Jonibekova H. talabasi
Andijon davlat universiteti
BOG'CHA YOSHIDAGI BOLA SHAXSINING PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA OILAVIY MUHITNING AHAMIYATI
Annotatsita: ushbu maqolada bog'cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga oilaviy muhitning vazifalari to'g'risida fikr yuritiladi va tarbiya yoshidagi bog'cha bolalarning bilish jarayonlari, irodaviy-hissiy xislatlari va psixologik xususiyatlari bayon etilgan. Maqola esa psixologlar, tarbiyachilar, pedagoglar, maktabgacha tarbiya muassasasining mutaxassislariga, talabalarga foydali manba hisoblanadi.
Kalit so'zlar: bog'cha, oilaviy muhit, shaxs, ijtimoiy muhit, ot-ona, psixik rivojlanish, munosabat, xulq-atvor
Jonibekova H. student
Andijan State University
THE IMPORTANCE OF THE FAMILY ENVIRONMENT FOR THE PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT OF A KINDERGARTEN CHILD
Annotation: This article discusses the role of the family environment in the development of the personality of a child of kindergarten age and describes the cognitive processes, willpower and psychological characteristics and psychological characteristics of children of kindergarten age. The article is a useful resource for psychologists, educators, teachers, specialists of preschool education, students.
Keywords: kindergarten, family environment, personality, social environment, parents, mental development, attitudes, behavior
Oila bolani o'rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo'g'inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko'rsatadigan ta'siri benihoya kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo'lib, u ko'pjihatdan kattalar qaramog'i va yordamiga muhtoj bo'ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo'ladiki, u xulq-atvorining regulyatori va psixik rivojlanishning stimulyatori bo'lib xizmat qiladi. Psixiatrlaming ta'kidlashicha, bolani haddan tashqari qattiqqo'llik bilan tarbiyalash unda nevrozlarni va psixosteniyani keltirib chiqaruvchi omillardan biridir. Albatta, har bir oiladagi munosabatlar o'ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq-atvorini boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga ko'ra o'rtadagi munosabatlar ko'pincha "demokratik" va "avtoritar" kabilarga ajratiladi. Bolalarga oilaviy ta'sir etishning "demokratik"
shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko'p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko'p muloqot qilinadi, unga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo'linadi, ota-onalar bo'lar-bo'lmas ta'qiqlar qo'ymasikka harakat qiladilar, buning o'rniga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalarni tushuntirishga intiladilar, iloji boricha bolalarning savollariga javob berishga, ularning qiziquvchanliklarini qondirishga harakat qiladilar.
Oiladagi "avtoritar" muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta'qiqlarning ko'pligi bilan xarakterlanadi. "Hukmron" ota-onalar boladan to'liq bo'ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan kam o'tkaziladi. Shu narsa aniqlanganki, "avtoritar" va "demokratik" oilalarda tarbiyalanuvchi bolalaming shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo'ladi. "Demokratik" oilalaming farzandlari ijodkorlikka moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konfornizmni inkor etuvchi, ijtimoiy munosabatlarida ko'proq emotsiyalarni his etuvchi bo'ladilar. Sotsiometrik tajribalardan ma'lum bo'lishicha oiladagi muhit iliq, ota-ona va bola o'rtasidagi munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo'lsa, bola o'z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega, aksincha, nosog'lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega bo'ladilar. Shu narsa aniqlanganki, bola qanchalik ko'p erkalatilsa, shaxs sifatida shuncha sekin etiladi, u passivlik va apatiyaga moyil bo'ladi, ehtimol, keyinchalik uning xarakteri kuchsiz bo'lib shakllanadi. Oiladagi psixologik iqlim, ya'ni bolalar bilan bo'lgan muloqot xarakteri, ularga mehr-muhabbat, diqqat-e'tibor bilan munosabatda bo'lishi o'sib kelayotgan inson ahloqiy qiyofasining shakllanishida o'ta muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muhitning sog'lom bo'lishini taqozo qiladi. Bog'cha yoshidagi bolalarning oila a'zolariga bo'lgan munosabatlari o'g'il va qiz bolalarda farqlanadi. Masalan, o'g'il bolalar qizlarga nisbatan ko'proq o'z jinsidagi oila a'zolari — otasi, akasi, bobosiga o'zini yaqin tutadi. Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o'rni beqiyos ekan, oila a'zolari bolalaming psixik rivojlanishini ta'minlash uchun oilada sog'lom munosabatlar muhitini yaratishlari lozim, tarbiyachilaming eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak.
Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo'ladigan muloqoti ham muhim ahamiyatga egadir. Tengdoshlariga bo'lgan qiziqish bolada kattalarga bo'lgan qiziqishidan biroz keyinroq 1 yoshning oxirlarida paydo bo'ladi. Biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog'cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi. 4-5 yoshli bola uchun eng og'ir jazo — bu uni o'z tengdoshlari bilan muloqotda bo'lishdan mahrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning "bolalar jamiyati" a'zolari bilan bo'lgan munosabatlarini hisobga olmay ko'rib chiqish va o' rganish mumkin emas. Bolalar o'z tengdoshlari jamoasiga intiladilar. Biroq har doim ham ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar o'rnatishga erishavermaydilar. Ba'zi bolalar guruhda ancha faol bo'lib, o'zlarini go'yo "suvdagi baliqday" his etadilar. Ayrimlari anchagina noqulaylik, o'zlariga nisbatan ishonchsizlik, boshqalaiga tobelikni his etadilar. Tengdoshlar bilan bo'lgan ijobiy munosabatlar bolada birdamlik hissini
kuchaytirib, uning guruhga qattiq bog'lanib qolishiga sabab bo'ladi. Biroq ijobiy munosabatlari yo'qligi bolani tushkunlika solib, uni xavotirlanuvchi yoki agressiv qilib qo'yishi mumkin. Bu esa unda bolalarga, umuman, odamlarga nisbatan salbiy adekvatli munosabatni shaklantirishi, ulami yolg'izlikka moyil qilib qo'yishi ham mumkin. Bunda simpatiya munosabatining bir tomonlama yoki ikki tomonlamaligi muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bolalarda noto'g'ri shakllanib ulgurgan muloqot motivlarini qaytadan qurish, avvalo, boshqalarning flkri bilan hisoblashishga o'rgatish ancha foydalidir. Kattalaming bog'cha yoshidagi bola shaxsi shakllanishiga ko'rsatadigan ta'siri bolaning boshqa faoliyat: rasm chizish, turli narsalar yasash, applikatsiyalar tayyorlash, o'quv vazifalarini bajarish vaqtida ham amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatlar davrida bolalarda kattalar va tengdoshlari tomonidan ijobiy bahoga sazovor bo'ladigan narsani yaratishga yo'nalganlik qaror topadi, ijtimoiy yo'nalganlik shakllanib boradi, bilish motivlari, irodaviy va boshqa shaxsiy xususiyatlar tarkib topib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi. Z.Nishanova, G.Alimova
2. Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum.
3. Davletshin M.G., To'ychieva S.M. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2002 y.