Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA OʻYINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA OʻYINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
90
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha yosh / oʻyinli texnologiyalar / shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim / shaxs rivojlanishi / oʻyin kompetensiyasi / oʻyin uslubi va xususiyatlari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Erjanova S.B., Yusupov X.K.

Maqolada maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishda oʻyinli texnologiyalardan foydalanishning psixologik mexanizmlari, usullari va ahamiyati haqida atroflicha ilmiy mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA OʻYINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

Erjanova S.B.

UrDU pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

Yusupov X.K.

Xalqaro Nordik universiteti "Ta'lim muassasalarini boshqarish" yonalishi 1- kurs magistranti

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA O'YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishda o 'yinli texnologiyalardan foydalanishning psixologik mexanizmlari, usullari va ahamiyati haqida atroflicha ilmiy mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha yosh, o'yinli texnologiyalar, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, shaxs rivojlanishi, o'yin kompetensiyasi, o'yin uslubi va xususiyatlari.

Erzhanova S.B. teacher

Department of Preschool Education Methodology

Faculty of Pedagogy UrSU Yusupov H.K.

1st year graduate student International Nordic University "Educational Institutions Management"

THE IMPORTANCE OF USING GAME TECHNOLOGIES IN

PERSONAL DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN

Abstract. The article contains detailed scientific comments about the psychological mechanisms, methods and significance of the use of game technologies in the development of the personality ofpreschool children.

Key words: preschool age, game technologies, person-oriented education, personality development, game competence, game style andfeatures.

Kirish. Maktabgacha yosh inson hayotidagi eng noyob davr hisoblanadi, chunki bu davrda bilim orttirishga qiziqish uyg'otish, irodali bo'lishga, his tuyg'ularga poydevor qoyish, umuminsoniy qadriyatlarni anglash, bolaning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishdek muhim jarayonlar sodir bo'ladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillarining biri o'yin orqali ta'lim berish va rivojlantirish ekanligi ham fikrimizning yaqqol isbotidir. Bundan tashqari, "Ilk qadam" davlat o'quv dasturida ko'rsatilgan kompetensiyalarda ham o'yin texnologiyalaridan unumli foydalanish asos sifatida ko'rsatilgan. Jumladan, o'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanishi o'quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi. Bolalarda faol harakatlarning shakllanishi va rivojlanishining asosi o'yindir.

Asosiy qism. O'yin har bir yosh bosqichida bolaning tevarak-atrofdagi hayotni va kishilar o'rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o'yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o'zgarib turadi. O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini maktabgacha yoshdagi bolalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. Shunday ekan, bolalar tobora rivojlanib jamiyat talablariga moslashishlari uchun muhim bo'lgan faolliklarining shakllanishiga asosiy ta'sir ko'rsatuvchi o'yinlarni o'rganish va ulardan unumli foydalanish hozirgi kunda maktabgacha ta'lim oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shu bois, o'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o'qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotining bola shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq), ijtimoiy-hissiy va jismoniy-motor rivojlanishiga sharoit yaratish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasida ishonch munosabatlarini shakllantirish, ruhiy-emotsional hamda jismoniy zo'riqishni bartaraf etish juda muhimdir.

Ta'limiy o'yinlar samaradorligini oshirish uchun uning texnologiyasi:

• o'yinning ta'lim maqsadlariga mos bo'lishi;

• imitatsion - rolli o'yinning amaliy pedagogik (psixologik) vaziyatga ta'sir

etishi;

• o'yin qatnashchilarining o'yin mazmuniga mos keladigan maxsus psixologik tayyorgarligi;

• o'yinda ijodiy elementlardan foydalanish imkoniyatlari;

• tarbiyachi (psixolog) nafaqat rahbar sifatida, balki o'yin jarayonida "to'g'rilovchi" va maslahatchi sifatida ham ishtirok etish kabi talablarga tayyor bo'lishi kerak.

O'yinlar uslubi va xususiyatidan kelib chiqib quyidagi turlarga ajratiladi: imitatsion o'yinlar; mazmunli-rolli o'yinlar; innovatsion o'yinlar; tashkiliy-faoliyatli o'yinlar; ishchan treninglar.

ishlab chiqarishining faoliyati imitatsiya qilinadi, shuningdek, mahsulotlarni modellashtirish bo'yicha olingan amaliy ko'nikmalarni qo'llaydilar.

Mazmunli-rolli o'yinlarularning asosida aniq hayotiy, ishchan yoki boshqa vaziyat yotadi. Bunday holda, o'yin har bir qatnashchi aniq rolni bajaradigan (o'ynaydigan) teatr qo'yishni eslatadi). O'yin bunday holda mazmuni -intellektual faoliyat shaklli ijodiy o'yinlardir, shuning uchun, bu holda qatnashchilarni tayyorlash va o'yin senariysini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega.

