Научная статья на тему 'BOLALARNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA O‘RGATISH'

BOLALARNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion texnologiya / kreativlik / kompetensiya / o’yin / kommunikativlik / shaxs. / innovative technology / creativity / competence / game / communication / personality.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ergasheva S.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion texnologiyalarning o’rni haqida fikrlar bildirilgan. Bolalarga ta’lim berishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish va bu bevosita innovatsion texnologiyalarga aloqadorligi haqida qayd etilgan. Bolalarni innovatsion texnologiyalarga o'rgatish muhimligi va texnologiyalarning hayotidagi o’rni haqida ta’kidlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING CHILDREN IN INNOVATIVE TECHNOLOGIES

In this article, opinions are expressed about the role of innovative technologies in preschool educational organizations. The use of game technologies in teaching children and its direct connection to innovative technologies were noted. The importance of teaching children to innovative technologies and the role of technologies in their lives was emphasized

Текст научной работы на тему «BOLALARNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA O‘RGATISH»

Ergasheva S.

2-bosqich talabasi Andijon davlatpedagogika instituti Maktabgacha talim yo'nalishi

BOLALARNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA O'RGATISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta 'lim tashkilotlarida innovatsion texnologiyalarning o'rni haqida fikrlar bildirilgan. Bolalarga ta 'lim berishda o'yinli texnologiyalardan foydalanish va bu bevosita innovatsion texnologiyalarga aloqadorligi haqida qayd etilgan. Bolalarni innovatsion texnologiyalarga o'rgatish muhimligi va texnologiyalarning hayotidagi o'rni haqida ta 'kidlangan

Kalit so'zlar: innovatsion texnologiya, kreativlik, kompetensiya, o'yin, kommunikativlik, shaxs.

Ergasheva S.

2nd grade student The direction of preschool education Andijan State Pedagogical Institute

TEACHING CHILDREN IN INNOVATIVE TECHNOLOGIES

Abstract. In this article, opinions are expressed about the role of innovative technologies in preschool educational organizations. The use of game technologies in teaching children and its direct connection to innovative technologies were noted. The importance of teaching children to innovative technologies and the role of technologies in their lives was emphasized

Key words: innovative technology, creativity, competence, game, communication, personality.

Mamlakatimizda innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy faol va malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga ko'tarish masalalariga oid tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

"Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi Qonunida innovatsiya, innovatsion infratuzilma, innovatsion loyiha, innovatsion faoliyat, innovatsiyalar yaratish uchun davlat buyurtmasi, texnologiyalar transferi, yangi ishlanma kabi tushunchalarga izoh beriladi. Jumladan, "innovatsiya - fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo'llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta'minlaydigan yangi ishlanma" deb, ta'rif berilgan bo'lsa, "innovatsion faoliyat - yangi ishlanmalarni tashkil etish,

мЭкономнка h соцнумм №3(118)-2 2024

www.iupr.ru

102

shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning o'tkazilishi va amalga oshirilishini ta'minlash bo'yicha faoliyat" [1] deb ta'riflanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosini o'yinli texnologiyalar tashkil qiladi. Bu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o'yin bo'lganligi bois - u ta'lim texnologiyasi sifatida tatbiq etilgan. O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini bolalarning faolligi va tasavvuri tashkil etadi. O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o'qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. [2] Shuning uchun maktabgacha ta'limdagi innovatsion texnologiyalar o'yinli texnologiyalar bilan bog'lanib ketgan. Ammo ularni bir xil qarash deb bo'lmaydi. Chunki innovatsiyalar turlicha yo'nalishda foydalaniladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogi o'z faoliyatini prinsipial amalga oshirish uchun: samarali (mavzuga yo'naltirilgan), tejamkor (shaxsga yo'naltirilgan), hamkorlik texnologiyalariga ega bo'lishi lozim. Tajribali kreativ pedagog ushbu uslublar asosida o'zining "mualliflik" texnologiyasini yaratishi mumkin. Bunda, unga avval egallangan bilimlari va tarkib topgan dunyoqarashi turtki bo'ladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar yuzaga chiqishi tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ularning ta'lim jarayoniga kirib kelishida g'oyalar banki muhim ahamiyat kasb etgan. Masalan, italiyalik shifokor Mariya Montessori asli kasbi tarbiya bilan bog'lanmasada, o'zining boy tafakkuri orqali o'ziga xos ta'lim usulini tadbiq etdi. "Usul har bir bolaning noyobligi aksiomaga asoslanadi va ta'limtarbiya uchun maxsus yondashuvni talab qiladi. Ta'lim tizimi uch qismdan iborat: o'qituvchi, bola va atrof-muhit" deyiladi uning ta'limotida. Uning nazariyasi uch asosiy tamoyilga asoslangan:

• bolaning maksimal erkinligi, rivojlanish va ta'lim taraqqiyoti va imkoniyatlarini tanlash;

• individual trening dasturini yaratish;

• o'qituvchining minimal aralashuvi va o'quv natijalari bo'yicha an'anaviy avtoritar nazoratning yo'qligi. [4]

