Научная статья на тему 'YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI OSHIRISH TADBIRLARIGA XORIJIY YONDOSHUVLARNING AMALIYOTGA TADBIQI'

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI OSHIRISH TADBIRLARIGA XORIJIY YONDOSHUVLARNING AMALIYOTGA TADBIQI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
418
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yo‘l harakati / yo‘l-transport hodisasi / tamoyil / ta’lim / tez tibbiy yordam / muhandislik yеchimlar / majburiy tadbirlar. / traffic / traffic accident / principle / education / ambulance / engineering solutions / compulsory activities.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Usmanova, Maxira Nuraliyavna, Raxmanov, Baxtiyor Barnoyevich, Abdusamatov, Erkinjon Halim O’g’li

Maqolada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning xorijiy tajribalarini mamlakatimiz yo‘l harakati xavfsizligi sohasiga tadbiqi to‘g‘risida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPLEMENTATION OF FOREIGN APPROACHES TO TRAFFIC SAFETY

The article deals with the application of khorizhy experience in road safety in the field of road safety in our country.

Текст научной работы на тему «YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI OSHIRISH TADBIRLARIGA XORIJIY YONDOSHUVLARNING AMALIYOTGA TADBIQI»

YO'L HARAKATI XAVFSIZLIGINI OSHIRISH TADBIRLARIGA XORIJIY YONDOSHUVLARNING AMALIYOTGA TADBIQI

Usmanova Maxira Nuraliyavna

Toshkent davlat transport universiteti

Raxmanov Baxtiyor Barnoyevich Toshkent davlat transport universiteti Abdusamatov Erkinjon Halim o'g'li

Toshkent davlat transport universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashning xorijiy tajribalarini mamlakatimiz yo 'l harakati xavfsizligi sohasiga tadbiqi to 'g 'risida so 'z boradi.

Kalit so'zlar:Yo'l harakati; yo'l-transport hodisasi; tamoyil;ta'lim; tez tibbiy yordam; muhandislikyechimlar; majburiy tadbirlar.

ABSTRACT

The article deals with the application of khorizhy experience in road safety in the field of road safety in our country.

Keywords: traffic, traffic accident; principle;education; ambulance; engineering solutions; compulsory activities.

Yo'l harakati-murakkab dinamik tizim bo'lib, haydovchi,avtomobil, yo'l va atrof muhitni birlashtiradi.Turli soha faoliyatidan ma'lumki, murakkab muammolarni o'rganish va mukammal echimni topish faqat tizimli yondoshish orqali amalga oshadi, qachonki tizim elementlari alohida hamda o'zaro bog'liqlikda bir butun tuzilma ichida ko'rib chiqish imkoni bo'lsa. Shuning uchun yo'l-transport hodisasi (YTH) muammosini hal qilayotganda tizimli yondoshishni amalga oshirish yo'l harakati xavfsizligi dasturini amalga oshirish jarayonida maqsadga muvofiqdir[5,6].

1-rasm.2018-2020 yy YTH o'zgarish dinamikasi

Statistik ma'lumotlardan[3] ko'rinib turibdiki(l-rasm), YTH oqibatidagi ijtimoiy ko'rsatkichlar yo'l harakati xavfsizligini oshirish bo'yicha ishlab chiqilgan

kompleks tadbirlarni amaliyotga joriy qilish natijasida sezilarli kamaytirishga erishilgan[6]. Yo'l harakati havfsizligini ta'minlashning to'rtta "E" tamoyili xorijiy davlatlar amaliyotida keng qo'llaniladi[4]. Mazkur to'rtta "E" tamoyilining mamlakatimiz yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash amaliyotida qo'llanilishi tadqiqoti o'tkazildi va ular quyidagilardir[2]:

1.Edikation-ta'lim - jamoatchilik o'rtasida YTH sodir bo'lishining asosiy sabab va omillarini aniqlashga qaratilgan axborot-o'rgatish ommaviy tadbirlari muntazam o'tkazilib boriladi; ijtimoiy tarmoqlarda yo'l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan yangi interfaol usullari ishlab chiqarildi; jamoatchilikka harakatning va tezlikning cheklanganligi to'g'risidagi ma'lumotlar etkazib borildi; Jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini yo'l harakati xavfsizligiga doir tashviqot-targ'ibot chora-tadbirlariga keng jalb qilindi; yo'l-transport hodisalari eng ko'p yuz beradigan umumiy foydalaniladigan xalqaro va respublika ahamiyatiga ega yo'llarda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashning tashviqot vositalarini (reklama-axborot plakatlari, shitlarni) va boshqa vositalarni o'rnatildi. Yo'l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda respublika va mahalliy telekanallar efirlarida namoyish etish.; imtihon testlarini muntazam yangilab turish va unga YTH sodir bo'lishi sabablari to'g'risidagi savollarni kiritish; yo'l harakati ishtirokchilari o'rtasida aniq ta'lim tadbirlari o'tkaziladi; halokatga ko'p uchraydigan aholi guruhi o'rtasida ta'lim (axborot) bo'yicha tadbirlar o'tkazildi; Maktab o'quvchilarida xavfsiz va qonunga itoatkor xulq-atvor bo'yicha bilim, mahorat va ko'nikmalarni shakllantirish; ishlab chiqish va amalga oshirildi; ommaviy axborot vositalari va Internet orqali yo'l harakati xavfsizligi to'g'risdagi ma'lumotlarni yoritib borish, yo'l harakati xavfsizligi holati to'g'risidagi ma'lumotlarni berib borish, bolalar yo'l harakati xavfsizligi ommaviy tadbirlarini o'tkazish, yo'l harakai xavfsizligi oyligi va haftaligini o'tkazish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan uning barcha ishtirokchilari o'rtasida olib boriladigan o'rgatish kabi tadbirlar muntazam o'tkazilib turadi. Mamlakatimizda harakat xavfsizligini ta'minlash borasida qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.

