Научная статья на тему 'BOLANI MAKTABGACHA TA’LIM MUHITIGA MOSLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI'

BOLANI MAKTABGACHA TA’LIM MUHITIGA MOSLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
1038
239
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy moslashish / psixologik xususiyat / stumillar / konativ / emotsional kechinmalar / kognitiv komponentlar / социальная адаптация / психологические характеристики / стимулы / волевые / эмоциональные переживания / когнитивные компоненты.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Ibragimova Odina Kamoldinovna

Maqolada bоlaning maktabgacha tа’lim tashkilоtida mоslashib, guruhdоshlari bilan kunini оʻtkazishidan tоrtib tо оvqat, uyqu rеjimiga оʻrganish hоlatlarigacha barchasi оta-оna va pеdagоglarning kоmplеks ravishda hamkоrligini talab qiladigan tizimli jarayоn еkanligi ham mоslashish sharti sifatida оta-оna va pеdagоglarni kоllеgial ishlash prinsipining ahamiyati yuqоri еkanini yana bir bоr tа’kidlaydi. Maqolada bolani maktabgacha ta’lim muassasasi(MTM)ga samarali ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda ota-ona hamda tarbiyachi-pedagoglarning ahamiyati ijtimoiylashuv omili sifatida tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ АДАПТАЦИИ РЕБЕНКА К ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ

В статье утверждается, что все, от адаптации ребенка в организации дошкольного образования и проведения дня с одногруппниками до обучения питанию и сну, представляет собой системный процесс, требующий всестороннего сотрудничества родителей и педагогов, а также соблюдения принципа Большое значение как условие адаптации имеет коллегиальная работа родителей и педагогов, еще раз подчеркивает. В статье рассматривается значение родителей и педагогов как фактора социализации в обеспечении эффективной социальной адаптации ребенка к дошкольному образовательному учреждению.

Текст научной работы на тему «BOLANI MAKTABGACHA TA’LIM MUHITIGA MOSLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI»

Ibragimova Odina Kamoldinovna,

Andijon davlat universiteti "Umumiy psixologiya" kafedrasi tayanch doktoranti

BOLANI MAKTABGACHA TA LIM MUHITIGA MOSLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

UDK: 159.937-053.(043.3) DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_7_8

IBRAGIMOVA O.K. BOLANI MAKTABGACHA TA LIM MUHITIGA MOSLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

Maqolada bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotida moslashib, guruhdoshlari bilan kunini o'tkazishidan tortib to ovqat, uyqu rejimiga o'rganish holatlarigacha barchasi ota-ona va pedagoglarning kompleks ravishda hamkorligini talab qiladigan tizimli jarayon ekanligi ham moslashish sharti sifatida ota-ona va pedagoglarni kollegial ishlash prinsipining ahamiyati yuqori ekanini yana bir bor ta'kidlaydi. Maqolada bolani maktabgacha ta'lim muassasasi(MTM)ga samarali ijtimoiy moslashuvini ta'minlashda ota-ona hamda tarbiyachi-pedagoglarning ahamiyati ijtimoiylashuv omili sifatida tadqiq etilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: ijtimoiy moslashish, psixologik xususiyat, stumillar, konativ, emotsional kechinmalar, kognitiv komponentlar.

ИБРАГИМОВА О.К. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ АДАПТАЦИИ РЕБЕНКА К ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ

В craTbe утвeрждаeтся, 4to Bee, ot адаптации pe6eHKa в oрганизации дoшкoльнoгo o6pa-зoвания и прoвeдeния дня с oднoгруппниками дo oбучeния питанию и сну, прeдcтавляeт coбoй системный прoцecc, трeбующий BeecTopoHHero coтрудничecтва poдитeлeй и пeдагoгoв, а такжe coблюдeния принципа Бoльшoe значeниe как уcлoвиe адаптации имeeт кoллeгиаль-ная pабoта poдитeлeй и пeдагoгoв, eщe раз пoдчepкиваeт. В cтатьe pаccматpиваeтcя значeниe poдитeлeй и пeдагoгoв как фактора шциализации в oбecпeчeнии эффeктивнoй coциальнoй адаптации peбeнка к дoшкoльнoму oбpазoватeльнoму учpeждeнию.

Ключeвыe cлoва и пoнятия: coциальная адаптация, пcихoлoгичecкиe хаpактepиcтики, стимулы, вoлeвыe, эмoциoнальныe пepeживания, шшитивнью кoмпoнeнты.

IBRAGIMOVA O.K. PSYCHOLOGICAL FACTORS OF A CHILD'S ADAPTATION TO THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ENVIRONMENT

In the article, it is stated that everything from the child's adaptation in the preschool education organization and spending the day with his group mates to learning to eat and sleep is a systematic process that requires the comprehensive cooperation of parents and pedagogues, and the principle of collegial work of parents and pedagogues is of high importance as a condition for adaptation. emphasizes once again. The article examines the importance of parents and educators as a factor of socialization in ensuring the child's effective social adaptation to MTT.

Key words and concepts: social adaptation, psychological characteristics, stimuli, conative, emotional experiences, cognitive components.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

Kirish. Jahonda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar shaxsning atrofidagi dinamik xarak-terga ega bo'lgan muhitga moslashishni hamda shaxsiy rivojlanishni ta'minlovchi subyektiv xara-kterga ega xususiyatlarni takomillashtirishni talab qilmoqda. "...agar bolaning noroziliklari bir xil darajada qolsa yoki kuchaygan bo'lsa va qo'shimcha ravishda ularga regressiv reaksiya-lar qo'shilsa, uyquning yomonlashishi, ishtaha, letargiya, nutqning zaiflashishi bola bilan individual ishlashni talab qiladi1. Ta'lim tizimidagi zamonaviy tendensiyalar bola mustaqilligi aso-sida irodaviy sifatlar, javobgarlik hisi va kreativ-likni juda erta yosh davridan shakllantirishiga xizmat qilmoqda. Finlyandiya, Kanada, Yaponiya ta'lim tizimida bog'cha yoshi davridanoq bolalar hayotiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qil-ish, kelajagi uchun mas'uliyatga o'rgatib borish zarurat yuzaga kelmoqda.