Innovatsion pedagogik texnologiyalarni bolalar ta'limiy jarayonida qo'llashda avvalo yuqoridagi bola kompetensiyalarini shakllantirishning qay birida maqbulligini aniqlash hamda ustuvor jihatlarini hisobga olish kerak. Masalan, mantiqiy o'yinlar va tajribalar ustida ishlash bolaning bilish jarayonida xizmat qilsa, so'z o'yinlari kommunikativlikni oshiradi. Shu bois usullarni saralash va muvofiqlashtirish asosida olib borish zarur. [3] Hozirgi davrdagi inqilobiy hodisalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, ijtimoiy munosabatlardagi nomutanosibliklar global muammolardek jamiyat ravnaqiga aks ta'sir etmoqda. Agarda erta yosh davridan bolalarda ijtimoiy hayot qadriyatlari shakllantirib borilsa, kelajakda sog'lom hayot tarzini yaratishda zamin bo'lib xizmat qiladi.

Maktabgacha ta'lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog'lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish

hisoblanadi. Uning vazifalari qatorida ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ta'lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga doir majburiy minumum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etish ham bor. [5] Bunga esa bolalarning individual ichki salohiyatini barcha yo'nalishlarda rivojlantirish bilan bir qatorda to'liq ochib berish uchun maksimal sharoit yarata oladigan yangi pedagogik metodologiyalarni, xalqaro miqyosda tan olingan innovatsion texnologiyalarni ta'lim faoliyatini tashkil etish jarayoniga keng joriy etish orqali erishish mumkin. Shu ma'noda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayoni jamiyatning so'rovi va o'zgaruvchan talablariga mos keladigan integratsiyalashgan tizimga aylanishi kerak. Doim yodda tutish kerakki, pedagogik texnologiyaning eng muhim jihati bu bolaning ta'lim jarayonidagi pozitsiyasi, kattalar tomonidan bolaga bo'lgan munosabatidir. Kattalar bolalar bilan muloqotda quyidagi pozitsiyaga amal qilishi sart: "Bolaning yonida emas, ustidan hukmronlikda ham emas, balki faqatgina birgalikdagi faoliyat!». Bu pozitsiyadan maqsad bolaning shaxs sifatida shakllanishiga yordam berishdir. [2]

Bolalarni innovatsion texnologiyalarga o'rgatish juda muhimdir, chunki ularning kelajakda muvaffaqiyatli bo'lishlari uchun texnologiyalar bilimini o'rganish va ularni amaliyotda qo'llashga qodir qilish zarurdir. Bu, ularning kreativlik, muammolarni hal qilish va yangiliklarni qabul qilishga qodir bo'lishlari uchun juda muhimdir.Bolalarni innovatsion texnologiyalarga o'rgatish uchun ularni motivatsiyalash, ularni texnologiyalar haqida o'rganish, ularga amaliy mashg'ulotlar tashkil etish, ularni muammolarni yechish va yangiliklarni topishga yondashish kerak. Bu, ularning texnologiyalar sohasida rivojlanishiga va yangiliklarni o'rganishga imkon beradi.Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar hayotida innovatsion texnologiyalar katta ahamiyatga ega. Bu texnologiyalar, ularning o'zlarini rivojlantirish, yangiliklarni o'rganish va muammolarni yechishga yordam beradi. Innovatsion texnologiyalar orqali bolalar o'rganish jarayonlari yanada qulaylashadi va ularni dunyo bilim va texnologiyalari bilan tanishtiradi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar innovatsion texnologiyalarni o'rganish orqali kreativlik va tajriba olishadi. Ularning kompyuter, robotika, kodlash, 3D chizish, virtual realitiya va boshqa sohalarda bilimlarini rivojlantirish, ularning kreativlik va tajribalarini yanada kuchaytiradi. Innovatsion texnologiyalar o'rganish yordamida bolalar muammolarni yechish va yangiliklarni topishga o'rganadi. Ular o'zlarini rivojlantirish, savollar va muammolar ustiga ishlash va yangiliklarni qabul qilish jarayonlarini tajribalaydi. Bolalar hayotida innovatsion texnologiyalarning o'rni juda katta, chunki ularniyangiliklarga qodir qiladi, ularni muammolarni yechishga yondashadi va ularning kreativliklarini rivojlantiradi. Bu esa ularning kelajakda muvaffaqiyatli bo'lishlari uchun juda muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi Qonuni. 0'RQ-630-son

2. V.A.Slastenin «Pedagogika: Innovatsionnaya deyatel'nost'» - M. 1997

3. http://arxiv.uz referatlar Tarbiyachining innovatsion faoliyati 2019 yil

4. Abduqodirov A., Begmatova N., Maktabgacha ta'lim muassasalaгida multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti. -Qaгshi, "Nasaf" 2011 y. 57 b.

5. I.V.Grosheva, L.G.Evstafyeva, D.T.Mahmudova, Sh.B.Nabixanova, S.B.Pak, G.E.Djanpeisova "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi Toshkent 20189-10 betlar

"Экономика и социум" №3(118)-2 2024

www.iupr.ru

105

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.