Научная статья на тему 'BOLALAR MUSIQIY FOLKLORI RAQSLARDAGI RITMIK HARAKATLARNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

BOLALAR MUSIQIY FOLKLORI RAQSLARDAGI RITMIK HARAKATLARNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
folklor / mashg‘ulot / maqsad / estetik tafakkur / raqs / ritmik harakat / sifat / qobiliyat / faoliyat / uyg‘un / o‘yin / etnografik ansambl. / фольклор / обучение / цель / эстетическое мышление / танец / ритмическое движение / качество / умение / активность / гармония / игра / этнографический ансамбль

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — F.M. Xolmirzayeva

ushbu maqolada bolalar musiqiy folklori raqslardagi ritmik harakatlarning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishning dolzarb masalalari, hamda pedagogikpsixologik jihatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF PEDAGOGICAL MECHANISMS OF RHYTHMIC MOVEMENTS IN CHILDREN'S MUSICAL FOLK-LORE DANCES

в данной статье освещены актуальные вопросы совершенствования педагогических механизмов ритмических движений в детских музыкальных фольклорных танцах, а также педагогические и психологические аспекты.

Текст научной работы на тему «BOLALAR MUSIQIY FOLKLORI RAQSLARDAGI RITMIK HARAKATLARNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

© F.M. Xolmirzayeva1^_

1Termiz davlat pedagogika instituti , Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada bolalar musiqiy folklori raqslardagi ritmik harakatlarning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishning dolzarb masalalari, hamda pedagogik-psixologik jihatlari yoritib berilgan.

MAQSAD: ijodiy hamda pedagogik faoliyat dinamikasi, bolalarda musiqa ritmik harakatlanish omillarinin rivojlantirish

MATERIALLAR VA METODLAR: musiqa ta'limi sohasidagi asosiy prinsiplarni o'rganish, bolalar musiqiy folklorini rivojlantirish orqali ma'naviy-estetik tarbiyaning rivojlantirish yo'llari, musiqiy faoliyatda bola shaxsining ijodiy rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: musiqa ta'limi sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarning samaradorligini oshirish, yig'ilgan materiallar o'rganilishi natijasida ta'lim jarayonida foydalanishga ta'siri aniqlandi. Bolalar musiqiy folklori raqslardagi ritmik harakatlarning pedagogik mexanizmlarini takomi11ashtirish bilan bir qatorda uni o'rgatishning afzalliklari bo'yicha tahlil qilingan ilmiy maqolalarga ko'proq jalb qilish kontingentiga tayanadi.

XULOSA: bugungi kunda musiqa ta'limi sohasidagi asosiy prinsiplarni o'rganish, bolalar musiqiy folklorini rivojlantirish orqali ma'naviy-estetik tarbiyaning rivojlantirish yo'llari, bolalar musiqiy folklori raqslardagi ritmik harakatlarning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish masalalarining dolzarb jihatlari, shuningdek, musiqa san'atga oid ijodiy faoliyatga kuchli ta'sir ko'rsatishga asoslangan shakllarini tadqiq etish, hamda o'z-o'zini bilishni san'at orqali shaxsiy rivojlanish bilan uyg'unlashtirish, atrofdagi dunyoning anglash, ritmik raqs harakatlari orqali shaxsiy qobiliyatni rivojlantirish kabi masalalar mazmunini yoritadi.

Kalit so'zlar: folklor, mashg'ulot, maqsad, estetik tafakkur, raqs, ritmik harakat, sifat, qobiliyat, faoliyat, uyg'un, o'yin, etnografik ansambl.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ МЕХАНИЗМОВ РИТМИЧЕСКИХ ДВИЖЕНИЙ В ДЕТСКИХ МУЗЫКАЛЬНЫХ ФОЛЬКЛОРНЫХ ТАНЦАХ_

Iqtibos uchun: Xolmirzayeva F.M. Bolalar musiqiy folklori raqslardagi ritmik harakatlarning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish. // Inter education & global study. 2024. №5. B.506-512.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© Ф.М. Холмирзаева1И_

1Термизский государственный педагогический институт, Термез, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье освещены актуальные вопросы совершенствования педагогических механизмов ритмических движений в детских музыкальных фольклорных танцах, а также педагогические и психологические аспекты.

ЦЕЛЬ: динамика творческой и педагогической деятельности, развитие музыкально-ритмических факторов движения у детей

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: изучение основных принципов в области музыкального образования, путей развития духовно-эстетического воспитания через развитие детского музыкального фольклора, разработка методики творческого развития личности ребенка в музыкальной деятельности.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в результате изучения собранных материалов определена эффективность исследований, проводимых в области музыкального образования. Детский музыкальный фольклор опирается на более активное участие контингента в научных статьях, анализирующих преимущества его преподавания, а также на совершенствование педагогических механизмов ритмических движений в танцах..

