy jazo-lanishi», «farzandga tazyiq o'tkazilishi» omili (Jizzax, ota-ona), «o'smirdagi qo'rquv hisi» va «farzandga tazyiq o'tkazilishi» (Jizzax, o'smirlar) omillarini ko'rsatgan bo'lsalar, «o'smirlarning jismoniy jazolanishi» va «farzandlarning jismoniy imkoniyatlarini hisobga olmaslik» (Samarqand, ota-ona), Samarqandlik o'smirlar «farzandlarn-ing jismoniy imkoniyatlarini hisobga olmaslik» va «farzandga tazyiq o'tkazilishi» omillari ota-ona va farzandlar o'rtasida salbiy ta'sir ko'rsatadi deb hisoblaganlar. Aytish joizki, jismoniy omilda belgilangan barcha sabablar nizolarga ta'sir ko'rsatishi mumkinligi tadqiqot natijalarida o'z aksini topgan.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

Ota-ona va farzandlar o'rtasida yuzaga kel-adigan nizo va ziddiyatlarni kelib chiqishida psix-ologik omillarni aniqlash maqsadida o'tkazilgan tadqiqot natijalari asosida aytish mumkinki, yuqorida aytib o'tilgan omillarning hammasi nizo va kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishga sabab bo'lishi mumkin ekan.

Bundan tashqari, «XX asrning boshida Ameri-kada o'tkazilgan qator izlanishlar asosida bola ijtimoiylashuvi jarayonida otaning o'rniga xos bo'lgan quyidagi umumiy sifatlar qayd etilgan:

- otasiz bolalar sonining ortib borayotgan-ligi, oilada otaning kam bo'lishi;

- ota bilan bola o'rtasida muloqotning onanikiga nisbatan sezilarli darajada kamligi;

- pedagogik nuqtai nazardan otalarning bilimsizligi, malakasizligi;

- bolaga, ayniqsa kichik yoshdagilarga g'amxo'rlik qilish malakasining otalarda kamligi va unga bo'lgan sovuqqon munosabat layoqatsizlik»1.

Bundan shuni tahlil qilish mumkinki, oilada otalarning farzandlar bilan muloqotining kamligi, bola bilan ishlash malakasining yet-arli emasligi hamda oilalardagi ajralishlar nati-jasida farzandlar bilan otalarning o'zaro kelish-movchiliklari kelib chiqishiga sabab bo'ladi.

Demak, ota-ona va o'smirlar o'rtasida nizo-larni bartaraf etishda ota-ona va farzandlar o'rtasidagi munosabatlarda nizolarni yuzaga kelmasligi uchun har bir omillarda keltirilgan sabablarni inobatga olish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlash lozim.

Xulosalar.

Tadqiqotda foydalanilgan metodikamiz asosida olingan empirik materiallar natijasida quyidagi xulosalarni berishimiz mumkin:

1. Nizo tabiiy va ijtimoiy hodisa bo'lib, u har birimizning turmushimiz va tirikligimizga xos va hayotimizga tegishli bo'lgan jarayon hisobla-nadi.

2. Inson turli nizo va ziddiyatlar bilan umri davomida, har qanday yoshda, har qanday joyda, har qanday vaziyatda to'qnash kelish mumkin.

1 Kadirova A.T. O'smirlarda oilaviy nizolar to'g'risida ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi. Psixologiya fanlari nomzodlik diss. - T.: 2007. - B. 24.

3. Nizolar uyda, maktabda, ko'chada, o'quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodimlar va rahbariyat orasida, jamoa a'zolari o'rtasida sodir bo'lishi mumkin.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Nizolar, odatda, ko'p vaqt odamlar birga bo'ladigan hollarda, ya'ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan ruhiy muloqotda bo'ladigan hol-larda, ular ma'lum muddat o'zaro birga bo'lishga majbur bo'lgan paytlarida ko'proq sodir bo'ladi.

