Научная статья на тему 'BOLALAR PSIXIKASINI O’RGANISH PRINSPLARI'

BOLALAR PSIXIKASINI O’RGANISH PRINSPLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bola psixikasi / tafakkur / prinsip / ob'ektivlik prinsipi / sinchkovlik / ko'ndalangiga kesim / uzunasiga kesim / metodi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Usmonova Nodira Raximovna

Ushbu maqolada bola psixikasini o'rganishda pritnsiplar, psixologik tadqiqotni o'tkazish shakllari, bolalar psixologiyasining rivojlanishiga xissa qo‘shgan olimlar firklari, Bola rivojlanishining biogenezasiya va sosiogsnizasiyasi muammosi haqida dastlabki ma’lumotlar uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR PSIXIKASINI O’RGANISH PRINSPLARI»

BOLALAR PSIXIKASINI O'RGANISH PRINSPLARI

Usmonova Nodira Raximovna

Qo'qon shaxar 37 DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11211869

Annotatsiya. Ushbu maqolada bola psixikasini o'rganishda pritnsiplar, psixologik tadqiqotni o'tkazish shakllari, bolalar psixologiyasining rivojlanishiga xissa qo'shgan olimlar firklari, Bola rivojlanishining biogenezasiya va sosiogsnizasiyasi muammosi haqida dastlabki ma'lumotlar uni o'rganilganlikdarajasi vaxozirgi vaqtdagi ahamiyatiyoritilgan.

Kalit so'zlar: bola psixikasi, tafakkur, prinsip, ob'ektivlik prinsipi, sinchkovlik, ko'ndalangiga kesim, uzunasiga kesim, metodi.

Аннотация. В данной статье изложены принципы изучения детской психологии, формы проведения психологических исследований, группы ученых, внесших вклад в развитие детской психологии, предварительные сведения о проблеме биогенеза и социогнозизации детского развития, уровне ее изучения и подчеркивается ее важность в настоящее время.

Ключевые слова: детская психика, мышление, принцип, принцип объективности, основательность, поперечный срез, лонгитюдный срез, метод.

Abstract. In this article, the principles of the study of childpsychology, forms of conducting psychological research, groups of scientists who contributed to the development of child psychology, preliminary information about the problem of biogenesis and sociognosization of child development, the level of its study and its importance at the present time are highlighted.

Keywords: child psyche, thinking, principle, principle of objectivity, thoroughness, cross section, longitudinal section, method.

Bola psixikasini o'rganishda tadqiqotchi bir qator pritnsiplar - qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo'ladi. Bu printsiplar quyidagilardan iborat: Ob'ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma'lumotlar bilan ulaming talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mashg'ulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma'lumot bo'lib hisolanadi. Lekin "bola e'tiborsiz" deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o'zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan esa-da, tarbiyachi so'zlariga katta e'tibor berayotgan bo'lishi mumkin. Sababiylik printsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlaring hosil bo'lishini ta'minlovchi barcha shart-sharoit va omillami imkon qadar o'rganishni talabqiladi. Masalan, mashg'ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qarayotgan bo'lsa, bu hodisaning iloji boricha ko'proq sabablarini aniqlashga urinish kerak: ko'chadagi biron narsa bola e'tiborini o'ziga tortdimi, mashg'ulotda bola charchab qoldimi, . o'tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo. Sinchkovlik va muntazamlik printsipi bola psixikasi shakllanishi 9 jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta'sirini sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi. Ushbu printsip- ga muvofiq oldindan: a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kerak; b) tadqiqotda o'rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim; c) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o'tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya'ni qandaydir sub'ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga yo'l qo'ymaslik kerak. Aks holda ob'ektivlik printsipi buzilgan bo'ladi.

Psixologik tadqiqotni o'tkazish shakllari. Bolani o'rganish ikki asosiy shaklda: "ko'ndalangiga kesim" va "uzunasiga kesim" metodi deb nomlanuvchi tadqiqot sliaklida amaiga oshiriladi. Tadqiqot ko'ndalangiga kesim shaklida o'tkazilganda turli yoshdagi bolalar gurublarida