Jahonda bolalarni ijtimoiy muhitga mos-lashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadq-iqotlarda bolani maktabgacha ta'lim tashkilo-tiga moslashtirishda har tomonlama uyg'unlikda shakllanishi uchun zarur shartlarni yaratish, ularning moslashish sohasiga salbiy ta'sir etuv-chi omillarni o'rganishga oid izlanishlarga alo-hida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada bolalarn-ing psixik salomatligini barqarorlashtirish mex-anizmlari, har bir bolaning individual rivojlanish-iga ta'sir etuvchi oiladagi muhit, ota-ona va bola munosabati, atrof-muhit va tengdoshlarining ta'siri, shaxslararo munosabatlarda vujudga kel-adigan muammolar va bolaning o'z-o'ziga bergan bahosini aniqlash asosida bolalarni makta-bga moslashtirishda vujudga keladigan buzilish-larni oldini olish va bartaraf etishni takomillasht-irish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar ortib bormoqda.

Respublikamizda bog'cha yoshidan boshlab, jamiyatga, ota-onaning so'zlariga, tabiatga va o'z faoliyatiga mas'uliyatli munosabatni shak-llantirish va shu asosda bolalarni ma'naviyatini yuksaltirishga so'nggi yillarda alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Maktabgacha ta'limni tizimli tashkil qilish uchun bolani bog'chaga adaptatsi-yasi hamda oila hayotidan bog'cha tizimiga o'tishi hamda bilimlarni egallashi bugungi kun-ning dolzarb masalalari sirasiga kiradi. Maz-kur jarayon bolalarni bog'cha adaptatsiyasi va

1 https://minikar.ru/uz/money/adaptaciya-i-podgotovka-rebenka-k-detskomu-sadu

bilimi darajasini oshirish, o'yin shaklida ta'lim va hayotni o'zaro uyg'unlashtirishga doir tadq-iqot olib borish zarurati mavjudligini ko'rsatdi. Bu borada maktabgacha tayyorlov guruhi tarbi-yalanuvchilarida davlat talablari va boshlang'ich sinf o'quvchilarining tayanch kompetensiyala-rini shakllantirishda uzviylikni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotning maqsadi. bog'cha yoshidagi bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotiga moslashuvining ijtimoiy-psixologik xususiyatla-rini o'rganish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish-dan iborat.

Tadqiqotning vazifalari:

bolani maktabgacha ta'lim muhitiga mos-lashuvining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash;

maktabgacha ta'lim tashkilotiga moslashish-ning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tavsi-flash va o'ziga xos jihatlarini empirik jihatdan o'rganish;

bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotiga ijti-moiylashuvini tarkib toptirish asosida konativ va emotsional kechinmalar, kognitiv jarayonlarni shakllantiruvchi yetakchi psixologik omillarni aniqlash;

bolani maktabgacha ta'lim muhitiga moslash-ish ko'rsatkichlarini o'rganish uchun xizmat qilu-vchi psixodiagnostik vositalar yordamida olingan natijalar asosida amaliyotda foydalanish uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asarlari qisqacha tahlili. Bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotiga moslashtirishda fikr-lashini shakllantirish, bolalarda ijodiy qobili-yatni rivojlantirishning maqbul usullari, o'yin motivatsiyasi, jamoa bilan faolligini oshirish va nutqiy qobiliyatini o'stirish bilan bog'liq jihat-lar Respublikamiz olimlaridan Z.Nishonova, Sh.Barotov, T.Adizova, Sh.Samarova, Z.Sheremetova, R.Mavlyanova, U.Jumayev, N.Jo'rayev, S.Matchonov, U.Masharipova, R.Safarova, A.Hamroyev, M.Hamdamova, B.Xodjaev, Q.Husanboeva, Sh.Yusupova,

A.Turg'unov, M. Tayjanova, X.Mominova,

B.Parmonov, C.Xasanova va boshqalar tomoni-dan ilmiy tadqiq etilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi olimlaridan I.Agafonova, L.Kovaleva, V.Kogon, E.Aleksandrovskaya V.Safronova, A.Xripkova, V.Muxina D.Elkonin, L.Venger, L.I.Bojovich,

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

Ye.Kravsova, T.Nejnova, A.Anastasi, J.Shvansara A.N.Leontev, K.Yirasek, V.Davidov, V.Drujinin, L.Vigotskiy, I.Dubrovin, I.Levina, M.Bezrukix, S.Semichev, V.Kovalyov va boshqalar tomoni-dan ijtimoiy moslashuv muammosi, bog'cha yoshidagi bolalarning maktabga ijtimoiylashu-vining ijtimoiy-psixologik omillari, bolaning maktab ta'limiga tayyorligining ijtimoiy-psix-ologik xususiyatlari, maktabgacha ta'lim muas-sasada bolaning aqliy faoliyati, uning intellek-tual imkoniyatlari, ontogenez inqirozi, bog'cha ta'limiga moslasha olmaslikning asosiy sabablari va uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbir-larni o'rganish masalalari ilmiy tadqiq etilgan.

Xorij olimlaridan L.Kolberg, J.Piaje, J.Rotter, F.Xayder va boshqalar bolalarning maktabgacha ta'lim muassasasiga moslasha olmasligi kelib chiqishining oldini olish masalalari ilmiy tadqiq etilgan.

Maqolaning ilmiy mohiyati bog'cha yoshidagi bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilo-tiga moslashuvining ijtimoiy-psixologik xususi-yatlarini o'rganishga doir tavsiyalar ishlab chiq-ishdan iborat.

Tadqiqotning ob'yekti. sifatida Andijon viloyatidagi maktabgacha tа'lim tashkilotlarida tahsil oluvchi jami 235 nafar 3-4 yoshli bolalar hamda 115 nafar ota-onalar va 85 nafar maktabgacha ta'lim tashkilotining tarbiyachi-pedagoglari respondent-sinaluvchi sifatida ishtirok etdi. Tadqiqotga jami 435 nafar sinalu-vchilar jalb etilgan.

Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida asosiy psixologik metodlardan suhbat, kuza-tish; yordamchi metod sifatida test metodidan, xususan, Rene Jillning «Bolaning shaxslararo munosabatlar sohasi diagnostikasi» metodikasi, L.Korman modifikatsiyasi asosidagi «Oila rasmi» proyektiv metodikasi, Dj.Bakning «Uy, odam, daraxt» proyektiv metodikasi, A.Ostrouxovaning «Bolaning maktabgacha tа'lim tashkilotiga moslashish darajasini aniqlash» testi hamda A.Ya.Varga va V.V.Stolinning «Ota-onalar muno-sabatlari diagnostikasi» metodikasidan foy-dalanilgan. Olingan empirik ma'lumotlarning ishonchliligi matematik-statistik mezonlardan chastotali tahlil, Kolmogorov-Smirnov normal taqsimlanish qonuniyati, ikki mustaqil tanlanma to'plamlar uchun Mann-Uitni - U mezoni, Spir-manning r-korrelyatsiya koeffitsienti hamda

bog'liq tanlanmalar uchun Styudentning - t mezoni orqali tekshirilgan.

Natijalar va amaliy misollar. Bizning tadq-iqotimizda mavzuning bugungi kundagi dol-zarbligi va zarurati asoslangan, muammoning o'rganilganlik darajasi yoritilgan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishin-ing ustuvor yo'nalishlariga mosligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari ifodalangan, tadqiqot obyekti ko'rsatilgan, ilmiy yangiligi bayon qilin-gan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslan-gan, nazariy va amaliy ahamiyati ochib beril-gan, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e'lon qilingan ishlar, dissertatsiyaning tuzilishiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Tadqiqot maqsadi ko'proq kichik maktabgacha tа'lim yoshidagi bolalarning maktabgacha tа'lim muassasasiga ijtimoiy moslashuvining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda bolalarni kamroq darajada inqirozsiz moslashuvini tа'minlashda pedagog-tarbiyachilar bilan birga-likda kompleks-chora tadbirlar mexanizmini takomillashtirishdan iborat.

Tadqiqotning umumiy namunasi 435 kishini tashkil etdi, jumladan:

- 235 nafar 3-4 yoshli bolalar,

- 115 nafar ota-onalar,

- 85 nafar maktabgacha ta'lim tashkilotining tarbiyachi-pedagoglari.

Tadqiqot 2020 yildan 2023 yilgacha olib borildi. Gipotezaning maqsad va vazifalari va metodologik asosiga muvofiq, bir necha bosq-ichlarni o'z ichiga olgan tadqiqot dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun milliy madaniy muhitimizga moslashtirilgan, aprobatsiyadan muvaffaqi-yatli o'tgan hamda bir necha tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida qo'llanilib, o'z samarasini bergan psixodiagnostik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yuqorida berilgan maqsad va fikrlarni amalga oshirish va real hayotga tatbiq etish uchun biz tomonimizdan Stolin-Varganing '^a-ona^ va pedagoglarning bolalarga bo'lgan munosabatlari psixodiagnostikasi" metodikasining ota-onalar hamda pedagog-tarbiyachilar uchun mo'ljallangan varianti, bolalar uchun "Uy, odam, daraxt" proyektiv testi, '^la rasmi" proyektiv metodikasi, "Moslashuvchanlik darajasini aniqlash" so'rovnomasi hamda Rene Jilyan-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

1-jadval. Rene JiNning "Bolaning shaxslararo munosabatlar sohasi diagnostikasi" metodikasining jins bo'yicha tahlili

(n=235)

Shkalalar Jins О'rtacha rang Ranglar summasi U p

Оtaga bo lgan munosabat o'g'il bolalar 102,73 12019,00 5116 0,001**

qiz bolalar 133,14 15711,00

Оta-onaga, oilaviy juftga bo'lgan munosabat o'g'il bolalar 104,76 12257,50 5354,5 0,003**

qiz bolalar 131,12 15472,50

Aka-uka, opa-singilga bo'lgan munosabat o'g'il bolalar 101,18 11838,00 4935 0,000**

qiz bolalar 134,68 15892,00

Muloqotchanlik o'g'il bolalar 106,31 12438,00 5535 0,006**

qiz bolalar 129,59 15292,00

Izoh: ** - p<0,01.

ing "Bolaning shaxslararo munosabatlar sohasi diagnostikasi" metodikalaridan foydalanildi. Dastlab empirik tadqiqotimizni boshlashda ob'yekt sifatida Andijon viloyatidagi maktab-gacha ta'lim tashkilotlarida tahsil oluvchi jami 235 nafar 3-4 yoshli bolalar hamda 115 nafar ota-onalar va 85 nafar tarbiyachi-pedagoglar respondent-sinaluvchi sifatida ishtirok etdi. Shunday qilib tadqiqotimizga jami 435 nafar sinaluvchilar jalb etilgan.

Оtaga bo'lgan munosabat shkalasi bo'yicha ishonch ko'rinishidagi ahamiyatli tafovutlar kuzatildi (U = 5116,000, p<0,01). Bundan qizlarda ilk bolalik davridan boshlab ota siymosiga ehtirom, otaning o'rnini hayotida ustun qo'yish motivi yetakchilik qilib, qiz bolalar uchun ota - himoyachi, qo'riqchi, yaqin suyanch vazifa-sini bajarishi haqida tasavvurlarning shakllanib bo'lganidan dalolat bersa, maktabgacha ta'lim tashkilotiga ilk bor qadam qo'yayotgan bolalarni, ayniqsa qizlarni onasiga qaraganda otasi bilan birga borishi ularning o'ziga bo'lgan ishonch darajasini ortib borishiga ham zamin yaratishi mumkin kabi fikrlar yuritilishiga sabab bo'ladi. Оta-onaga, oilaviy juftga bo'lgan munosabat ko'rsatkichida (U = 5354,500, p<0,01) qizlarda o'g'il bolalarga qaraganda ota-onani oilaviy bus-butun birlik sifatida idrok etish yuqoriroq bo'lishi kuzatildi. Demak, faqat otaning emas, balki onaning ham kundalik maktabgacha ta'lim tashkilotiga borish, kelish, vazifalarni birgalikda bajarish jihatidan roli yuqoriligini alohida qayd etib, otaning bu "kichkina" yumushlarda ishtiroki ta'minlanishini o'g'il bolalarga nisbatan qizlarda ota-onalikni yaxlit komponent sifatida qarash-lariga olib keladi.

