Научная статья на тему 'OILAVIY NIZOLARNING ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (SIBLING MAQOMI MISOLIDA)'

OILAVIY NIZOLARNING ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (SIBLING MAQOMI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
306
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sibling / agressiya / etnopsixologiya / nizo / konstruktiv nizo / destruktiv nizo / moslashuvchanlik / raqobat / men konsepsiyasi. / sibling / agressiya / etnopsixologiya / nizo / konstruktiv nizo / destruktiv nizo / moslashuvchanlik / raqobat / men konsepsiyasi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yo’Ldoshev Sardorbek Asliddin O’G’Li

Mazkur maqolada jamiyatda oilaviy munosabatlar, sibling munosabatlar, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalari, jamiyatda yuzaga kelgan ilk davrlardan buyon eng muhim muammolardan biri bo‘lib kelgan. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu muammoning ahamiyati yanada ortib boraveradi. Ushbu tanlangan mavzu jamiyatda va oilaviy munosabatlarda muhim rolga egaligini inobatga olib, mavzu dolzarb va ahamiyatli deb hisoblash mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЭТНОПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА АГРЕССИВНОГО ПОВЕДЕНИЯ В СЕМЕЙНЫХ СПОРАХ

Mazkur maqolada jamiyatda oilaviy munosabatlar, sibling munosabatlar, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalari, jamiyatda yuzaga kelgan ilk davrlardan buyon eng muhim muammolardan biri bo‘lib kelgan. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu muammoning ahamiyati yanada ortib boraveradi. Ushbu tanlangan mavzu jamiyatda va oilaviy munosabatlarda muhim rolga egaligini inobatga olib, mavzu dolzarb va ahamiyatli deb hisoblash mumkin.

Текст научной работы на тему «OILAVIY NIZOLARNING ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (SIBLING MAQOMI MISOLIDA)»

Yo'ldoshev Sardorbek Asliddin o'g'li,

O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Yoshlar psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

OILAVIY NIZOLARNING ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (SIBLING MAQOMI MISOLIDA)

UO'K: 159.9

_DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_1_8

YOLDOSHEV S.A. OILAVIY NIZOLARNING ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (SIBLING MAQOMI MISOLIDA)

Mazkur maqolada jamiyatda oilaviy munosabatlar, sibling munosabatlar, ota-onalar va farzandlar o'rtasidagi o'zaro aloqalari, jamiyatda yuzaga kelgan ilk davrlardan buyon eng muhim muammolardan biri bo'lib kelgan. Jamiyat rivojlanib borgani sari bu muammoning ahamiyati yanada ortib boraveradi. Ushbu tanlangan mavzu jamiyatda va oilaviy munosabatlarda muhim rolga egaligini inobatga olib, mavzu dolzarb va ahamiyatli deb hisoblash mumkin.

Tayanch so'z va tushunchalar: sibling, agressiya, etnopsixologiya, nizo, konstruktiv nizo, destruktiv nizo, moslashuvchanlik, raqobat, men konsepsiyasi.

ЙУЛДОШЕВ С.А. ЭТНОПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА АГРЕССИВНОГО ПОВЕДЕНИЯ В СЕМЕЙНЫХ СПОРАХ

В данной статье рассматриваются семейные отношения, отношения между братьями и сестрами, взаимодействие родителей и детей, которые с незапамятных времен являлись одной из важнейших проблем в обществе. По мере развития общества важность этой проблемы будет возрастать. Принимая во внимание, что данная выбранная тема имеет важное значение в обществе и семейных отношениях, тему можно считать актуальной и важной.

Ключевые слова и понятия: сиблинг, агрессия, этнопсихология, конфликт, конструктивный конфликт, деструктивный конфликт, адаптивность, конкуренция, концепция - "Я".

YO LDOSHEV S.A. ETHNOPSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF AGGRESSIVE BEHAVIOR IN FAMILY DISPUTES

This article highlights family relations, sibling relations, interactions between parents and children have been one of the most important problems in society since the beginning of time. As society develops, the importance of this problem will increase. Taking into account that this chosen topic has an important role in society and family relations, the topic can be considered relevant and important.

Key words and concepts: sibling, aggression, ethnopsychology, conflict, constructive conflict, destructive conflict, adaptability, competition, concept - "I am".

Kirish.

