Научная статья на тему 'BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA TA’LIMNING INNOVATSION SHAKLLARIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI'

BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA TA’LIMNING INNOVATSION SHAKLLARIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
21
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
materiallari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sanjar Ibraximov

Ta’limning innovatsion shakllari bugungi kunda bu avvalo zamonaviy sharoitda talabalarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir deb tushunamiz. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA TA’LIMNING INNOVATSION SHAKLLARIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK JISMONIY TARBIYA FANI O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA TA'LIMNING INNOVATSION SHAKLLARIDAN FOYDALANISH YO'LLARI

Sanjar Ibraximov

O 'ZPFITI Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish texnologiyalari bo 'lim boshlig'i p.f.f.d (PhD )

https://doi.org/10.5281/zenodo.10014529 Ta'limning innovatsion shakllari bugungi kunda bu avvalo zamonaviy sharoitda talabalarning o'quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o'qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta'lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir deb tushunamiz. Bugungi kunda amaliy o'yinlar, muammoli o'qitish, interfaol ta'lim, modul-kredit tizimi, masofali o'qitish, blended learning (aralash o'qitish) va mahorat darslari ta'limning innovatsion shakllari sifatida e'tirof etilmoqda.

Ayni o'rinda ta'limning innovatsion xarakterga ega ushbu shakllari to'g'risida so'z yuritiladi.

I. Amaliy o'yinlar. Dastlab "o'yin" tushunchasining mohiyatini anglab olish talab etiladi.

O'yin - kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash

Zamonaviy sharoitda ta'lim amaliyotida amaliy-innovatsion xarakterga ega o'yinlardan samarali foydalanilmoqda.

( \ Amaliy o'yinlar - muayyan amaliy harakatlarning tashkil

etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o'yinlar

v_J

Ta'lim amaliyotida qo'llaniladigan amaliy o'yinlar o'z-o'zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko'p holatlarda "didaktik o'yinlar" deb yuritiladi.

Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o'yin sub'ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari -mehnat, o'qish bilan birga o'yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'yinlar vositasida katta avlod tomonidan to'plangan hayotiy tajriba, o'zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.

O'yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta'lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o'yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo'lib kelmoqda. Bevosita o'yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma'naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. "Maktabgacha yoshdagi bola o'yin faoliyatida o'qish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg'aygan sari o'yinning roli biroz kamayib boradi. O'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi".

Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o'yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat'iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruksiyali o'yinlar ularni o'ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o'rgatadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

O'yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini

belgilovchi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o'yinda va o'yin orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini bilib oladi".

Tarixiy taraqqiyot jarayonida o'yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida o'rin egallashga muvaffaq bo'lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko'maklashadigan o'yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan.

Zamonaviy pedagogikada o'yinlar ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta'lim oluvchilarning o'quv-bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qo'llaniladi:

- tushuncha, mavzu va alohida bo'lim mohiyatini o'zlashtirishda alohida texnologiya sifatida;

- pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida;

- o'quv mashg'uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida;

- sinf (auditoriya)dan tashqari ishlardan biri ("Zakovat", "Bilimdon", "Quvnoq startlar" va b.) sifatida

O'yinning mohiyati va tuzilishi ma'lum ko'nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o'yin davomida shakllanishini

ta'minlaydi. Ta'lim jarayonda o'yin texnologiyalaridan foydalanishda o'qituvchi pedagogik vazifalarini ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur.

O'yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, o'zining hayotda o'rnini belgilash, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi.

O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda o'yin jarayonida shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.

O'quv faoliyatining asosiy motivi - bu o'quv-bilish motivi bo'lsa, o'quv faoliyatining eng muhim motivatsiyasi esa talabada o'zi tanlangan va asoslarini o'zlashtirayotgan kasbga bo'lgan qiziqishi sanaladi. Talaba o'quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko'nikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda o'qitish jarayonida o'yinli texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. O'yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o'stiradi.Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o'yinlar o'yin texnologiyalari deb nomlanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

O'yin texnologiyalari (o'yin ta'limi) - ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirishning barcha ko'rinishlari: bilim, ko'nikma, malaka hamda

hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo'naltirilgan shartli o'quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo'naltirilgan

O'yin texnologiyalari ta'lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma'lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko'nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta'lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta'lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a'zolari, ta'lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli rollarni bajarish talaba (o'quvchi)larga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma'lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi.

O'quv mashg'ulotlaridan o'yinlar va o'yinli vaziyatlarni qo'llash quyidagi asosiy yo'nalishlarda amalga oshiriladi:

- didaktik maqsad talabalar oldiga o'yinli topshiriq shaklida qo'yiladi; - o'quv faoliyati o'yin qoidalariga bo'ysundiriladi; - didaktik o'quv materialdan o'yin vositasi sifatida foydalaniladi; - o'quv faoliyatida didaktik vazifani o'yin vazifasiga

O'quv jarayonida o'yin texnologiyalarining o'rni, roli , shuningdek, o'yin elementlari hamda ta'limning o'zaro uyg'unligi ko'p jihatdan o'qituvchi tomonidan pedagogik o'yinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Aksariyat pedagogik o'yinlar o'zida quyidagi belgilarni namoyon qiladi:

Pedagogik o'yinlarning asosiy belgilari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Har qanday o'yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o'yinlar ham o'zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo'ladi.

Ta'lim muassasalarida ko'p holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega ishbilarmonlik o'yinlarian foydalaniladi. Muhimi pedagogik maqsadlarda qo'llaniladigan o'yinli texnologiyalarining asosini talabalarning faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda pedagogik amaliy o'yinlar yangi o'quv materialini o'zlashtirish, mustahkamlash, talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik ko'nikma, malakalarini shakllantirish kabi masalalarni yechishga qaratiladi. Ular yordamida talabalar turli holatlardan o'quv materialini tushunish, uning negizida ma'lum ko'nikma, malaka va sifatni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

REFERENCES

1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: Moliya, 2003. -192 b.

2. Achilov A.M. Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasining jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish faoliyatini tashkil qilish texnologiyasi. - ped.fan. nomz. dis.... T.: - 2008. -132 b.

3. Safarova Roxat Gaybillaevna. CULTURAL APPROACH AS A PRIORITY DIRECTION OF THE EDUCATIONAL SYSTEM OF UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 1000-1004. Retrieved from https://internationaliournals.co.in/index.php/giiri/article/view/2289

4. R.G.Safarova. Pedagogikada madaniyatshunoslik yondashuvining rivojlanish tendensiyalari. // "Zamonaviy uzluksiz ta'limni raqamlashtirish: pedagogika sohasidagi zamonaviy tendensiyalarva rivojlanish omillari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. Andijon 2022. B. 20-23

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.