Aka-uka, opa-singilga bo'lgan munosabat shkalasi jihatidan ham sinaluvchilarning

ko'rsatkichlari o'rtasida ishonchli tafovutlar aniqlanib (U=4935,000, p<0,01), aka-uka, opa-singilga bo'lgan munosabatning qiz bolalarda ustunlik qayd etishini ko'proq komfort jihatidan sibling munosabatlarda o'zini ideal "men" qiyofasini namoyon etishida ham yaqqol ifoda etilganining natijasi deb qarashga imkon beradi. Keyingi do'stga bo'lgan munosabat (U=6178,500, p>0,05), tarbiyachiga bo'lgan munosabat (U = 6071,500, p>0,05), qiziquvchanlik darajasi (U=6413,500, p>0,05), hukmronlikka intilish (U=6525,500, p>0,05) kabi ko'rsatkichlarda ishonch darajasidagi ahamiyatli tafovutlar aniqlanmagan bo'lib, biroq ozina ustunlik ko'rsatkichi qizlarning natijalarida qayd etildi. Bundan ma'lim bo'ladiki, qizlarda o'g'il bolalarga qaraganda qiziquvchanlik darajasining yuqori bo'lishi ko'proq ularda tarbiyachiga "ikk-inchi onasidek" munosabat o'rnatishini, guruhda hukmronlikka intilish darajasining ortishiga ham turtki bo'lishiga olib kelishi bilan ham tavsifla-nadi.

О^ rasmi metodikasining jins bo'yicha tah-lini amalga oshirilganda, shkalalarning bar-chasi ko'rsatkichlarida ishonch darajasidagi ahamiyatli farqlar aniqlanmaganini kuzatishi-miz mumkin. Qulay oilaviy sharoit shkalasi bo'yicha ishonchli ahamiyatli tafovutlar kuzatildi (U = 5351,000, p<0,01). Dalillanadiki, qizlarning maktabgacha ta'lim tashkilotiga ijtimoiy moslashuvini ta'minlashda qulay oilaviy sharoit muhiti muhim rol o'ynab, oilaning ijtimoiy barqarorlashuv darajasi, bog'chaga borishga bo'lgan oiladagi umumiy motiv kabilar ilk bolalik davrida bolaning maktabgacha ta'lm tashkilotiga ijtimoiy-refleksiv moslashish shart-larini yuzaga chiqarishda xizmat qiladi. О^'П bolalarda esa, aksincha, oilaviy sharoitning

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

2-jadval. "Oila rasmi" metodikasining jins bo'yicha tahlili (n=235)

Shkalalar Jins artacha rang Ranglar summasi U p

o'g'il bolalar 104,74 12254,00

Qulay oilaviy sharoit qiz bolalar 131,15 15476,00 5351 0,003**

qiz bolalar 117,44 13857,50

üilaviy vaziyatda nomukammallik tuyg'usi o'g'il bolalar 105,91 12391,50

qiz bolalar 129,99 15338,50 5488,5 0,006**

qiz bolalar 122,81 14491,00

Izoh: ** - p<0,01.

1-rasm. "Bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotiga moslashish darajasini aniqlash" metodikasining jins tafovuti

ko'rsatkichlari.

122,87

Yengil moslashuv O'rta moslashuv Qiyin moslashuv

■ o'g'il bolalar ■ qiz ho la lar

qulay yoki qulay emasligi bolaning ijtimoiy moslashuvini muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kechishiga unchalik darajada ta'sir ko'rsatmasligi olingan natijalar tahlilidan ham ma'lum bo'ladi. Fikrimizcha, bola ijtimoiylashuvida birinchi agentlar sifatida oila muhiti muhim omil bo'lishi barobarida qulay, barqaror oilaviy sharoit bolani maktabgacha ta'lim tashkilotiga borish motivining ortishiga, uning ijtimoiy-refleksiv moslashish ko'nikmasining yuzaga kelishida ham "yetakchi faktor" bo'lib xizmat qilishi mumkinligi oydinlashadi (2-jadvalga qarang).

Оilaviy vaziyatda nomukammallik tuyg'usi ko'rsatkichida (U = 5488,000, p<0,01) ham ishonchli natijalar mavjudligi kuzatilib, xalq-imizning "sen tinch-uying tinch" mazmu-nidagi xalq donishmandligi namunalariga asoslanib, qizlarning ilk bolalik davridan boshlab uy-ro'zg'or yumushlariga nisbatan ijobiy immunitet hosil qilinishi ortida ulardagi oilaviy vaziyatlarga nisbatan daxldorlik tuyg'usi kuchli ko'rinishda shakllanib borib, bu o'z nav-batida ularda oiladagi nomukammallik tuyg'usini

mukammallik kompleksiga aylantirishda richag vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, ilk bolalik davridagi qizaloqlarda "nomukammallikdan mukammallikka intilish" maktabgacha ta'lim tashkilotiga borish, bog'cha muhitiga ijtimoiy moslashish, oiladagi vaziyatlardan "xalos" bo'lish uchun motiv rolini bajarishi ham mumkinligi natijalarda aks etmoqda.