ВЫВОД: сегодня изучение основных принципов в области музыкального воспитания, путей развития духовно-эстетического воспитания через развитие детского музыкального фольклора, актуальных аспектов совершенствования педагогических механизмов ритмических движений в детских музыкальных фольклорных танцах, а также как творческая сторона музыкального искусства исследует формы сильного воздействия на деятельность и сочетает самопознание с развитием личности посредством искусства, а также развитием способности совершать конструктивные действия с учетом реальности окружающего мира.

Ключевые слова: фольклор, обучение, цель, эстетическое мышление, танец, ритмическое движение, качество, умение, активность, гармония, игра, этнографический ансамбль.

Для цитирования: Холмирзаева Ф.М. Совершенствование педагогических механизмов ритмических движений в детских музыкальных фольклорных танцах. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 506-512.

IMPROVEMENT OF PEDAGOGICAL MECHANISMS OF RHYTHMIC MOVEMENTS IN CHILDREN'S MUSICAL FOLK-LORE DANCES

© Feruza M. Kholmirzayeva^_

1Termez State Pedagogical Institute, Termez, Uzbekistan

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Annotation

INTRODUCTION: in this article, the topical issues of improving the pedagogical mechanisms of rhythmic movements in children's musical folklore dances, as well as pedagogical and psychological aspects, are highlighted.

AIM: dynamics of creative and pedagogical activity, development of musical rhythmic movement factors in children

MATERIALS AND METHODS: study of the main principles in the field of music education, ways of developing spiritual and aesthetic education through the development of children's musical folklore, development of methods of creative development of a child's personality in musical activities.

DISCUSSION AND RESULTS: as a result of the study of the collected materials, the effectiveness of research in the field of music education and its use in the educational process was determined. Children's musical folklore relies on the contingent of more involvement in scientific articles that have analyzed the advantages of teaching it, as well as improving the pedagogical mechanisms of rhythmic movements in dances.

CONCLUSION: today, the study of the main principles in the field of music education, the ways of developing spiritual and aesthetic education through the development of children's musical folklore, the topical aspects of improving the pedagogical mechanisms of rhythmic movements in children's musical folklore dances, as well as the importance of music to art researching the forms based on strong influence on creative activity, and combining self-knowledge with personal development through art, as well as the development of the ability to take constructive actions, taking into account the reality of the surrounding world, illuminates the content of such issues

Key words: folklore, training, purpose, aesthetic thinking, dance, rhythmic movement, quality, ability, activity, harmony, game, ethnographic ensemble.

Bugungi kunda qadimiy boy me'rosga ega xalqimizning milliy yuksalishida, ijtimoiy, madaniy va ma'naviy yuksalishida folklor, umuman badiiy so'z san'ati hamisha tayanch nuqta bo'lib kelgan. Chunonchi, folklor bu millatning kuchi husoblanadi. Shu boisdan ham global jamiyatda millat tili va tafakkuri, hamda estetik didi ham xuddi shunday asrab avaylash masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada folklor atamasi va uning xususiyatlari, hamda bolalar musiqiy folklori raqslardagi ritmik harakatlarning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga to'xtalib o'tamiz.

Folklor atamasini 1846-yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan bo'lib, «xalq donoligi» degan tushunchani ifodalaydi. Aynan folklor tushunchasi asosan xalq tomonidan

For citation: Feruza M. Kholmirzayeva. (2024) 'Improvement of pedagogical mechanisms of rhythmic movements in children's musical folk-lore dances', Inter education & global study, (5), pp. 506-512. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yaratilgan hamma san'at namunalari - me'morlik, naqqoshlik, ganchkorlik, zardo'zlik, musiqa, raqs, og'zaki adabiyot namunalari tushuniladi.Darhaqiqat har bir san'at sohasida ish olib borayotgan mutaxassis o'zi tanlagan turni «folklor» deb ataydi. Misol tariqasida shuni e'tirof etish kerakki, musiqachi xalq kuylarini, xoreograf xalq raqslarini, arxitektor xalq me'morchiligini, folklorshunos olim xalq dostonlari, ertaklarini folklor asari deb hisoblaydi.

