Научная статья на тему 'BOLALAR PSIXOLOGIYASI'

BOLALAR PSIXOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Bolalar psixologiyasi / maqsad / psixika taraqqiyot / asosiy va yordamchi metodlari / Lev Semyonovich Vigotskiy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Avazova Marjona

Ushbu maqolada psixologiyaning ma’noviy tushinchasi, bolani psixik jarayoni, bolaga parvarish qanchalar kerakligi, hozirgi paytda bolalarni tarbiyasiga asosiy e’tiborini qaratmoqda. Bolalar ham jamyatimizning bir bo’lagi. Bola tarbiyasida psixologiyaning ahamyati. Bolalar ta'lim olishi uchun eng avvalo nimaga e'tibor qaratishi lozimligi haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR PSIXOLOGIYASI»

BOLALAR PSIXOLOGIYASI Avazova Marjona

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11082381

Annotatsiya. Ushbu maqolada psixologiyaning ma'noviy tushinchasi, bolani psixik jarayoni, bolaga parvarish qanchalar kerakligi, hozirgi paytda bolalarni tarbiyasiga asosiy e 'tiborini qaratmoqda. Bolalar ham jamyatimizning bir bo'lagi. Bola tarbiyasida psixologiyaning ahamyati. Bolalar ta'lim olishi uchun eng avvalo nimaga e'tibor qaratishi lozimligi haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: Bolalar psixologiyasi, maqsad, psixika taraqqiyot, asosiy va yordamchi metodlari, Lev Semyonovich Vigotskiy.

Abstract. In this article, the spiritual dream of psychology, the psychic process of the child, how much child care is needed, is currently the main focus on the upbringing of children. Children are also a part of our society. The importance of psychology in child education. In order for children to receive education, information is provided on what should be focused first of all.

Keywords: child psychology, purpose, psyche development, basic and auxiliary methods, Lev Semyonovich Vigotsky.

KIRISH.

Sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish orzusi aynan mustaqillik bilan bog'liq ezgu intilish bo'lgani bois istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab uni amalga oshirish eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'lib kelmoqda. Yosh avlodni jamiyatning haqiqiy tayanchi va Suyanchiga aylantirish masalasiga e'tibor kuchaytirilgan. Bolalar psixologiyasi hozirgi kunda rivojlanib bormoqda. Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo'nalisha kechadi: pisixik taraqqiyot manbalari muamolarning nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o'rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish, psixik taraqqiyot manbalari muammolari nazariy hal etish deganda ushbu muammo asosiy psixolagik maktablar va yo'nalishlar vakilarining qarashlari tushiniladi. Bolalar psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar (ma'rifly, nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.) paydo bo'lishi va rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilma-xil faoliyatning (o'yinlar, o'qish, mehnat) rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida shakllanishini o'rganadi. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari bor. Bola shaxsi yosh xususiyatlarini o'rganishda ko'ndalang, kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar o'tkaziladi. Birinchi holatda birgina psixik jarayonning o'zi bir vaqtda turli yosh guruhlariga taalluqli bo'lgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holat (longityud) da esa ma'lum bir (alohida tanlab olingan) bolalarning psixik xususiyatlari ko'p yillar davomida tadqiq qilinadi. Bu esa o'z navbatida ular psixikasi rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini beradi. Bolalar psixologiyasida asosan ota-onalarga bolaga unga bo'lgan ishonch, hurmat, qo'llab-quvvatlash, unga bo'lgan e'tiborlarini his qildirish. Mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan holatlar o'rgatiladi ASOSIY QISM:

Psixologiya so'zi yunonchadan olingan bo'lib "ruh, qalb, ong, xarakter" degan ma'nolarda keladi. Psixologiya barcha inson va hayvonlarning psixikasini va psixik holatini o'rganadigan fandir. Dastavval bu fan kirib kelinishi va qabul qilinishi o'rta asarlarda juda qiyin kechgan. Psixologiyaning hayotimizdagi o'rnini bilishimiz uchun uning bir turini ya'ni Oila psixologiyasini oladigan bo'lsak. Insonlar bir biriga muhabbat qo'ya olsa, bir birini tushunsa ular eng baxtli oila

