Научная статья на тему 'TABIIY FANLARNI O`QITISHDA AMALIY MASHG`ULOTLARNING AHAMIYATI'

TABIIY FANLARNI O`QITISHDA AMALIY MASHG`ULOTLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1531
200
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiat / tabiiy fan / interfaol / metod / amaliy ish / loyiha

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Abdusaidova Dilfuza Fazilovna, Xankelova Gulnora Amandiqovna

Ushbu maqolada umumiy o`rta ta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o`qitishda amaliy mashg`ulotlarning ahamiyati atroflicha yoritib berilgan bo`lib, o`qituvchi amaliy mashg`ulotlarga puxta tayyorgarlik ko`rishi kerakligi ta’kidlab o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TABIIY FANLARNI O`QITISHDA AMALIY MASHG`ULOTLARNING AHAMIYATI»

"O'zbekistonda ilm-fan va ta'Iim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar*

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

~АШППРА?^^

AHAMIYATI

Abdusaidova Dilfuza Fazilovna

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani lS-umumta'lim maktabi o'qituvchisi Xankelova Gulnora Amandiqovna

Sirdaiyo viloyati Sardoba tumani 15-umumta'lim maktabi o'qituvchisi https://d0i.0rg/l 0.528l/zenodo.7480977

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'Iim maktablarida tabiiy fanlarni o'qitishda amaliy mashg"ulotlarning ahamiyati atroflicha yoritib berilgan bo'lib, cTqituvchi amaliy mashg'ulotlarga puxta tayyorgarlik kcfrishi kerakligi ta'kidlab o'tilgan.

Kalit so'zlar: tabiat, tabiiy fan, interfaol, metod, amaliy ish, loyiha.

Tabiat - bu bizni o'rab turgan barcha narsalar, borliq, hayvonot va o'simliklar dunyosi. Har qadamda tabiat unsurlaridan bo'lgan narsalami ishlatamiz. Tug'ilganimizdan beri tabiat qo'ynida ungan ne'matlarni totib kelmoqdamiz. Uni avaylab - asrashimiz zarur. Tabiatda barcha narsa bir-biriga uyg'im. Unga ziyon qilsak - tabiat muvozanatini buzgan boiamiz. Qolaversa, tabiatga nima qilsak barchasi o'zimizga qaytadi. Chunki biz tabiatning ajralmas qismimiz. Onamizni asragandek asraylik ona - tabiatni. Tabiat haqidagi bilimlar maktablarda tabiiy fanlar darsligida o'rganiladi.

Tabiiy fanlar umumta'lim maktablarida fan sifatida o'qitish 1-sinfdan boshlanadi. O quv materiallari~"Tabiat jismlari", "O'simlik va hayvonot olami", "Sog'ligimizni asraymiz" va "Ekologiya" mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo'yicha dastur kichik yoshdagi maktab o'quvchilariga faqat jonajon tabiat go'zalligi va boyliklarigagina emas, balki respublikamizning tabiatini o'rganishga ham imkon beradi.

Tabiiy fanlarni o'qitishda o'quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fîkrlashga o'rgatishda har bir dars mavzusini bayon qilishga ел tibor beradi. CTquvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, cTz bilimi, kuchi va qobiliyatiga ishonch ortadi. Burling natijasida har bir o'quvchi o'z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta'Iim samaradorligi ortadi. Ta'limning zamonaviy pedagogik

"O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar*

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

texnoligiyalaridan foydalanib cTtiladigan darslarda o'quvchilaming bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi.

"Klaster" metodi. Ushbu metod o'quvchilarga muammolar(mavzular)xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fíkrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. "Klaster" metodidan o'quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotlarda ushbu metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan fíkrlarning majmuyi tarzda namoyon bo'ladi. Bu guruhning har bir a'zosi tomonidan ilgari surilayotgann g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalarni topa olish imkonini yaratadi.

Tabiiy fanlar tabiatdagi mavsumiy o'zharishlarni kuzatish jarayonida o'quvchilar o'simliklar va hayvonlaming ba'zi turlari o'simlik hayoti uchun zarua bo'lgan sharoitlar: o'simlik o'sishining tashqi sharoitga, ya'ni harorat, yorug'lik, namlik, tuproq unumdorligiga bog'liqligini, turli fasllarda o'simlik va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar bilan tanishadilar.

Ekologik ta'lim va tarbiya maqsadidan kelib chiqib, tabiiy fanlar o'quvehilarni, insonning tabiatga ta'sirini va tabiat boyliklarini avaylab asrashni tushuntirib, bolalarniham shunga chorlaydi. Tabiiy fan tushunchalarini samarali o'zlashtirishni ta'minlovchi metod bu tabaitni kuzatishdir. Kuzatishlar xulosasiga ko'ra, o'simlik, hayvon yoki biror hodisa haqida o'quvchida aniq tasawurlar hosil bo'ladi.