Ma'lumki, dastavval o'sha davrda «el adabiyoti», «xalq adabiyoti», «og'zaki adabiyot», «og'zaki ijod» deb yuritilib kelingan o'zbek xalq og'zaki poetik ijodi ilk bor H.Zarif tomonidan qo'llanilgan «folklor», «O'zbek folklori» sifatida keng ommalashdi. Shu bois o'zbek xalq og'zaki poetik ijodi ko'plab janrlardan tarkib topgan og'zaki so'z san'ati namunalari bo'lib xalq hayoti, tarixi, orzu-intilishlari, dunyoqarashlarini badiiy tarzda o'zida aks ettiradi, ijro etiladi va ijro jarayonida og'izdan og'izga, avloddan avlodlarga o'tib keladi.

Folklor - sinkritik xususiyatga ega bo'lib, barcha san'at turlariga xos elementlarni o'zida mujassamlashtirgan, so'z, kuy va ma'lum turlarida raqs bilan uyg'unlikda ijro etiladi. Bu borada folklorda xalq hayoti, tarixi, taqdiri badiiy aks ettiriladi. Odatda folklor asarlari mag'zida xalqning dunyoqarashlari, ibtidoiy mifologik tushunchalardan mukammal diniy e'tiqodga bo'lgan tushunchalar tadrijiy ravishda bo'y ko'rsatadi. Folklor asarlari so'z san'ati sifatida o'ziga yaqin yozma adabiyot namunalari va san'atning boshqa turlaridan bir qator xususiyatlariga ko'ra alohida ajralib turadi. Folklorga xos bu xususiyatlar, avvalo, uning jamoaviy (guruh) ijod ekanligida, shu sababli ham folklor namunalarining muallifi xalq ommasi hisoblanadi, ularning aniq ijodkori noma'lum - anonimlik ularga xos va xalq orasida avloddan avlodga og'zaki tarzda o'tib tarqaladi, og'zaki ijod etilib, ijro qilinadi, ijro va ijodda an'analarga rioya etilib, ommaviylik tusini oladi, ijro jarayonida variantlarga va davrlar o'tib versiyalarga ega bo'ladi. Ushbu asosga ko'ra, folklorga xos xususiyatlar sifatida jamoaviylik, anonimlik, og'zakilik, an'anaviylik, variantlilik va versiyaviylik ko'rsatiladi.

Shu bilan bir qatorda folklor - nafaqat so'z san'ati namunasigina emas, balki xalqning til zaxirasi, tushuncha va tafakkur tarzini bor bo'y basti bilan o'zida aks ettirgan, qadim o'tmishdan to bugungi kungacha jonli holatda xalqning o'zi bilan birga yashab kelayotgan doimiy harakatdagi tarixi va madaniyati hamdir.Folklor asarlarida birinchi navbatda mifologik tafakkurdan poetik tafakkurga o'tish jarayoni aks etgan ekan, demak til tarixini o'rganishda xalq ijodi namunlariga suyanib ish ko'rish kerak bo'ladi.

Albatta, «O'zbek folklori» fanining yangi talablar asosida o'qitilishi ushbu kafedra faoliyatining muhim bir qismi hisoblanadi. Bu borada esa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqaro baxshichilik festivali ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta'kidlaganidek: "...tengsiz ma'naviy boyligimiz bo'lmish mumtoz san'atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrabavaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg'or fikrli olimlar va san'atkorlarning, davlat va jamiyat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir".

Shu jumladan, Surxon musiqa folklori aholining ijtimoiy-maishiy hamda ijtimoiy, psixologik xususiyatlariga bog'liq holda asrlar davomida shakllandi. Folklor san'ati ijrochilari bo'lmish qo'shiqchi va sozandalar o'z ijodlarida estetik, mo'jizali, ijtimoiy hamda

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

kommunikativ vazifalarni birlashtirganlar. Xilma-xil ma'rosimiy hamda mehnat qo'shiqlari, raqslar, dostonlar, cholg'u kuylari ular ijodining fundamental asosi hisoblanadi. Shu bilan birga Surxon musiqa folklori ma'lum geografik va etnik mintaqalarga mos holda mahalliy tafovutlarga ham ega. Misol tariqasida, viloyatning pasttekislik qismidagi aholi madaniyati tog'lik aholi madaniyatidan farq qiladi.

Folklorda tur va janrlarga to'xtalib o'tamiz, demak xalq og'zaki ijodi namunalari ham barcha san'at asarlari kabi tuzilishi, ijro o'rni, bajaradigan vazifasi, musiqaga bog'liqlik darajasi, g'oyaviy-badiiy xususiyatlariga ko'ra muayyan tur, guruh va janrlarga bo'lib qaraladi. Darvoqe folklorni tur, guruh va janrlarga ajratish, tasniflash nafaqat ijrochilar, balki tinglovchilar, hodisani tadqiq etuvchilar uchun ahamiyatli bo'lib, folklor namunalarining tabiati, shakllanishi, tadrijiy taraqqiyoti, mukkammal shaklga kelishi, o'zgarishlarga uchrashi, o'rin almashinishi hamda inqirozga yuz tutishi kabi jarayonlarni kuzatish, o'rganish imkonini beradi.