5. O'zbek oilalarida ota-ona va farzandlarn-ing o'zaro munosabatlari, ular o'rtasidagi kelish-movchiliklar, o'z oilasidagi ichki muhitga muno-sabati, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ota-ona va farzandlar o'rtasidagi kelishmovchiliklarning o'ziga xos xususiyatlarini namoyon bo'lishini ko'rsatadi.

6. Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizo-larning kelib chiqishiga ta'sir qiluvchi psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy, tarbiyaviy, gender xususiyatlari va jismoniy omillar sabab bo'lishi mumkin ekan, bu omillar ta'siri natijasida oilada ota-onalarning farzandlariga bo'lgan munosabati-dagi, oilada farzandning qiz bola va o'g'il bol-aga ajratilishi, shu asosda o'zaro munosabatlarni shakllanishi o'rtadagi nizolarni yuzaga chiqishi olib kelishi bilan xarakterlanadi.

Tavsiyalar.

- har bir oilada ota-ona farzandla-rini ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi, farzandini kimlar bilan munosabatda bo'layotganligiga e'tibor berishi;

- farzandlarni xarakteridagi ijobiy xislatlar-ini namoyon bo'lishiga xulqidagi salbiy jihatlarni tuzatishi, ota-onalar farzandlariga nisbatan bir xil munosabatda bo'lishi, bolani haddan ziyod erkalamaslik, kamsitmasligi;

- ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarni keltirib chiqaruvchi omillarni sabablarini inobatga olish, ular bilan do'stona munosabatda bo'lish va farzandlar bilan ishlashda qat'iy qoi-dalarga rioya qilish;

- farzandlarni o'smirlik davrida sodir bo'layotgan o'zgarishlarini inobatga olish, uni shaxs sifatida qabul qilish, ayblamaslik, ularni qilgan ishlari va xatti-harakatlarini tanqid qilmasliklari tavsiya qilinadi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

c OIMHA nCMXO^OmflCM / nCMXO^Omfl CEMbM "N 51

Adabiyotlar ro'yhati:

1. Ibaydullayeva U.R. Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori diss. - T.: 2022. - 5 b.

2. Kadirova A.T. O'smirlarda oilaviy nizolar to'g'ricida ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi. Psixologiya fanlari nomzodi diss. - T.: 2007. - 24 b.

3. Akramova F.A. Oilada sog'lom psixologik muhitni tarkib toptirishning ijtimoiy-psixologik asoslari. O'quv-uslubiy qo'llanma. - T.: 2014. - 185 b.

4. Rasulova F.F. O'smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo'lishining psixologik xususiyatlari: Avtoref. diss. ps. fan (PhD): 19.00.06 - T.: 2018. - 48 b.

5. Salayeva M.S. O'zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o'zaro munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Psixologiya fan nom diss. - T.: 2005. - 15 b.

6. Umarova M.M. O'smirlarda oilaviy qadriyatlar to'g'risidagi tasavvurlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari: Dis. psixol. fan. nomzodi: 19.00.05. - T.: 2004. - 166 b.

7. M6aMfly^^aeBa y.P., A6,gypacy.noB P.y. Methods of overcoming internal conflicts between teenagers. EJRRES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 8 № 6, 2020, 1-7 6eT-ap.

8. M6aMfly^^aeBa y.P. ycMupnap ypTacuflaru HM3onap Ba ynapHU 6apTapa$ этмw. m-m-OaH Ba Tat^MMfla мнновaц^m.пaр: muaMMO Ba ucrMK,6o.n.nap.// Mup30 y-yF6eK homu-garu Y36eKUCTOH mm—um yHUBepci/iTeTU Xumax ^u-uanu. // npo$eccop-yK,UTyBm/i.nap Ba Ta^a6a^apHUHr I M-Mi/m-aMa-i/m кон$еренц^mсм /// Xu33ax: 2020. - 37-39 6.

3AMOHABMM TAMMM / COBPEMEHHOE OEPA3OBAHME 2023, 1 (122)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.