muayyan psixologikjarayon, holat yoki xususiyat o'rganiladi va har xiI yosh bosqichidagi bolalar ustidan olib borilgan tadqiqot natijalari o'zaro solishtiriladi. Masalan, D.B.Elkonin kichik, o'rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarning syujetli-rolli o'yinlariga xos xususiyatlarni o'rganib, o'zaro solishtirib bolalar o'yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko'ndalangiga kesim shaklidagi tadqiqotda asosiy e'tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga qaratilishi kerak. Farq qanchalik kichik bo'lsa, psixolog tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim o'zgarisblarni payqash uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'ladi. Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o'tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oralig'idagi hayoti o'rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o'tishda bola psixikasi va hulq-atvorida ro'y beruvchi o'zgarishlarni aniqlab boradi. Masalan, maktabgacha ta'lim muassasasida yangi dastur bo'yicha ish boshlangan bo'lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalarni 4- 5 yil uzluksiz o'rganish orqali dasturning bola taraqqiyotiga ta'sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin bo'ladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda .longityud 10 tadqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko'p vaqt talab etadi.

Turli yoshdagi bolalar va pedogogik psixologiya o'z taraqqiyoti tarixida uzoq mashaqqatli davrni boshidan kechirdi. Turli yoshdagi bolalar psixikasi xususiyatlarini muayyan tartibga solish va uni ilmiy tarzda tushuntirib berish bola psixikasi taraqqiyotining turli yosh davrlariga taalluqli xususiyatlarni, dalillarni to'plashni talab qilar edi. Bunday dalillar faqat fanni g'ayri ilmiy tarzda tushuntirishga olib kelar edi. Chunki olimlarning, pedagoglarning o'tmishdagi falsafiy yo'nalishlari g'ayri ilmiy ruhda bo'lgan edi.

Bolalar psixologiyasi fan sifatida XIX asrning o'rtalarida umumiy psixologiyadan ajralib chiqdi. Ilmiy falsafa maydonga kelgan davrdan boshlab bolalar psixologiyasini fan sifatida yaratish imkoniyati tug'ildi. Bolaning psixik taraqqiyotining qonuniyatlari, xususiyatlari o'rganila boshlandi. Bular asosida asarlar yaratildi. Chunonchi, bola psixikasining taraqqiyotining ilmiy kuzatishga dastlab mashhur tabiatshunos olim Charlz Darvin yo'l ochdi. U bola psixikasining taraqqiyotiga doir "Kundalik xotira" tipidagi asarini yaratadi.

XIX asrning II yarmida tajriba psixologiyasining rivojlanishi bilan bola psixikasining ayrim tomonlarini (diqkat, xotira, tafakkur, nutq, iroda) o'rganila boshlandi.

Bola psixikasining rivojlanishi muammosini o'rganishda K. D. Ushinskiy ko'rsatib bergan yo'li alohida ahamiyat kasb etadi. Ya'ni u bola psixikasi taraqqiyotini har tomonlama o'rganadigan bir butun fan sifatida rivojlana boshladi. Rus pedagoglari Belinskiy va Dobrolyubovlar bola psixik taraqqiyotining bir butunligi, murakkabligi, ijtimoiy tarixiy sharoit bilan bog'liqligi, psixik taraqqiyotda ta'lim-tarbiyaning roli haqidagi fikrlari xatto hozir ham o'z qiymatini yo'qotmadi.

Shuningdek, chet el psixologlari ham ayrim psixik jarayonlar bo'yicha ilmiy tekshirishlar olib bordilar. Jumladan, bolalarning idroki bo'yicha Verner, Kant, xotira bo'yicha E, Meyman, V. Shtern, tafakkur bo'yicha Bine, Byuller, nutqdan Shtern, Mak-Karti va boshqalar ko'plab ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.

XIX asrning 60-yillarida rus fiziologi I.M. Sechenov (1829-1905) inson psixikasining ontogenezini reflektor tabiati haqidagi ta'limotini yaratdi. U o'zining 1863-yili yozgan "Bosh miya reflekslari" nomli asarida odam psixik hayotiga, bolalar psixik hayotiga realistik nuqtai nazaridan yondoshishni asoslab berdi va psixik taraqqiyotining asosini reflekslar tashkil qiladi degan ta'limotni yaratish bilan fanga zid bo'lgan qarashlarga zarba berdi.

I.M.Sechenovning ishini I.P.Pavlov davom ettirdi, u odam va hayvonlar oliy nerv faoliyatining xususiyatlari, qonuniyatlarini ochib berdi. Bolalarning shartli reflektor faoliyatlarini o'rganish yuzasidan qimmatli ilmiy tadqiqot ishlari boshlab yuborildi.