Yuqorida berilgan metodikaning barcha moslashuv darajalarida (yengil (U = 6841,500, p>0,05), o'rta (U = 6328,500, p>0,05) hamda qiyin (U = 6681,500, p>0,05) moslashuv) ishonchli far-qlar aniqlanmadi. Bundan ma'lum bo'ladiki, moslashishning sikli qiz va o'g'il bolalarda unchalik katta tafovutli farqlar qilmas ekan. Bunday ko'rinish tus olishiga sabab qilib esa, taxminimizcha, bolalarning bir xil ontogenez bosqichidagi davrda ekanliklari hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti tog'risidagi ijtimoiy ustanovka va tasavvurlarining o'xshashlik kasb etishlari natijasi sifatida ta'kidlab o'tishimizga turtki beradi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

3-jadval. "Ota-ona va bola munosabatlari diagnostikasi" metodikasining pedagog va ota-onalar tafovutlari

Shkalalar О'rtacha rang ko'rsatkichlari Statistik ko'rsatkich

Tarbiyachi-pedagoglar (n = 85) Оta-onalar (n=115) U P

Qabul qilingan - rad etish 110,82 92,87 4010,5 0,030*

Kooperatsiya 94,84 104,68 4406,5 0,230

Simbioz 110,01 93,47 4079,5 0,043*

Avtoritar giperijtimoiylashuv 96,28 103,62 4528,5 0,370

Kichik omadsizlik 89,18 108,87 3925,5 0,017*

Izoh: * - p<0,05.

4-jadval. Ota-ona va bolalarning tadqiqot metodikalari natijalarining bog'liqliklari

4-jadval. Ota-ona va bolalarning tadqiqot metodikalari natijalarining bog'liqliklari

Aloqadorlik ko'rsatkichlari Himoyasizlik О'ziga ishonchsizlik G'animlik Ziddiyat Yengil moslashuv О'Г1Э moslashuv Qiyin moslashuv

Qabul qilingan xo'rlangan 0,254** 0,207* 0,165 0,060 0,369** 0,137 -0,225*

Kooperatsiya -0,082 0,278** 0,220* 0,350** 0,215* -0,187* -0,216*

Simbioz 0,146 0,026 -0,004 -0,022 -0,109 0,094 0,138

Avtoritar giperijtimoiylashuv -0,015 0,004 -0,168 -0,023 -0,229* -0,243** -0,252**

Kichik omadsizlik 0,058 0,165 0,092 0,167 0,069 -0,287** -0,296**

Izoh: * - p<0,05, ** - p<0,01.

«Bolalarni maktabgacha ta'lim muhitiga ijtimoiy moslashtirishning eksperimental tadqiq etilganligi» deb nomlangan dissertatsi-yaning uchinchi bobida tarbiyachi-pedagog va ota-ona-bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotiga ijtimoiy moslashuvining muvaf-faqiyat omili sifatida, bolani maktabgacha ta'lim muhitiga ijtimoiylashuvini ta'minlashga yo'naltirilgan tajriba-sinov ishlarining nati-jalari va tahlili hamda bolani maktabgacha ta'lim muassasasiga moslashtirish bo'yicha ota - ona va tarbiyachilar uchun uslubiy tavsiyalar o'rin olgan. Оta-onalar munosabati bolaga nis-batan har xil his-tuyg'ularning tizimi sifatida, u bilan muomalada xulq-atvorning o'zgarmasligi (stereotipligi) bola shaxsi, uning xatti-harakatlari, xarakteri, idrok qilish xususiyatlarini tushunish sifatida qaraladi. Shuningdek, ilk bolalik davri-dagi emotsional beqarorlik, qo'zg'aluvchanlik xususiyatlariga barham berishga erishish hamda ularda o'z xatti-harakatlarini boshqara olish va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish situatsion vaziyatlarga bog'liq bo'lgan bolalarning dezadaptatsiyasining oldini olishda muhim hisoblanadi.

Оta-ona va pedagoglarning bolaga nis-batan munosabatlari diagnostika qilinganda qabul qilingan-xo'rlangan shkalasida tarbiyachi-pedagoglar 110,82, ota-onalar 92,87 qayd etib, ishonchli farqlar kuzatildi (U=4010,500, p<0,05).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tarbiyachilarning bolani bor imkoniyatlari, individual-psixologik xususiyatlari, rivojlanish darajasidagi farqlarni inobatga olgan holda munosabatda bo'lishi balandligi bolaning ijtimoiy moslashishini ta'minlashda muhim o'rin tutar ekan. Simbioz, bolani har qanday xavf-xatardan, tashqi to'siqlardan himoya qilish, asrash ko'rsatkichida ahamiyatli tafovutlar kuzatilib (U=4079,500, p<0,05), tarbiyachilar ota-onalardan farqli ravishda o'z xizmat bur-chiga sodiqlik ramzi sifatida doimo boladan xavotirlanadi, farzandi unga kichkina va himoyasiz bo'lib tuyuladi, bola sharoitga ko'ra, mustaqil biror ish qilmoqchi bo'lganda, tarbi-yachining xavotirlanishi yanada ortadi, chunki tarbiyachi o'z ixtiyori bilan hech qachon farzan-dga mustaqil bo'lishga izn bermaydi. Bu shkala bo'yicha-past ballarda ota-onalar-farzandlariga nisbatan teskari va qo'pol hamda sovuq munosabatda bo'ladilar.

