Научная статья на тему 'ZAMONAVIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYANING DOLZARB MASALALARI'

ZAMONAVIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYANING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixologik yo’nalishlar / ta’lim jarayoni / psixologik asoslar / pedagogik bilimlar / pedagogik psixologiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X. R. Haydarova, Zahro Orif Qizi Ilhomova, Shodiyabegim Akmaljon Qizi Raimberdiyeva

Ushbu maqolada ilm-fan taraqqiyotining asosiy maqsad va vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati,yuksak taraqqiyotga erishish uchun qo’yilgan qadamlar, jamiyat ongida sog’lom raqobatni yuzaga keltirish va mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim jarayonlaridagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYANING DOLZARB MASALALARI»

ZAMONAVIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYANING DOLZARB

MASALALARI

X. R. Haydarova

O'zMU katta o'qituvchisi, p.f.n.

Zahro Orif qizi Ilhomova

O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs talabasi

Shodiyabegim Akmaljon qizi Raimberdiyeva

Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ilm-fan taraqqiyotining asosiy maqsad va vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati,yuksak taraqqiyotga erishish uchun qo'yilgan qadamlar, jamiyat ongida sog'lom raqobatni yuzaga keltirish va mamlakatimizda olib borilayotgan ta'lim jarayonlaridagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: psixologik yo'nalishlar, ta'lim jarayoni, psixologik asoslar, pedagogik bilimlar, pedagogik psixologiya.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассмотрены основные цели и задачи развития науки, ее значение сегодня, шаги, предпринимаемые для достижения высокого развития, создания здоровой конкуренции в сознании общества, а также недостатки образовательных процессов, проводимых в нашей стране. и пути их устранения обсуждаются.

Ключевые слова: психологические тенденции, образовательный процесс, психологические основы, педагогические знания, педагогическая психология.

ABSTRACT

In this article, the main goals and tasks of scientific development, its importance today, the steps taken to achieve high development, the creation of healthy competition in the mind of the society, and the shortcomings of the educational processes conducted in our country and ways to eliminate them are discussed. will go.

Keywords: psychological trends, educational process, psychological foundations, pedagogical knowledge, pedagogical psychology.

473

Mamlakatimizda milliy istiqlol g'oyasi tufayli yosh avlodni bilim darajasiga ko'ra jahon andozalari talablariga javob beradigan ,fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo'ladigan ,mustaqil fikrlay oladigan ,hayotga dadil qadamlar bilan kirisha oladigan,tadbirkorlik va ishbilarmonlik qobiliyatlariga ega bo'ladigan ,ma'naviy yetuk bo'lib voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.Bu esa,avvalo, pedagogika fanini,ta'lim-tarbiya tizimini zamonaviy texnalogiyalar asosida takomillashtirishni taqozo etadi.

Pedagogik psixologiya - ta'lim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o'rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi shart-sharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda o'qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta'sirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya XIX asrning 2- yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qo'shganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida o'sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo'nalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yo'nalishi tarbiyachi va o'quvchiga tashqi muhitning ta'sirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uzviy bog'liq. Pedagogik psixologiya, asosan, ta'lim psixologiyasi va tarbiya psixologiyasiga bo'linadi.

Ta'lim psixologiyasida o'quv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, o'quvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakteri, qiziqishlari), o'quv predmetlarining o'ziga xos tomonlari, ta'lim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa o'rganiladi. Hozirgi zamon ta'lim psixologiyasida o'quvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil o'zlashtirish imkoniyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni ta'minlaydigan tafakkur sifatlarini o'rganish muhim masaladir. Tarbiya psixologiyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari o'quv materiali mazmunini tanlash, o'quv dasturlari, darsliklar tuzish, ta'limning har xil bosqichlarida o'qitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.

Ushbu maqolani yoritishda adabiyotlar tahlili va metodologiyasida fikirlarshundan iboratki, ta'lim-tarbiyaning shaxsni kamol toptirish ishiga bog'liqligi milliy g'oyani shakllantiruvchi, takomillashtiruvchi va uni ommaga yetkazuvchi kuchlarga bog'liqdir. Pedagogik - psixologiya fani ham jahon fani taraqqiyoti hamda va uning takomillashib boorish jarayonini, fanga kirib kelishi kutilgan yangiliklarni yanada aks ettiradi, albatta. Bu asosiy vazifa sifatida ilk bor qonuniy asoslarga ega bo'lmoqda va pedagogic psixologiya fani oldiga muhim nazariy vazifalarni hal qilish qo'yilmoqda:

474

1) pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan bin ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish, faollashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqish;

2) ta'lim - tarbiya jarayonida turli yoshdagi bolalarning aql-idrokiga, irodasiga, uni shaxs sifatida shakllantirishga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish;

3) o'quvchilar shaxsni tarkib topishi jarayonini, bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarni, turli tarbiyaviy tadbirlarning o'quvchilarga ko'rsatadigan ta'sirini o'rganish;

4) ta'lim va tarbiya jarayoni bir-biriga bog'liqdir, bu jarayonda aqliy qobiliyatlarni, axloqiy sifatlarni, shaxsni hissiy va irodaviy sifatlarini shakllantirishning maksimal rivojlanishi shart-sharoitlarini aniqlash; 5) mustaqil bilim olish, materialni chuqur yoki yetkazishning psixologik masalalarini ishlab chiqish;

6) bilish faoliyatini o'zaro tashkil qilabilish shart-sharoitlarini aniqlash;

7) o'z-o'zini tarbiyalashning psixologik asoslarni aniqlash;

8) o'qituvchi shaxsni va o'qituvchi shaxsini xususiyatlarini, milliy o'qituvchining sifatlarini aniqlash;