2.Emerqencu-tez tibbiy yordam - YTH sodir bo'lganda jismoniy va ruhiy yordam berish tibbiy xodimlarini bunday holatlarda yordam berishga o'rgatish tadbirlari o'tkaziladi.Mazkur yondoshuv turi bo'yicha holat maqtanarli darajada emas. Avvalo, bu holat Edikation-ta'lim jarayoni bilan uzviy bog'langan bo'lishi lozim: yo'l harakati davomida tezkor maxsus transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga sharoit yaratib berish, ya'ni ularga harakat yo'lagini bo'shatib berish,

YTH sodir bo'lgan joyga tezkor etib borishini ta'minlash maqsadga muvofiq bo'lar edi.

2-rasm.Tez tibbiy yordamning YTH oqibatida jarohatlanganlarga yordam ko'rsatish dinamikasi

3.Engineering-muhandislik tadbirlari- Yo'l-ko'cha tarmoqlarida yo'l harakati elementlarini va transport oqimlari usullarini takomillashtirish(havfsizlik orolchalari, kanallashtirilgan harakat, havfli yo'l bo'laklarida tezlikni saqlash,harakatlanishning muqobil variantlarini tanlash, yo'l-ko'cha tarmoqlarining "tor" qismini aniqlash, boshqarishni muvofiqlashtirish);yo'l harakatini tashkil etish sxemasining o'zgarishi to'g'risida aholiga ma'lumotlarni etkazish;yo'lning meyoriy ekspluatatsiya ko'rsatkichlarini ta'minlash;yo'l harakati xavfsizligini oshirishning innovatsion usullarini ishlab chiqishning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish; haydovchilarga axborot berish tizimi va texnik vositalarini qo'llash(shovqinli yo'lak, axborot tablosi va h.k.);

yo'llardagi ziddiyatli nuqtalarni kamaytirish;jamoat transporti va velosiped uchun alohida yo'laklarni ajratish kabi muhandislik ishlari amalga oshirildi(2-rasm).

Respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar, shu jumladan yo'lovchilar o'tish joylari va odamlar to'planishi mumkin bo'lgan joylarga tutash uchastkalar (bozorlar, muassasalar, istirohat bog'lari va hokazolar) yo'l uchastkalarida ruxsat etilgan eng yuqori tezlikni o'rnatadigan ajratuvchi jiyaklar (notekislik yaratuvchi maxsus yo'l belgisi) bilan jihozlanishini hisobga olib, buni tanqidiy o'rganib chiqish va mazkur yo'llar uchun mo'ljallangan yangi davlat standartini tasdiqlash.

Yo'l-transport hodisalari sodir etilishiga olib keladigan shart-sharoitlar bartaraf etilishini hisobga olib, mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo'llarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash

4.Enforcement-majburiy tadbirlar - Respublika YHXBB faoliyatini ilmiy tashkil etildi; YHQ buzilishini kamaytirishga qaratilgan maqsadli tadbirlarni muntazam o'tkazildi; YHQ buzilishini ro'yhatga olishning avtomatlashtirilgan tizimini keng joriy etildi; avtomobilda tashuvchi korxonalarda yo'l harakati havfsizligini oshirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi; yo'l harakati ishtirokchilarining YHQ buzganligi uchun javobgarligi qayta ko'rib chiqildi:jarimalar miqdori 135ming-10mln 800ming so'm miqdorida belgilanadi. Ma'lumki, zamonaviy demokratik davlatda qonunbuzarlik holatlari uchun jazo muqarrar bo'lishi va qonun ustuvorligi ta'minlanishi lozim. REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11 iyul 2017 yil 3127-sonli "Yo'l harakati havfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori

2. 2018-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini

3. O'zbekiston Respublikasi IIV YHXBB statistika ma'lumoti

4. Аземша С.Н., А.Н.Старовойтов. Применение научных методов в повышении безопасности дорожного движения. Гомел, 2017

5. Усманова, М. Н., & Юлдошев, Д. Ф. У. (2020). Пути повышения безопасности дорожного движения. Проблемы науки, (2 (50)). https://cyberleninka.ru/article/n/puti-povysheniya-bezopasnosti-dorozhnogo-dvizheniya.pdf

6. Usmanova M. N., Rizaev Sh.FORMATION OF SOCIO-ECONOMIC FACTORS AFFECTING TRAFFIC SAFETY.Accepted in the journal The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research (ISSN-2642-7478) for Volume 03 Issue 04 April 2021.https://doi.org/10.37547/tajiir/Volume03Issue04-05

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.