Научная статья на тему 'BOLALARNI TARBIYALASHDA MAKTABGACHA TA’LIMNING AHAMIYATI'

BOLALARNI TARBIYALASHDA MAKTABGACHA TA’LIMNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mirzayeva Iroda Ismoilovna

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang`ich turi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun»,«Ta’lim to‘g‘risidagi qonun»i talablari asosida tashkil etiladi.Insоn, uning har tоmоnlama uyg‘un kamоl tоpishi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharоitlari va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimоiy xulq-atvоrning andоzalarini o‘zgartirish respublikada amalga оshirilayotgan islohotlarning asоsiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Maktabgacha ta’lim bоlaning sog‘lоm, har tоmоnlama kamоl tоpib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘оtadi, uni muntazam ta’lim оlishga tayyorlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI TARBIYALASHDA MAKTABGACHA TA’LIMNING AHAMIYATI»

BOLALARNI TARBIYALASHDA MAKTABGACHA TA'LIMNING AHAMIYATI

Mirzayeva Iroda Ismoilovna

Qoqon shahar Maktabgacha va maktab talimi bolimi mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.11210215

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich turi hisoblanadi hamda O'zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi qonun»,«Ta'lim to'g'risidagi qonun»i talablari asosida tashkil etiladi.Inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlari va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o'zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi.

Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-2021-yillarda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida PQ-2707- son qaroriga muvofiq, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash ularga ta'lim va tarbiya berish, bolalarni har tomonlama rivojlantirish ko'zda tutilgan. Maktabgacha ta'lim bolaning har tomonlama intellectual rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir bola tarbiyaning ilk saboqlarini oiladan oladi, keyinchalik 3 yoshdan 7 yoshgacha ya'ni maktab ta'limi yoshiga yetguniga qadar bola tarbiyasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faqatgina tarbiya berilibgina qolmay balki, bu tashkilotda bolalarga ta'lim va tarbiya bir maromda berilib boriladi.

Maktabgacha ta'limda bolalar ilk yoshdan boshlab barcha bilish jarayonlari sezgi, idrok, xotira, tafakkur, rivojlanib boradi. Bu bilan bir qatorda bolada estetik, aqliy, axloqiy,jismoniy, va mehnat tarbiyasi ham rivojlanadi. Hozirgi kunda boshqa chet davlatlarda faqat ta'limga e'tibor qaratilgan bo'lsa, bizda O'zbekistonda ta'lim va tarbiyaga etibor berilgan. Shu sababli ham O'zbekistonda maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha ko'plab qarorlar ishlab chiqilmoqda, zero yosh avlod kelajagimiz poydevoridir. Hozirgi kunda shahrimizda 287 ta makabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo'lib, bundan 57 tasi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 2 ta xususiy, 5 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi va 223 ta oilaviy bog'chalar mavjud. Ular shahrimizdagi 37 yoshli 23719 nafar bolalarning 20006 nafarini, yani 84,3 foizini qamrab olgan.

Yurtboshimiz tomonidan joriy yilning 5 fevral kuni o'tkazilgan 2024 yilda ta'lim, sog'liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan videoselektorda maktabgacha va maktab ta'limidagi ishlar ahvolini tanqidiy tahlil qilinib, kelgusi rejalarni belgilab berildi.

Shu nuqtai nazardan ham bugungi kunga qadar maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tubdan yaxshilash, maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovini oshirish, ilg'or xorijiy tajribani o'rgangan holda, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasi dolzarblik kasb etmoqda edi.

Shuningdek, bolalarning qiziqish va intilishini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo'lgan davrda har tomonlama puxta ta'lim-tarbiya berish. Ularning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni

singdirib borish.Eng muhimi to'g'ri tarbiya orqali ularni ona Vatanga muhabbat ruhida kamol toptirish masalasi har doim davrning asosiy talabi bo'lib qoladi.

Tarbiyachilarning asosiy vazifalari - yosh bolaning dunyo xaqidagi aniq tasavvurlarni yo'lga solish ya'ni tushunarli qilib, avvalo jonajon Vatan uning tabiatining boyligi, o'zi yashayotgan oila, ota-onasi va oila a'zolariga mexr berish, o'zining ilk jamoasi bog'cha o'rtoqlari bilan yaqin do'st bo'lish, o'zaro yordam berish, ustozlar, kesalar va boshqa kishilarni xurmat qilish kabi fazilatlarni ularga sodda tarzda tushuntirib borishdan iboratdir.

O'tgan asrlarda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz ham tarbiya haqida ko'plab fikrlarini bayon etishgan. Jumladan Abdulla Avloniy "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir'' deya ta'rif berganlar. Xulosa qilib aytganda bola tarbiyasida maktabgacha ta'limning o'rni bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy merosi va ma'naviy-axloqiy an'analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o'qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta'lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o'zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog'lig'ini ta'minlashdan iborat.

REFERENCES

1. lex.uz O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PQ-2707-son qarori 2016-yil 29-dekabr

2. lex.uz O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PQ-2707-son qarori 2016-yil 29-dekabr

3. lex.uz Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 802-son qarori 2020-yil 22-dekabr

4. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son)

5. Asqarova Dilorom Qurbonovna "Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasi" Toshkent 2020-yil 5-6-bet.

6. Alvested M. Pedagogy and interdisciplinarity: Research on the reformed kindergarten teacher education (KTE) in Norway

7. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ: FxGoFyzp5QC

8. G Nazirova. MaKTaorana KaTTa emaaru ooaaaapaa xa.nK OF3aKH h>kojh BocuracHja mh^hh Fypyp xhcchhh maK^aaHTHpHm-H>kTHMOHH neaarorHK 3apypnHT cufoaTHja. Science and innovation 1 (B8), 2067-2077

9. GM Nazirova. CONTENT AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES-EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS/ International Academic Research Journal Impact Factor 7 (1), 6

10. NG Malikovna, MM Nurmatovna, Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education, ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact.

11. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

12. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

13. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citati on_for_view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

14. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

15. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

16. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

17. https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r u

18. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrjxJIC

19. SA Albertovich - INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & ..., 2022 -gejournal.net Issues of the formation of the professional component of future teachers (on the example of the science of physical culture)

20. Albertovich S. A. Jismoniy tarbiya mashgulotlarida katta maktabgacha yoshdagi bolalarda oyin mashqlaridan foydalanib chaqqonlik va epchillikni rivojlantirish //FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI. - 2022. - T. 3. - №. 6. - C. 56-60.

21. Albertovich S. A. Social factors of organization and management of sports training in higher education //ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603. - 2022. - T. 11. - №. 12. - C. 28-31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.