9) pedagogik bilimlar, ko'nikma va malaka, qobiliyatlarning tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlarini aniqlash;

10) o'z-o'zini tarbiyalash, milliy g'urur va vatanparvarlik jarayoni uning psixologik muammolarini nazariy jihatdan asoslab berishdan iboratdir;

11) shuningdek jahon tajribalari bilan birga, milliy xususiyatlarimiz, undagi eng ilg'or tomonlar, muhimi, pedagogic tarbiyalanuvchilar, o'quvchilar, talabalar bilan imkoni boricha ko'proq muloqotda bo'lish, o'quvchi shaxsining barcha xususiyatlarini hisobga olib bilim va tarbiya berish, ya'ni yagona pedagogic jarayonni ta'minlash, masalalari ham nazarda tutiladi;

12) pedagogik psixologiyaning eng asosiy vazifalaridan biri o'zlashtirishning sifat darajasini aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Pedagogik psixologiyaning amaliy vazifasi esa yoshlarni o'zlashtirishning psixologik shart-sharoitlari, tarbiyaning psixologik masalalari, bolaga ta'limtarbiya berishda ularni yoshlik va individual xususiyatlarinihisobgaolish, yoshlarda bilim, ko'nikma va malakalarini shakllanishi, mustaqil fikrlashga o'rgatish, ilmiy tushunchalar hosil qilish, o'z ustida ishlash, o'z-o'zini tarbiyalash, yosh o'qituvchilarni psixologik faoliyatga mehr-muhabbatini shakllantirish psixologiya fanining yutuqlarini, psixologik bilimlarni keng jamoatchilik e'tiboriga havola qilinishi, ota-onalar, tarbiyachi va o'qituvchilarni bulardan bahramand qilishdan iboratdir. Amaliy vazifalar radio va teleko'rsatuvlarda, jurnallarda, ma'ruza va 98 maxsus ko'rsatuvlar orqali chiqish, mahalla, maktab va ota - onalar bilan suhbatlashish orqali amalga oshiriladi.

Biz shu narsaga erishishimiz kerakki, keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga doyir psixologik bilimlardan bahramand bo'lsin. Ana shundagina biz yoshlarga haqiqiy ta'lim-tarbiya bera olamiz va uni muvaffaqiyatli amalga oshiramiz. Pedagogik psixologiya o'z predmetining mazmuniga qarab umumiy psixologiyada amal qiladigan ko'pgina

475

metodlardan foydalanadi. Chunki zarur bo'lgan dalillarni qidirish, ularni sodir bo'lish sabablarini aniqlash va isbotlash turli xil metodlar vositasida bajariladi. Qaysi metoddan foydalanishdan qa'ti nazar, bu metodlar faqat xususiy ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki amaliy ta'lim-tarbiya maqsadlarida bolani chuqurroq o'rganishni tashkil qilish uchun muhimdir.

Ta'lim-tarbiyaishlarini to'g'ri tashkil etish uchun pedagogic psixologiyada qo'llanadigan tadqiqot metodlari o'quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini, tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishda maqsadga muvofiq va eng samarali metodlarni tanlashga asos bo'ladigan o'quvchilar shaxsining o'ziga xosligini yaxshi bilish lozim. Pedagogik psixologiyada qo'llanadigan metodlar ham psixologiya fanining tamoyillari va usullariga qo'yilgan talablarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.

1. O'rganish lozim bo'lgan har bir jarayon, holat va xususiyatlarni bir- biriga bog'lab tekshirish lozim. Har bir o'rganiladigan psixik hodisalarni nevrofiziologik asoslardan yoki xotirani diqqatdan, idrokni tafakkurdan ajratib o'rganish yaramaydi.

2. Tekshirilayotgan psixik hodisalarni rivojlanish qonuniyatlarini bilmasdan turib uni har tomonlama o'rganish mumkin emas. Shuningdek, turli yoshdagi bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlarini bilmasdan turib o'rganilayotgan yosh davrning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish va tavsifnoma berish mumkin emas.

Xulosa o'rnida shini aytish mumkinki, tekshirish jarayonida kishining butun psixikasida, ongida aks etadigan jamiyatning moddiy negizi undagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar bilan birgalikda o'rganiladi. Ta'lim-tarbiya jarayonida psixik hodisalarning miqdor o'zgarishlarini sifat o'zgarishlarga o'tishi va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o'tishini kuzatib borish lozim. Masalan: o'quvchi psixikasining taraqqiy etishini o'rganib «ko'rib, bilim olish, tajribalar to'plash jarayonida o'quvchining bilish qobiliyatini, ya'ni xotira, tafakkur, fikr yuritishdagi sifat o'zgarishini bilib olsa bo'ladi.

REFERENCES

1. Гулноза Кучцаровна Мардиева, & Гулчехра Абдуллажоновна Абдуллаева (2023). ТАРБИЯВИЙ ИШЛАРНИ БА^ОЛАШ МЕЗОНЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5 (NUU Conference 2), 102-106.

2. Yo'ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). SUITSIDAL HOLAT VA UNING KELIB CHIQISH SABABLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).

3. Rahimberdievna, K. X. (2022). Development of Virtual-Pedagogical Culture in Parents: Theory and Practice. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 9, 95-99.

4. Rakhimberdievna, K. K., & Makhmudjon, I. (2022). Paradigms Of Virtual Pedagogical Culture-In The Interpretation Of Parents And Young People. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 1657-1659.

5. Сагатова, Ш. Ф. (2021). ЭМОЦИОНАЛ ИНТЕЛЛЕКТ РИВОЖЛАНИШИНИНГ ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 124-127.

6. Toxtaxodjayeva M. Pedagogika. Darslik. T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

476

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.