Mamlakatimizda oila institutini mustahkam-lash, "Farovon oila - jamiyat ravnaqining asosi" konseptual g'oyasini ro'yobga chiqarish, oila institutini qo'llab-quvvatlash, ota-ona va farzand munosabatlarini yaxshilash, yoshlarni oila qur-ish, farzand tarbiyalashga psixologik tayyorlash masalalarini takomillashtirishning me'yoriy asoslari yaratildi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"ni amalga oshirishga oid davlat dasturida ham ota-onalarning pedagogik madaniyatini, farzand tarbiyasi borasidagi burch va mas'uliyatini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilab berildi1. Natijada ota-ona va farzandlar muloqotini belgilovchi omillarni aniqlash, ularning turli xil nisbatda hosil qiladigan ta'sir effektlarini tekshirish, ularni nazorat qilish va prognozlash imkoniyatlarini ko'rsatish yo'nalishlarida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirishga imkoniyatlar yaratildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi "O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi, PQ-3808-son, 2020 yil 18 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-4602-son qarorlari hamda 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-son Farmonidagi zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash uchun "sibling" munosabatlarni tahlil qilish, ibratli ota-onalik ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha ish samarasini oshirish vazifalarini bajarishda dastu-rul amal bo'lib xizmat qiladi.

Mavzuning dolzarbligi.

Oilaviy munosabatlar, ayniqsa, sibling munosabatlar, ota-onalar va farzandlar o'zaro aloqalari jamiyat yuzaga kelgan ilk davrlardan buyon eng muhim muammolardan biri bo'lib kelgan. Jamiyat rivojlanib borgani

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni. - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 - 6 (766)-son - B.140.

sari bu muammoning ahamiyati yanada ortib boraveradi. Chunki insoniyat tomonidan erishilgan yutuqlar aynan oila muhitida, ota-ona va farzandlar munosabatlari tizimida ko'proq darajada o'zlashtiriladi va an'ana, ma'naviy meros tarzida avloddan-avlodga o'tadi. Shunday ekan, jamiyat, xalq va millatning istiqboli ko'p jihatdan shu munosabatlarning holatiga bog'liq. Buning uchun esa oildagi ichki muhitning har tomonlama sog'lom, ma'naviy mustahkam bo'lishiga erishish lozim.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha tahlili.

Oiladagi muhitning barkamol avlod va komil insonni tarbiyalash borasidagi ahamiyati muammosiga buyuk ajdodlarimiz, o'z davrining allomalari bo'lgan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib-dan tortib hozirgi zamon psixolog olimlarining o'ziga xos fikr mulohazalar bildirganlari diqqa-tga sazovordir.

Oila, oilaviy munosabatlar, oilaning turmush tarzi, er-xotin va farzandlar munosabati va zid-diyatlari masalalari muammosi bilan respub-likamiz psixolog olimlari ham shug'ullanib kel-moqdalar. Jumladan, G'.B.Shoumarov2 oila psix-ologiyasi, oilaviy munosabatlar, oilada er-xotin munosabatlarining o'ziga xos etnik xususiyat-lari borasida olib borgan keng ko'lamli ilmiy-tadqiqot ishlari, V.M.Karimova tomonidan o'zbek yoshlarini oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari masalasidagi ilmiy izlanishlari, N.A.Sog'inovning er-xotin munosabatlari masalasida olib borgan ishlari, R.Samarovning tojik oilasining, R.Dushanovning qirg'iz oilasining, N.Salaeva xorazm oilasining hududiy ijtimoiy-etnopsixologik xususiyatlari borasidagi tadqiqot ishlari, Z.Rasulovaning oila, nikoh an'analari masalasidagi tadqiqot ishlari, M.O'tepberganovning qoraqalpoq oil-alarining etnik xususiyatlarining ilmiy jihatdan o'rganilganligi, G.Niyozmetovaning3 o'zbek oil-alarida er-xotinlik munosabatlari dinamikasin-ing ijtimoiy psixologik xususiyatlari mavzusining

2 Yo'ldoshev S.A Oilaviy nizolarning etnopsixologik xususiyatlari.Oilaviy munosabatlar psixologiyasi yo'nalishi bo'yicha magistrlik diss. - Toshkent: 2022. - B-3.