Bolalar psixologiyasining rivojlanishiga birinchi xissa qo'shgan olimlardan biri P.P.Blonskiydir (1884-1941) U o'zining "Psixologiya ocherki" ,"Xotira va tafakkur", "Maktab o'quvchilarining tafakkurini rivojlanishi" kabi asarlarida psixologik hodisalarni tushuntirib bermagan bo'lsa ham, ammo ularni shakllanishiga pedagogik yo'l topib berdi. U bilim, ko'nikma va malakalarning shakllanishi, kichik, o'rta va katta maktab o'quvchilarining assosiasiyalar doirasi, bolalar tafakkurida tushunchalarning paydo bo'lishi, xotira va tafakkurlarni o'quv faoliyatida rivojlanishi masalalarini ishlab chiqdi.

Bolalar psixikasini o'rganishda oliy nerv faoliyatini bilish ahamiyatli edi. Shunga binoan 1920 yili Sank-Peterburgda psixiatr va nevrolog V.M. Baxterov (1857-1927) boshchiligida "Miya" instituti tashkil qilindi. Unda bolalarni tug'ilgan kunidan boshlab 3 yilgacha bo'lgan vaqt mobaynida miya tuzilishidagi o'zgarishlar o'rganildi. Olingan ma'lumotlar psixologlar tomonidan bolaning psixik taraqqiyotini o'rganishga tadbiq qilindi.

1980 yillardan boshlab psixologiyaning nazariy rivojlanishini tarixiy - madaniy jihatini, uning (ildizini) asosini, ya'ni bolani dunyoga kelishi, uning biologik tipning oxiri ekanligini, sifat o'zgarishlari jihatidan esa ijtimoiylikka aylanishini yoritib berdilar. L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida tashqi muhitning rolini va bolani muhit bilan effektiv munosabatini, ta'lim bilan rivojlanishning o'zaro munosabatlari, murakkab psixik funksiyalar ta'lim jarayonida shakllanishini, aktual taraqqiyot bosqichida mustaqil faoliyatni yaqin taraqqiyot bosqichi asosida bo'lishini, psixik taraqqiyot qarama-qarshilik, ziddiyatlardan iborat ekanligini ko'rsatib berdilar. U kishilar o'zining psixologik faoliyatida mehnatdan foydalanishi, turli belgilar orqali narsalarning nomlarini anglab olishi, belgilar bilan nomlar, atamalar orasidagi munosabatlarni paydo bo'lishi yuksak psixik funksiyalarni rivojlanishiga olib keladi, deb ko'rsatadi. Uningcha "har qanday yuksak psixik funksiyalar o'zini rivojlanishida tashqi tabsirlar orqali rivojlanadi, chunki u ijtimoiy funksiyani boshlangich ko'rinishidir". Vigotskiy buni bola nutqining rivojlanishida asosiy mexanizmdir deydi. Demak, oliy psixik funksiyalar insoning ijtimoiy munosabatlarida paydo bo'lishini yoritib beradi.

Psixik rivojlanishda ong va faoliyatning birligi muammosi S.L. Rubinshteyn tomonidan, psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch va sabablar, bolalarning yetakchi faoliyatlari va ularni taraqqiyotga ta'siri A.N.Leontyevning ilmiy tekshirishlarida o'z aksini topdi.

Bola rivojlanishining biogenezasiya va sosiogsnizasiyasi muammosida A.S.Makarenko ham o'z fikrlari bilan qatnashdi. U jamoada o'zaro munosabatlar, bola shaxsini loyihalash, faoliyat motivlarini bola faoliyatidagi ahamiyati kabi qator masalalarini o'rgandi va undan amaliyotda foydalandi.

XX asrning o'rtalariga kelib bolalar psixologiyasi fani dunyo miqyosida keng tarmoklarda rivojlandi, hozirgi kunda bolalar psixologiyasini turli muammolari chet ellik psixologlar va jumladan O'zbekistonlik psixolog olimlari tomonidan ham ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Odam psixikasining ontogenezida biologik va ijtimoiy sharoitning roli (A.N.Leontyev), ta'lim tarbiya va rivojlanshning o'zaro munosabati (D.N. Bogayavlenskiy, L.V. Zankov, N.A. Menchinskaya), tashqi (materiya) va ichki (aqliy) ta'sirlarning o'zaro munosabati, bola faoliyatining mazmuni va uning shakllanishi (A.V.Zaporojes, A.N.Menchinskaya); bola idrokiga faoliyat sharoitining ta'siri (B.G. Ananyev, A.V. Zaporojes, A.N. Leontyev, A.R Luriya, D.B. Elkonin, V.V. Davidov); esda saqlash jarayonlari (L.V.Zankov, A.A.Smirnov, L.I Zinchenko)