"Oila, uy, daraxt" metodikasi bilan ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatlar diagnostkasining tahliliga ko'ra, bolani qabul qilish ko'lamining ortishi bolada yanada himoyasizlik hisining ortishiga olib keladi (r=0,254, p<0,01). Shuningdek, ushbu shkala bilan yengil moslashuv (r=0,254, p<0,01), o'g'ir moslashuv (r=-0,225, p<0,05) shkalalar-ida bog'liqliklar aniqlandi. Kooperatsiya shka-lasi bilan o'ziga ishonchsizlik (r=0,278, p<0,01),

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

V____

5-jadval. Moslashuv darajalari hamda bola rivojlanish xususiyatlari o'rtasidagi aloqadorliklar

Aloqadorlik munosabatlari Yengil moslashuv О'И^ moslashuv Qiyin moslashuv

Опада bo'lgan munosabat -0,241** 0,216** 0,139*

Оtaga bo'lgan munosabat -0,194** 0,113 0,189**

Оta-onaga, oilaviy juftga bo'lgan munosabat 0,053 0,009 -0,233**

Aka-uka, opa-singilga bo'lgan munosabat 0,253** 0,262** 0,274**

Buvi-buvaga bo'lgan munosabat 1,000** 0,245** 0,219**

Do'stga bo'lgan munosabat 0,241** 0,991** 0,126

Tarbiyachiga bo'lgan munosabat 0,244** 0,173** 0,937**

Hukmronlikka intilish -0,123 -0,148* 0,019

Muloqotchanlik -0,030 -0,165* -0,107

О^т chetga tortish -0,389** -0,214** 0,292**

Xulq-atvorning ijtimoiy o'xshashlik darajasi -0,099 -0,116 0,206**

Izoh: * - p<0,05, ** - p<0,01.

g'animlik (r=0,220, p<0,05), ziddiyat (r=0,350, p<0,01), yengil moslashuv (r=0,215, p<0,05) shkalalarida musbat aloqadorliklar, o'rta moslashuv (r=-0,187, p<0,05), qiyin moslashuv (r=-0,216, p<0,05) shkalalari bilan manfiy aloqadorliklar kuzatildi. Natijalardan ma'lum bo'ladiki, ota-onaning bola bilan hamkorligi yax-shilansa unda moslashish jarayoni osonlashadi, lekin o'ziga, o'z kuchiga ishonmasligi ham ortadi, ichki ziddiyat ota-onaning bolaga haddan ortiq ishiga aralashib ketgan holatlarida ortib boradi. Manfiy aloqadorliklar aniqlangan shkalalarda esa, ota-onaning bolaga tazyiq o'tkazmasligi, har bir bolaning qilayotgan harakatida boladan "hisobot" talab qilmasdan, qo'lidan kelmayotgan topshiriqni birga bajarishga intilishi natijasida bolada maktabgacha ta'lim tashkilotiga qiyin va o'rta moslashish ko'lami pasayadi. Natijada bola ijtimoiy moslashishga nisbatan o'zida tayyorlik hosil qiladi.

Ilk bolalik davridagi bolaning psixik rivojlanishi, atrofdagilarga munosabati va maktabgacha ta'lim tashkilotiga moslashuv darajalari o'rtasidagi bog'liqliklar orqali olingan natijalar quyidagicha ko'rinish oldi: onaga bo'lgan munosabatning haddan ortiq prizma-tik ko'rinishda tus olishi bolada onadan aytir-lishdan qo'rqish hissini uyg'otib uning yengil moslashish darajasini kamaytiradi (r=-0,241, p<0,01), bu esa boladagi moslashuvning qiy-inchilik bilan kechishini ta'minlaydi (r=0,139, p<0,01). Bolaning otasi bilan ham bog'lanib qolishi undagi qiyin moslashuv ko'rsatkichining ortishiga olib kelarkan (r=0,189, p<0,01). Ota-onaga oilaviy juft sifatida qarashning ortidan qiyin moslashuv ko'rsatkichi pasayadi, bunda

ota ham ona ham bolaga birdek munosabat ko'rsatib, uning ijtimoiy moslashuvida javobgarlikning tengma-teng his qiladi (r=-0,233, p<0,01). Sibling munosabatlari nuqtayi nazaridan esa, musbat aloqadorliklar qayd etilib (r=0,253, p<0,01), aka-uka, opa-singillarning ilk bolalik davridagi bolaga munosabati undagi moslashuv darajalarining barchasiga ta'sir etib (r=0,262, p<0,01), ijobiy yoki salbiy tusda kechishini ta'minlovchi omillardan bo'lib xizmat qiladi (r=0,274, p<0,01) (5-jadvalga qarang).

Navbatdagi aloqadorliklar buvi-buvaga munosabat (r=1,000, p<0,01; r=0,245, p<0,01; r=0,219, p<0,01), do'stga munosabat (r=0,241, p<0,01; r=0,991, p<0,01) ko'rsatkichlari ham bar-cha moslashuv darajalariga ta'sir etishi kuzatildi. Oiladagi muhit hamda shaxslararo munosabatlar ham bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotiga ijtimoiy moslashishida ahamiyat kasb etib, tengdoshlariga bo'lgan munosabatlar dinamikasi moslashuvchanlik siklining o'zgarishini ta'minlab beruvchi jihatlardan ekanligi ma'lum bo'ldi.

Nazorat guruhidagi sinaluvchilarimizda korreksion mashg'ulotlarni olib borish barobarida quyidagi natijalar qayd etilganini kuzatish mumkin: himoyasizlik oldin 3,69 keyin 2,12 (T=4,367, p<0,01), xavotirlik oldin 4,31, keyin 4,02 (T=1,874, p<0,254), o'ziga ishonchsizlik oldin 2,65, keyin 2,01 (T=0,863, p<0,05), o'z-o'zidan qoniqmaslik oldin 4,21, keyin 3,11 (T= 1,539, p<0,05), g'animlik oldin 2,36, keyin 1,15 (T=3,870, p<0,05), ziddiyat oldin 3,42, keyin 3,11 (T=0,157, p<0,053), muloqotda qiyinchlik oldin 3,55, keyin 3,16 (T=1,071, p<0,074), tushkunlik oldin 3,14, keyin 2,95 (T=2,100, p<0,05) ni ko'rsatdi (6-jadvalga

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

6-jadval. Tajriba va nazorat guruhidagi sinaluvchilarning psixokorreksion ishlar bo'yicha tafovutlari (n=147)

Shkalalar Statistik ko'rsatkichlar

Tajriba guruhi (n = 63) Nazorat guruhi (n = 84)