3 Yo'ldoshev S.A Oilaviy nizolarning etnopsixologik xususiyatlari.Oilaviy munosabatlar psixologiyasi yo'nalishi bo'yicha magistrlik diss. - Toshkent: 2022. - B-3.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

ilmiy jihatdan o'rganilganligi o'zbek oilasining o'ziga xos psixologik xususiyatlari borasidagi ilmiy ma'lumotlar bazasini boyitilishiga xizmat qildi. Shu bilan birga o'zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar kamchilikni tashkil qiladi va bu borada tadqiqot ishlarini izchil davom ettirishni taqozo etadi.

Maqolaning ilmiy yangiligi:

- oilada sodir bo'ladigan nizolarning etnosixologik xususiyatlari sibling munosabatlari misolida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi;

- oilaviy nizolarning etnopsixologik xususi-yatlarining ijtimoiy-psixologik omillari ochib beriladi;

- оilаdа fаrzаndlаr munоsаbаtlаrining ijtimоiy-psixоlоgik xususiyаtlаri muаmmоsigа оid nаzаriy mаnbаlаrni muаyyаn mezоnlаr аsоsida tahlil etiladi.

Tadqiqotning maqsadi nаzаriy уа eksperimentаl-tаjribа ishlаri аsоsidа sibling munоsаbаtlаr misоlidа оilаviy nizоlаrning etnоpsixоlоgik tоmоnlаri аniqlаsh vа psixоlоgik jihаtdаn tаhlil qilishdаn ibоrаt.

Tadqiqot ob'yekti: O'zbek va Tojik oilalari-dagi sibling maqomidagi farzandlar o'rtasidagi nizolar va ularning kelib sabablarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.

Tadqiqotning predmeti: Oilada farzandlar o'rtasida sog'lom muhit yaratishning ijtimoiy-pedagogik shart sharoitlari.

Tadqiqot empirik manbasini tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda kuzatish, anketa-so'rovnoma, ijtimoiy-psixologik testlar, matematik statistika metodlaridan foy-dalanildi.

Asosiy qism.

Оilаviy nizоlаr judа keng tаrqаlgаn vа о'zigа xоs xususiyаtlаrgа egа vа utar tа'sirchаn tаrkibgа egа bо'lgаn hоlаtlаrdir. Bоshqа tоmоndаn, tоmоnlаr о'rtаsidаgi munоsаbаtlаr uzоq vаqt dаvоmidа sаqlаnib turadi.

Оilаviy nizоlаr - bu ikki уо^ undаn оrtiq tоmоnlаr Ш^Ы^а mоs kelmаydigаn deb qаbul qilingаn yоki ifоdаlаngаn hоlаtlаr. Ulаr muntаzаm rаvishdа kundаlik hаyоtimizning turli sоhаlаridа pаydо bо'lishi mumkin vа аgаr ulаr tо'g'ri muоmаlа qilinsа, о^а^Ма^а vа yаngi

munоsаbаtlаrgа erishish uchun уоЫу bо'lishlаri mumkin. Аmerikаlik psixоterapevt Chаrlz Liksоn1 оilаviy munоsаbаtlаrdа yuzаgа kelаdigаn оilаviy nizоlаrning o'zigа xоs tоmоnlаrigа to'xtаlib utgаn Uning ЯЫ^а oilаviy nizоlаr shаxs tаrаqqiyоtini bоshlаb beruvchi ilk nuqtаdir. Shundаy ekаn bundаy nizоlаrgа ijоbiy kо'z bitan qаrаshimiz mumkin. Xаr xоldа er, xоtin vа ulаrning bоlаlаrining оiаlviy nizоlаrgа bаhоlаri hаmishа sаlbiy Ьо'^к Liksоn er vа xоtin о'rtаsidаgi nizоlаr bilаn оtа-оnа vа fаrzаndlаr о'rtаsidаgi kelishmоvchiliklаrning аniq fаrqi Ьог^^ e'tirоf etаdi. Uning fikrichа er-xоtin о'rtаsidаgi nizоlаr jinsgа bоg'liq tаfovutlаr, оilаdаgi xukmrоnlikkа intilish tufаyli kelib chiqаdi. Bundаy xоlаt оilаdа tаrbiyа tоpаyаyоtgаn fаrzаndlаr оngidа о'z аksini tоpаdi.Оtа-оnаlаr vа fаrzаndlаr о'rtаsidаgi kelishmоvchiliklаr kо'prоаq xissiy-emоtsiаnаl xаrаktergа egаligi bitan bоshqа nizоlаrdаn аjrаlib turаdi vа uning аsоsidа yоsh bilаn bоg'liq fаrqlаr turаdi. Yа'ni kаttаlаr о'zlаridаn аnchа yоsh vа kuchsizrоq ЬО'^П^Г bilаn nizоgа bоrishgа mоyil bо'lishаdi. Аgаr bu hоlаt tez tez tаkrоrlаn mаnа shu kuchsizlik vа оjizlik keyinchаlik bemehrlikkа аylаnib ketish ehtimоli yuqоri hisоblаnаdi. Bu hоlаt esа оtа-оnаgа nisbаtаn qаhr vа shаvqаtsizlik tuyg'usining shаkllаnishigа оlib ketadi. Оlimlаrning fikrichа fаrzаnd vа оtа-оnаlаr о'rаtаsidаgi nizоlаr yоsh dаvrlаrigа mоnаnd rаvishdа bir biridаn fаrqli ke^di.Bu esа yuqоridаgi nizоlаrning bаrtаrаf etish уо'Иап xilmа xil yоndаshuvni tаqоzо etishini аnglаtаdi.