Tabiiy fanlarni o'rganishning samarali usullaridan bin amaliy mashg'ulotlar, darslikdagi loyiha ishlari ham o'quvehilarni dunyoqarashini yanada rivojlantirib, ularni mustaqil ishlashga va fikrlashga yordam beradi.

6-sinf " Tabiiy fanlar" darsligida 5 ta loyiha ishi berilgan. Ekosistema modelini yasash, nowot tayyorlash texnologiyasi, toza ichimlik suvini olish, oy holatini kuzatish, energiyani tejash kabi loyiha ishlari bor. O'quvchilar ekosistema modelini xilma-xil qilib yasashdilar. Nowot tayyorlash texnologiyasi loyiha ishi o'qituvchi boshchiligida dars jarayonida amalda ko'rsatildi. Bu bolalar uchun juda qiziqarli bo'ldi. Ba'zi o'quvchilar oila a'zolari ishtirokida uyda tayyorlab kelishdi. Tayyorlagan olmaqandlari maromiga yetmagan bo'lsa ham, uni tayyorlashnii bilib olishdi va ishtaha bilan iste'mol qilishdi. Bu loyiha ishi orqali bolalar tayyorlash texnologiyasini, gigiyena qoidalari, texnika xavfsizligini, ijodkorlikni, tejamkorlikni o'rgandilar. Eng muhimi, o'z mehnatidan zavqlanish hissini tuydilar. Bolalar nazariyadan ko'ra amaliyotga qiziqadilar, qandaydir jarayonni ko'rishga, kuzatishga, o'zlari ham amalda bajarishga intiladilar. Dars jarayonida toza ichimlik suvini olish loyiha ishida dars tayyorlamay, o'qishga qiziqmaydigan bolalar ham ishtiyoq bilan kuzatib, ichimlik suvini ichib ko'rishdilar.

Amaliy mashg'ulotlar soni 24 tani tashkil etadi. Ma'lumotlarni grafikda tasvirlashni o'quvchilar guruh bo'lib bajarishdi. Bu bolalarni birdamlikka, ularni

"O'zbeklstonda ilm-fan va ta'Iim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar*

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

jamoa bo'lib ishlashga, bir-birini qoilab-quwatlashga undaydi. Moddaning uch holatini kuzatish hayotiy mavzu bo'lib ham o'quvchilarda moddaning agrégat holati haqidagi bilimlarni yanada mustahkamlaydi. Diffiiziya hodisasi, moddaning zichligi, sun'iy yomg'ir hosil qilish kabi mashg'ulotlar tabiiy fanlardagi fizik bilimlarni mustahkamlaydi. Bundan tashqari, biologiyaga oid mashg'ulotlar ichida bolalar uchun eng zo'ri, tirik organism yaxlit sistema bo'ldi. O'quvchilarning deyarli hammasi, odam ichki organlar modelini yasab kelishdi. Plastilindan, rangli qog'ozlardan materiallardan ishtiyoq bilan yasashdilar. Bu mashg'ulotda o'quvchilar odam ichki organlari o'pka, jigar, buyrak, ichaklarni joylashuvi va bog'lanishlarini o'rgandilar. Odam ichki organlari modelini yasash orqali, o'quvchilar organlarni o'rganish bilan birga o'zlari ijodkorlik bilan mehnat qildilar. Eski darsliklarda odam organlari 8-sinf darsligida o'rganilar edi. 6-sinf o'quvchilari uchun juda qiziqarli bo'ldi, deb hisoblayman. Amaliy mashg'ulotlar fizika, biologiya fanlaridan tashqari, geografîyaga oid Oy holatini kuzatish, masshtablar bilan ishlash, vulqon maketini yasash, O'zbekistonning ma'muriy-hududiy bo'linishi va chegaradosh davlatlari mozaikasini yasash kabi mashg'ulotlar darslikka kiritilgan. Bu mashg'ulotlar geografîyaga oid bilimlarni mustahkamlaydi.

Xulosa qilib aytganda, Science biologiya, geografiya va fîzika fanlarining integratsion tarzda o'qitilishni ta'minlaydi. Amaliy mashg'ulotlar darsiga o'qituvchi puxta tayyorgarlik ko'rishi tavsiya etiliadi. U amaliy mashg'ulotlar bajarish jarayonida paydo bo'ladigan muammolarni atroflicha tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Amaliy mashg'ulotlar tabiiy fanlar darslarini sifatli o'tilishini, o'quvchilar bilimini chuqurlashtirib mustahkamlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Z. B. Sangirova va boshqalar. Tabiiy fanlar 3. CTqituvchilar uchun metodik qo'llanma. Toshkent-2022

2. K. T. Suyarov va boshqalar. Tabiiy fanlar 6-sinf darsligi. Toshkent-2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.