M1 M2 p M1 M2 p

Himoyasizlik 5,27 3,51 0,000** 3,69 2,12 0,000**

Xavotirlik 4,54 2,52 0,000** 4,31 4,02 0,254

О'ziga ishonchsizlik 4,08 2,37 0,000** 2,65 2,01 0,050*

О^с^п qoniqmaslik hisi 4,67 2,98 0,000** 4,21 3,11 0,050*

G'animlik 3,00 2,17 0,000** 2,36 1,15 0,032*

ZiCCiyat 3,54 2,34 0,000** 3,42 3,11 0,053

Muloqotda qiyinchilik 3,74 2,38 0,000** 3,55 3,16 0,074

Tushkunlik 3,55 2,32 0,000** 3,14 2,95 0,043*

Izoh: *-p<0,05, **-p<0,01.

qarang). Korreksion dasturdagi mashg'ulotlar nazorat guruhida ham o'z samarasini bergani ma'lum bo'ldi. Oilalar bilan ishlashni tashkil qil-ishda asosiy tamoyillarni bolalar bog'chasining oila uchun ochiqligi (har bir ota-onaga bolasi qanday yashayotgani va rivojlanishini ko'rish imkoniyati beriladi), bolalarni tarbiyalashda o'qituvchilar va ota-onalarning hamkorligi; faol rivojlanayotgan muhitni yaratish kabilarni inobatga olish zarur. Oila bilan o'rnatilgan aloqa bolaning moslashuv guruhiga muvofiq, oila bilan ishlashning ko'lami va mazmuni belgilanishi kerak. Bolaning moslashuvi noqulay bo'lsa, oila bilan ishlash chuqurroq va hajmli bo'lishi, oila a'zolarining tarbiyachilar va maktabgacha ta'lim muassasasi metodisti bilan yaqin aloqasini ta'minlash kerak.

Xulosalar. Bolalarni maktabgacha ta'lim muhitiga ijtimoiy moslashtirishning psixologik jihatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishi quyidagi xulosalarga kelishga imkon beradi:

1. Bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashtirish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni belgil-ovchi omillar sifatida ota-onalarni muassasada bo'lish shartlari bilan tanishtirish, qisqa muddatli dam olish guruhlarini tashkil etish, bolalarning guruhdagi o'zaro munosabatlarini optimallashti-rish, moslashishni optimallashtirish uchun ota-onalar bilan birgalikda faoliyatni tashkillashtirish kabilarni ajratib ko'rsatish mumkin.

2. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarn-ing ijtimoiy-psixologik moslashuvi shaxsning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda va sharoitlarga faol moslashish orqali amalga oshiriladigan shaxs ehtiyojlari va ijtimoiy muhit

talablari o'rtasidagi dinamik muvozanatni o'rnatish jarayoni hisoblanadi.

3. Maktabgacha ta'lim tashkiloti sharoitida bolalarning ijtimoiy-psixologik moslashuvi individual ravishda belgilanadi va qiyin moslashgan hamda yengil moslashgan bolalar shaxsining kognitiv, affektiv va konativ tarkibiy qismlarida sezilarli farqlarga ega.

4. Boladagi bog'chaga borish motivi shak-llanishi va rivojlanishida aka-uka, opa-singlisiga munosabat darajasi ham hal qiluvchi omillardan biri ekanligi ma'lum bo'lib, bog'chaga bolani olib borish "mas'uliyati" aynan bolaning aka yoki opasiga yuklatilgani bois, ularni bog'cha muhitiga olib borish, olib kirish ham ularning "pozitiv manipulyatsion" harakatlari orqali muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin.

5. Maktabgacha ta'lim tashkiloti muhitin-ing tartib-intizomiga bo'ysunishda "o'zinikini o'tkazish", barcha beriladigan ko'rsatmalarni bajarishda faqat negativ reaksiya bildirish kabi-lar bolalardagi moslashuvchanlik darajasining past bo'lishiga olib kelishi aniqlandi.

6. Bolada dushmanlik kayfiyati uni ota-ona tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotiga jo'natishga qaror qabul qilingan kundan boshlanadi. О^ ichki "men"ini namoyon qil-ish orqali qarorlar qabul qilishda "men" bilan o'rtoqlashish lozim degan aqidani o'z xulq-atvori va ota-onasi bilan bo'lgan munosabatlarda yig'lash, o'zinikini ma'qullash, qaysarlik qilish kabi xatti-harakatlar orqali ifodalashga intiladi.

7. Bolalarning aksariyati maktabgacha ta'lim tashkilotiga o'rta darajada moslashadi, qiyin moslashuv eng past ko'rsatkichda bo'lib, bolalarning moslashishida qiyinchiliklar bo'lishi

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

tabiiy hol va ularni bartaraf etish kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni ko'zga tutishiga hozirlik qilishga undaydi.

8. Aka-uka, opa-singilga bo'lgan munosabatning qiz bolalarda ustunlik qayd etishini ko'proq komfort jihatidan sibling munosabatlarda o'zini ideal "men" qiyofasini namoyon etishida ham yaqqol ifoda etilganining natijasi hisoblansa, qizlarda ilk bolalik davridan boshlab ota siymosiga ehtirom, otaning o'rnini hayotida ustun qo'yish motivi yetakchilik qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotiga ilk bor qadam qo'yayotgan bolalarni, ayniqsa qizlarni onasiga qaraganda otasi bilan birga borishi ularning o'ziga bo'lgan ishonch darajasini ortib borishiga olib kelishi dalillandi.

9. Pedagog hamda ota-onalarning bolani boricha yosh xususiyatlariga qarab qabul qil-ishining ustunligi ularda moslashish jarayonining dastlabki pallasida muhim o'rin tutsa, tarbi-yachi va ota-onalarda bolaning xulq-atvorini markazlashgan avtoritar tarzda nazorat qilish, boshqarish motivlarining pastligi uchun ularga qadriyat va ta'limga yo'nalgan tarbiya berish usullaridan foydalanish ko'lamining ustunlikda ekani kuzatildi.

