Научная статья на тему 'KO‘P VA YOLG‘IZ FARZANDLI OILADAGI FARZANDLARNING EMOTSIONAL INTELLEKTINING O‘ZIGA XOSLIGI'

KO‘P VA YOLG‘IZ FARZANDLI OILADAGI FARZANDLARNING EMOTSIONAL INTELLEKTINING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
116
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / munosabatlar / emotsional intellekt. / family / relationships / emotional intelligence.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Imomqulova, Fotima Ulug‘Bekovna, Qarshiboyeva, Dilfuza Burliyevna

Oilaviy munosabatlar qadim-qadimdan beri o‘rganib kelinayotgan muhim masalalardan biri hisoblanadi va unga nisbatan har qaysi zamonda va har qaysi makonda o‘ziga xos qarashlar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFICITY OF EMOTIONAL ATTACHMENT OF CHILDREN IN A FAMILY WITH MANY AND LONELY CHILDREN

Family relations are one of the most important issues that have been studied since ancient times, and different views have been put forward in each time and place.

Текст научной работы на тему «KO‘P VA YOLG‘IZ FARZANDLI OILADAGI FARZANDLARNING EMOTSIONAL INTELLEKTINING O‘ZIGA XOSLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KO'P VA YOLG'IZ FARZANDLI OILADAGI FARZANDLARNING EMOTSIONAL INTELLEKTINING O'ZIGA XOSLIGI

Imomqulova Fotima Ulug'bekovna

Jizzax davlat pedagogika instituti Umumiy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Qarshiboyeva Dilfuza Burliyevna

Jizzax davlat pedagogika instituti Umumiy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Oilaviy munosabatlar qadim-qadimdan beri o'rganib kelinayotgan muhim masalalardan biri hisoblanadi va unga nisbatan har qaysi zamonda va har qaysi makonda o 'ziga xos qarashlar ilgari surilgan.

Kalitso'zlar: oila, munosabatlar, emotsional intellekt.

Семейные отношения являются одним из важных вопросов, которые изучаются с незапамятных времен, и в любое время и в любом месте на них выдвигаются свои взгляды.

Ключевое слово: семья, отношения, эмоциональный интеллект.

Family relations are one of the most important issues that have been studied since ancient times, and different views have been put forward in each time and place. Keyword: family, relationships, emotional intelligence.

Mamlakatimizda oilaga bo'lgan e'tibor doim diqqat markazida bo'lib kelgan. Oila mustahkamligi, oilaviy baxt tushunchasi, oila a'zolari o'rtasidagi o'zaro hurmat mentalitetimizga xos tushunchalar bo'lib, u asrlar osha avloddan avlodga o'tib kelayotgan milliy qadriyatimizning ajralmas bo'lagi va eng asosiy tarkibiy qismidir. Bugungi kunda ham inson o'zining to'laqonli baxtini his etishida oila va va undagi shaxslararo munosabatlar o'z ahamiyatini yo'qotmagan. 24 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Facebook ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida davlat rahbari tavalludining 61 yilligiga bag'ishlangan «Janob Prezident» nomli hujjatli film namoyish qilindi. Intervyuda O'zbekiston prezidenti oila va baxt haqidagi fikrlarini o'rtoqlashdi. Uning fikricha, har bir inson hayotida eng muhimi, bu — oila.«Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qat'i nazar, kim bo'lishidan qat'i nazar agar oilada tarbiya, oilada