tekshirila boshlandi va ko'plab ilmiy -uslubiy maqolalar chop etildi. Bolalar faoliyati turlariga xos xususiyatlar (o'yin — D.B. Elkonin, Slavina, o'kish - B.G. Ananyev, A.N. Leontyev, L.I. Bajovich, mehnat -A.A. Smirnov, Guryanov) va uning bolani psixologik tomondan rivojlanishiga ta'siri, qobiliyatlarnipg rivojlanishi (N.S. Leytes) o'ziga ongli munosabatda bo'lish (B.G. Ananyev), xarakter, qobiliyatlarni shakllanishi masalalari o'rganildi.

G'arbiy Yevropa va AQSHda shaxsning individual xususiyatlari va psixik jarayonlarning shakllanishiga yo'nalgan ilmiy izlanishlar davom etmoqda. Jumladan, bolalar psixologiyasining rivojlanishida Shveysariya psixologi J.Piajening roli kattadir. U bola aqliy tomondan rivojlanishi, ko'nikma va malakalarni ta'lim jarayonidagi roli masalasini amerikalik psixolog Dj.Bruiyer, Anno Frakl bolalarda tafakkurining rivojlanishi, Fransiyada A.Vallon, R.Zazzo, Angliyada B.Saymon,

0.Konnor va boshqalar bolalarning psixik taraqqiyotini ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qildilar.

Hozirgi kunda bizda ham ko'pchilik olimlar bolaning psixik taraqqiyoti muammolarini, unga ta'sir etuvchi faktorlarni, ta'lim jarayonini faollashtirish, qobiliyatlarini shakllantirish muammolarini nazariy jihatdan ishlab chiqdilar. Jumladan, P.I.Ivanov psixologiya fanining umumiy masalalari, ta'limning psixologik asoslari, turli yosh davrlarda psixik jarayon va xususiyatlarning rivojlanishi muammolarini, M.G.Davletshin o'quvchilarda texnik qiziqishlar, qobiliyatlarini shakllanishi, yoshlarni mehnat ta'limi va kasbga yo'naltirish, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish kabi masalalarni keng yoritib berdilar. E.G'oziyev ta'lim jarayonida o'quvchilar tafakkurining rivojlanishi, ularning aqliy taraqqiyoti, o'quv faoliyatini boshqarish, komil inson tarbiyasining psixologik muammolarini, B.R.Qodirov yoshlarning individual xususiyatlari, ularning faoliyatga yo'nalishlari, layoqat va birlamchi qobiliyatlarning shakllanishi, iqtidorli o'quvchilarning xususiyatlarini, kasb tanlash va boshqa katta muammoni ilmiy jihatdan asoslab berdilar.

O'zbekistonlik psixologlar ham psixologiyaning rivojlanishida ko'pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. P.I.Ivanov psixologiyaning umumiy masalalari, psixik hodisalarning bolalarda rivojlanishi, ta'lim psixologiyasi soxasida ("Umumiy psixologiya", "Ta'limning psixologik asoslari"), M.G. Davletshin "Qobiliyatlarni rivojlanishi", "Texnik qiziqishlar", "Qiziqish va ta'lim", kabi ko'plab ilmiy-uslubiy qo'llanmalar, M.Vohidov "Bolalar psixologiyasi", E.G'oziyev "Tafakkur psixologiyasi", "Xotira psixologiyasi", "Shaxs psixologiyasi", B.Qodirov "Qobiliyat va iqtidor", G'.Shoumarov "Oila psixologiyasi" na boshqa shu kabi ko'plab darslik va qo'llanmalar yaratdilar. Lekin shunga qaramay ham bolalar psixologiyasi fanida ko'plab muammolarni yechish lozim. Bu bizning galdagi vazifamizdir.

REFERENCES

1. G'oziyev E. Ontogenez psixologiyasi.Toshkent, Noshir., T 2010.

2. Do'stmuhammedova Sh.A., Z.T.Nishonova, S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova, Sh.T.Alimbayeva "Yosh davrlari va pedagogik psixologiya" Toshkent Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi. 2013.

3. David G. Myers "Psychology". NY, 2010. WORTH PUBLISHERS.

4. Rean A.A.,Bordovskaya.N,Rozum.S«Psixologiyai pedagogika» SPb.: Piter 2017.

5. Ye.E.Sapogova Psixologiya razvitiya cheloveka Aspekt Press 2015 g

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.