Научная статья на тему 'BOLALAR BILAN SODIR BO‘LADIGAN YO‘L-TRANSPORT HODISALAR OQIBATLARINI YENGILLASHTIRISH BO‘YICHA TADBIRLAR ISHLAB CHIQISH YO‘NALISHLARI'

BOLALAR BILAN SODIR BO‘LADIGAN YO‘L-TRANSPORT HODISALAR OQIBATLARINI YENGILLASHTIRISH BO‘YICHA TADBIRLAR ISHLAB CHIQISH YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1130
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yo‘l-transport hodisasi / avtomobil . / Road accident / automobile.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Radjapova, Sayyora Sotiboldiyevna, O’runov, Dilshod Alimardon O‘g‘li, Jo‘rayev, Yashnar Rovshan O‘g‘li

Maqolada yo‘l-transport hodisalarini bolalar bilan bog‘liq holatlari taxlili va u bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni kamaytirish tadbirlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF ACTIVITIES TO MEASURE THE EFFECTS OF TRAFFIC ACCIDENTS WITH CHILDREN

The article analyzes the number of road accidents involving children and measures to reduce the number of related accidents

Текст научной работы на тему «BOLALAR BILAN SODIR BO‘LADIGAN YO‘L-TRANSPORT HODISALAR OQIBATLARINI YENGILLASHTIRISH BO‘YICHA TADBIRLAR ISHLAB CHIQISH YO‘NALISHLARI»

BOLALAR BILAN SODIR BO'LADIGAN YO'L-TRANSPORT

HODISALAR OQIBATLARINI YENGILLASHTIRISH BO'YICHA TADBIRLAR ISHLAB CHIQISH YO'NALISHLARI

Radjapova Sayyora Sotiboldiyevna

Toshkent Davlat Transport Universiteti O'runov Dilshod Alimardon o 'g'li

Toshkent Davlat Transport Universiteti Jo 'rayev Yashnar Rovshan o'g 'li

Toshkent Davlat Transport Universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada yo'l-transport hodisalarini bolalar bilan bog'liq holatlari taxlili va u bilan bog'liq ko 'rsatkichlarni kamaytirish tadbirlari bayon etilgan.

Kalit so 'zlar. Yo 'l-transport hodisasi, avtomobil.

ABSTRACT

The article analyzes the number of road accidents involving children and measures to reduce the number of related accidents.

Keywords. Road accident, automobile.

O'zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab bolalar tug'ilishi, ta'lim-tarbiya, oilada sog'lom muhitni, uning iqtisodiy va ma'naviy asoslarini mustahkamlash, bolalarning sog'ligini mustahkamlash va ularni turli unsurlardan himoya qilishga katta ahamiyat berilib kelmoqda. Turli unsurlarga bolalarni majburiy mehnatga jalb etish, ularning ongini buzuvchi, ruhiy jarohat yetkazuvchi turli axborotlar, sog'ligiga zarar keltiruvchi turli kasalliklar,shuningdek yo'llarda bolalar ishtirokida sodir bo'layotgan yo'l-transport hodisalari oqibatida turli darajada jarohat olishlarini tushunish mumkin.

Bolalar ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarini kamaytirish uchun Koreyada turli choralar ko'rib borilgan. Maktablar yaqinidagi yo'llar holatini yaxshilash, bolalar uchun maktab avtobuslarining xavfsiz qatnovini ta'minlash, bolalarga yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha sifatli ta'lim berish, yo'l harakati xavfsizligiga ixtisoslashgan fuqarolik guruhlarini qo'llab-quvvatlash, tegishli qonunchilik bazasini mustahkamlash dasturlari shular jumlasidan.

■ 2018 y ■ 2019 y ■ 2020 y

Jami YTH soni Halok bo'lganlar soni Jarohat olganlar sonlar

1-rasm.2018-2020yy YTH o'zgarish dinamikasi

Toshkent shahrida 1233ta YTH sodir bo'lib, 2018 yilda bolalar ishtirokidagi yo'l-transport hodisalari 176 tani tashkil etgan bo'lsa, 2019 yilda esa YTH umumiy soni 1126 tani tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8,7%ga kamaygan.Sodir bo'lgan yo'l-transport oqibatida 2019 yilda 7 nafar bola halok bo'lgan, 199 nafar bola turli darajadagi jarohatlarni olgan bo'lsa, 2018 yilda halok bo'lgan bolalarning soni 8 nafarni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 20%kam, turli darajada jarohat olgan bolalarning soni 189 nafarni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 11,3%ga kamaygan(1-rasm).

Bolalar ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarining oldini olish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish uchun yuqorida keltirilgan statistik ma'lumotlarning o'zi kamlik qiladi. Sodir etilgan yo'l-transport hodisalarida ishtirok etgan bolalarninng yoshi bo'yicha tahlil qilinsa, ishlab chiqilayotgan tadbirlar samarasi oshgan bo'lar edi. YTH ishtirokchisi bo'lgan bolalarning yoshini 1-7 hamda 8-15 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshiga ajratib olamiz.

Toshkent shahri ko'cha va avtomobil yo'llarida 2019 yilda 1 -7 yoshli bolalar ishtirokidagi YTH soni 42tani tashkil etsa, uning oqibatida halok bo'lgan bolal ar soni 3tani, 8-15 yoshgacha bolalr ishtirokidagi YTH lar soni 105 tani, uning oqibatida halok bo'lgan bolalar soni 4 nafarni, turli darajada jarohat olgan bolalar esa 100 nafarni tashkil etadi. Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, YTH bo'yicha barcha ko'rsatkichlar 1-7 yoshli bolalarga nisbatan 8-15 yoshli bolalar ko'proq duch kelishar ekan.