Innovatsion o 'yinlarning boshqa o'yin turlaridan ajralib turadigan farqi, harakatli tuzilishga ega ekanligi va o'yinni bir necha o'qitish -rivojlantiruvchi "fazolarda", masalan, kompyuter dasturlaridan foydalanib o'tkazishdir. Innovatsion o'yinlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sifatli bilim olishga qaratilgan;

Tashkiliy-faoliyatli o'yinlarda e'tibor ko'proq o'yin vaziyatlarini tashxis qilish va muammoni yechish variantlarini tanlashni asoslashga qaratiladi. Uslub nuqtayi nazardan, bu yerda e'tibor ko'proq qatnashchilarning muloqotiga, munosabatlariga va guruhiy ishlarning boshqa shakllariga qaratiladi. Bolaning rivojlanishini faollashtiradigan sharoit barcha joyda: guruh xonalarida, muassasaga kirishda, yo'laklarda, sport va dam olish maydonchalarida ham yaratilgan bo'lishi shart. O'yin, mehnat va o'qish inson faoliyatining asosiy turlaridir. O'yin ijtimoiy tajribani qayta yaratish va o'zlashtirishga qaratilgan faoliyat turi bo'lib, u orqali insonning o'z-o'zini boshqarish ko'nikmalari rivojlanadi. O'yin shunday faoliyatki, uning natijasigina emas, balki jarayonning o'zi ham insonga zavq bag'ishlaydi. O'yin faoliyati ijod uchun imkon beradi, his-tuyg'ularini kuchaytiradi. O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o'qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.

Muhokamalar va natijalar. Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'rnini barqaror qilish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.O'yinli texnologiyalar bolalarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlashni tadqiq qilish, hisoblash, o'lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o'rgatish, nutq o'stirish, til o'rgatish, yangi bilimlar o'rgatish va turlarini o'rganish rivojlantirishga yo'naltiradi. O'yinli texnologiyalar shaxsni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o'yinning takrorlanishi topshiriqni bajarishga yangicha munosabatda bo'lishni talab qiladi. Uni hal qilish zarurati esa ijodiy izlanishlarni keltirib chiqaradi. O'yinli texnologiyalarda tirishqoqlik, matonatlilik, boshlangan ishni oxirigacha yetkaza bilish singari eng kerakli irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilg'or pedagogik texnologiyalar yordamida bolaning aqliy zakovatini, erkin fikrlashini, mustaqil faoliyat ko'rsatishni ta'minlanish zarur.

Har bir yosh davrining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish natijasida o'z vaqtida o'zini anglash hissi vujudga keladi. Bolada o'zini anglash tuyg'usi qancha erta uyg'onsa, uning barcha aqliy, ruhiy, ijtimoiy imkoniyatlarini baholash va his etish tez namoyon bo'ladi. Har qaysi davrda bola rivojlanishining o'ziga xos qulay holatidan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bolalarning asosiy faoliyati o'yin hisoblanishini inobatga olgan holda biz ta'lim-tarbiya jarayonini albatta o'yin tarzida tashkil etmog'imiz zarur. O'yinning har qaysi turi bolalar dunyoqarashini tubdan o'zgartiradi va ularni fikrlashga chorlaydi. Ularni mashg'ulotda olgan bilimlarini real holatda o'z shaxsiy tajribaga tayanib amaliyotda qo'llashlari uchun imkoniyat yaratadi, ularda bilish jarayonlari faoliyati tezlashuvini tartibga solish uchun xizmat qiladi.

Xulosa. Yuqorida aytib o'tilgan fikrlarimizdan ham ko'rinib turibdiki, bu faoliyat tarbiyachini o'z vazifa va maqsadlariga erishish uchun jiddiy yondashishga undaydi. Zero, O'zbekiston kelajagi ta'lim maskanlarida tarbiyalanayotgan yosh avlodning yuksak kamoloti, aql-u zakovatiga bog'liq. Buning uchun esa, tarbiyachilar - o'quv faoliyatida keng foydalanish uchun o'yinli texnologiyalarni mukammal o'zlashtirishlari, maktabgacha ta'lim tashkilotining turli yosh guruhlarida "Zinama-zina", "Klaster", "Charxpalak" kabi interfaol usullardan foydalanish qulayligini tasdiqlagan holda, o'yinli texnologiyalardan samarali foydalanishi lozim.

Adabiyotlar:

1. "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ -2707-son qarori. 29.12.2016.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 -yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-sonli qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari. -T., 2018.

4. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. -T., 2018.

5. Norbosheva M.M. Bolalar psixologiyasi. -T., 2002.

6. Mirdjalilova S., To'laganova R. Ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalar. -T., 2008.

7. Nishonova Z.T. Bolalar psixologiyasi (o'quv qo'llanma). - T., 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.