Оilаning hаyоtiy tаrzi vа ziddiyаtli mаsаlаlаrini о'rgаnish bitan xоrijiy dаvlаtlаr, Vаtаnimizning sоtsiоlоg, psixоlоg, fаylаsuf, pedаgоg оlimlаrni shug'ullаnib kelmоqdаlаr. Аmerikаlik оlim V.Sаtir2 zаmоnаviy О^П^ bоlа tаrbiyаsi vа uning mаnfааtlаrigа bоg'liq ekаnligidаn kelib chiqib, bu mаskаndаgi hаyоt mаrоmi vа tutumini Ьо^ rivоjlаnishining о'zigа xоs bоsqichlаri bilаn bоg'lаgаn hоldа о'rgаngаn. Bundаn muаllif bir-birlаridаn fаrq qiluvchi 9 bоsqichni аjrаtgаn. Mаsаlаn, birin-chi bоsqich оilаdаgi hаyоt dаvri ikki yоshning

1 Yo'ldoshev S.A. Oilaviy nizolarning etnopsixologik xususiyatlari.Oilaviy munosabatlar psixologiyasi yo'nalishi bo'yicha magistrlik diss. - Toshkent: 2022. - B-8.

2 Сатир В. Ви и ваша семйа. - М.: Аспект просесса, 2001.

1-rasm. Nizoli oiladagi farzandlarni millatiga ko'ra shkalalar farqi1.

uzoq muddatga ahdu-paymon qilib niqoh qurishga qaror qilgan onlardan boshlansa, ikk-inchi bosqich oilada zurriyotni paydo bo'lishi, tug'ilishi, er-xotinning asl munosabatlarini sinovdan o'tkazish va shu bilan bog'liq yangicha munosabatlarni shakllanishi, ya'ni er-xotinning yangi rollarga kirishi, ijtimoiy ma'suliyatni olishi, ota-ona rollariga kirishi bilan ifodalanadi

Biz ilmiy izlanishlarimiz va tadqiqotlarimiz davomida bir qancha metodikalardan foy-dalanildi, jumladan, K.Tomasning "Shaxslararo munosabatlarni aniqlash metodikasi", Ijtimoiy - psixologik moslashganlik xarakteristikalarini o'rganish metodikasi, D.X.Olson, J.Portner, I.Lavinning "Oilaviy moslashuv va jipslik shkalasi" so'rovnomasi, V.V.Stolin va S.R.Pantileyevning "O'z-o'ziga bo'lgan munosabat" kabi so'rovnoma va metodikalardan2 foydalanildi. Tadqiqotimiz miqdoriy va sifatiy tahlilida SPSS programmasidan foydalanildi hamda obyekt sifatida 32 ta oiladagi ota-onalar va ularning farzandlari tanlab olindi. Natijalarga ko'ra aksariyat shkalalarning normal taqsimlanish qonuniga mos kelganligi bois parametrik "student-t" mezonida ishladik. Unga ko'ra molashuvchanlik tojik millatiga mansub farzandlarda o'zbek oiladagi farzandlarga

1 Yo'ldoshev S.A. Oilaviy nizolarning etnopsixologik xususiyatlari.Oilaviy munosabatlar psixologiyasi yo'nalishi bo'yicha magistrlik diss. - Toshkent: 2022. - B-69.