Folklor janrining tarkibiy qismi. O'zbek bolalar folklori alla, ertak, tez aytish, topishmoq, bolalar o'yin qo'shiqlari, erkalama, masharalama va hokazolarni o'z ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, o'yiniga, qo'shig'iga moslangan bo'ladi. Mamlakatimizda bolalar folklori namunalari to'plam holida 1932-yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar esa onalar mehrmuhabbati bilan yo'g'rilgan bo'lib, ularda go'dakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit o'z ifodasini topadi. Bolani belash, o'tqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, o'ynatish hamda ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qo'shiqlarining ko'plari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz bo'ldi", "Qurbaqa", "Qaldirg'och" kabi qo'shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq ko'chalarida aytishadi. Shuningdek, ular bahor kelishi, yomg'ir yog'ishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog'liq. "Bu bog'chada olicha", "Zuvzuv borag'on", "Chamandagul", "Oq sholi, ko'k sholi" va boshqa qo'shiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san'at bilan bog'liq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. O'yinlar ham, qo'shiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uyg'otadi.

Folklor-etnografik ansambli bir so'z bilan aytganda havaskor ijodiy jamoa sanaladi. Bu albatta xalq ijodining qo'shiq, raqs, o'yin, og'zaki drama kabi shakllarini mahalliy, milliy urf-odat hamda ma'rosimlarga bog'lab sahnaviy talqinini namoyish qiladi. O'zbekistonda "Ayollar an'anaviy ansambli", bundan tashqari masxarabozlik, baxshilar, xalq sozandalari va boshqa ijodlar negizida 1970-yillarda madaniyat uylari qoshida tashkil topgan. Folklor-etnografik ansamblining repertuari ashula va raqs ansamblitn farqli o'laroq) muayyan viloyat, tuman, qishloq badiiy an'analariga asoslanadi. Ularning chiqishlari esa ko'pincha malum xalq marosimi yoki bayram jarayonini ifodalaydi.

1980-yillardan boshlab esa folklor-etnografik ansamblia.larining tuman, viloyat va respublika ko'rik-tanlovlari (1987, 1991, 1994, Toshkent; 1989, Namangan va boshqalar),

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2002-yildan Boysunda YUNESKO dasturi asosida "Boysun bahori" ochiq folk-lor festivali o'tkaziladi. "Chodir jamol" ("Marg'ilon"), "Beshqarsak" (Ur-gut), "Chiroqchi chiroqlari" (Chiroqchi), "Momogul" (Qarshi), "Gavhar" (Bek-temir), "Gap-gashtak" (Forish tuma-ni), "Boysun", "Shalola" (Boysun), "Orazibon" (Xiva), "Anor" (Sario-siyo), "Jildi xalak" (Kegeyli), "Dil-kushod navolari" (Xo'jaobod), "Chavqi" (Bulungur), "Mardona" (Vobkent) hamda boshqa folklor-etnografik ansamblia.lari mashhur.

Musiqiy ritmik ta'limning asosi bolalarda musiqiy tasvirlarni idrok etish hamda ularni harakatda aks ettirish qobiliyatini rivojlantirishdir. Dastavval musiqiy ritmik ta'limning ma'nosi va vazifalari birinchilardan bo'lib XIX asr oxirida ishlab chiqilgan. Shveytsariya o'qituvchisi va musiqachisi Emil Jak-Dalkroz. Bu borada ko'plab o'qituvchilar, musiqachilar, psixologlar, metodistlar hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining musiqiy direktorlari zamonaviy musiqiy ritmik ta'lim tizimini yaratish ustida ishladilar. Ularning orasida etakchi o'rinlarda N.G.Alexandrova, shuningdek uning talabalari va izdoshlari E.V.Konorova, N.P. Zbrueva, V.I. Greener, N.E. Kizevalter, M.A. Rumerlar bolalarning tananing o'sishi tufayli harakatga bo'lgan ehtiyojini hisobga olgan holda, ular o'zlarining motor qobiliyatlarini shakllantirishga va eng muhimi, harakatlarni musiqiy ovoz bilan organik ravishda birlashtirish orqali har tomonlama rivojlanishga intilishdi.