Bunday ko'rsatkichlarning sababini statistik ma'lumotlar va tadqiqotlar natijasi asosida tushuntirib o'tamiz. Odatda 1-7yoshli bolalarni bolalar bog'chasi, maktab,

to'garaklarga yoshi katta yaqinlari qat'iy kuzatuvida oborib qaytib olib kelinadi. O'yin maydonchalarida ham kattalar nazoratida bo'lishadi.

2-rasm.2018-2019 yy.da bolalar ishtirokidagi YTH va ularning oqibati

8-15 yoshli bolalar esa aholi punktlarida mustaqil harakatlanishadi. Demak, bolalar ishtirokidagi YTH larning oldini olish bo'yicha ularga alohida tadbirlar ishlab chiqish lozim. Hozirgi umumiy ta'lim Davlat dasturida 4-9 sinflarda 17 soatlik Yo'l harakati qoidalari bo'yicha darslar o'tiladi.Shu bilan birga Yo'l harakati bosh boshqarmasi tomonidan "Diqqat bolalar", "Yashil chiroq", "Diqqat ta'til" kabi tadbirlar tashkil etiladi. Yuqoridagilarni e'tiborga olib, 8-15 yoshli bolalarni YTH dagi ishtiroklarini kamaytirish maqsadida quyidagi tadbirlarni taklif etamiz:

- 8-15 yoshli bolalar ta'lim olayotgan maktab, litsey kabi ta'lim muassalarida Yo'l harakati qoidalari bo'yicha dars soatlarini ko'paytirish;

-Prezidentimizning Yo'l harakati qoidalari bo'yicha darslarni o'tish bo'yicha Jizzax tajribasini ommalashtirish;

- Yo'l harakati qoidalari bo'yicha darslarning nazariy va amaliy qismlarining mutanosibligi asosida o'qitishni tashkil etish;

- Yo'l harakati qoidalari bo'yicha darslarni imkoni boricha soha mutaxassislarini jalb etish;

-Ommaviy axborot vositalarining bolalar uchun tayyorlangan dasturlarida Yo'l harakati qoidalariga bag'ishlangan mavzularni ko'proq yoritish.

-maktabgacha ta'lim va umumta'lim muassasalariga yondosh yo'llarda tezlik me'yorlarini keskin kamaytirgan holda, ushbu me'yorlarni barcha joylar uchun yagona etib qat'iy belgilash rejalashtirilgan.

52

-shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo'lakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni o'rnatish mo'ljallanmoqda.

• maktab o'quvchilarida shaxsiy xavfsizlik va qonunga itoatkor xulqatvor bo'yicha bilim, mahorat va ko'nikmalarni shakllantirish;

• maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga yo'l harakati xavfsizligi asoslarini o'qitish tizimini yo'lga qo'yish;

• yo'l harakati xavfsizligi, yong'in xavfsizligi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish asoslarini o'rgatuvchi dasturlarni o'z ichiga olgan «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» majburiy fanini umumta'lim maktablarida joriy etish, ichki ishlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligida katta obro' va tajribaga ega bo'lgan pensionerlarni jalb qilish imkoniyatini nazarda tutish;

• bolalarga yo'l harakati qoidalarini, shu jumladan velosipedni boshqarish ko'nikmalarini va yo'llardan o'tish tartibini o'rgatish va tushuntirish;

• barcha maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablarda bolalar yo'l harakati qoidalari o'rgatilishini tashkil etish uchun maxsus jihozlangan avtoburchaklar yaratish;

Shu va shu kabi tadbirlarning bolalar o'rtasida olib borilishi ularning YTH ishtirokchisi bo'lish kabi ko'rsatkichlarning pasayishiga olib kelishini ilmiy tadqiqot natijalari ko'rsatib turadi.

REFERENCES

1. Usmonova, M.N. (2020). An approach to solving road safety problems .6. Usmanova M. N., RizaevSh.FORMATION OF SOCIO-ECONOMICFACTORS AFFECTING TRAFFIC SAFETY.Accepted in the journal The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research (ISSN-2642-7478) for Volume 03 Issue 04 April 2021.https://doi.org/10.37547/tajiir/Volume03Issue04-05

2. Усманова М.Н.Подход оценки факторов навыки водителя при обеспечения безопасности движения. Вестник ТАДИ. Научно-технический журнал.4.2016г.90-93стр.

3. O'zbekiston Respublikasi IIV YHXBB statistika ma'lumoti

4. Усманова, М. Н., & Йулдошев, Д. Ф. У. (2020). Пути повышения безопасности дорожного движения. Проблемы науки, (2 (50)). https://cyberleninka.m/article/n/puti-povysheniya-bezopasnosti-dorozhnogo-dvizheniya.pdf

5. Ражапова, С. С. (2018). ЗАКОНОДАТЕЛЬНАЯ ОСНОВА ВНЕДРЕНИЯ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫХ ТРАНСПОРТНЫХ СИСТЕМ В ТРАНСПОРТНЫЙ

53

СЕКТОР УЗБЕКИСТАНА. Экономика и социум, (5), 10101014. https: //www. elibrary.ru/item. asp?id=3 5682713

6. Касимов, О. К.,&Ражапова, С. С. (2019). ИТС В АВТОДОРОЖНОЙ ИНФРАСТРУКТУРЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. Экономика и социум, (4), 393-397.https://elibrary.ru/item.asp?id=38595079

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.