2 Yo'ldoshev S.A Oilaviy nizolarning etnopsixologik xususiyatlari. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi yo'nalishi bo'yicha magistrlik diss. - Toshkent: 2022. - B-53.

nisbatan 95% dan (t = -2,707; p<0,05) yuqori ekanligini aniqlangan ishonchli farqdan bilishi-miz mumkin. Huddi shunday farq bilan o'ziga ishonchning tojik farzandlarda o'zbeklarga qaraganda (t = -2,078; p<0,05) yuqori ekanligi, O'zini qabul qilish (t=-3,634; p<0,01), O'z-o'ziga bog'langanlik, O'zini o'zgartirishga kuchli istak, o'zidan qoniqmaslik, o'z "Men"ining idealiga mos kelishga talpinishi (t=-3,795; p<0,01) tojik farzandlarda o'zbek farzandlarga nisbatan yuqori bo'lishi 99% dagi ishonchli farqdan bil-ishimiz mumkin.

Natijadagi farqlardan ko'rinib turibdiki, nizoli oilalardagi o'zbek farzandlarining oilaviy munosbatlarda moslashuvchanlik, o'ziga ishonch, O'zini qabul qilish, o'ziga bog'langanlik ko'rsatgichlari bo'yicha tojik millatiga mansub farzandlardan pastroq ekanligi kuzatilgan. Ammo ijtimoiy munosabatlarda o'zini namoyon qilishi o'zbek farzandlarida tojiklarga nisbatan yuqoriroq bo'lishi aniqlandi. O'zini aybdor his qilish bilan bog'liq munosabat tojik oiladagi farzandlarda o'zbek oilasidagi farzandlarga qaraganda yuqori 95% dagi ishonch darajasi bilan farq aniqlandi (t=-2,388; p<0,05). Xuddi shunday farq bilan ijtimoiy munosabatlarda soxta munosabat bildirish tojik oiladagi farzandlarda o'zbek oiladagi farzandlarga nisbatan 95%da ishonchli farqning kuzatilgaligini ko'rishimiz mumkin. Ijtimoiy munosabatdagi qiyinchiliklarga nisbatan muammodan qochish ko'rsatgichida

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

2-rasm. Sоg'lоm ijtimоiy psixоlоgik muhitdаgi оilа fаrzаndlаridа etnоpsixоlоgik fаrq gistоgrаmmаsi1.

tojik farzandlarda ushbu munosabat farqli yuqori ekanligi aniqlandi. (t=-2,062; p<0,05).

Tadqiqotimizning o'rganish predmetiga ko'ra nizoli oilalarning etnopsixologik xususiyatlarini aniqlash uchun metodikalarimizdan ijtimoiy munosabatlarni aniqlovchi, o'zini baholovchi, oilaviy munosabatni aniqlovchi hamda shaxslararo munosabatni aniqlash metodika natijalarini ushbu oiladagi ota-onalar hamda farzandlarining ko'rsatgichlarini korrelyatsion mezonda foydalanib alohida tahlil qilindi. Tadqiqotimizda o'zbek ota-onalardan olingan metodika shkalalarini o'zaro bog'liqligini tahlil qilganizmida quyidagi jadvaldagi natijalar aks etdi. Oilaviy jisplikdan qoniqish qanchalik oshsa, oilaviy moslashuvchanlik ham oshishini ko'rsatdi (r_,745; p<0,05). Bundan tashqari shaxslararo munosabatda ota-onalarda raqobatchanlikning oshishi vaziyatdan qochishning ham birga bog'liq oshishini ko'rsatdi (r_,762; p<0,05) (1-jadval).

Ichki nazorat munosabatining oshishi, hamkor munosabatning ham oshishi bilan bog'liqligi (r_,721; p<0,05), munosabatda vaziyatdan qochish ko'rsatgichining oshishi ichki nazoratning kamayishi bilan teskari bog'liqlikni namoyon qildi. (r_-,790; p<0,05) Sinaluvchilarimida o'zini qabul qilishi qanchalik oshsa, ichki nazoratning ham oshishi aks etdi.

1 Yo'ldoshev S.A Oilaviy nizolarning etnopsixologik xususiyatlari. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi yo'nalishi bo'yicha magistrlik diss. - Toshkent: 2022. - B-70.