10. Bola bilan munosabatda ota-ona ham, tarbiyachi ham ko'proq "erkinlik", "do'stona munosabatlar" tamoyiliga amal qilgan holda ish tutishni ma'qul ko'rishidan dalillanib, bolaning fikrlariga quloq tutish, uning ehtiyojlarini tom ma'noda qondirish ustunlik qilib, bolaga nis-batan qo'pollik ko'lami ota-ona va pedagog-tarbiyachilar uchun ahamiyatsiz va "eng so'nggi chora" shakli deb qaralishi ma'lum bo'ldi.

Bolalarni maktabgacha ta'lim muhitiga yengil darajada ijtimoiy moslashtirishni ta'minlash

maqsadida tarbiyachi-pedagoglar, amaliyot-chi psixologlar hamda ota-onalar uchun quy-idagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq:

1. Kichik maktabgacha yosh davridagi bolalarning ijtimoiy moslashuvchanlik darajasini diagnostika qilishning psixodiagnostik metodlari bazasini yaratish lozim.

2. Tarbiyachilar bolalarning rivojlanish darajasini kuzatishi va tahlil qilishi va peda-gogik ta'sirlarni tashkil etishda uni hisobga oli-shi, bolalar muassasasi sharoitlariga ko'nikishi uchun qiyin davrda bolalarning xatti-harakatlar-ini nazorat qila olishi darkor.

3. Maktabgacha ta'lim tashkilotiga kiray-otgan bolalarning ota-onalari bilan aloqa o'rnatish, ota-onalar bilan maslahat va suhbatlar o'tkazish, ularni bolalar bog'chasining kundalik tartibi, bolaga qo'yiladigan talablar bilan tan-ishtirish bo'yicha zamonaviy kompleks chora-tadbirlar dasturini takomillashtirish lozim.

4. Tadqiqot natijalariga asoslanib, maktabgacha ta'lim tashkilotiga bolalarni tayy-orlash potensial tarbiyalanuvchilar haqida ma'lumot to'plashdan boshlanishi kerakligi, ota-onalar yig'ilishlarini tashkil etishda bolani bolalar bog'chasiga qabul qilish bilan bog'liq ko'plab muammolardan ota-onalar bolalarning bog'chadagi hayotini tashkil etish, ovqat-lanish, kundalik tartib, ta'lim dasturi, bolalarni tarbiyalash, moslashuv davrining xususiyatlari, moslashish ko'rsatkichlari, madaniy-gigiyena va o'z-o'zini parvarish qilish ko'nikmalari bilan yaq-indan ma'lumot berishga ahamiyat bergan holda tarbiyachi-pedagog hamda bolalar psixologi profilaktik ishlarni olib borishi kerak.

Foydalanílgan adabíyotlar ro'yxatí:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son farmoni. - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plamlari. 2017.- (766)-son. B. 36-37.

2. Poджeрс К.Р. Взгляд на психoтeрапию. Станoвлeниe чeлoвeка [TeKCT] I K.Poджeрс.

- M.: Изд. группа «nporpecc», «Унивeрс», 1994.- 480 с.

3. Фрeйд З. Ввeдeниe в психoанализ. Лeкции [TeKO"] I З.Фрeйд. - СПб.: Питeр, 2007.

- 384 с.

4. Фрoмм, Э. Бeгствo ot свoбoды [TeKO"] I Э. Фрoмм. - M: АСТ, 2016. - 288 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

5. Parmonov B. Psychological Aspects of the Formation of Ethical Relationship in Preschool Children. - https://ijins.umsida.ac.id/index.php/ijins/article/view/576

6. Лапина И.В. Адаптация детей при поступлении в детский сад: программа, психолого-педагогическое сопровождение. - Волгоград: Учитель, 2015. 128 с.

7. Социальная адаптация детей в дошкольных учреждениях [Текст] / Под ред. Р.В.Тонковой-Ямпольской, Е.Шмидт-Кольмер, А.Атанасовой-Буковой. - М.: 2008. 320 с.

8. Морозова Е.И. Группа кратковременного пребывания: мой первый опыт сотрудничества с родителями // Дошкольное воспитание. 2002. № 11.С.10-14.

9. Остроухова А. Успешная адаптация // Обруч. № 3. С. 16-18. 2000.

10. Балл Г.А. Понятие адаптации и его значение для психологии личности [Текст] / Г.А.Балл // Вопросы психологии. - 1989. - № 1. - С. 92-100.

11. Барышникова Е.В. Изучение психологической адаптации детей раннего возраста к дошкольному образовательному учреждению // Концепт. - 2015. - № 03 (март). -ART 15066. - 0,3 п. л. - URL: http://e-koncept.ru/2015/15066.htm. - Гос. рег. Эл № ФС 7749965. - ISSN 2304-120X.

12. Долгова В.И., Капитанец Е.Г., Кондратьева О.А., Шумакова О.А. Психолого-педагогическое сопровождение детско-родительских отношений: монография. - М.: Буки Веди, 2012. - 152 с.

13. Маслоу А.Х. Мотивация и личность. СПб.: Питер, 2016. 400 с.

14. Корсун Т.А. Психолого-педагогические условия успешной адаптации в ДОУ [Текст] // Педагогический опыт: теория, методика, практика. - Чебоксары: ЦНС Интерактив плюс. 2014. №1(1). С. 59-63.

15. Пистун Ю.В. Психолого-педагогическое сопровождение адаптации ребенка и его семьи к условиям дошкольного образовательного учреждения / Ю.В.Пистун, К.И.Григорян, Г.П.Ковачева // Молодой ученый. 2014. № 4. С.1064-1066.

16. Аксарина Н.М. Воспитание детей раннего возраста. М., 1977; Ватутина Н. Д. Ребенок поступает в детский сад. - М.: 1983; Исаев Д. Н. Детская медицинская психология. СПб., 2004

17. Теплюк С. Улыбка малыша в период адаптации // Дошкольное воспитание. 2006. № 3. С. 29-35.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.