Научная статья на тему 'ILG‘OR VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O‘QUVCHILARDA KIMYO DARSLARIGA QIZIQISHNI ORTTIRISH'

ILG‘OR VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O‘QUVCHILARDA KIMYO DARSLARIGA QIZIQISHNI ORTTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
45
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktika / innovatsion texnologiyalar / ishchanlik o‘yin darsi / rolli o‘yin / kim oshdi savdosi darsi / formulalar darsi / tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Utepbergenova Jaksizada Jumaniyazovna

Maqolada bugungi kunda kimyo darslarida qo‘llay oladigan ilg‘or va innovatsion pedogogik texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish va o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati orqali uyg‘unlashtirib dars o‘tish haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILG‘OR VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O‘QUVCHILARDA KIMYO DARSLARIGA QIZIQISHNI ORTTIRISH»

"O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar*

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

O'QUVCHILARDA KIMYO DARSLARIGA QIZIQISHNIORTTIMSH

Utepbergenova Jaksizada Jumaniyazova

Nukus shahar 46- sonli maktabning kimyo fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7480981

Annotatsiya: Maqolada bugungi kunda kimyo darslarida qo'llay oladigan ilg'or va innovatsion pedogogik texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish va o'quvchilarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati orqali uyg'unlashtirib dars o'tish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: didaktika, innovatsion texnologiyalar, ishchanlik o'yin darsi, rolli o'yin, kim oshdi savdosi darsi, formulalar darsi, tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi.

O'quvchilarga bilim berishda yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanib darslarni olib borish yaxshi natija beradi. So'ngi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta'limning didaktik tizimi va ta'lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tízím)larni umnmlashtirib quyidagi guruhlarga ajratdilar.

1. An'anaviy 2. Progressiv. 3. Zamonaviy.

Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati orqali uyg'unlashtiriladi. Shu sababli o'quvchilarning ta'lim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar, didaktik o'yinli darslar deb ataladi. Inson hayotida o'yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi

- o'yin faoliyati orqali shaxsning o'qishga va mehnatga bo'lgan qiziqishi ortadi.

- o'yin davomida shaxsning muloqatga kirishishi ya'ni komunativ - muloqat madaniyatini egallash uchun yordam beriladi.

- shaxsning o'z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o'zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi.

- hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo'ljalni to'g'ri olish ko'nikmalarni tarkib topishiga yordam beradi.

- o'yin jarayonida ijtimoy normalarga mos xulq - atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.

- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.

- insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadrivatlar tizimi avniqsa iitimoiv. manaviy - madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishga etibor qaratiladi.

"O'zbeklstonda ilm-fan va ta'lim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar"

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

- o'yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqat madaniyatini rivojlantirish ko'zda tutiladi.

Didaktik o'yinlar texnologiyalari o'quvchi faoliyatining faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o'quvchiga ijobiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish va rivojlaatihshning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o'yinlar o'quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tatqiq qilish hisoblash, o'lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash axloq -odob o'rgatish, nutq o'stirish til o'rgatish, yangi bilimlar o'rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo'rdam beradi. Didaktik o'yirdarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o'yinlardan iborat. Bu o'yinlar ishtirokchilarda aqliy - jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiv tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bularning orasida didaktik o'yinlar ta'lim - tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini oshirib borishi bilan alohida o'ringa ega. Quyida kimyo darslarida didaktik o'yinlar qo'llash haqida fikr yuritamiz.

Ishchanlik o'yin darsi - dars mavzusi bo'yicha masalalarni hal etish jarayonida o'quvchilarning faol ishtirok etishini ta'minlash orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish mashqi.

Kimyoda "7-sinifda Suvning tarkibi va xossalari" mavzusida o'quvchilarni 3 ta kichik guruhlarga bo'lib xar bir guruhga sovollar beriladi. Suv qanday modda. 2. Suvdan qanday foydalanamiz. 3. Suvning tarkibi qanday.

Ro'lli o'yin darsi - dars mavzusi bo'yicha masalalarni o'rganishda o'quvchilarga oldindan ma'lum ro'llarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro'lni bajarishlarmi tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi. Masalan; 7-sinifda "Birikmalardagi elementlar atomlarining valentligi" mavzusida o'quvchilarga

element belgilari berilib ularni valetlik asosida birikishi ko'rsatiladi. H2 O H-------O -

---------H, N2O N-------O--------N. Kompyuter darsi -tegishli o'quv fani bo'yicha

dars mavzusiga doir kompyuter materiallari (multimediya, Virtual o'quv kursi va shu kabilar ) asosida o'tiladigan dars. Kim oshdi savdosi darsi - o'quv fani ayrim bo'limi bo'yicha bilimlarni har bir o'quvchi qanchalik ko'p bilishini namoyish etish darsi. Bunda o'quvchlarga sovollarni berib to'gri lavoblarni yutib olishini tashkil qilinadi. Formulalar darsi - o'quvchilarning formulalarni puxta o'zlashtirishlari bo'yicha turli o'yinlar shaklidagi mashqlar o'tkazish darsi. Bunda o'quvchilarga reaksiya tenglamalari yozilgan varaqlar beriladi va ulargamos sherikni toppish avtiladi, natijada o'quvchi bilimini tekshirish mumkin.

Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi -dars mavzusini oldindan puxta o'rgangan o'quvchilar yordamida qiziqarli savol - javoblar, tahlillar asosida isbotlab, tushuntirish mashqlari bo'lib, bunda o'quvchilar dars mavzusini o'zlashtirib eslab

"O'zbekistonda ilm-fan va ta'Iim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar*

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

qolishlari uchun qulaylik yaratadilar. Kimyoga oid qiziqarli mavzularga krossvord, rebus va ijodiy izlanishga undaydigan masalalami kiritish mumkin. Bunday qiziqarli masalalar quyidagi didaktik talablarga javob berish kerak.

1. Qiziqarli masalalar tezkor va obrazli fíkrlashni rivojlantirib, ularni yechish jarayonida ijodiy motivatsiya hosil qilishi.

2. Taqdim etilayotgan materiaJning o'quvchilar uchun yangi va qiziqarli bo'lishi.

3. O'quvchilarning o'quv-biluv faoliyati darajasini oshirish maqsadida topshiriqlarning mazmunida uni turli usullar bilan yechilishining ko'zda tutilishi.

4. Qiziqarli masalalarning yechish jarayonida bosqichma-bosqich o'quvchilarning ijodkorligini yuzaga chiqarishga yo'naltirilishi.

5. O'quvchilarning mustaqil ishlashini taminlash uchun topshiriqlarning variativ bo'lishi.

6. Topshiriqlarni o'quvchilarning fazoviy tasawur va tafakkurini rivojlantirishga qaratilishi.

Kimyoni o'qitishda krossvord va rebuslardan foydalanish o'quvchilarni zeriktirmaslikka, kimyo atamalaridan so'z boyligini oshirish va tez fíkrlashga o'rgatadi. Kimyoga oid rebursni tuzoishda turmushda uchraydigan va o'quvchilarga ma'lum bo'lgan obyektlar, shakllar yoki tajribalarni tanlash maqsadga muvofiq. Rebusda berilgan turli hil obyektlar, shakllar va tasvirlar o'quvchilarga ma'lum bo'lgani uni o'qitishning hamma bosqichida qo'llash mumkin. O'quvchilarni fanga qiziqtirish, darsda qiziqarli masalalar va didaktik o'yinlardan unumli foydalanib faol o'quv - biluv jarayonini vujudga keltirish orqali o'quvchilarning grafik tayyorgarligi darajasini oshirish va kasbiy shakllantirish mumkin. O'quv jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning oldiga qo'ygan maqsadidan kelib chiqib:

1. Yangi mavzular tushuntirishdan oldin (bunda o'yin muammoli vaziyat sifatida )

2. Yangi mavzuni tushuntirish vaqtida ( o'quvchilarning diqqatini jalb qilish maqsadida )

3. Mavzuni mustahkamlashdan oldin, shuningdek o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakasini tekshirish vaqtida ( o'quvchilarni o'ziga hos o'yingajalb etib, kichik guruhlar xosil qilish va raqobatni yuzaga keltirish ) qo'llash mumkin. Yuqoridagi fíkrlar aosida kimyo fanidan didaktik o'yinlar ishlab chiqish va imkon qadar kompyuter o'yinlari tarzida yaratib, dars jarayonida foydalanish o'quvchilarning qiziqishini orttiradi. Kimyo fanidan yaratilgan o'yin dasturlari o'quvchilarda o'quv motivatsiyasini shakllantirishga, ijodiy fíkrlashga, mustaqil ishlash va bilim boyligini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

"O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar*

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

1. Tolipov O'., No'mono va N. Ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnalogiyalar. G'G' Xalq ta'limi. -Toshkent, 2002. -N 3.23-29b.

2. Zunnunov A., Maxkamov U., Didaktika (Ta'lim nazaryasi). O. O'Yu uchun qo'llanma. -Toshkent. Sharq, 2006. -132 b.

3. Begmatov U. E. Umumiy o'rta maktablarda kimyodan darsdan tashqari ishlarni dars bilan boqlashning nazariy-metodologik asoslari. Diss... kand. ped. nauk. T. 2004. - 152 b.

4. Pletner Yu. V., Polosin V. S., Ximiya o'qitish metodikasidan praktikum. "O'qituvchi" Toshkent 1967. 189 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.