(r_,716; p<0,05) O'ziga bog'langanlikning oshishi, o'zini aybdor his qilishi bilan bog'liqligini aniqladik (r_,723; p<0,05).

O'zbek nizoli oilalardagi farzandlarning metodika shkalalari o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash uchun nizoli vaziyatlarda raqobatchanlikning kamayishi hamkorlikning oshishini (r_-,572; p<0,05), hamkorlikning kamayishi nizoli vaziyatlarda vaziyatdan qochishning oshishi (r_-,629; p<0,01)ni aks ettirdi (2-jadval).

Oilaviy jipslikdagi farqning

oshishi(qoniqishning pasayishi) o'ziga munosabatning oshishi bilan (r_,512; p<0,05), nizoli vaziyatlarda vaziyatdan qochishning oshishi o'zini qabul qilishning ham oshishi (r_,524; p<0,05), ichki nazoratning oshishini aks ettirdi. (r_,552; p<0,05) (3-jadval).

Ijtimoiy munosabatda soxtalikning oshishi kelishuvchanlikning (r_,667; p<0,05), ichki nazoratning (r_,557; p<0,05), o'zini aybdor his qilishning (r_,530; p<0,05), ijtimoiy munosabatda ustuvorlikning (r_,536; p<0,05), ijtimoiy munosabatda emotsional komfortlik (r_,789(; p<0,01) bilan boshqalarni qabul qilishi oshishi bilan bog'liq ekanligi aniqlandi.

Tojik millatiga mansub nizoli oiladagi ota-onalarning o'lchov shkalalari o'rtasidagi korrelyatison bog'liqlikda ijtimoiy

munosabatlardagi ko'rsatgichlar quyidagicha namoyon bo'lganligini ko'rishimiz mumkin (4-jadval)

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

3-jadval. O'zbek nizoli oilalardagi farzandlardagi metodika shkalalari o'rtasidagi bog'liqlik.

ОИЛА ПСИХОЛОГИЯСИ / ПСИХОЛОГИЯ СЕМЬИ 57

ч_У

1-jadval. Nizoli oiladagi o'zbek millatiga mansub ota-onalardan o'tkzailgan metodika korrelyatsiya jadvali.

Oilaviy Oila Raqo- Ham- Keli- Vaziyat-dan Mos-

jipslik mosligi bat korlik shuv qochish lashish

Oilaviy jipslik 1 ,745(*) ,180 -,196 ,093 ,326 ,154

Oila mosl. 1 -,242 -,034 -,282 -,205 -,224

Raqobat 1 -,095 ,631 ,762(*) -,034

Hamkorlik 1 -,583 -,243 -,743(*)

Kelishuv 1 ,532 ,601

Vaziyat-dan qochish 1 ,300

Moslash 1

2-jadval. O'zbek nizoli oilalardagi farzandlardagi metodika shkalalari o'rtasidagi bog'liqlik.

Oilaviyjipslik Oilamosl Raqo-bat Ham-korli Kelishuv Vaziyat qochish Mosla shuv

Oilaviy jipslik 1 ,345 ,424 -,093 -,161 ,190 ,083

Oila moslash 1 ,199 ,040 -,383 ,338 -,249

Raqobat 1 -,572 (*) -,362 ,327 ,000

Hamkorlik 1 ,292 -,629 (**) -,303

Kelishuv 1 -,406 -,258

Vaziyat-dan qochish 1 ,063

Moslashuv 1

Ich_sam Oz_ishon Oz_bosh Oz_mun Oz_bah Oz_qabul Oz_bogl Ich_niz Oz_ayb

Oilaviyjips -,029 ,366 ,134 ,512(*) ,457 ,293 -,189 ,107 ,188

Oila_mosl ,123 -,009 ,444 ,390 -,045 -,011 -,160 -,216 -,304

Raqob -,109 ,304 ,452 -,201 ,156 ,103 -,161 -,019 ,132

Hamkor -,045 -,195 -,276 ,245 ,189 -,293 -,243 ,183 -,180

Kelishuv -,161 ,066 -,392 -,407 ,091 ,122 ,249 ,390 ,178

Vaziyat-danqochish ,231 -,127 ,336 ,160 -,343 ,524(*) ,107 -,160 ,315

Moslash -,418 ,000 -,042 ,347 -,171 -,170 -,155 ,014 ,084

Ich_sam 1 ,061 ,013 -,186 ,173 ,198 ,512(*) -,385 -,047

Oz_ishon 1 ,375 -,127 ,787(**) ,454 ,380 ,069 -,071

Oz_bosh 1 ,124 ,227 ,137 ,222 -,146 ,034

Oz_mun 1 ,087 ,005 -,315 ,215 ,165

Oz_bah 1 ,321 ,343 ,244 ,029

Oz_qabul 1 ,519(*) ,126 ,346

Oz_bogl 1 -,147 ,098

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ich_niz 1 ,552(*)