bo'lishadi. Bolalar psixologiyasiga kelasadigan bo'lsak. Bola psixikasi o'rganishning yanada samarali metodlarni qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qilishga metodlarni ishlab chiqishni anglatadi. Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog'i bo'lib, u turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichdan boshqasiga o'tish qonuniyatlarini o'rganadi. Psixika taraqqiyoti - tug'olgandan boshlab yosh davrlari o'tishi va psixika faoliyatining takomillashishi. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to'plagan bilm va tajribalarining o'zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakillanib borishi jarayonidan iborat. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichgga individda muayyan fizalogik va psixologik o'zgarishlar kuzatiladi. Psixologik yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini aks etirib ko'pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turlari yoshdagi odamlar uchun mo'jallangan maxsus test topshiriqlari asosida aniqlanadi. Bola dunyoni, atrofni ota-ona ko'zlari bilan anglaydi. Ota-onaga nima yomon bo'lsa, bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni xush ko'rsa, bola uchun u inson yaxshi bo'ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qadar davom etadi. Undan keyin bola o'zi xulosa qilishga o'rganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir harakati - bu ko'zgudagi sizning aksingiz. Bola psixikasini o'rganishda tadqiqotchi bir qator prinsiplar - qoidalarga tayanishi, ularga rioya etislii lozim bo'ladi. Bu prinsiplar quyidagilardan iborat: Obektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma'lumotlar bilan ulaming talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mashg'ulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidiigi ma'lumot bo'lib hisoblanadi. Lekin "bola e'tiborsiz" deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o'zi bilan uning talqinini aralshtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda harn bola oynaga qarab turgan bo'lsa ham, tarbiyachi so'zlariga katta e'tibor berayotgan bo'lishi munikin. Sababi prinsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlarini hosil bo'lishi barcha shart-shaioit va omillarni imkon qadar o'rganishni talab qiladi.

Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari:

1-Kuzatish;

2-Eksperiment;

3-So'rov;

4-Proyektiv metod;

5-Faoliyat mahsulini o'rganish metodi;

6-Test.

Kuzatish ~ psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaiidan biri bo'lib, psixik hodisalarai maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish - tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus taslikil etilgan idrok jarayonidir. Eksperiment - ilmiy bilishning asosiy metodaridan biri. Ujiing kuzatishdjui asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi o'rganilayotgan vaziyatga faol ta'sir ko'rsatadi, bir yoki bir necha o'zgaruvchilar bilan manipulyatsiya amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xususiyatlar maxsus sharoitlarda o'rganiladi.

So'rov - tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita o'zaro aloqasi davomida birlamchi verbal axborot yig'ishga yo'naltirilgan metod. So'rov anketa intervyu shaklida o'tkazilishi mumkin. Anketa yordamida so'rov o'tkazilganda yozma savollarga, intervyuda esa og'zaki savolliarga javob qaytaradi.

Proektiv metod - shaxsni o'rganishning metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinalvuchilar tomonidan talqin etilishi mumkin bo'ladi. Aynan sinaluvchining bergan talqinini tahlil etish orqali uning shaxsi haqida muayyan xulosalar

chiqariladi. Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinduvchi o'z ichki kechinmalari, o'y xayollari, orzulari, qo'rquv va xavotirlarini tashqariga chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda qo'llaniladigan odatdagi proektiv metodikalar quyidagilardan iborat: "Bola appersepsiya testi", "Jeksonning oilaviy ustanovkalarn testi", "Dyuss ertaklari metodilcasi". Ushbu metodikalarni qo'llash asosan individual ish jaiayonida amalga oshirilib, ancha ko'p vaqt talab etadi. Proektiv metod bilan o'tkazilgan tadqiqot natijalariini talqin etishda tadqiqotchidan katta mahorat talab qilinadi. Faoliyat mahsulini o'rganish orqali maktabgacha yoshdagi bolalami o'rganish haqida gap ketganda, birinchi navbatda bolalaming tasviriy faoliyati mahsullarini tahlil qilish nazarda tutiladi. Test metodida muayyan standart topshiriq va vaziyatlar (testlar) qo'llaniladi.