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e'tibor bermasa, hech qachon natija bo'lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e'tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o'zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman», -dedi u. «Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo'lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo'lsa men o'zimni baxtli deb bilaman», - deya ta'kidladi prezidentimiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotchilar bu borada ham tadqiqotlar olib borishgan va statistik tahlil natijalarini qayd etishgan. Rossiyada oliy ma'lumotlili mutaxassislarning 58% ayollar, 42%ini esa erkaklar tashkil etadi. Ijtimoiy faoliyatning feminizatsiya qilingan sohalarida ayollar erkaklarga qaraganda yetakchilik mavqeini ko'proq egallaydilar. Buni o'rta va oliy ta'lim sohasida yaqqol ko'rish mumkin. 2013-2014 o'quv yilida ta'lim va fan kadrlari orasida quyidagi holat kuzatildi. Umumta'lim muassasalarida -ayollarning ta'lim sohasi (pedagogik mutaxassisliklar) - direktorlarning 74 foizini ayollar va 26 foizini erkaklar, derektor o'rinbosarlarining 26 foizini ayollar va 11 foizini erkaklar tashkil etgan. O'qituvchi va pedagoglar asosan ayollardan tashkil topgan - 88%, erkaklar - 12%.1 F.R.Ro'ziqulov ilmiy izlanishlarida o'zbek oilalarda ajralishning ijtimoiy-psixologik asoratlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif muayyan darajada ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida oila-nikoh munosabatlari, uning barqarorligini ta'minlashning ba'zi omillari to'g'risidagi ilg'or qarashlarni va hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan davlat ahamiyatidagi tadbirlarni tahlil qilarkan, oila-nikoh munosabatlarining jiddiy jihatlaridan biri sifatida hali har oilalarning buzilishi - ajralishlar borligini alohida ta'kidlab o'tadi. F.Ro'ziqulov ajralish miqdori haqida gapirar ekan, «Ajralish respublikamiz hududida istiqomat qilayotgan oilalarda Fransiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Boltiq bo'yi davlatlari, Rossiya va boshqa MDH mamlakatlaridagiga qaraganda, bir necha marotaba kam bo'lsa-da, biroq o'zbek oilalarida ajralish asoratlari nihoyatda ayanchli, noxush holatlar, kechinmalar, hodisalar keltirib chiqarishni hisobga olsak, uning miqdoriy ko'rsatkichlari quyi ekanligi xotirjamlikka asos bo'la olmaydi, deb ko'rsatib o'tadi. Muallifning tadqiqot xulosalariga ko'ra, ajralish va uning asoratlari o'zbek oilalarida o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ko'p bolalilik, uning murakkab tuzilmaliligi, qarindosh-urug'chilik aloqalarining kuchliligi, oila-nikoh munosabatlarining etnik xususiyati ko'proq saqlanib kelganligi, o'zbek oilasida

1 '^eHmHHbi h my^hhhm'. 2014. 217-c. MocKBa.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ajralish boshqa xalqlarnikiga nisbatan qoralanishi, er-xotinlarning turmush darajasi, bilim saviyasi, muloqot madaniyati va shu kabilar bilan asoslanadi.

Stiv Djobs bu borada usta edi. U texnologiyani emas, balki ushbu texnologiya beradigan emotsiyalarni sotdi. U inson ehtiyojlari haqida bilar edi va ularning emotsiyalarini ma'lum bir yo'nalishga qanday yo'naltirish kerakligini tushunar edi. Bu juda ko'p mehnat talab qildi - u bir necha hafta davomida besh daqiqalik taqdimotni tayyorladi va hamma narsani eng kichik tafsilotlarigacha hisoblab chiqdi. Richard Brenson nihoyatda maftunkor shaxs. U quvnoq, nekbin va o'zini ham, xalqini ham rag'batlantirishni biladi. Uni insonlar samimiy yaxshi ko'rishadi va u ham ularga huddi shunday javob qaytaradi. Brensonning o'zi tan olganidek, u yuqori intellektga ega emas va aslida ko'pchilikdan farq qilmaydi. Uning bitta afzalligi bor -u o'zining va boshqalarning emotsiyalarini boshqarish qobiliyatiga ega. Lyusin savolnomasiga ko'ra emotsiyalarni tushunish shkalasida ishonch darajasidagi farq kuzatildi (t=6,856; p<0,001) . Unga ko'ra o'zga insonlar emotsiyalarini tushunish darajasi o'z emotsiyalarini tushunish darajasidan yuqori. Bunga sabab har bir shaxsga xos empatiya xususiyatlari bo'lsa kerak. Lyusin savolnomasiga ko'ra emotsiyalarni boshqara olish shkalasida ishonch darajasidagi farq kuzatildi (t=10,687; p<0,001) . Unga ko'ra o'zga insonlar emotsiyalarini boshqarish darajasi o'z emotsiyalarini boshqarish darajasidan yuqori. Bu har bir shaxsning o'z emotsiya kuchi ta'sirida o'zini boshqara olish xususiyatlarini yo'qotishi va o'zga insonlar emotsiyalariga esa tafakkur bilan yondasha olishi bilan bog'liq bo'lsa kerak. Lyusin so'rovnomasiga ko'ra emotsiyalarni tushinish va boshqarish shkalalari o'rtasida ishonch darajasidagi farq kuzatildi (t=7,592; p<0,001). Ushbu natijadan ko'rinib turibdiki, shaxsning emotsiyalarni tushunish darajasi uning emotsiyalarni boshqara olish darajasidan yuqori. Bunga sabab shaxs har qanday holatda o'zining hissiyotlarini tushuna olsada, uning kuchi natijasida uni boshqarish qobiliyatining sustlashishi bo'lishi mumkin. Dono xalqimizda shunday bir maqol bor: "Jaxl kelganda, aql ketadi".