Oz_ayb 1

Shaxslararo munosabatda raqobatchanlikning kamayishi munosabatda moslashuvchanlikning oshishi bilan teskari bog'liq namoyon bo'lishini ko'rishimiz mumkin. (r_ -,896; p<0,01) Munosabatda hamkorlikning kamayishi vaziyatdan qochish ko'rsatgichi bilan bog'liq oshgan. Tojik millatiga mansub ota-onalardagi munosabatdaoilaviy jipslikdagi farqning kamayishi (qoniqishning oshishi) munosabatda moslashuvchanligining namoyon bo'lishi bilan

aniqlandi. (r_ -,740; p<0,05) Hamkorlikning oshishi bilan vaziyatdan qoshish ko'rsatgichi kamayishi aks etgan. (r_ -,766; p<0,05). Key-ingi jadvalimizdaoilaviy jipslikning oshishi bilano'ziga ishonchning ham oshishiga (r_,766; p<0,05), munosabatda kelishuvchanlikning oshishi o'zini boshqarishning pasayishi bilan (r_-,870; p<0,01), o'ziga munosabatning oshishi raqobatchanlikning ham oshishi (r_,730; p<0,05), munosabatda hamkorlikning oshishi o'zini

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

4-jadval. Tojik millatiga mansub nizoli oiladagi ota-onalarnïng o'lchov shkalalari o'rtasidagi korrelyatison bog'liqlik.

Oilaviy_jips Oila_mosl Raqob Hamkor Kelishuv Vaz_qoch Moslash

Oilaviy_jips 1 ,387 ,526 -,483 ,542 -,079 -,740(*)

Oila_mosl 1 ,367 ,088 -,018 -,022 -,362

Raqob 1 -,114 -,329 -,059 -,896(**)

Hamkor 1 -,276 -,766(*) ,477

Kelishuv 1 -,242 ,000

Vaziyat-dan qochish 1 -,154

Moslash 1

qabul qilish bilan kamayishi (r_-,712; p<0,05), munosabatda moslashuvchanlikning oshishi o'zini baholash ko'rsatgichining oshish bilan belgilandi. (r_,720; p<0,05).

Xulosalar.

Tadqiqotda foydalanilgan metodikalarimiz hamda izlanishlarimiz asosida olingan empirik materiallar natijasida quyidagi xulosalarni ber-ishimiz mumkin:

1. O'zbek millatidagi nizoli oilalarining ota-onalarida o'zaro munosabatlar, kelishuvchanlik, o'zini aybdor his etish, munosabatlarda yuzakilik, o'zini va o'zgalarni qabul qila olishi, emotsional komfortlik, ichki nazorat ko'rsatgichlarining tojik millatiga mansub ota-onalarga nisbatan yuqori bo'lishi, ushbu oiladagi farzandlarda o'zbek oilalarida ustuvorlikning, tojik millatiga mansub farzandlarda nizoli vaziyatlardagi munosabatlarda moslashuvchanlikning, o'ziga ishonchning, o'zini qabul qilishi hamda o'ziga bog'langanlikning yuqori bo'lishi biz tahlil qil-gan parametrik mezonlarda tavsiflandi.

2. Farzandlarning maqomiga ko'ra o'zbek oilasidagi to'ngich farzandlardagi o'zaro muno-sabatlarda raqobatchanlik, o'zini boshqar-ish, soxtalik, emotsional komfortlik, ichki nazorat, ustuvorlik hamda muammodan qoch-ish ko'rsatgichlari keyingi farzandlarga nisbatan yuqori, keyingi farzandlarda vaziyatdan qochish, moslashuvchanlik, ichki samimiylik, ichki nizo, o'zini aybdor his etish ko'rsatgichi katta ya'ni tog'ich farzandlarda yuqoriroq bo'lishi ma'lum bo'ldi.