Ritm - bu musiqiy faoliyat turlaridan biri bo'lib, musiqaning mazmuni, hamda uning xarakteri, tasvirlari harakatlarda yo'naltiriladi, ushbu jarayonning asosinig asosini musiqa tashkil etadi va turli xil jismoniy mashqlar, raqslar, syujet shaklidagi harakatlar chuqurroq idrok etish va tushunish vositasi sifatida ishlatiladi.

Kommunikativ raqs o'yinlarining o'ziga xos xususiyati oddiy harakatlardan iborat bo'lib, ular og'zaki bo'lmagan aloqa elementlarini, sheriklarni almashtirishni, vazifalarni o'ynashni (kim yaxshiroq raqsga tushishini) va boshqalarni o'z ichiga oladi. Ko'p kommunikativ raqslar asosan imo -ishoralarga asoslangan bo'lib, ular kundalik hayotda do'stlik, bir -biriga ochiq munosabatni bildiradi, umuman olganda ular ijobiy, quvonchli his -tuyg'ularni keltirib chiqaradi. Raqsda o'tkaziladigan aloqa bolalar o'rtasidagi do'stona munosabatlarni rivojlantirishga va shu bilan bolalar guruhidagi ijtimoiy muhitni normallashtirishga yordam beradi.

Ritmik mashqlar harakat malaka va ko'nikmalarni hosil qiladi, gavda mushaklarni chiniqtiradi, nafas olish va qon aylanish sistemasiga ijobiy ta"sir qiladi. Ritmika bilan shug„ullanish asosiy musiqa nazariyasi tushunchalarining o'zlashtirishga yordam beradi. Ritmik harakatlar musiqiy tarbiyaning asosiy manbai hisoblanadi. Bolaning musiqiy qobiliyatining namoyon bo'lishida, aqliy, estetik hamda jismoniy rivojida raqs, musiqali o„yin va musiqa ostida harakat katta ahamiyatga ega.

Shuningdek, musiqa faoliyatining bu turlari bolalarning har tomonlama o'sishiga yordam beradi:

birinchidan, musiqiy uquvi, ritm tuy'usi, musiqa xotirasi yaxshi rivojlanadi;

ikkinchidan, raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni rivojlantirib, badanni chiniqtiriladi, qomatning to„g„ri o„sishiga katta yordam beradi;

uchinchidan, musiqa asarlari bolada turlicha emotsional xislar va kayfiyatlar xosil etib

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bola onggida o„ziga xos obrazlar yaratadi.

Musiqa bilan harakat bolaning aqliy va estetik qobiliyatining hamda irodasini rivojlantirishda ham alohida ahamiyatga ega.

Shu o'rinda xulosa qilib aytadigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa rahbari bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holatda musiqa mashg'ulotlari jarayonida faoliyat turlarini olib borishi, bundan tashqari asarlarni o'rgatishda, tinglatishda ijodiy yondashishi bolalarda musiqiy idrok xususiyatlarining rivojlanishiga samarali natija beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. S.Yo'ldoshеva, G.Sattorova «Folklor-etnografik ansambllari. Toshkеnt-O'qituvchi 2007

yil

2. "0'zbek xalqining milliy folklor sn'ati va etnomadaniy qadriyatlar". Ilmiy to'plam. Toshkеnt.Navro'z nashriyoti. 2013 yil.

3. Raхmatova, I. (2023, December). CURRENT ISSUES IN THE USE OF ART, ARTISTIC CREATIVITY AND ART THERAPY. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:"Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions" (Vol. 1, No. 01).

4. Rustamova, I. K., Abdullayev, R. A., & Xolmirzayeva, M. F. STUDY OF DEPRESSION AND ANXIETY PREVALENCE IN PATIENTS UNDERGOING ACUTE MYOCARDIAL INFARCTION.

5. Ways to achieve effective results by connecting the theory of musical literacy in students with practice. International Journal of Formal EducationVolume: 02Issue: 07|July -2023ISSN: 2720-6874http://journals.academiczone.net/index.php/ijfe.

6. Amanovich, K. E. (2022). TRADITIONAL SINGING AND TRADITIONAL MUSIC SKILLS. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 2(2), 206-210.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

[Xolmirzayeva Feruza Mamaraim qizi], o'qituvchi. [Холмирзаева Феруза Мамараим кизи] предподаватель, [Feruza M. Kholmirzayeva] associate professor, t.e. Manzil: O'zbekiston, 117036, Surxondaryo viloyati,Termiz shahri [адреа Узбекистан, 117036, Сурхандарьинская область, город Термез], [address: Uzbekistan, 117036, Surkhandarya region, Termiz city]; https://orcid.org/0009-0007-2368-9524; kholmirzayeva@terdpi.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.