Lev Semyonovich Vigotskiy - sovet psixologi. Yuqori psixologik funktsiyalarni o'rganish va " yangi odam " haqidagi avangard futuristik fanni yaratish bo'yicha marksistik tadqiqot an'anasining asoschisi kommunistik kelajak va ongning yangi psixologik nazariyasi. Vigotskiy (1896-1934) eng mashhur rus; psixologi va faylasuflaridan biridir. Olim o'z ilmiy qarashlarida ilgari surgan ko'plab g'oyalar bevosita bolalaming psixik taraqqiyotiga oiddir. L.S. Vigotskiyning oliy psixik fiinksiyalar shakllanishi haqidagi qonuni bolalar tarbiyasi va ta'limini amalga oshirishda katta jamiyatga ega. Psixolog ilmiy qiziqishlarining markazida bolaning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti masalasi turadi. L.S. Vigotskiyning izlanislilari oliy psixik funksiyalar, ya'ni ixtiyoriy xotira va diqqat, tafakkur, irodaviy harakatlarni bevosita miyaning faoliyati bilan tushuntirib bo'lmasligini, ushbu funksiyalaming mohiyatini tushunish uchun ularning ildizlarini organizmdan tashqaridagi ijtimoiy muhitni izlash lozimligini ko'rsatdi. Aynan L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlari ijtimoiy muhit ahamiyatini aniqlashtirishda muhim poydevor bo'lib xizmat qildi. L.S.Vigotskiyning fikricha, muhit oily psixik funksiyalaming taraqqiyot manbaidir. Muhitning taraqqiyotdagi ro'li yosh o'tishi bilan o'zgarib boradi. Shuning uchun muhiti absolyut emas nisbiy qabul qilish kerak. Insonda xulq atvoming tug'ma shakllari mavjud bo'lmaydi. Odamning psixik taraqqiyoti faoliyatning tarixan shakllangan turlari va usullarini o'zlashtirish orqali kechadi. Miyaning morfofizologik xususiyatlari va muloqot bola taraqqiyoti uchun sharoit sifatida xizmat qiladi. Taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ta'limi. XULOSA.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki inson tug'ilgandan keyin uning yashash tarzi va hayotining mukammal bo'lishida bolalik davri muhim ahamyatga ega. Chunki inson o'qishda ta'lim olishi, tengdoshlariga nisbatan bir xil rivojlanishi, tashqi olamda bo'layotgan voqea hodisalardan xabardor bo'lishi, bularning hammasida bolalik davri muhim ahamyatga ega. Agar bolaning tug'ilgandan keyin uning yetuklik yoshiga yetaman deguncha bo'lgam vaqtida unga yaxshi parvarish qilinmasa, to'gri ovqatlanmasa bola tengdoshlariga nisbatan psixologik va fiziologik jihatdan orqada qoladi. Tashqi olamdagi narsalarni to'gri idrok qila olmaydi.Uning psixologiyasi rivojlanishida xotira,idrok,tafakkur,nutq,diqqat kabi psixologik bilish jarayonlarining rivojlanishiga etibor berishimiz kerak. Bolalarni ta'limga psixologik jihatdan tayyrolashda unga psixologik o'yinlar o'ynatish.Diqqatini rivojlantirish uchun diqqatni tortadigan o'yinlar o'ynatish hamda xotirasini rivojlantirish uchun esa har xil rasmlardan foydalanish rasmlarni ketma ketlikda taxlash ham xotira va diqqat hamda tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi. Raqamlardan sanash bu ham bolaning psixologiyasining rivojlanishiga yaxshi natija beradi. Bola rivojlanishida uning xotira, diqqat, idrok bilish jarayonlarni aniqlashda psixologiyada bir qancha metodikalar bor.

REFERENCES

1. BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 28 iyuldagi 434 sonli buyrug'iga asosan 5111800 - maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Z.T.NISHANOVA, G.FLALIMOVA, A.G'.TURG'UNBOEVA M.X.ASRANBOEVA. TOSHKENT- 2017.

2. Отажонова, М. (2016). ИЖОДКОР БАДИИЙ ТАФАККУРИДА ВО^ЕЛИКНИНГ МИФОЛОГИЗАЦИЯЛАНИШИ. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 32(3), 127-129.

3. O'zME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

4. Alavutdinova, N., & Abdurahmonova, M. Ijodiy fikrlash ko 'nikmasini shakllantirish muammolari. O 'ZBEKIST, 87.

5. Atadjanova, M. A. (2021). Animation mythology and its functional nature in the current uzbek prose. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 70-78.

6. Ergashevna, S. N. Pedagogical Aspects of Improving the System of Distance Training of Public Education Workers. JournalNX, 107-110.

7. For a condensed historical overview of psychology, see the timeline of psychology article.

8. Ganievna, N. A. (2015). 20. Asir Özbek Dilbiliminde Morfolojiye Ait Görü§lerin §ekillenmesinde Prof. Eyyüp Gulamov'un Yeri.

9. Yasnitsky A. Vygotsky: An Intellectual Biography — Routledge, 2018. — С. 164.

10. Bryant, P. (1996). Lev Vigotskiy: Inqilobiy olim. Britaniya psixologiya jurnali, 87, 350. http://search.proquest.com/docview/199581362?accountid=1229 saytidan olingan.

11. Harvud, R., Miller, S. A. va Vasta, R. (2008). Bolalar psixologiyasi: o'zgaruvchan jamiyat sharoitida rivojlanish. Hoboken, NJ: John Wiley & Sons.

12. Lev Vigotskiy. (2013). Jahon biografiyasining entsiklopediyasi, Jild 33. http://www.gale.cengage.com/InContext/bio.htm dan olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.