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences A ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

N.Xoll metodikasi bo'yicha Man-Uitniy mezonida natijalar quyidagicha bo'ldi: emotsional bilimdonlik shkalasi bo'yicha yolg'iz farzandlarda o'rtacha qiymat 70,26ga teng, ko'p farzandli oilalardagi sinaluvchilarda esa 63,69ga teng; o'z emotsiyalarini boshqarish shkalasi bo'yicha yolg'iz farzandlarda o'rtacha qiymat 71,78ga teng, ko'p farzandli oilalardagi sinaluvchilarda esa 62,46ga teng; o'z-o'zini rag'batlantirish bo'yicha yolg'iz farzandlarda o'rtacha qiymat 72,53ga teng, ko'p farzandli oilalardagi sinaluvchilarda esa 62,46ga teng; empatiya shkalasi bo'yicha farzandlarda o'rtacha qiymat 69ga teng, ko'p farzandli oilalardagi sinaluvchilarda esa 64,38ga teng; o'zga insonlar kechinmalarini sezuvchi shkalasi bo'yicha yolg'iz farzandlarda o'rtacha qiymat 73,9ga teng, ko'p farzandli oilalardagi sinaluvchilarda esa 61,72ga teng; emotsional intellektning umumiy ko'rsatkichi shkalasi bo'yicha yolg'iz farzandlarda o'rtacha qiymat 72,47; ko'p farzandli oilalardagi sinaluvchilarda esa 62,5ni tashkil etadi.

XULOSA

Tahlillarga ko'ra, oilada yolg'iz farzandlar va ko'p farzandli oilalardagi farzandlarning emotsional intellekti xususiyati o'rtasida ishonch darajasida farq topilmadi. Bundan kelib chiqqan holda, oiladagi farzandlar soni ularning emotsional intellekti xususiyatining turlicha bo'lishiga ta'sir ko'rsatmaydi, degan xulosaga keldik.

REFERENCES

1. Imomqulova, F. (2021). ОИЛАДАГИ ТАРБИЯ УСУЛЛАРИНИ БОЛАНИНГ МУВАФФАКИЯТГА ЭРИШИШИГА ТАЪСИРИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/3076

2. Imomqulova, F. (2021). ОИЛАДА ЭР-ХОТИН МУНОСАБАТЛАРИНИНГ ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2). извлечено от https://ppmedu.ispi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2962

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Burliyevna, K. D. (2022). THE WAYS OF INCREASING RELATIONSHIP BETWEEN HOME AND SCHOOL ENVIRONMENT IN CHILDREN'S PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT. ИЖТИМОИЙ ФАНЛАРДА ИННОВАЦИЯ ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2(3), 37-4

4. Karshibaeva, D., & Sattarova, F. (2020). CRITICAL THINKING IN ADOLESCENTS. EurasianUnionScientists, 1(12 (81)), 4-5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.