3. Tojik millatidagi to'ng'ich farzandlarda aksincha o'zini boshqarish, moslashuvchanlik, muammodan qochish, emotsional kom-fortlilikning yuqori, keyingi farzandlarda raqo-batchanlik, vazyatdan qochish, soxtalik, munosabatlarda ustunlikning katta farzandlarga nisbatan yuqori bo'lishi yaqqol aks etgan.

4. Oila va undagi shaxslararo munosabatlar, aka-ukalik, opa-singillik munosabatlari, ularn-ing o'smir yoshidagi agressiv munosabatlari muammosi qadimdan olimlar diqqat e'tiborida bo'lgan.

5. "Sibling, sibs" terminlari yangilik bo'lsada, ammo bu so'zlarning ma'nosi bir oiladagi farzandlar va ular maqomlari (to'ng'ich, o'rtancha, kenja va yolg'iz farzandlar)ning o'ziga xosligi chuqur an'anaviy ildizga egadir. Zotan, farzandlar o'zaro munosabatlari muammolari xalqimiz orasida uzoq o'tmishdan qolgan xalq og'zaki ijodi namunalarida (doston, maqol, matal va ertaklar) ham, o'tmishning buyuk allomalari tomonidan yaratib qoldirilgan yuksak ma'naviy meroslarida ham o'z ifodasini topgan.

Tavsiyalar.

O'zbek va Tojik oilalaridagi sibling muno-sabatlarining ahamiyati yuqoridagi keltirilgan shkalalar bilan bog'liqligi, ushbu shkalalarning boshqalar bilan ijobiy munosabat o'rnatishlari uchun biz quyidagi tavsiyalarni berishimiz mum-kin:

- oilada sibling maqomidagi farzandlarning o'zaro munosabatiga e'tiborli bo'lish;

- sibling maqomi farzandlar taqdi-riga ma'lum darajada ijtimoiy psixologik ta'sir ko'rsatishiga anglab yetishi;

- sibling maqomidagi farzandlarning o'zaro munosabatlarning ijobiy shakllanishida muloqotchanlikka e'tiborli bo'lishi;

- ota-onasi bilan bo'lgan o'zaro munosabatda yaxshi munosabatda bo'lishi;

- qiziqishlari, hukmronlikka intilish kabi xususiyatlarni ta'lim-tarbiya jarayonidagi hamda oiladagi ijobiy psixologik muhit va o'smirlik yoshidagi o'ziga xos xususiyat, ya'ni taqlidchan-lik xususiyati bilan bog'liqligini ham inobatga olish lozim.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

с ОИЛА ПСИХОЛОГИЯСИ / ПСИХОЛОГИЯ СЕМЬИ 59 и

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni. - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 - 6 (766)-son -B.140.

2. Yo'ldoshev S.A. Oilaviy nizolarning etnopsixologik xususiyatlari. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi yo'nalishi bo'yicha magistrlik diss. - Toshkent: 2022.

3. Сатир В. Ви и ваша семйа. - М.: Аспект просесса, 2001 с.

4. Sаlаyevа N. O'zbek оПа!а^а оtа-оnа vа fаrzаndlаr о'zаrо munоsаbаtlаrining ijtimoiy psixologik xususiyаtlаri. Psixol. fаn. nom. dis. -Toshkent: 2002. - 180 b.

5. Sаmаrov R.S. Tojik oilаsidа er-xotin nizotarining ijtimoiy vа etnopsixologik xususiyаtlаri. Psixol. Fаn.nomzdis. - Toshkent: 1997. - 141 b.

6. Jo'rаyevа Sh.Sh. Tojik oilаsidа nikohdаn qoniqishning ijtimoiy psixologik xususiyаtlаri. Psixol. fаn. nomz. dis. - Toshkent: 2004. - 130 b.

7. yTen6epreHoB М.А. ^циальние и этнoпсихoлoгические oœ6eHHoern Каракалпак-скoй семъи. Дис... канд. психoл. наук. -Ташкент.1999. - 154 с.

8. Co^hob Н.А Сoциалmнo-психoлoгические ocoбеннoсти удoвлетвoреннoсти бра-кoм в узбексшй семъе: Автoреф. дис....канд. психoл. наук. - Киев: 1990. - 20 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.